1–9 sinflar toshkent 2010



Download 1,7 Mb.
bet13/27
Sana08.02.2017
Hajmi1,7 Mb.
#2084
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27

t a v s i ya l a r


Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 8-9 sinflarida chizmachilik darslarini olib boruvchi o`qituvchilar mazkur o`quv dasturi tarkibidan o`rin olgan mavzular mazmuni va ular yuzasidan berilgan tavsiyalar bilan tanishib chiqishlari zarur. Dastur mazmunida aks ettirilgan mavzularni ketma-ketlik tartibi va ular uchun belgilangan soatlar hajmi imkon qadar o`zgartirilmasdan ilova qilingan taqvimiy-mavzuiy reja asosida darslar olib borilishi tavsiya etiladi.

Sakkizinchi sinf dasturining kirish qismida chizmalar tarixiga alohida e`tibor berib, O`rta Osiyoda chizmalarning shakllanishiga asos solgan buyuk mutafakkir olimlardan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolar kabi buyuk ajdodlarimiz haqida ma`ruza qilinadi.

Chizma asboblari va o`quv qurollarning ro`yhati mashq daftariga yozib qo`yiladi. Chizma chiziqlarning asosiy beshta turi haqida keng ma`lumot berib, ularning bir-biridan farqi va vazifalari to`la bayon etiladi. O`lcham qo`yish qoidalari va chizma shriftlarning yozilishi ko`rsatib beriladi. Bu harflar va raqamlarning o`lchamlari (5,7,10) haqida to`la ma`lumot berilib, ularning yozilishi, konsruktiv tuzilishi bo`yicha guruhlarga ajratilib tushuntiriladi.

Dasturda geometrik yasashlar uchun ajratilgan soatlardan unumli foydalanilgan holda har bir mavzu yuzasidan o`quvchilarning mashq bajarishlariga imkoniyat yaratiladi. Mazkur mavzular bo`yicha amaliy ishlar ko`proq mashq daftarida bajariladi.

Proyeksiyalash usullari mavzusini bayon etishda ko`rgazmali qurollar, maketlar, geometrik jismlar, modellar, detallar va o`quv plakatlardan keng foydalanish zarur. Oktant va epyur haqida ma`lumot berilgandan so`ng, nuqta, to`g`ri chiziq va tekis shakllarning birinchi oktantdagi va epyurdagi proyeksiyalari ko`rsatib beriladi. Geometrik jismlarning proyeksiyalari haqida ma`lumot berilganda ularning modellaridan ko`proq foydalaniladi. Geometrik jismlarga detallarning tarkibiy elementi sifatida qaraladi.

Ko`rinishlar mavzusini bayon etishda proyeksiyalash usullari takrorlanib, mustahkamlanadi. O`quvchilar har bir ko`rinish nomlarini xotirada chuqur saqlab qolish uchun qisqa muddatli mashqlardan foydalanish tavsiya etiladi. Oddiy detallarning asliga qarab uning ko`rinishlari bajarilishi zarur. Detalning bosh ko`rinishi bo`yicha va zaruriy ko`rinishlar sonini aniqlash yuzasidan ko`nikmalar hosil qilinadi.

Chizmalarni o`qish mavzusida dastlab oddiy modellarning, ya`ni ishlov berilmagan detallar chizmalari tahlil qilinadi va geometrik jismlarga ajratiladi. Bunda o`quv detallarda foydalaniladi. O`quvchilar chizmalarni o`qish tartibi va qoidalarini yod olishlari lozim.

Aksonometrik proyeksiyalar haqida umumiy ma`lumotlar berilib, ularning o`qlarini hosil qilish va ellipslarini qurish ko`rsatib beriladi. Izometrik va dimetrik proyeksiyalar yasash tushuntirilgandan so`ng, texnik rasm bajarish tartib-qoidalari bayon etiladi. O`qituvchi tomonidan sinf doskasida bajarilgan chizmalar mashq daftariga ko`chirilishi bilan barobar o`quvchilar mavzu mazmunidan kelib chiqib qisqa muddatli mashqlar bajarishi va o`tilgan materiallarni mustahkamlab borishlari lozim.

Sakkizinchi sinf o`quvchilarining dastur o`quv materiallari yuzasidan egallangan bilimlari baholanadi va nazariy bilimlar test savollari orqali, amaliy bilimlar esa grafik torshiriq yordamida sinaladi.

Dastur mazmunida sakkizinchi sinflar uchun 8 ta grafik ish bajarilishi mo`ljallangan bo`lib, har chorakka 2 tadan to`g`ri keladi. Grafik ishlarning bajarilishi majburiy bo`lib, ularning mazmuni quyidagilardan iborat:

1. Grafik ishda chizma chiziqlarning 5 ta asosiy turlari aks ettirilib, ularning qalinligi, o`lchamlari ko`rsatiladi. Detal chizmasi misolida ularning vazifasi ifodalanadi va yozuvlari chizma shriftda (5,7) bajariladi.

2. Grafik chizmachilik shriftlari yuzasidan bajarilib, A4 format chizma qog`oziga hoshiya, asosiy yozuv bilan birga 10 shriftda bosh va yozma harflar hamda raqamlar yoziladi.

3. Grafik ish mazmunida tutashmalar bajariladi va o`lcham qo`yish qoidalari aks ettiriladi. Bunda oddiy tekis shakllardan foydalaniladi. Mazkur format qog`ozda qiyaliklar va konusliklar ham chiziladi.

4. Grafik ishda lekalo va sirkul yordamida egri chiziqlar bajarilib, bunda oval va ellips chiziladi. Mazkur grafik ishlarning 2 tasi bajarilib, qabul qilingandan so`ng, o`quvchilarning bitta chorakdagi grafik faoliyatiga yakun yasaladi va hulosa qilinadi.

ikkinchi yarim yil davomida ham 4 ta grafik ish bajariladi va dastlab 5-grafik ish geometrik jismlarning proyeksiyalariga bag`ishlanadi. Bunda ko`pyoqli va aylanish sirtli geometrik jismlarning (bittadan) uch ko`rinishi chiziladi. Geometrik jismlar proyeksiyalarining birida o`qituvchi tomonidan belgilangan nuqtaning yetishmaydigan proyeksiyalari topiladi.

6-grafik ishda o`quvchilar chizma tarkibidan mahsus olib tashlangan chiziqlarni to`ldiradilar. Mazkur ish oddiy simmetrik detal chizmalari yordamida bajarilib, to`g`ri burchakli proyeksiyalarning yetishmaydigan chiziqlari to`ldiriladi.

7-grafik ish modelning asliga qarab eskizini bajarishga mo`ljallangan bo`lib, bunda katak daftar yoki millimetrovkalarga bo`lingan qog`ozga ( A4 format ) oddiy detalning ko`rinishlarini chizish tavsiya etiladi.

8-grafik ishda detalning uch ko`rinishiga asosan izometrik yoki dimetrik proyeksiyalari yasaladi.

O`lcham qo`yish tartib qoidalari 5-7 grafik ishlar mazmunida o`z ifodasini topishi lozim. O`quvchilar tomonidan bajarilgan barcha grafik ishlar o`qituvchi tomonidan ball qo`yib qabul qilinadi va amaliy bilimlarni o`zlashtirilishi yuzasidan hulosa yasaladi. Har chorak davomida o`tilgan materiallar yuzasidan o`quvchilarning egallagan nazariy bilimlari test savollari yordamida sinab ko`riladi.

9-sinf dasturi mazmunidan o`rin olgan o`quv materiallarini bayon etishdan oldin 8-sinfda o`tilgan o`quv materiallar takrorlab umumlashtiriladi.

Kesimlar va qirqimlar mavzusiga ajratilagan soatlar sonidan unumli foydalanilgan holda chizmalarda materiallarning grafik belgilanishi kesim yuzasining shtrixlanishi tushuntirib o`tiladi. Kesim va qirqim turlari to`la tushuntiriladi. Qiya qirqim hamda uning kesilgan yuzasini haqiqiy kattaligi yasaladi. Aksonometriyada qirqim bajariladi.

Chizmalardagi shartliliklar va soddalashtirishlar haqida ma`lumot berilib, mazkur mavzu yuzasidan daftarga mashqlar bajariladi. Buning davomida eskiz bajarish qoidalari o`rganiladi va texnik rasm bajarish mustahkamlanadi.

Loyihalash elementlari haqida tushuncha berilgandan so`ng, mashq daftariga mazkur mavzu yuzasidan detalning shaklini va fazoviy holatini o`zgartirishga oid torshiriqlar bajariladi. Kompyuter imkoniyatlaridan, foydalanib o`quvchilar format rom chizig`i shtampi va oddiy geometrik modelning chizmasini bajaradilar.

Mashinasozlik chizmalari haqida umumiy ma`lumotlar berib, buyumlarning hamda hujjatlarning turlari bo`yicha tushuncha beriladi. Yig`ish chizmalari yuzasidan ma`ruza qilinib, ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar bilan tanishtirib, ularning vazifalari bo`yicha ma`lumot beriladi. Rezba turlari bayon etiladi va ularni chizmalarda belgilanishi ko`rsatiladi. Rezbali detallar va ularning birikmalari mashq daftariga chiziladi.

Qurilish chizmachiligi va sxemalar haqida umumiy ma`lumot berilib, mavzu yuzasidan chizmalar mashq daftariga bajariladi hamda chizmalarni o`qish yuzasidan torshiriqlar beriladi. Dastur mazmunida 9- sinflar uchun 8 ta grafik ish bajarish nazarda tutilgan bo`lib, ularning mazmuni quyidagilardan iborat:

1-2 grafik ishda kesimlar va qirqimlar talab qiluvchi detallar zaruriy ko`rinishlarda chizmalar bajarilishiga mo`ljallangan bo`lib, bunda tanlab olingan detal oddiy bo`lishi lozim. Har ikki grafik ish mazmunida ham o`lchamlar qo`yish bo`yicha ko`nikmalar hosil qilish nazarda tutilishi kerak.

3- grafik ishning bundan oldingi 1-2 grafik ishlardan farqi, mazkur ish mazmunida yuqoridagilarni mustahkamlash bilan birga ko`rinishning yarmi (qismi) bilan qirqimning yarmi (qismi)ni birlashtirib tasvirlaydi.

4- grafik ishda sodda detallarning eskizi va texnik rasmi qirqim qo`llangan holda bajarilib, mazkur mavzu bo`yicha 8-sinfda egallangan bilimlar yuzasidan ko`nikma va malakalar hosil qilinadi.

5-grafik ishda boltli birikma uchta ko`rinishda va shpilkali birikma bitta ko`rinishda bajariladi. Unda o`quvchilarga variantlar sonini ko`paytirish maqsadga muvofiqdir.

6-grafik ish loyihalash elementlariga oid torshiriqlarga bag`ishlanadi. Bunda berilgan vazifaga muvofiq narsaning shaklini va fazoviy holatini o`zgartirib tasvirlash bo`yicha topshiriqlar bajariladi. Topshiriqlar mazmunini murakkablashtirib yubormaslik tavsiya etiladi.

7-grafik ishda qurilish chizmachiligi bo`yicha bir qavatli uyning plani, fasadi va qirqimi bajariladi.

8- grafik ish kompyuterda loyihalash, fazoviy holatini va detalning reja bo`yicha qismini qisman o`zgartirishga oid ish bajariladi va natijasi chop etiladi.

1-2- grafik ishlar bajarilgandan so`ng, birinchi CHORAKka, 3 va4 grafik ishlarning bajarilishiga qarab o`quvchilarning yarim yillik faoliyatiga yakun yasalib hulosa chiqariladi.

5 va 6- grafik ishlar bajarilgandan so`ng uchinchi chorakka, 7 va 8-grafik ishlaning bajarilishiga qarab ikkinchi yarim yillik bo`yicha o`quvchilarning grafik faoliyatiga yakun yasaladi va hulosa qilinadi. Mazkur grafik ishlarning barchasi A4 format qog`oziga bajariladi va o`qituvchi tomonidan qabul qilinadi. O`quvchilarning o`tilgan materiallar yuzasidan nazariy bilimlari test sinovlari yordamida sinab ko`riladi.



Musiqa madaniyati fanidan

Davlat ta`lim standarti
O`quvchilar ”Musiqa madaniyati” faniga oid quyidagi bilim, ko`nikma va malakalarni egallashlari shart:

- har bir mahalliy uslubda o`ziga xos ijrochilik uslublari va cholg`u asboblarini bilish;

- Farg`ona – Toshkent; Samarqand – Buxoro, Surxondaryo – Qashqadaryo, Xorazm ijrochilik uslublari xususiyatlari, mashhur musiqa janlari (doston, katta ashula, yallachilik) ni bilish;

- maqom haqida tushuncha, o`zbek maqomlari va ularni asosiy turkumlari, Shashmaqom, uning cholg`u ashula yo`llari, Farg`ona – Toshkent maqomlari, Xorazm maqomlari, cholg`u va aytish yo`llarini bilish;

- O`zbekiston hududida mumtoz musiqaning ko`p tarmoqli va mahalliy an`analarga ega ekanligi, ularning o`xshashligi va o`ziga xosligi, mahalliy musiqiy an`analarning zamonaviy musiqa, bastakorlik va kompozitorlik ijodi sohasida namoyon bo`lishini bilish;

- ikki ovozli qo`shiqlarni sof ohangda kuylash, major uch tovushligidan minor uch tovushligiga mustaqil kuylab o`ta olish;

- kuylashda forte va piano dinamik tuslarini bajarish, o`zi va o`rtoqlari ijro etgan qo`shiqlarning ijrochilik saviyasi va badiiy sifatini baholay bilish;

- mashhur qo`shiq va ashulalar, yor-yorlar hamda ushshoqlarning mahalliy uslub variantlarini tinglab ajrata olish;

- kuylash va tinglash madaniyatiga ega bo`lish;

- musiqa naqadar qadimiy san`at ekanligi, o`zbek xalq musiqasining ildizlari uzoq davrlarga taqalib, asarlar, yillar davomida sayqal topib, rivojlanib kelganligi, shu bois xalqimizning boy madaniyatini, milliy qadriyatlarimizni o`zida aks ettirishini va nihoyat, o`zbek milliy musiqamiz umumbashariy jahon musiqa madaniyatining ajralmas bir bo`lagi ekanligini tasavvur qila olish.


Musiqa madaniyati fanining maqsadi va vazifalari


O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ta`lim tizimida ro`y berayotgan o`zgarishlar umumiy o`rta ta`lim maktablaridagi boshqa o`quv fanlari qatori musiqa madaniyati fanining o`qitilishini ham tubdan yangilashni talab etmoqda.
Musiqa madaniyati fanining maqsadi: o`quvchilarning ma`naviy, badiiy va ahloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g`urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni o`stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Musiqa madaniyati va san`at o`quv fani umumiy o`rta ta`lim maktablarida o`qitiladigan barcha o`quv fanlari, jumladan, adabiyot, tasviriy san`at, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bog`lanadi.

Barcha o`quv fanlari qatori musiqiy ta`limda ham Davlat ta`lim standartining joriy etilishi milliy musiqiy meroslardan to`laqonli foydalanish imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va qo`shiqlarida, xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlari va bugungi zamonaviy musiqiy faoliyatda o`z aksini topdi. Musiqa san`atining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalash, ularning barkamol bo`lib etishishlarida o`ziga xos va takrorlanmas manba bo`lib xizmat qiladi. Azaldan Sharq, jumladan, o`zbek musiqa ta`lim-tarbiyasi pedagogikasi va uning mukammal uslubiyatlari ustoz va shogird an`analari misolida takomillashib borgan.

Davlat ta`lim standarti ommaviy xalq musiqa pedagogikasi, professional musiqa ijodkorlari, musiqa ijrochilari (sozanda, xonandalar) asarlarining elementar asoslarini o`rgatishni me`yorlashtiradi.
Musiqa madaniyati fanining vazifalari: Davlat ta`lim standarti asosida yangi ta`lim mazmuni o`quvchilarning musiqiy bilim, ko`nikma va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli tasavvur qilish, ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi xislatlarni rivojlantirishni ta`minlaydi. Shu bois, musiqa madaniyati ta`limining yangi mazmuni yosh avlodni milliy musiqiy merosimizga vorislik qila oladigan, umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazishni nazarda tutadi. Bunda o`quvchilar musiqa san`atini butun nafosati bilan o`rganishlari, ommaviy musiqa faoliyatlari: musiqani badiiy idrok etish, yakka va jamoa bo`lib qo`shiq kuylash, raqsga tushish va ijodkorlik malakalarini shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi.

Shuningdek, o`quvchilar musiqiy iqtidorini rivojlantirish, musiqa san`atiga mehr va ishtiyoqni oshirish, musiqa san`atiga qiziquvchi o`quvchilarning iqtidorini rivojlantirish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish, ularning badiiy ehtiyojlarini qondirish musiqa ta`lim-tarbiyasining asosiy vazifasini tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda jahon xalqlarining nufuzli durdona asarlari bilan tanishtiriladi.


II. O`quvchilar tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan zaruriy talablar


Musiqa madaniyati o`quv fanining mazmuniga bo`lgan talablar nazariy va amaliy faoliyatlar majmuasidan tashkil topib, ular quyidagi mavzularni belgilaydi.

Boshlang`ich musiqa savodi, musiqiy asarlar ijodkorlari faoliyati, musiqa ijrochiligi, ashula, xor, ansambl, orkestr bastakorlar va kompozitorlar ijodini, o`zbek xalq cholg`u asboblarini bilish, mashhur o`zbek xalq sozanda va xonandalar ijodiy faoliyati, musiqiy atama va iboralari, musiqa janrlari, musiqada zamonaviylik va zamonaviy musiqa, milliy estrada musiqasi va uning ijrochilari kabi mavzular asosida milliy musiqa madaniyatimizni o`zlashtirishni nazarda tutadi.

Bu mavzular dars jarayonida quyidagi o`quv faoliyatlarida nazariy va amaliy mashg`ulotlar vositasida bajariladi:

1. Musiqa tinglash.

2. Jamoa bo`lib kuylash.

3. Musiqa savodi.

4. Musiqa ijodkorligi.

1. Musiqa tinglash ta`lim mazmunining asosini tashkil etadi. Ularni kuylash, tinglash faoliyatlari vositasida o`rganish bilan bir qatorda cholg`uchilik, musiqali harakatlar, ijodkorlik faoliyatlari bilan har tomonlama o`rganish va o`zlashtirish, musiqiy tavsiflarni ifodalash imkoniyati yaratiladi. O`zbek xalq musiqasi, o`zbek bastakorlari va kompozitorlarining musiqiy asarlaridan namunalar tinglanadi.

2. Jamoa bo`lib kuylash faoliyati o`quvchilarning musiqiy qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Sinfda jamoa bo`lib kuylash jarayonida o`quvchi o`z ovoz ijrosini boshqarishni va ustozlari ijrosini eshitib, kuzatishni hamda ular bilan bahamjihat jo`rnavozlik qilishga intiladi.

O`zbek xalq qo`shiqlari, o`zbek bastakorlari va kompozitorlari qo`shiqlari, jahon va qardosh xalqlar kompozitorlari qo`shiqlari, mahalliy musiqa uslublariga oid folklor qo`shiqlaridan namunalar kuylaydilar.



3. Musiqa savodi barcha bilimlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsdan qaysi faoliyat mashg`uloti (tinglash, ijro etish, musiqiy harakatlar) bo`lmasin, berilgan mavzudagi asar o`rganiladi va uning xususiyatlari (janri, shakli, tuzilishi, ijrochiligi) haqida yangi tushunchalar hosil bo`ladi. Shu bois, musiqa savodi faqatgina nota yozuvlarini o`rganishdan iborat bo`lmay, balki o`quvchilarning umumiy musiqiy bilim saviyasini tarkib toptiruvchi umumiy bilim, tushunchalar majmuasini (ijrochiligi, xalq va bastakorlik musiqasi, ularning farqlari, milliy musiqaning mahalliy uslublari, mumtoz musiqa, nota savodi) tashkil etadi.

Musiqa savodida musiqiy atamalar, an`analar, templar (sur`at), intervallar, alteratsiya belgilari, dinamik belgilar, musiqaning ifoda tili, oddiy musiqa shakllari va janrlari, major va minor ladi haqida tushuncha beriladi.

Musiqa tinglash yakkanavozlik va jo`rnavozlikni ajrata bilish, ansambl va orkestr ijrosini farqlay bilish, sozlar va sozlar tembrini ajrata olish, musiqiy did va idrokni rivojlantirish. O`zbek, qardosh va jahon xalqlari bastakorlari asarlaridan namunalar tinglash ta`lim mazmunini tashkil etadi.

4. Musiqa ijodkorligi qo`shiq ijrochiligi, sozlar ijrochiligi, raqs ijrochiligi, yakka va jamoa bo`lib ijro etish, xalq va kasbiy musiqa, bolalar kuy va qo`shiqlari, ommaviy xalq kuy qo`shiqlari, maqom, dostonlar, zamonaviy musiqa ijodi, xalq sozanda va xonandalari ijodini bilish. Musiqaning ifodaviy tili: kuy, ritm-usul, sur`at, o`lchov, registr, dinamik belgilar bilan tanishish. Major va minor ladlarini farqlay bilish. Oddiy musiqa shakllari: bir qismli, ikki qismli va uch qismli musiqa shakllari. Kupletli, rondo, sonata, syuitalar haqida tushunchaga ega bo`lish. Musiqiy janrlar: ashula, raqs, vals, marsh kabi janrlarini farqlay olish. Asosiy musiqiy faoliyat turlari: bastakor, kompozitor, ijrochi sozandalar ijodi bilan tanishish. Ijrochilar: ansambl, orkestr, xalq va professional sozandalar ijrochiligi haqida tushunchaga ega bo`lish. Xor ijrochiligi: bolalar, ayollar, erkaklar bilan tanishish. Partiya ovozlari: soprano, alt, tenor, bas ovozlarini farqlay olish.

Musiqa san`atining boshqa san`at turlari bilan bog`liqligi adabiyot, kino, teatr kabi san`atlar bilan bog`liqligi. Atoqli o`zbek bastakorlari va kompozitorlari, qardosh xalqlar kompozitorlari, atoqli o`zbek xalq sozanda va xonandalari, mashhur ansambllari, orkestrlari va xor jamoalari haqida tushunchaga ega bo`lishda ushbu san`at turlarini bilishning ahamiyati katta.

Umumiy o`rta ta`lim maktablarida o`tiladigan barcha fanlar qatorida o`quvchilar musiqa madaniyati fanidan ma`lum darajada bilim va ko`nikma va malakalarga ega bo`lishi lozim.
1-sinf

Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:

-Shoir va bastakorlarni bir-biridan farqi haqida tushunchaga ega bo`lish;

- musiqaning badiiy tavsifi (quvnoq, sho`x, g`amgin va v.b.)ni bilish;

- musiqaning tasviriy tavsifi (tabiat, o`yin, ertak, hazil, o`yinchoqlar obrazlari, kundalik hayot) haqida tushunchaga ega bo`lish;

- nota chizig`i, skripka kaliti, etti tovush haqida umumiy tasavvurga ega bo`lish;

- musiqiy ifoda tavsifiga qarab ijro tiplari sust, sekin, o`rta va tez suratlarda ijro etilishini bilish;

- kuyga tavsif berish (sekin, tez, sakramali) va unda nima ifodalanganligini bilish;

xalq cholg`u asboblaridan doira, rubob, nog`ora, karnay bilan tanishish;

tovushlarni baland va pastligi, yuqorilashib va pastlashib borishi, uzun va qisqaligi haqida tushunchaga ega bo`lish.


Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:

- Asar ohangidan unda nima tavsiflanganligini, uning ifoda tavsifi (quvnoq, sho`x, g`amgin, hazil va boshqalar ) orqali aniqlay olish;

chapakda va bolalar cholg`u asboblarida chalib musiqaga ritmik jo`r bo`lish;

- dirijorning “Diqqat”, “Nafas” va “Tugatish” kabi asosiy ish oralariga amal qila olish;

- notalar uzunligi (butun, yarim, chorak va nimchorak) haqida tasavvurga ega bo`lish.
Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:

- Shoir va bastakorlarni bir-biridan farqlash;

- asarlarni ifoda tavsiflari orqali farqlash;.

- musiqa tovushlarini farqlash;

- kuy va qo`shiqlarga tavsif berish;

- dirijorning ishoralariga qarab kuylash.


2-sinf

Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:

- Asarning nomi, ijodkorlari va badiiy mazmuni haqida umumiy tasavvurga ega bo`lish;

- musiqaning ifoda tili-kuy, registr va dinamik tuslari haqida tushunchaga ega bo`lish,

- nota yo`lida yetti asosiy bosqichning joylashuvini bilish;

- cholg`u asboblari, g`ijjak, qashqar rubobi, nog`ora bilan tanishish;

- yakkanavoz, yakkaxon, cholg`uchilar va xonandalar ansambili haqida tushunchaga ega bo`lish;

kuyning tuzilishi, uning ifoda vositalari haqidagi tushunchalarni bilish.

Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:

- Asarning musiqiy tavsiflari tahlilida qatnashish va o`z nuqtai nazarini bayon eta olish;

- cholg`u asboblarini tovush tembridan ajrata olish;

- tinglash orqali musiqaning ijro turlari yakkanavoz, yakkaxon dasta yoki orkestr ekanligini ajrata bilish;

- dirijorlik ishoralari yordamida xor bo`lib kuylay olish.

Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:

- Asarning musiqiy tavsiflari tahlilida qatnashish va o`z nuqtai nazarini bayon etish;

- cholg`u asboblarini tovush tembridan farqlash;

- tinglash orqali musiqaning ijro turlari yakkanavoz, yakkaxon, ansambl ekanligini bir-biridan farqlash;

- dirijorlik ishoralari yordamida xor bo`lib kuylash.
3-sinf

Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:

- Ansambl, orkestr va xor haqida umumiy tushunchaga ega bo`lish.

- o`rganilgan qo`shiqlarning mazmuni va mualliflari haqida tushunchaga ega bo`lish;

- musiqa savodiga doir kuy, usul, ritm, sur`at, o`lchov notalar shakli va pauzalar cho`zimi, nota yo`lidagi o`rni; major va minor lad (tuzuk) lari xususiyatlari, ularning uch tovushliklari;

- oddiy musiqa shakllari volta, repriza haqida umumiy tushunchaga ega bo`lish;

- tinglangan musiqa asarlarining mazmuni, janri (qo`shiq, marsh, raqs) va mualliflari haqida umumiy bilimlarga ega bo`lish.


Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:

-Qo`shiqlar kuylash va ularning janri, shakli, ifoda vositalari haqida fikr bildira olish;

-mashq va qo`shiqlar kuylaganda o`qituvchining dirijorlik ishoralariga qarab ansambl bo`lib kuylay olish;

- o`z o`rnida nafas olish, qo`shiq so`zlarini to`g`ri talaffuz qilish, dinamik belgilarga rioya etib kuylay olish;

-musiqa asarini diqqat bilan tinglash, uning shakli, qismlari(jumlalari), qaytarish va tugatish joylari, janr (qo`shiq, raqs, marsh) undagi major yoki minor tavsifi, ijro turi va asboblar ishtirokini aniqlay olish;

-oddiy nota yozuvlaridan o`rganilgan nota belgilarini topib aniqlay olish;

-musiqa tavsifini raqs, turli harakatlarda ifodalab ko`rsata olish;

-chapak va bolalar kichik urma cholg`u asboblarida chalib musiqaga ritmik jo`r bo`la olish;


Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:

-Qo`shiqlar kuylash va ularning janri, shakli, ifoda vositalari haqida fikr bildirish;

-mashq va qo`shiqlar kuylaganda o`qituvchining dirijorlik ishoralariga qarab ansambl bo`lib kuylash, o`z o`rnida nafas olish, qo`shiq so`zlarini to`g`ri talaffuz qilish, dinamik belgilarga rioya etib kuylash;

-musiqa asarini diqqat bilan tinglash, uning shakli, qismlarini (jumlalari), qaytarish va tugatish joylari, janr (qo`shiq, raqs, marsh) undagi major yoki minor tavsifi, ijro turi va asboblar ishtirokini aniqlash;

-ijrochilik turlarini ijro sadolaridan farqlash;

-chapak va bolalar kichik urma cholg`u asboblarida musiqaga ritmik jo`r bo`lish.

- cholg`u asboblarini tembridan ajratish.
4-sinf

Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:

- Xalq musiqa ijodi haqida tushunchaga ega bo`lish;

- o`zbek xalq musiqasining ommaviy janrlari; qo`shiq, alla, lapar, yalla, terma, bolalar qo`shiqlari, ommaviy kuylar haqida tushunchaga ega bo`lish;

- o`zbek musiqasida bastakorlik uslubi hamda kompozitorlik ijodi haqida umumiy tushunchaga ega bo`lish;

- rus, dunyo xalq musiqasi va O`zbekistonda yashovchi xalqlarining musiqasi haqida umumiy tushunchaga ega bo`lish.
Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:

- Xalq musiqa janrlarini ohang va ifoda tavsiflariga ko`ra ajrata bilish;

- bastakorlik va kompozitorlik uslubiga mansub asarlarning tuzilishi va ijro uslubidan ajrata olish:

- ommaviy xalq musiqa janrlarini kasbiy musiqa (ashula, katta ashula)dan farqlay olish;

- mashq va qo`shiqlarni nota yozuviga qarab kuylay olish;

- kichik cholg`u asboblarida chalib, musiqaga ritmik jo`r bo`la olish;

- ma`lum she`r parchalariga kuy bastalay olish.

Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:

- Tinglash va kuylash orqali asarning major va minor ladini farqlash;

- musiqa tinglash orqali damli, zarbli va torli cholg`u asboblarining ovoz tembridan farqlash;

- nota yozuvlariga qarab kuylash;

- musiqiy cholg`u asboblarida kuy va qo`shiqlar xarakteriga mos ritmik jo`r bo`lish.
5-sinf

Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:

- Orkestr, ansambl va xor tuzilishini bilish;

- xor turlari – bolalar xori, xotin-kizlar xori, erkaklar xori, aralash xor;

- ovoz turlari – bolalar ovozi (alt, soprano, diskant), ayollar ovozi (alt, soprano), erkaklar ovozi (tenor, bariton, bas)ni bilish;

- simfonik orkestr;

- vokal simfonik asarlar - syuita, kantata; raqs san`ati (xoreografiya), balet;

- sahnaviy musiqa asarlari; xalq qo`g`irchoq teatri, musiqali drama va komediya;

- opera san`ati, o`zbek musiqasida opera janri;

- opera ijodkorlari – J. Verdi, V. A. Motsart, N. Rimskiy-Korsakov, A.Xachaturyan, P.I.Chaykovskiy va boshqalar;

- o`zbek musiqasida opera va drama ijodkorlari - M.Ashrafiy, R. Gliyer, S.Vasilenko, T.Jalilov, Yu.Rajabiy, S.Yudakov, S.Jalil, S.Boboev, M.Leviyev;

- vokal-cholg`u syuita va kantata ijodkorlari - S.Yudakov, M.Nasimov;

- drama musiqasi ijodkorlari - T.Jalilov, Yu.Rajabiy, S.Jalil;

- atoqli o`zbek dirijorlari - M.Ashrafiy, D.Zokirov, M.Bafoev, N.Xalilov, B.Umidjonov, A.Sultonov, A.Hamidov;

- bolalar xor jamoasi dirijori - Sh.Yormatov;

- musiqaning san`at turlari bilan o`zaro bog`liqligi (kino, tasviriy san`at, adabiyot va boshq).

Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:

Tinglash madaniyati:

- Cholg`u ansambli va xalq cholg`u orkestrini audiokasseta, radio va televidenie orqali tinglab, ularni tembr va cholg`u tovushlari tarkibidan ajrata bilish;

- simfonik orkestr, esrada simfonik orkestri va duxovoy orkestrlari cholg`ular tembrini tovushlaridan ajrata bilish;

- xor va orkestr ijrosidagi asarlarni idrok etib, ulardagi obrazlarni anglab olish;

- xor turlari (bolalar xori, xotin-qizlar xori, erkaklar xori, aralash xor)ni audio yozuvdan tinglab ajrata olish;

Ijro madaniyati:

- Bilgan cholg`u asbobida chalib o`qituvchi ijrosiga jo`r bo`lish;

- mashq va ayrim qo`shiq parchalarini ikki ovozda mustaqil kuylay olish;

- berilgan qo`shiqlarni mahorat bilan ijro eta olish.



Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:

Tinglash madaniyati:

- Cholg`u ansambli va xalq cholg`u orkestrini audiokasseta, radio va televidenie orqali tinglab, ularni tembr va cholg`u tovushlari tarkibidan ajratish;

- xor va orkestr ijrosidagi asarlarni idrok etib, ulardagi obrazlarni anglash;

- xor turlari (bolalar xori, xotin-qizlar xori, erkaklar xori, aralash xor)ni audio yozuvdan tinglab ajratish;



Ijro madaniyati:

- Bilgan cholg`u asbobida chalib o`qituvchi ijrosiga jo`r bo`lish;

- mashq va ayrim qo`shiq parchalarini ikki ovozda mustaqil kuylash;

- berilgan qo`shiqlarni mahorat bilan ijro etish.


6-sinf

Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:

- Xalq musiqa janrlarida mumtoz musiqani;

- Sharq xalqlari mumtoz musiqasi bilan tanishish;

- buyuk rus kompozitorlari M.Glinka, P.Chaykovskiy, Yevropa klassik musiqasi, simfoniya janri I.S.Bax, L.Betxoven, V.Motsart, F. Shubert, Y.Gaydn asarlarining klassikligi;

- ushbu kompozitorlar ijodi bilan qisqacha tanishuv;

- o`zbek zamonaviy musiqasida bastakor va kompozitor ijodini bilish;

o`zbek xalq musiqasining Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq xalqlari musiqasi bilan o`xshashligi va farqini bilish;

- jiddiy va yengil musiqaning ifoda vositalari, mazmuni va kuyining ohangini ajratishni;

- bastakorlik ijodida an`anaviylik va zamonaviy ijod uslublarining mujassamligini bilish;

- estrada qo`shiqlarida milliylik va baynalminallik xususiyatlarini tushunchaga ega bo`lish;

- milliy estrada qo`shiqlarini badiiy idrok etish va uning ijro mahoratini farqlay bilish;

- rok, janri, uning asl vatani;

- o`zbek musiqasida estrada janri, kino musiqasi, uning o`ziga xos xususiyatlarini;

- mumtoz musiqani, ustozona (kasbiy) musiqani, xalq musiqa janrlarini ongli ravishda o`zlashtirib farqlashni bilish.



Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:

Tinglash madaniyati:

- Xalq va ustozona mumtoz musiqani shakl, mazmun va ijro mahoratiga qarab ajrata olish;

- zamonaviy milliy musiqada mumtozlikka xos badiiy yuksaklikni ajrata olish;

- Sharq xalqlari milliy usulini ohanglaridan ajrata bilish;

- Sharq xalqlari uchun mushtarak bo`lgan cholg`u asboblarida ijro etilgan asarlarni tinglab, ular qaysi millatga xosligini aniqlay olish.

Ijro madaniyati:

- Qo`shiqlarning so`z ma`nolarini jarangdor va ifodali kuylay olish;

- ayrim qo`shiqlarni doira usullari boshqaruvida kuylay olish;

Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:

Tinglash madaniyati:

- Xalq va ustozona mumtoz musiqani shakl, mazmun va ijro mahoratiga qarab ajratish;

- Sharq xalqlari uchun mushtarak bo`lgan cholg`u asboblarida ijro etilgan asarlarni tinglab, ular qaysi millatga xosligini aniqlash.

Ijro madaniyati:

- Qo`shiqlarning so`z ma`nolarini jarangdor va ifodali kuylash;

- ayrim qo`shiqlarni doira usullari boshqaruvida kuylash;
7– sinf

Musiqa madaniyati fanidan quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:

-Milliy musiqa amaliyotida mahalliy uslublar haqida tushunchaga ega bo`lish;

-har bir vohaga mansub mahalliy musiqiy uslubga xos mashhur musiqa janrlari (doston, katta ashula, yallachilik va b.)ni bilish;

-har bir mahalliy uslubning o`ziga xos ijrochilik uslublari va yetakchi cholg`u asboblarini bilish;

-Farg`ona-Toshkent, Samarqand-Buxoro, Surxondaryo-Qashqadaryo, Xorazm

mahalliy uslublaridagi xususiyatlarini; ularning mashhur ijrochilari (ashulachilar, yallachilar, xalfalar va b.)ni bilish;

-Shashmaqom, uning cholg`u va ashula yo`llarini bilish;

-Farg`ona-Toshkent-Xorazm maqomlarining cholg`u va ashula yo`llari haqida tasavvurga ega bo`lish;

-mahalliy musiqiy an`analarining zamonaviy musiqa ijodiyoti, xususan bastakorlik va kompozitorlik sohasida namoyon bo`lishini;

-estrada va milliy estrada haqida tushunchaga ega bo`lish;

-hozirgi badiiy jamoalar, ta`sis etilgan ko`rik-tanlovlari haqida bilish;

-O`zbekiston Markaziy Osiyo, jahon musiqasi va hozirgi zamon musiqa san`atining o`ziga xos jihatlarini bilish, bu san`atning ayrim namoyondalarini hamda ularning mashhur asarlarini tinglab umumiy tasavvurga ega bo`lish.


Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:

Tinglash madaniyati:

-Shashmaqom, Xorazm hamda Farg`ona-Toshkent maqomlarining ohang xususiyatlarini usul va uslublariga ko`ra ajrata bilish;

-to`rt lokal mintaqada mavjud musiqiy mahalliy uslublarni ijro uslublariga ko`ra farqlay bilish;

- Farg`ona - Toshkent, Samarqand - Buxoro, Surxondaryo - Qashqadaryo va Xorazm vohalaridagi baxshilar ijrolarini cholg`u jo`rlari (dombra, dutor, tanbur, tor) va ovoz ishlatish (bo`g`iq va ochiq) uslublariga ko`ra ajrata bilish;

-Sharq, mumtoz, estrada va jahon musiqalarini tinglab farqlay bilish;

-Festivallar va ko`rik-tanlovlarni farqini aniqlay bilish.



Ijro madaniyati:

-Turli tuzilishdagi ikki ovozli qo`shiqlarni ansamblda kuylash;

-major va minor ladlarini ifodali kuylash;

-kuylashda forte va piano dinamik tuslarini bajarish:

- o`zi va o`rtoqlari ijro etgan qo`shiqlarni ijrochilik saviyasi va badiiy sifatini baholay bilish;

-bilgan cholg`u asboblarida chalish, sinf xoriga jo`rnavozlik qilish.



Musiqa madaniyati fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak:

Tinglash madaniyati:

-Shashmaqom, Xorazm hamda Farg`ona-Toshkent maqomlarining ohang xususiyatlarini usul va uslublariga ko`ra ajratish;

-Sharq, mumtoz, estrada va jahon musiqalarini tinglab farqlash;

-Festivallar va ko`rik-tanlovlarni farqini aniqlash.



Ijro madaniyati:

-Turli tuzilishdagi ikki ovozli qo`shiqlarni ansamblda kuylash;

-major va minor ladlarini ifodali kuylash;

-kuylashda forte va piano dinamik tuslarini bajarish:

-bilgan cholg`u asboblarida chalish, sinf xoriga jo`rnavozlik qilish.

Musiqa madaniyati fanidan o`quv dasturi

Uqtirish xati


Mazkur dasturning asosiy mohiyati quyidagilar bilan belgilanadi: avvalo, darslarning muayyan mavzulari har bir chorak uchun belgilangan bosh mavzulardan kelib chiqadi va saboq chog`ida musiqaning muayyan mohiyatini tushunishga yordam beradi. ikkinchidan, musiqa tinglash, qo`shiq kuylash va musiqa savodi mashg`ulotlari darsning mustaqil qismi emas, balki dars mavzusini ochib beruvchi musiqa faoliyati sifatida qabul etiladi. uchinchidan, dars mavzusining qiziqarli bo`lishi va ta`lim samaradorligini oshirish maqsadida raqs va musiqali ritmik harakatlar, chorak va bolalar cholg`u asboblari-shiqildoq, doiracha, qoshiq va boshqalarda musiqaga jo`r bo`lish hamda musiqa ijodkorligi kabi musiqa faoliyatlari qo`llaniladi. Ushbu faoliyatlar zamirida o`yin xususiyatlari mavjudligi tufayli ular o`quvchilarda katta qiziqish uyg`otadi. Mashg`ulotlarda qo`llaniladigan barcha musiqa faoliyatlari dars mavzusining ajralmas qismi va mantiqan uzviy bo`lagi sifatida amal qiladi. Bu jihatdan «Musiqa madaniyati» o`quv fani kompleks (integral-aralash) dars turiga kiradi va unda darsning umumiy mavzusiga bo`ysunuvchi, o`zaro mantiqan bog`lanuvchi quyidagi musiqa faoliyatlariga amal qilinadi; musiqa idroki (tinglash), kuylash, musiqa savodi, raqs va ritmik harakatlar, chapak va cholg`u asboblarida chalish hamda musiqa ijodkorligi.

Musiqa idroki dars mashg`ulotlarida yetakchi faoliyat sifatida muhim rol o`ynaydi. U ikki holatda amalga oshadi: birinchi holatda ma`lum asar tinglanib, idrok etiladi va uning badiiy tavsiflari dars mavzuiga doir oddiy musiqiy-pedagogik tahlil etiladi. Eshitish orqali asarni tushunish va ongli idrok etish, asarning musiqiy xususiyatlari (janri, tuzilishi, ifoda vositalari, ijrochiligi) hamda badiiy mazmuni haqida ma`lum bilimlarga ega bo`linadi. Ikkinchi holatda musiqa asarlari avval tinglanib (idrok etilib), so`ng u yoki bu faoliyati ko`proq kuylash orqali o`rganiladi, uning badiiy mazmun xususiyatlari amaliy faoliyatda ifodalanadi. Masalan, o`rganiladigan qo`shiq avval o`qituvchi ijrosida (tasma orqali ham) bir–ikki martta tinglanadi, asar hususiyati haqida suhbat qilinadi, so`ng o`rganishga kirishiladi; raqs musiqasi avval tinglanadi, kuy tavsiflari anglab olingandan so`ng, raqs harakatlari ifodasi o`rganiladi. Ko`pincha asar bir necha faoliyat uyg`unligida (tinglash, kuylash, raqs harakati va boshq.) o`rganiladi. Bunday mashg`ulot usuli asarni puxta o`rganish va ayni holda kompleks malakalarning rivojlanishi uchun imkon yaratadi, «Musiqa madaniyati» darsida barcha faoliyatlar muayyan mavzu zamirida mantiqan o`zaro bog`lanadi, natijada darsning mantiqan bir butunligi vujudga keladi. Musiqa savodi barcha faoliyatlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsda qaysi faoliyat mashg`uloti (tinglash, kuylash, raqs va h.k) qo`llanilmasin, uning amaliyotida foydalanilayotgan asar o`rganiladi va uning xususiyatlari (janri, tuzilishi, ijrochiligi va h.k) haqida yangi tushunchalar hosil bo`ladi. Shu bois, musiqa savodi faqatgina nota savodi uslublaridan iborat bo`lib qolmay, balki o`quvchilarning umumiy musiqiy bilim doirasini tarkib toptiruvchi, umumiy bilim-tushunchalar majmuasini (musiqa shakllari, janrlari, cholg`uchilar ijrochiligi, xalq, bastakorlik musiqasi, ularning farqlari, milliy musiqaning mahalliy uslublari, klassik musiqa, nota savodi va boshq.) singdirib borishdan iborat.

Shuni alohida e`tiborga olmoq zarurki, musiqa idroki (tinglash) va musiqa savodi faoliyati o`zaro uzviy bog`lanishi bilan qolgan barcha faoliyatlar amaliyotiga yetakchilik qiladi. Kuylash faoliyati o`quvchilarning musiqa –o`quv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Sinfda jamoa bo`lib kuylash jarayonida o`quvchi o`z ovoz-ijrosini boshqaradi, o`rtoqlari ijrolarini eshitib kuzatadi va ular bilan birga jo`r bo`lib kuylashga intiladi.

Zotan, tinglash va kuylash o`quv materiallari ta`lim mazmunini tashkil etadi. Ularni tinglash va kuylash faoliyatlari vositasida o`rganish bilan birga, musiqali harakatlar hamda ijodkorlik faoliyatlari bilan ham har tomonlama o`zlashtirish va musiqiy tavsiflarni ushbu faoliyatlar vositasida ifodalash imkoniyatlarini yaratadi.

Dasturda raqs va musiqali harakatlarga alohida o`rin berilgan. Bu faoliyatlar o`quvchilarning musiqiy qobiliyatlari, xususan, ritm-usul tuyg`usi va asar badiyatini ifodalash malakalarini rivojlantirish bilan birga, ularning jismoniy rivojlantirish uchun ham muhimdir. Bu ayniqsa, boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun nihoyatda zarur. Darsda o`rganiladigan raqs va harakatlar boshqa dars chog`ida (jismoniy tarbiyada, tanaffuslarda) keng qo`llanishi maqsadga muvofiqdir.

Chapak va cholg`u asboblarida chalish faoliyati ham raqs va musiqali harakatlar singari o`quvchilarning musiqa (o`quv qobiliyatlari) hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun foydalidir. Bu faoliyat boshlang`ich sinflarda milliy cholg`u asboblar bilan tanishish va ularning tovush tembrlarini anglab olish bilan uzviy bog`lanib amalga oshirilishi zarur. Bunda doiracha, qayroq, qoshiq, kichik sopol kabi urib chalinadigan cholg`u asboblaridan foydalanib, o`qituvchi ijrosi yoki magnitofon tasmasi orqali taraladigan kuylarga jo`r bo`lish malakalari rivojlantiriladi.

Musiqa ijodkorligi faoliyati bolalarda musiqiy tafakkur, izlanish va ijodkorlik malakasini o`stira borish uchun ahamiyatga egadir. Bu faoliyat o`qituvchi ijrosida doira chertib jo`rnavozlik qilish, sinf ijrosiga «Dirijorlik» qilish, kuy ohangiga mos harakatlar (xususan, raqs) topish, she`r parchasiga kuy «Bastalash» kabi ijodkorlik amaliyotlari bilan bajariladi. Musiqali harakatlar, cholg`uchilik va ijodkorlik faoliyatlarini amalga oshirishda o`yin metodlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Zotan, ushbu faoliyatlar ko`proq o`yin xususiyatlari bilan bog`liq. Dasturda tinglash va kuylash uchun asarlar talab darajasidan ortiq berilgan. Bu o`qituvchiga asarlarni sinf imkoniyatlari va o`quv yilining muhim sanalariga muvofiq tarzda tanlab o`qitish imkoniyatini beradi. Ayni paytda, o`qituvchiga dasturga kiritilmagan, ammo badiiy yuksak, tarbiyaviy jihatidan muhim va o`quvchilar idrok-amaliyotiga mos bo`lgan yangi asarlardan keng foydalanish huquqini ham beradi.

Unda chorak mavzulariga moslab asarlarni deyarli ikki hissa miqdorda tanlash va lozim bo`lganda dasturdan tashqari asarlardan ham foydalanish mumkin.

Nota savodi, cholg`uchilik, raqs va harakatlar, shuningdek, musiqa ijodkorligi faoliyati mazmunida tavsif etilgan asarlar ham shartli ravishda beriladi. Dars sharoitiga qarab ularni almashtirish mumkin.

Bu esa darslarni rejalashtirishda va darslarga tayyorgarlik ko`rishda ijodiy yondoshishni taqazo etadi. Bunda shu narsaga e`tiborni kuchaytirmoq lozimki, garchi dasturda asarlar va mashg`ulotlar mazmuni har bir faoliyat turiga doir alohida-alohida ko`rsatilgan bo`lsada, ammo darslarni rejalashtirishda va ularni o`tishda musiqa faoliyatlari dars mazmunidan kelib chiqishi va uning mohiyatini ochib berishi lozim bo`ladi. Shunday qilib, darsda musiqa faoliyatlari mantiqan birlashib, mazmunan bir butunlikni tashkil qiladi.

Dastur yakunida yil davomidagi musiqa ta`limi mazmunidan o`quvchilarning olishi zarur bo`lgan bilim, malaka, ko`nikmalarining aniq mezonlariga asoslanib ish tutishga imkon beradi.


BIRINCHI SINF


Yil mavzusi: «Biz musiqani sevamiz» (33 soat)

1 –CHORAK

Mavzu: «Biz yoqtirgan kuy va qo`shiqlar» (9 soat)

Musiqa tinglash


1. «O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi» A.Oripov she`ri,

M.Burxonov musiqasi.

2. « Andijon polkasi» O`zbek xalq kuyi.

3. «Olma pishganda galing» Xorazm xalq qo`shig`i.

4. «Yurish marshi» F.Nazarov musiqasi.

5. «Do`loncha» O`zbek xalq kuy.

6. «Olmacha anor» O`zbek xalq kuyi.

Jamoa bo`lib kuylash


1. «Salom maktab» P.Mo`min she`ri, Sh.Yormatov musiqasi.

2. «Olma» P.Mo`min she`ri, D.Omonullaeva musiqasi.

3. «Anjir» P.Mo`min she`ri, D.Omonullaeva musiqasi.

4. «Xandalak» P.Mo`min she`ri, D.Omonullaeva musiqasi.

5. «Salom bergan bolalar» P.Mo`min she`ri, N.Norxo`jaev musiqasi.

6. «Qadim turon» P.Mo`min she`ri, N.Norxo`jaev musiqasi



Musiqa savodi

Musiqaning badiiy tavsifi (quvnoq, sho`x, g`amgin va x.k.). Tovushlar va ularning farqi (Musiqiy va shovqinli tovushlar )


Cholg`uchilik, raqs va harakatlar


Chapak chalib, musiqaga ritmik jo`r bo`lish («Andijon polkasi», «Olma», «Do`lancha», «Olma pishganda galing» va boshqalar).

Musiqa ijodkorligi


Yangi raqs harakatlarini topish («Do`loncha» va boshqalar). Sinf kontserti.
2- CHORAK (7 soat)

Mavzu: «Musiqali ritmik o`yinlar va qo`shiqlar».

Musiqa tinglash

1. «Yangi tanovar» M.Mirzaev musiqasi

2. «Asp bo`laman» O`zbek xalq kuyi.

3. «Ufor» O`zbek xalq kuyi.

4. «Oq terakmi, ko`k terak» Bolalar xalq qo`shig`i.

5. «Jamalagim» O`zbek xalq kuyi. D.Zokirov fortepiano uchun moslashtirgan.

6. «Fil» P.Mo`min she`ri, D.Omonullaeva musiqasi.

Jamoa bo`lib kuylash

1. «Shamol» P.Mo`min she`ri, D.Omonullaeva musiqasi.

2. «Alifbo bayrami» P.Mo`min she`ri, D.Omonullaeva musiqasi.

3. «Qo`zichoq» P.Mo`min she`ri, D.Omonullaeva musiqasi.

4. «O`ynasangchi tipratikon» P.Mo`min she`ri, N.Norxo`jaev musiqasi.

5. «Yangi yil archasi» M. Abdushukurova she`ri, A.Berlin musiqasi.



Musiqa savodi

Musiqaning tasviriy tavsifi (tabiat, o`yin, ertak, xazil, o`yinchoqlar obrazlari, …). Nota chizig`i, skripka kaliti, unung yozilishi va nota yo`lidagi joylashuvi.


Cholg`uchilik, raqs va harakatlar


Chapak va shiqildoqlar chalib, o`qituvchi ijrosiga ritmik jo`r bo`lish («Asp bo`laman» va boshqalar).

Musiqa ijodkorligi


Baland va past tovushlar topib ovozda kuylash. Ularni uzun va qisqa tovushlarda kuylash. Musiqaga muvofiq raqs harakatlarini topish («Ufor», «Asp bo`laman»). Chapak jo`rligida (1-guruh) raqs tushish (2-guruh). Guruhlarni almashtirib, chapak ijrosida raqs tushish. Sinf kontserti.
3-CHORAK (9 soat)

Mavzu: «Musiqa olamiga sayohat».

Musiqa tinglash

1. «Chertmak» O`zbek xalq kuyi (Dutor).

2. «Dutor bayoti» O`zbek xalq kuyi (Rubob).

3. «Doira usullari. Chamanda gul» O`zbek xalq kuyi.

4. «Olmani otdim» O`zbek xalq kuyi.

5. «Yallama yorim» O`zbek xalq kuyi.

6. «Chitti gul» O`zbek xalq kuyi.

7. «Bahor valsi» M.Mirzaev musiqasi (cholg`u ansambli ).

8. «Ayiqcha» I.Akbarov musiqasi

9. «Buxorcha» O`zbek xalq kuyi.



Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish