Shoir “Ko’kan “ nomli poemasini , “ To’y “ , “ Ikki vasiqa” nomli balladalarni yozib kitobxonlarga taqdim etdi. Shoir Ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan “Sen yetim emasan “ ,”Oltin medal” , “ Kuzatish” , “ Vaqt” , “Sog’inish” , “ Bizning ko’chada ham bayram bo’lishi bo’lajak” , “ Men – yahudiy ” nomli she’rlari bilan o’zbek she’riyatini umumbashariy darajaga ko’tardi. Shoir ijodiy merosi badiiy tarjima katta o’rin tutadi . U Shekspirning “Otello “ , “Qirol Lir” tragediyalarni o’zbek tiliga mahorat bilan o’girgan . G’afur G’ulomning o’n ikki jildlik mukammal asarlar to’plami nashr qilingan . 1943-yilda G’afur G’ulomga o’zbek fani va madaniyati rivojiga qo’shgan ulkan hissasi uchun akademik faxriy unvoniga sazovor boldi. 1946-yilda urush yillarida yozilgan she’rlari jamlangan “Sharqdan kelayotirman “ to’plami uchun Davlat mukofoti sohibi bo’ldi. Atoqli o’zbek adaibi ,shoir, akademik G’afur G’ulom 1966-yil 10-iyul kuni 63 yoshida vafot etdi. 2003-yilda adib tavalludining 100 yilligi respublikamiz miqiyosida keng nishonlanadi. G’afur G’ulomga mustaqillik yillarida “Buyuk xizmatlari uchun “ ordeni berildi. 1914-yilda boshlangan Birinchi jahon urushi xalqning shundoq ham o’g’ir hayotini butunlay izdan chiqardi. Rossiya mustamlakachilari urush ortidagi turli qora ishlarni bajarish uchun biizning o’lkamizdan ham erkaklarni majburan mardikorlikka olardi. Boquvchisiz qolgan xonadonlar, ayollar va bolalar tirikchilik o’takazishga nihoyatda qiynalishar edi. O’lkamizda yetishtiriladigan aksariyat noz-ne’matlarni esa chor hukumati turli bahonalar, aldovlar bilan tashib ketar edi. Shaharlarda ishsizli, qimmatchilik va qahatchilik avj olgan edi. Ko’chalarda to’p-to’p tilanchilar va gadoylar daydib yurar edi. Ular safiga urush bo’layotgan o’lkalardan non qidirib qochib kelgan yuz minglab och aholi qo’shilgandi. Yozuv-chizuv ishlariga tug’ma iqtidori bo’lgan o’z davrining mashhur nashrlari bo’lmish gazeta va jurnallar bilan yaqindan tanishib boradi, tahririyatlar xizmat qilib boradi. O’sha yillari “Kambag’al dehqon” ,”Qizil O’zbekiston” , “ Sharq haqiqati “ singari gazetalarda , “Mushtum “ jurnalida uning yuzlab katta –kichik maqollarlari, felyetonlari bosiladi. O’zining iste’dodlari adabiy ijodda ko’proq namoyon bo’lishini namoyon bo’lishini sezgan G’afur G’ulom yangi urfga kirayotgan she’riy shakllari (barmoq ,sarbast)da ko’p mashqlar qiladi. BUning hosilasi bo’lib , dastabki she’riy to’lami 1931-yilda “ Dinamo” nomi bilan chop etildi .1932-yili esa “Tirik qo’shiqlar” nomi bilan ikkinchi to’lami nashr qilindi .G’afur G’ulom o’tgan asrning 20-30 –yillarida ijodga Katta shijoat bilan kirishib, istedodlarining turli qirralarini namoyon qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |