19-variant
1-TOPSHIRIQ. NAZARIY SAVOLLARGA JAVOB YOZING.
Folklor atamasi va uning bolalar adabiyotidagi o’rni.
Sulton Jo’ra-o’smirlar kuychisi.
Xudoyberdi To’xtaboyevning “Besh bolali yigitcha” asari tahlili.
Karlo Kollodning “Pinokkioning boshdan kechirganlari” ertak-qissasi haqida ma’lumot bering.
2-TOPSHIRIQ. She’rni adabiy tahlil qolipi namunasi bo`yicha tahlil qiling:
1. Hajmi (misralar yoki betlar soni).
2. Mavzusi.
3. Ilgari surilgan g`oyalar.
4. Badiiy san’atlar.
5. She’riy asar qofiyalar tizimini aniqlash.
Bo‘lay desang bog‘bon,
Yo Vatanga posbon,
Yo osmonda uchuvchi,
Yo dengizda suzuvchi,
Nimaki qilsang tilak-
Bariga o‘qish kerak,
O‘quvchi sendan talab:
Maktabga bor ertalab,
O‘qi berib mehringni,
Qo‘yib ko‘ngil, zehningni.
Quddus Muhammadiy
3-TOPSHIRIQ. PIRLS – baholash tizimi topshiriqlari asosida badiiy asarni tahlil qiling va test tuzing.
“Hikmatli boylik”
Hikoyada ikki kishi sayohat qilib yurib, bir g’orga duch kelishgani, g’orning ichida kumush eshikli xonada bir sandiq kumush tanga, tilla eshikli xonadan ham bir sandiq tilla tanga topishibdi. Har ikkala sayohatchi cho’ntaklarini va qo’ynilarini tilla tangaga to’ldirib olishibdi. Ketmoqchi bo’lib turishganida yog’och eshikli xonani ham ko’rib qolibdilar. Bu xonada yog’och sandiq ichida to’la kitoblarni ko’rib, birinchi sayohatchi: “Kitoblarni bunchalik ichkariga yashirishning nima hojati bor edi? Bu sandiq g’orning og’zida tursa ham bo’lar edi” deb orqasiga qaytibdi. Ikkinchi sayohatchi esa: “Bu sandiqning ichkariga yashirilishining bir hikmati bo’lsa kerak”, deb tillalarni to’kib, kitoblardan ko’targanicha olibdi. Sherigi uning qilgan ishidan kulib, har ikkalasi o’z yo’lida davom etibdi.
Oradan yillar o’tib, tilla olib kelgan odam boy-badavlat bo’lib ketibdi. Kitob olgan odamning esa bolalari kitoblarni o’qib, elga tanilgan olimlar bo’lib yetishibdi. Bu paytda esa ikki sayohatchi keksayib qolgan, tilla olib kelgan odamning bolalari otasining boyligini talashib, bir-birlari bilan urushib, har tomonga tarqab, otasini ham unutishibdi. Kitob olib kelgan odamning bolalari esa otasiga minnatdorchilik bildirib, uni qarigan chog’ida parvarish qilishibdi.
Test:
“Hikmatli boylik ” hikoyasida necha kishi sayohatga chiqqan?
A)2 kishi B) 3 kishi
D)4 kishi C) 1 kishi
2. Yog’och sandig’ ichida nima joylashgan edi?
A)Tilllalar B) Kumush
D)Kitob C) 1 kishi
3. “Hikmatli boylik ” hikoyasida ilgari surilgan g’oya nima edi?
A) Kitob-bilim manbai, boylikni umri qisqa ekanligi
B)Do’stlik, ahillik
D)Tillo va kumush noyobligi
C) a va b javoblar to’g’ri
Do'stlaringiz bilan baham: |