Birinchi jahon urushi
Rossiya Birinchi Jahon urushiga Angliya va Frantsiya tomonida kirgan edi. Mojaro, birinchi lahzadanoq, mamlakatda juda mashhur bo'lmagan va mag'lubiyatlar bir-birini ta'qib qilgani sababli, bu mashhurlik tobora ortib borayotgani yo'q.
Fevral inqilobidan keyin muvaqqat hukumat mojaro ichida bo'lishni va ittifoqchilari bilan tuzilgan shartnomalarni hurmat qilishni afzal ko'rdi.
Ushbu qaror aholida, ayniqsa frontga jo'natilishi mumkin bo'lgan yoshlar orasida katta g'azabga sabab bo'ldi. Qochishlar ko'payib ketdi va qo'shinlarning yaxshi qismi ularning buyruqlariga bo'ysunmadilar.
Muvaqqat hukumat 3 martda e’lon qilgan Bayonnomasi va 6 martda e’lon qilgan Rossiya fuqarolariga murojaatnomasida o‘z davsturini bayon qilib berdi. Hukumat siyosiy erkinliklar – so‘z, matbuot, ittifoqlar tuzish, yig‘ilishlar va ish tashlashlar erkinligi joriy etilganligini; barcha tabaqa, diniy va milliy cheklashlarning bekor qilinganini, teng va yashirin ovoz berish bilan o‘z-o‘zini boshqarish organlariga saylov o‘tkazish, politsiyani xalq militsiyasi bilan almashtirish, to‘la siyosiy avfnoma berish lozimligini e’lon qildi.
Demokratik inqilob Turkiston o‘lkasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. O‘lkada yangi jamiyatlar barpo etish harakatlari boshlandi. Jadidlar vujudga kelayotgan milliy-demokratik kuchlarning o‘zagi bo‘ldi, ular bu vazifani bajarishga o‘zlarining ilgarigi faoliyatlari davomida tayyorgarlik ko‘rgan edilar. Avj olayotgan demokratik jarayonlarda mahalliy xalqlar siyosiy manfaatlarining ustuvorligini himoya qilish fevralning dastlabki kunlaridanoq siyosiy maydonda ular faoliyatining asosiy yo‘nalishini belgilab berdi.
Turkistonda ham Rossiya markazidagiga o‘xshash qo‘sh hokimiyatning tarkib topish tamoyili yaqqol ko‘zga tashlana boshladi. Bir tomondan ishchi deputatlari Sovetlari bilan soldat deputatlari Sovetlari tuzila boshladi. Ko‘p o‘tmay ular ishchi va soldat deputatlari yagona Toshkent Sovetiga birlashdilar. Ana shu sovetning chaqirig‘i bilan Turkiston shaharlarida Sovetlar tashkil qilina boshladi. 1917 yil mart ohiriga borib, o‘lkada ishchi va soldat deputatlarining 75 Soveti bor edi. Sovetlarning saylangan deputatlari asosan yevropalik millat vakillaridan iborat edi.
Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘lka muhtoriyati masalasi asosiy o‘ringa chiqdi. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish g‘oyasi nafaqat demokratik ziyolilar orasida, hatto oddiy odamlar o‘rtasida ham ancha ommalashgan edi. 1917 yil 14 martda xalq vakillarining birinchi majlisi bo‘ldi. Unda aholining tatar va qozoq vakillari bilan to‘ldirilgan 61 kishidan iborat bo‘lgan yangi tashkilotning tarkibi tasdiqlandi. Bu organ “Sho‘roi islom” degan nom oldi. Aprel oyining boshlarida mahalliy jadidlarning tashabbusi bilan O‘sh, Andijon, Skobelev, Turkiston, Mari, Samarqand, Namangan va Qo‘qonda uning mahalliy tashkilotlari tashkil qilindi.
“Sho‘roi islom” tashkilotining xalq o‘rtasida ta’sining kuchayib borishi Turkistonda markazga o‘xshab ikkihokimiyatchilik emas, balki siyosiy maydonda uch hokimiyatni yuzaga keltirgan edi:
Turkiston Sovetlari – bular inqilobiy demokratiyaning xoxish-mrodasini ifodalovchi yevropalik ishchi va soldatlarning organlari edi.
Ijroiya qo‘mitalari – Sovetlarga nitsbatan aholining ancha keng milliy guruhlari namoyandalari bo‘lib, ular tarkibida turli partiyalar bo‘lgan va ular joylarda Muvaqqat hukumat organlari rolini o‘ynagan.
“Sho‘roi Islom” tashkiloti – musulmon aholining xoxish-irodasini ifoda etdi va uning manfaatlarini himoya qildi.
1917 yilning mart-aprel oylari o‘lkaning siyosiy uyg‘onishida burilish davri bo‘ldi. Turkiston jadidlari, milliy ziyolilari va islom ulamolarining yetakchilari bo‘lgan Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919), Munavvarqori (1878-1931), Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaev (1882-1938), Fitrat (1886-1938), Fayzulla Xo‘jaev (1896-1938), Mustafo Cho‘qay (1886-1941), Muhammadjon Tinishboev (1879-1939), Sherali Lapin (1868-1919), Ahmad Zaki Validiy (1890-1970), Obidjon Mahmudov (1858-1936) o‘lkada yangi tashkil qilingan “Sho‘roi Islom” (1917 yil mart), “Sho‘roi Ulamo” (1917 yil iyun), “Turon” jamiyatlari va “Turk adami markaziyat firqasi” (1917 yil iyul), “Ittifoqi muslimin” (1917 yil sentabr) siyosiy partiyalarining tuzilishida muhim rol o‘ynadilar.
Siyosiy sohada menşeviklar urushni tark etmaslik tarafdori edilar, bolsheviklar esa qarama-qarshi pozitsiyani saqlab qolishdi. Ikkinchisining lideri Lenin 1917 yil aprelda mamlakatga qaytib keldi va nashr etdi Aprel tezislari. Ushbu murojaatida u Rossiyaning chiqib ketishini himoya qildi va vaqtinchalik hukumatga bo'ysunmaslikni so'radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |