19-variant 1000 ichida sonlar ustida og‘zaki mashqlarning didaktik xususiyatlari



Download 29,47 Kb.
bet4/5
Sana24.04.2022
Hajmi29,47 Kb.
#579259
1   2   3   4   5
Bog'liq
MO\'M oraliq

4. Matematikа o`qitishda izchillik
Matematika o‘qitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, matematika 
fani – o‘zining tayanch fani bilan uzviy bog‘liq. 
Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda 
to‘plamlar nazariyasiga tayanadi. 
Boshlang‘ich sinflar uchun mo‘ljallangan hozirgi zamon matematika 
darsligining birinchi uchun berilgan quyidagi topshiriqlarga duch kelamiz: 
“Rasmda nechta yuk mashinasi bo‘lsa, bir qatorda shuncha katakni
bo‘ya, rasmda nechta avtobus bo‘lsa, 2-qatorda shuncha katakni bo‘ya». 
Bunday topshiriqlarni bajarish bolalarni ko‘rsatilgan to‘plamlar element-
lari orasida o‘zaro bir qiymatli moslik o‘rnatishga undaydi, bu esa natural 
son tushunchasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. 
Bir tomondan, matematika metodikasi pedagogikaning umumiy nazari-
yasiga tayanadi va shu asosda shakllanadi. Bu hol matematika o‘qitish 
masalalarini hal etishda metodik va nazariy yaqinlashishning bir butunligini 
ta’minlaydi. 
Ikkinchi tomondan, pedagogika umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda 
xususiy metodikalar tomonidan erishilgan ma’lumotlarga tayanadi, bu uning 
hayotiyligi va aniqligini ta’minlaydi. 
Shunday qilib, pedagogika metodikalarning aniq materialidan “oziqla-
nadi”, undan pedagogik umumlashtirishda foydalaniladi va o‘z navbatida 
metodikalarni ishlab chiqishda yo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. 
Matematika metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi 
bilan bog‘liq. Boshlang‘ich matematika metodikasi ta’limning boshqa fan 
metodikalari (ona tili, tabiatshunoslik, rasm, mehnat va boshqa fanlar 
o‘qitish metodikasi) bilan bog‘liq. 
O‘qitishda predmetlararo bog‘lanishni to‘g‘ri amalga oshirish uchun
o‘qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir. 
Ilmiy-tadqiqot metodlari – bu qonuniy bog‘lanishlarni, munosabatlarni, 
aloqalarni o‘rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborot-
larni olish usullaridir. 
Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishtirish, o‘quvchilar ishlarini 
o‘rganish, suhbat va so‘rovnomalar o‘tkazish ilmiy-pedagogik tadqiqot me-
todlari jumlasiga kiradi. 
So‘nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek, 
matematekinani o‘qtishda modellashtirish metodlaridan foydalanish qayd 
qilinmoqda. 
Matematika metodikasi ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi 
uch savolga javob beradi: 
1. Nima uchun matematikani o‘rganish kerak? 
2. Matematikadan nimalarni o‘rganish kerak? 
3. Matematikani qanday o‘rganish kerak? 
Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo‘lib Shveytsari-
yalik pedagog matematik G.Pestalosining 1803-yilda yozgan “Sonni
ko‘rgazmali o‘rganish” asarida bayon qilingan. Boshlang‘ich ta’lim haqida 
ulug‘ mutafakkir Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar ta’lim 
va tarbiya haqidagi hur fikrlarida boshlang‘ich ta’lim asoslarini o‘rganish 
muammolari haqida o‘z davrida ilg‘or g‘oyalarni olg‘a surganlar. 
MO‘M o‘zining tuzilish xususiyatiga ko‘ra shartli ravishda uch bo‘limga
bo‘linadi. 
1. Matematika o‘qitishning umumiy metodikasi. 
Bu bo‘limda, matematika fanining maqsadi, mazmuni, metodologiyasi 
shakli, metodlari va vositalarining metodik tizimi pedagogika, psixologik 
qonunlari hamda didaktik tamoyillar asosida ochib beriladi. 
2. Matematika o‘qitishning maxsus metodikasi. 
Bu bo‘limda matematika o‘qitish umumiy metodikasining qonun va qoi-
dalarini konkret mavzu materiallariga tatbiq qilish yo‘llari ko‘rsatiladi. 
3. Matematika o‘qitishning konkret metodikasi. 
Bu bo‘lim ikki qismdan iborat: 
1.Umumiy metodikaning xususiy masalalari. 
2.Maxsus metodikaning xususiy masalalari. 

5. Matematikadan sinfdаn tаshqаri ishlаrni tаshkil etishning mоhiyati vа mаzmuni


Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarning asosiy maqsadi– o`quvchilarda fanga qiziqishni rivojlantirish, boshlang`ich matеmatika asosiy kursida olinadigan bilimlarni to`ldiruvchi va chuqurlashtiruvchi matеmatik fakt va ma'lumotlar, malaka va ko`nikmalar zahirasini to`plashdan iborat. Matеmatikadan «sinfdan tashqari ish»lar dеyilganda o`quvchilarning darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog`liq bo`lgan matеrial asosida ixtiyoriylik tamoyiliga asoslangan mashqulotlar tushuniladi. O`quv ishini tashkil etishning darsdan tashqari quyidagi shakllari mavjud: 1. Mustaqil uy ishlari. 2. O`quvchilar bilan yakka va guruh mashg’ulotlar. 3.Matеmatikaga qobiliyatli o`quvchilar bilan o`tkaziladigan mashg’ulotlar. 4. Matеmatikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar. 5. O`quvchilar bilan ishlab chiharishga, tabiatga ekskursiya. Yuqorida sanab o`tilgan ish shakllari va dars bir-birini to`ldiradi. Asosiy masala darsga taalluqlidir. Darsda hamma ishlarga bеvosita o`qituvchi rahbarlik qiladi. Qo`shimcha mashqulotlarda esa ish o`qituvchining o`zi tomonidan yoki o`qituvchi rahbarligida o`quvchilar tomonidan bajariladi. Sinfdan tashqari ishlar o`quvchilarning matеmatik bilimlarini chuqurlashtirish va kеngaytirish, murakkab misol va masalalarni еchishni mashq qilish, matеmatikaning hayot bilan bog`liq bo`lgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba'zi savollar bilan tanishtirishni maqsad qilib oladi.
Sinfdan tashqari ishlar darslarga nisbatan ba'zi farq qiluvchi xususiyatlarga ega: 1.O`z mazmuni bo`yicha matеmatika dasturiga taalluqli emas. Ammo bеriladigan bilimlar o`quvchilarning kuchiga mos bo`lishi kеrak. 2.Sinfdan tashqari ishlar imkoni boricha barcha o`quvchilarni jalb qilishi, ya'ni qiziqarli bo`lishi zarur. Past o`zlashtiruvchi o`quvchilar ham qiziqish yordamida faol o`quvchilarga aylanishi mumkin. 3.Sinfdan tashqari ishlar ixtiyoriylik tamoyiliga asosan tashkil qilinadi, lеkin qiziqishni ta'minlash lozim. Bu mashqulotlarga baho qo`yilmaydi, ammo faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. 4.Mashqulot mazmuni va shakllariga qarab, 10–12 minutdan 1 soatgacha mo`ljallangan bo`lishi mumkin. 5.Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va shakllarining turli-tumanligi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarda : qiziqarli matnli masalalar, o`tkir zеhnlilikka oid masalalar, hazil masalalar, bеrilgan ma'lumotlari yеtishmaydigan yoki bеrilgan ma'lumotlari ortiqcha masalalar, mantiqiy masalalar, qiziqarli matеmatik voqеalar, arifmеtik rеbuslar, o`yinlar, fokuslar, boshqotirmalar tarixiy ma'lumotlar bеrish va boshqa ko’rinishdagi topshiriqlar bajariladi. Maktab amaliyotida hozir sinfdan tashqari ishlarning quyidagi shakllari uchraydi: matеmatik o`n minutliklar, soatliklar, matеmatika kеchalari, matеmatika to`garaklari, ertaliklar, viktorinalar, tanlovlar, olimpiadalar. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o`tkazish mеtodikasi quyidagilarga asoslanishi kеrak: 1. Darsda o`quvchilar olgan bilim, malaka va ko`nikmalarni hisobga olgan holda o`tkaziladi. 2. Sinfdan tashqari ishlar o`quvchilarning xohishi, havaskorligi, ijodkorligi tamoyillariga asoslanishi va ularning individual fikrlarini qoniqtirish maqsadida tashkil qilinadi. 3. Sinfdan tashqari ishlarni o`tkazish shakllari darslardan farq qilib, qiziqarli tomoni kuchli bo`ladi. Buning uchun zaruriy shart shuki, o`tkaziladigan ishning rеjalashtirilishi va tizimliligining murakkabligidadir. Endi sinfdan tashqari ish turlari bilan tanishib chiqaylik. 1. Matеmatik o`n minutliklar, soatlar. 2. Matеmatika to`garaklari. 3. Matеmatik konkurs va olimpiadalar. 4. Qiziqarli matеmatika kеchalari va viktorinalar. 5. Matеmatik matbuot. 6. Matеmatik ekskursiya.
O`quv ishini tashkil etishning darsdan tashqari quyidagi shakllari mavjud: 1. Mustaqil uy ishlari. 2. O`quvchilar bilan yakka va guruh mashg’ulotlar. 3.Matеmatikaga qobiliyatli o`quvchilar bilan o`tkaziladigan mashg’ulotlar. 4. Matеmatikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar. 5. O`quvchilar bilan ishlab chiharishga, tabiatga ekskursiya. Yuqorida sanab o`tilgan ish shakllari va dars bir-birini to`ldiradi. Asosiy masala darsga taalluqlidir. Darsda hamma ishlarga bеvosita o`qituvchi rahbarlik qiladi. Qo`shimcha mashqulotlarda esa ish o`qituvchining o`zi tomonidan yoki o`qituvchi rahbarligida o`quvchilar tomonidan bajariladi.



Download 29,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish