1–9 sinflar toshkent 2010



Download 1,7 Mb.
bet9/27
Sana08.02.2017
Hajmi1,7 Mb.
#2084
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27

Tasviriy san’at fanidan

Davlat ta’lim standarti



O’quvchilar tasviriy san’at faniga oid quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlari shart:

- tasviriy san’atning kishilar hayotidagi ahamiyatini tasavvur qilish;

- tasviriy, amaliy-bezak san’ati, me’morlik san’atida ishlatiladigan asosiy atama va tushunchalarni hamda ularning ma’nosini bilish;

- miniatyura san’ati haqida umumiy ma’lumotga ega bo’lish;

- tasviriy san’atning nazariy asoslarini bilish va ularga amaliy tasviriy faoliyatda rioya qila olish;

- tasviriy san’at asarlarining ifodalilik vositalari (chiziq, siluet, rang, ritm, simmetriya, assimetriya, kompozitsiya)ni bilish va ularni amalda qo’llay olish;

- tasviriy san’atning asosiy tur va janrlarini bilish;

- o’zbek xalq amaliy bezak san’atining turlari va uning mashhur ustalari va ularning asarlarini bilish;

- tasviriy san’atda ijod qiluvchi eng mashhur o’zbek va chet el rassomlarining hayoti va ijodini, ularning ayrim asarlarini bilish;

- O’zbekiston va chet el mamlakatlarining eng mashhur me’morchilik obidalarini bilish;

- 15-20 rang nomlarini bilish va ularni amaliy faoliyatda to’g’ri qo’llay olish;

- tasviriy va amaliy san’at asarlarini badiiy idrok eta olish;

- badiiy bezak ishlarini erkin bajara olish;

- qush, hayvon, odamni asliga qarab rasmi va haykalini tasvirlay olish;

- tasviriy faoliyatda turli material va uslublardan foydalana olish;

- afsonaviy mavzularda rasm va haykallar ishlaganda ularni fantaziya asosida tasvirlay olish;

- tasvirlar ishlaganda o’zbek san’atining milliy badiiy an’analarida maqsadga muvofiq foydalana olish;

- tasviriy faoliyat jarayonida texnika xavfsizligi va gigiyena qoidalariga rioya qila olish.



I. Davlat ta’lim standartiga sharh


Tasviriy san’at ta’limining maqsad va vazifalari:

Tasviriy san’at o’quv fanining maqsadi o’quvchilarda ma’naviy madaniyatning ajralmas qismi hisoblangan badiiy-estetik madaniyatni, tasviriy savodxonlikni shakllantirishdan iborat.

Tasviriy san’at o’quv fani o’quvchilarda badiiy va axloqiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. U mazmunan tasviriy, dekorativ-amaliy, me’morlik kabi san’at turlarini o’z ichiga oladi:

- borliqdagi va san’atdagi go’zalliklarni ko’ra bilish, idrok etish va qadrlashga o’rgatish;

- badiiy - ijodiy qobiliyatni o’stirish;

- tasviriy san’atning qonun-qoidalarining oddiy nazariy asoslarini o’rgatish;

- tasviriy malaka (rasm ishlash, haykal yasash v.b.)larni rivojlantirish;

- estetik va badiiy didni o’stirish;

- o’quvchilarning badiiy fikr doirasini kengaytirish;

- tasviriy, amaliy va me’morlik san’ati yuzasidan asosiy tushunchalar berish (san’atning turlari, janrlari, oqimlar, atama va iboralar v. b.).

- san’atga qiziqishni o’stirish va unga nisbatan muhabbatni tarbiyalash;

- tasviriy, amaliy san’at asarlarini badiiy idrok etishni va estetik zavqlanish hissini tarbiyalash;

- badiiy kasb-hunarlar haqida tasavvurlarni shakllantirish.
II. O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan

zaruriy talablar

1 – sinf

Borliqni idrok etish:

- tabiat va uning go’zalligi, fasllarning o’ziga xosligi;

- yil fasllari (kuz, qish, bahor va yoz) va ularning o’ziga xos holatlari (yomg’ir, qor, shamol, tong, oqshom, shafaq)ning ko’rinishida rang tuslarining ahamiyati;

- har bir faslda o’ziga xos go’zallikni anglash va idrok etish;

- tasviriy san’at asarlarida shu kabi holatlarni taqqoslash va unga nisbatan estetik munosabat bildirish.
Naturaga qarab tasvirlash:

- tasviriy san’at darslarida qo’llaniladigan o’quv qurollari (qalam, rangli qalamlar, moybo’yoqlar, haykaltaroshlik steklari)dan foydalanish, ular yordamida tasviriy vositalar, turli ko’rinishdagi chiziq (shtrix)lar, rang dog’lari va qoplamalar (barg, gul, daraxt, bulut va shu kabi tasvirlar)ni hosil qilish;

- naturaning holati, buyumlarning tuzilishi va nisbatlari.
Kompozitsion faoliyat:

-berilgan mavzu asosida elementar kompozitsion tasvirlar hosil qilish, uni qog’oz sathida to’g’ri joylashtirish (kompanovka), odamlar, hayvonlarning ko’rinishlarini turli holatlarda tasvirlash;

- mustaqil kompozitsiya tuzish va bu jarayonda ijodiy izlanish metodidan foydalanish. Xalq ertaklari, sevimli multfilmlar syujetlari bo’yicha illyustrativ rasm ishlash;

- naqqoshlik namunalaridan elementar kompozitsiyalar hosil qilish.

- unda ranglardan maqsadga muvofiq ravishda foydalana olish. Bo’yoqlarni o’zaro aralashtirish usuli bilan yangi rang tuslarini hosil qilish.
O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak:

- tasviriy san’at darslarida qo’llaniladigan ish jihozlari va o’quv qurollarining nomlari va ular bilan ishlashni;

- tabiiy materiallar va ularning nomlarini;

- tuzilishi jihatidan sodda bo’lgan o’yinchoqlarni rasmga, chizmaga ko’ra haykalini ishlash;

- asosiy (qizil, sariq va zangori) va hosila (zarg’aldoq, ko’k, binafsha va yashil) ranglarni, shuningdek, oq, qora, kul rang kabi rang nomlarini;

- ranglar haqida (issiq va sovuq) tasavvurga ega bo’lish;

- qalam, qog’oz, bo’yoq va mo’yqalamdan to’g’ri foydalanish usullarini bilish;

- tasvir mazmuniga ko’ra qog’oz o’lchami va holati (gorizontal, vertikal)ni to’g’ri belgilay olish;

- rasm chizish va haykal yasash tartibini bilish;

- tasviriy san’atning “natyurmort”, “manzara”, “portret” janrlarida ijod qilgan 5 ta rassomning ismi va familiyasi hamda ular yaratgan tasviriy san’at asarlarining nomlarini ayta olish.


Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur:

- tasviriy san’at darslarida qo’llaniladigan ish jihozlari va o’quv qurollaridan foydalana olish;

- tabiiy materiallardan foydalanish tartib qoidalariga amal qila olish;

- tuzilishi jihatidan sodda bo’lgan o’yinchoqlarni rasmga, chizmaga ko’ra haykalini ishlash;

- asosiy (qizil, sariq va zangori) va hosila (zarg’aldoq, ko’k, binafsha va yashil) ranglarni, shuningdek, oq, qora, kul rang kabi ranglar bilan ishlashni;

- ranglar haqida (issiq va sovuq) tasavvurga ega bo’lish;

- qalam, qog’oz, bo’yoq va mo’yqalamdan to’g’ri foydalanish;

- tasvir mazmuniga ko’ra qog’oz o’lchami va holatini (gorizontal, vertikal) to’g’ri belgilay olish;

- rasm chizish va haykal yasash tartibini.
Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim:

- qalam va mo’yqalamda to’g’ri va egri chiziqlar chizish;

- mo’yqalamning mo’yna qismini bosish orqali turli shakllar hosil qilish;

- narsaning o’ziga qarab tasvirlashda ular shaklidagi xarakterli xususiyat va o’lchovlarni to’g’ri olish (keng, tor);

- mavzu asosida rasm ishlashda narsaning kuzatuvchiga nisbatan turlicha uzoqlikda joylashganligini hisobga olib, olisdagi narsalarni kichikroq o’lchamda qog’ozning teparoq qismiga, yaqinda joylashgan narsalarni esa qog’ozning pastrog’iga kattaroq o’lchamda chizish orqali bo’shliqni ifodalash;

- ishlanayotgan rasmning mazmuniga ko’ra qog’oz holatini (gorizontal, vertikal) to’g’ri tanlash;

- tasviriy faoliyat jarayonida gigiena qoidalariga amal qilish.
2 – sinf

Borliqni idrok etish:

- tabiatda uchraydigan tabiiy hodisalar, fasllar va uning o’ziga xos holatlari, ko’rinishlari borasida 1-sinfda egallangan tasavvur, estetik tushunchalarni takomillashtirish;

- borliqni kompleks idrok etish (tabiat, uning elementlari: daraxt, tog’, adir, suv, maysa, uylar, odamlar, hayvonot dunyosi va boshqalar);

- tabiat va unda mavjud bo’lgan barcha voqea-hodisalarning o’zaro bog’liqligi, ulardagi go’zallik, buyum va narsalarning o’zaro aloqasi, shakllari, nisbatlari va boshqalar.

Naturaga qarab tasvirlash:

- turli ko’rinishlar va holatlardagi chiziqlar (shtrixlar)ni chizish; ulardan naturaning holati, shakli, konstruktiv tuzilishi va boshqa xarakterli xususiyatlarni tasvirlashda yordamchi chiziqlardan foydalanish malakalarini shakllantirish;

- loy va plastilindan turli jonivorlar (shu jumladan o’yinchoq hayvonlar)ning rasmi va hajmdor ko’rinishdagi namunasidan haykalchalar yasash;

-ularning harakatdagi holatlarini, xarakterli ko’rinishlarini, tana qismlarining nisbatlarini to’g’ri tasvirlay olish.


Kompozitsion faoliyat:

- tabiatni idrok etish jarayonida shakllangan taassurotlar asosida mustaqil manzara ko’rinishini ishlash;

- unda tabiatdagi holat va kayfiyatlarni rang vositasida ifodalash;

- mavzu bo’yicha (o’qituvchi tomonidan taklif etilgan yoki mustaqil tanlangan) mustaqil kompozitsiya ishlash;

- kompozitsion faoliyatni tasviriy san’at turlari va janrlarida qo’llash.

- turli shaklda (yo’lsimon, kvadrat) naqsh kompozitsiyalarini tuzish, uning xususiyatiga monand rang tuslarini ishlatish;

- sovuq va issiq ranglarning o’ziga xosliklaridan kompozitsiya mazmuni mohiyati tarzida foydalanish;

loy va plastilindan mustaqil ravishda dekorativ haykaltaroshlik (mayda plastika) kompozitsiyalarini ishlash.



O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak:

- tasviriy san’atning “natyurmort”, “manzara”, “portret”, “maishiy”, “tarixiy” janrlarida ijod qilgan yana 6-7 rassomning ismi-sharifi hamda ular yaratgan asarlarning nomlarini bilish;

- tanlangan mavzuning mazmuniga ko’ra, qog’oz o’lchami va holatini to’g’ri tanlashni (uzunchoq, to’g’ri to’rtburchak, yotiq yoki tik qo’yish);

- narsa va uning bezagi o’rtasidagi bog’liqlikni tushungan holda tasvirlashni;

- rasmlardagi obrazlarni va turli kayfiyatlarni (quvonchli, qayg’uli) ifodalashda ranglardan to’g’ri foydalanishni;

- birinchi sinfda o’rganilganlardan tashqari yana 4-5 ta rang nomlarini bilishlari va ularning tuslarini farqlay olishni;

- daraxtlarning tuzilishini (tanasi, shox-shabbalari, bargi, guli, mevalari);

- geometrik shakllar (doira, to’rtburchak, uchburchak va boshqalar)ning nomlari va shaklining o’ziga xosligini;

- geometrik shakllar (kvadrat, doira, uchburchak va h.k.) shaklida naqsh hosil qilish tartibini;

- loy va plastilin bilan ishlash tartibini;

-milliy bayramlar (“Navro’z” v.b.) uchun bezak ishlash hususiyatlarini;

- o’zbek xalq amaliy san’atida qo’llaniladigan iboralar nomini (uchburchak, lolagul, shobarg, marg’ula va boshqalar) bilishlari kerak.


Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur:

- tasviriy faoliyatda berilgan mavzuga mos badiiy material (qog’oz, plastilin, mato va bosh.) va tasvirlash texnikasi (akvarel, rangli qalam va h. k.) ni qo’llay olish;

- birinchi sinfda egallagan bilim, malakalarini mustaqil tarzda takomillashtirishga odatlanish;

- tabiatni kuzatish jarayonida undagi turli holatlarni anglash, taassurotlardan tasviriy faoliyatda foydalana olish;

- hayotdagi turli shakllar (aylana, uchburchak, to’rtburchak va h. k.)ni ko’ra bilish hamda ularning ijtimoiy mohiyatiga ko’ra foydalana olish;

- maishiy turmushda qo’llaniladigan amaliy buyum san’ati hamda badiiy hunarmandlik namunalarini ko’ra bilish, ulardan andoza ola bilish hamda o’z tasviriy faoliyatiga tatbiq eta olish.


Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim:

- san’atdagi va atrof muhitdagi narsa va hodisalarning shakli va ranglarini ishlagan rasmlarida ifodalay olishni;

- mo’yqalamni qog’ozga tegizish orqali turli shakllar (barglar, gullar, nuqtalar, to’g’ri va egri chiziqlar chizish va boshqalar)ni hosil qilishni;

- qog’oz yuzasidagi shaklni bir tekisda bo’yashni;

- bo’yoqlarni palitrada (suv bo’yoqlar bilan och yoki to’q bo’yoqlar qo’shish orqali aralashtirib, u yoki bu ranglarning och, to’q tuslarini) hosil qilishni;

- tabiiy shakllar (anor, lola, paxta, barg v.b.)ni tasvirlash, ulardan dekorativ rasm ishlash jarayonida foydalana olish.


3 – sinf

Borliqni idrok etish:

- tabiatdagi go’zallikni estetik idrok etishni shakllantirish;

- tabiat va undagi borliqni mazmun jihatidan (qishloq manzarasi, tog’ manzarasi, daryo, shahar manzarasi va bosh.) estetik idrok etish;

- tabiat va uning ob’ektlari o’rtasidagi aloqadorlik, undagi go’zallikni his qilish, estetik idrok etish va undan atrofdagilarni ham bahramand etish;

- inson va tabiat munosabatlari, uning estetik va ekologik jihatlari.
Naturaga qarab tasvirlash:

- naturaning xarakterli jihatlari (shakli, rangi, o’lchami, nisbatlari, fazoviy holati)ni tasviriy san’at qonunlari (yorug’-soya, rang) asosida tasvirlash;

- turli geometrik shakllar, tabiat namunalari (barg, shox, gul, meva), hayvonot va hashorat dunyosi (kapalak, qush), uy-ro’zg’or buyumlari, sport, san’at atributlari, o’quv qurollaridan tashkil topgan 1-2 buyumli natyurmortni bosqichlar bilan ishlash, bu jarayonda rang va uning tuslaridan to’g’ri foydalanish;

- loy yoki plastilindan reproduksiya yoki haykal namunasiga qarab odam, hayvon va parrandalarning haykalini yasash.


Kompozitsion faoliyat:

- mavzu asosida mustaqil kompozitsiya ishlashda asosiy va yordamchi vositalarni o’rinli qo’llash. Kompozitsiya mavzusini ochib beruvchi asosiy ob’ektlardan oqilona foydalanish (bo’rttirish, badiiylashtirish, stilizatsiyalash va h.k.);

- individual va jamoa bo’lib kompozitsiya ishlash. Bo’laklar, elementlarni bir butunga bo’ysundirish;

- xalq amaliy san’ati namunalari asosida turli shaklda (yo’lsimon, kvadrat, aylana) naqsh kompozitsiyalarini tuzish va uning mazmuniga mos rang, rang tuslaridan foydalanish;

- adabiy asarlarning mazmuni asosida illustrativ rasm ishlash;

- uning kompozitsiyasini topish ijodiy jarayonning (qoralama, eskiz ishlash) mohiyatini anglash va undan tasviriy ijodiy faoliyatda foydalanish;

- bayram va turli sanalarga oid dekorativ kompozitsiya ishlash;

- rangli qog’ozlarni buklash va qirqish orqali turli shakl va naqsh elementlarini hosil qilish, ularni har xil rang va shaklda ustma-ust, yonma-yon yopishtirib naqsh kompozitsiyasini hosil qilish;

- haykaltaroshlik materiallaridan mavzuiy kompozitsiya ishlash.

O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak:

- 2, 3 – sinflarda o’tilganlardan tashqari yana 4-5 rang nomlarini;

- kishilar hayotida tasviriy san’atning tutgan o’rni, uning asosiy tur va janrlarini;

- rasm ishlash jarayonlarining o’ziga xos go’zalliklarini;

- O’zbekistonning taniqli rassomlari va haykaltaroshlarning ismi-familyasini, ularning asarlari nomlarini;

- bu asarlarda tasvirlangan voqea-hodisalardagi go’zalliklarni ko’ra bilish va asar mazmunini so’zlab berishni;

- tasviriy san’at iboralarini (iliq, sovuq, axromatik va xromatik rang nomlarini);

- dekorativ haykaltaroshlikda qo’llaniladigan dekorativ elementlarning nomini;

- tabiiy materiallarning nomlari va ularni mashg’ulotga tayyorlashni.
Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur:

- o’z ish joyini mashg’ulotga tayyorlash;

- qalam va mo’yqalamni to’g’ri ushlay olish;

- to’g’ri va qiya ko’rinishdagi chiziqlarni qiynalmasdan o’tkaza olish;

-borliqni idrok etishdan olgan taassurotlarini ishlagan rasmlarida aks ettira olish;

- rasm chizib bo’lingach, qog’oz sirtini suv bilan yuvib bo’yash jarayoniga tayyorlash;

- suv bo’yoq (akvarel) bilan ishlash tartibini (suv bo’yoq bilan ishlashdan oldin unga suv tomizib chiqish, mo’yqalamni bo’yoqqa tez-tez botirib turishni);

- ranglarning murakkab tuslarini hosil qila olish (masalan: ko’kish, yashil, qizg’ish, jigarrang, qoramtir va h.k.);

- mo’yqalamni ish tugagandan so’ng tozalab yuvib qo’yish;

- o’z ish joyini yig’ishtirib qo’yish.



Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim:

- haykaltaroshlikdan 2-3 ta figurali yaxlit kompozitsiya tuza olishni;

- loydan yoki plastilindan haykallar ishlashda alohida-alohida, "yaxlit" va "aralash" ishlov berish usullaridan foydalana olishni;

- ranglarning murakkab tuslarini hosil qilish (ko’kish, yashil, qizg’ish, jigarrang, qoramtir va h.k.);

- rasmda narsalarni kompozitsiya qonuniyatlariga bog’liq ravishda joylashtirishni;

- dekorativ ishda assimetrik tasvirlarni ifodalashda muvozanatni saqlay olishni;

- o’simliksimon naqsh elementlaridan mustaqil naqsh kompozitsiyasini tuza olishni;

- tabriknoma kompozitsiyalarini ishlay olishni.


4 - sinf

Borliqni va san’atni idrok etish:

- borliqni kuzatib, undagi nafislik va go’zallikni ko’ra bilish, idrok etish;

- olgan taassurotlardan badiiy-ijodiy faoliyatlarda foydalana bilish;

- kuzatuvlar orqali ayrim ob’ekt va hodisalarni qalam va bo’yoqlar bilan bajarish;

- tabiatning turli fasllaridagi ko’rinishlar, o’zgarishlar, undagi kayfiyatlar haqida tasavvurga ega bo’lish hamda ularni tasvirlay olish;

- tabiatdagi jonzot va narsalarning tuzilishi, shakli, rangi, o’lchovlari, o’lchov nisbatlarini ma’lum miqdorda tahlil qilish va umumlashtirish ko’nikmasiga ega bo’lish.


San’atshunoslik asoslari:

- tasviriy san’at, dekorativ-amaliy san’at, me’morlik san’atlari-san’atning alohida turlari ekanligi;

- tasviriy san’at-san’atning bir turi ekanligi;

- tasviriy san’atni kishilar hayoti va faoliyatidagi ahamiyati;

- uni kishilar turmushi bilan bog’liqligi;

- O’zbekiston xududidan topilgan eng qadimgi tasviriy san’at asarlari; (Afrosiyob, Varaxsha, Tuproqqal’a v.b.)

- tasviriy san’atning turlari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik) va janrlari (portret, manzara, natyurmort, turmush, tarixiy, animal, afsonaviy);

- rangtasvir turlari-dastgohli rangtasvir, monumental rangtasvir, miniatyura, freska, mazoika;

- haykaltaroshlik turlaridan dastgohli haykalatroshlik (relef, barelef, gorelef) dekorativ haykaltaroshlik, monumental haykaltaroshlik);

- grafika turlari (dastgohli grafika, kitob grafikasi, gazeta-jurnal grafikasi, shtamp, plakat, etiketka v.b.);

- O’zbekistonning eng mashhur rassomlari va ularning asarlari. Markaziy Osiyoning hozirgi mashhur rassomlari va ularning asosiy asarlari;

- Sharq miniatyurasi va uning maktablari;

- O’rta Osiyo miniatyurasi. Yevropada Uyg’onish davri tasviriy san’ati;

- Jahonning mashhur rassomlarining asarlaridan 3-4 tasini nomini;

- rassomlardan Kamoliddin Behzod, Leonardo da Vinchi, O’rol Tansiqboev, Chingiz Ahmarovlarning hayoti va ijodi;

- jahon tasviriy san’atidagi asosiy oqimlar (realizm, romantizm, imprisionizm, abstraksionizm, formalizm v.b.);

- dunyoning eng yirik muzeylari, O’zbekistondagi eng yirik san’at muzeyi;

- tasviriy san’atda ishlatiladigan asosiy atama va iboralarning 5-8 tasi nomini;

- rassom va haykaltaroshlarning ish qurollari;

- tasviriy san’at asarlarining ifodalilik vositalari (chiziq, rang, ritm, simmetriya, assimetriya, hajm, kompozitsiya);

- dekorativ-amaliy san’at-san’atning bir turi ekanligi;

- dekorativ-amaliy san’atning kishilar hayoti va turmushidagi ahamiyati;

- o’zbek xalq amaliy san’ati va uning asosiy turlari. Naqqoshlik, ganchkorlik, yog’och o’ymakorligi, misgarlik, sopoldo’zlik, kashtachilik, zardo’zlik v.b;

- amaliy san’at ustalarining ish qurollari;

- o’zbek xalq amaliy san’ati rivoj topgan markazlar;

- amaliy san’atning ifodalilik vositalari (ritm, simmetriya, asimmetriya, rang, kompozitsiya);

- amaliy san’at buyumlaridagi badiiy bezaklarni ularning vazifasi va shakliga bog’liqligi;

- tabiiy shakllarni stilizatsiyalash;

- Toshkentdagi o’zbek xalq amaliy san’ati muzeyi;

- miniatyura-dekorativ san’atning bir turi ekanligi;

- me’morlik-san’atning bir turi ekanligi va uni kishilar hayoti bilan bog’liqligi;

- O’zbekiston hududida yer ostidan topilgan eng qadimgi me’morlik binolari (Afrosiyob, Varaxsha, Dalvarzintepa, Bolalik tepa v.b.);

- O’zbekistonning hozirgi zamon me’morligi;

- XVIII-XIX asrlarda Sharq va G’arbning mumtoz me’morligi;

- Jahonning hozirgi zamon ilg’or me’morligining o’ziga xos xususiyatlari.

Naturaga qarab tasvirlash

Naturaga qarab tasvirlash ikki qismdan tashkil topadi:

1. Naturaga qarab rasm ishlash. 2. Naturaga qarab haykal ishlash.

1. Naturaga qarab rasm ishlash:

- hayotdagi estetik qiymatga ega bo’lgan narsalar, shuningdek qush, hayvon, odam tuzilishi, shakli, rangi, o’lchovlarini asliga yaqinlashtirgan holda elementar tarzda rasmini ishlash;

- ayrim narsa va predmetlarni alohida yoki natyurmort tarzida rasmini ishlash;

- rasmning qog’oz formati va o’lchovini to’g’ri olish;

- naturaning fazoviy holatini, undagi perspektiv qisqarishlarni tasvirlay olish;

- naturaning estetik jihatlarini ko’ra bilish, rasmda ifodalay olish.



2. Naturaga qarab haykal ishlash:

- hayotda mavjud qiziqarli, jihatlari bilan kishi e’tiborini o’ziga tortadigan hashoratlar, qushlar, mayda o’lchovdagi hayvonlar, ularni xarakterli holatda yumaloq va relefli haykalini loy yoki plastilin bilan ishlash;

- ularning tuzilishi, shakli, hajmi, o’lchovlarini asliga yaqinlashtirgan holda harakatsiz yoki harakatli tasvirlash.

3. Kompozitsion faoliyatning mazmuni, uning asosiy qoidalari

1. Rangtasvir kompozitsiya. 2. Dekorativ kompozitsiya. 3. Haykaltaroshlik kompozitsiya.

Kompozitsiyaning uch turi bo’yicha ijodiy ishlarni bajarish:

- kompozitsiya haqida umumiy tushunchalar;

- kompozitsiyaning elementar qoidalari va unga bo’lgan asosiy talablar.
Rangtasvir kompozitsiya:

- tevarak-atrofdan; shuningdek tarixiy voqea va hodisalardan, ko’rinishlar, mehnat jarayonlarini kuzatish asosida olingan syujetlarni ijodiy tarzda tasavvurdan tasvirlash;

- afsonaviy mavzularda, shuningdek boshqa sayyoralar, suv ostidagi hayot ko’rinishlarning fantaziya asosida rasmini ishlash.
Dekorativ kompozitsiya:

- dekorativ kompozitsiyaning o’ziga xos xususiyatlari;

- yo’lsimon, kvadrat, to’rtburchak, doira shaklida naqshlar ishlash;

- gazlama yoki gulqog’oz uchun bezak eskizini ishlash;

- kvadrat yoki to’rtburchak shaklidagi quticha tomonlari uchun naqsh eskizini ishlash;

- tabiiy materiallardan kompozitsiya ishlash yo’llari va usullari;

- tabiiy shakllarni stilizatsiyalash;

- milliy o’zbek liboslari eskizini ishlash;

- adabiy asarlarning mazmuni asosida kitoblarni ichki va tashqi bezak eskizini ishlash;

- dazmol, choynak uchun taglik, shuningdek, naqshli yoki ganchli namoyon, panjara uchun eskizlar ishlash.


Haykaltaroshlik kompozitsiyasi:

- haykallarni yasashda turli elementlardan tashkil topgan kompozitsiyalarni ijodiy tarzda tuzish;

- loy yoki plastilindan qiziqarli shaklda afsonaviy haykalchalar va o’yinchoqlar yasash.

4-sinf

O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak:

- ish qurollari va jihozlarini, ular bilan ishlay olishni;

- yil fasllarini kuzatish hamda undagi go’zalliklar haqida tushunchaga ega bo’lish;

- oddiy shakl va tuzilishdagi narsalarni to’g’ri tasvirlay olishni;

- bo’yoqlarni aralashtirib yangisini olishni;

- berilgan qog’oz yuzasini bir me’yorda bo’yay olishni;

- asosiy va qo’shimcha ranglarni, iliq va sovuq, axromatik va xromatik ranglarni farqlay olishni;

- sodda mazmunda rasm chizish, haykal (yumaloq va relefli) yasash, bajara olishni.


Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur:

- narsalarni shakliga ko’ra to’g’ri tasvirlash;

- ranglarni tasvir ob’yekti (buyum)ga nisbatan to’g’ri qo’llash;

- mustaqil tarzda o’quv dasturidagi mavzular bo’yicha rangtasvir janrlarida ijodiy faoliyat yuritish;

- tasviriy faoliyatni texnika havfsizligi, tartiblilik va ozodalik qoidalariga amal qilgan holda tashkil etish;

- turli shaklda ijodiy oddiy naqshlar chiza olishni;

- manzara va turmush janridagi asarlarning mazmunini o’qiy olishni.
Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim:

- tasviriy va amaliy san’atda ishlatiladigan 5-8 ta atama va tushunchalarni;

- manzara va turmush janrlarida rasm ishlaganda unga mazmunini to’g’ri tanlay olishni;

- tasviriy san’at turlarini farqlashni;

- 15-20 ta atrofida rang nomlarini;

- turli tasviriy ishlarni bajarganda texnika xavfsizligi va gigiyena qoidalariga rioya qilishni.



5 - sinf
San’atshunoslik asoslari:

- tasviriy san’at turlari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik);

- tasviriy san’at janrlari (portret, manzara, natyurmort, batal, animal, maishiy);

- san’at turlari va janrlari tarixi, zamonaviy holati, rassomlarning hayoti, ijodi, asarlari;

- rangtasvirda ranglar, ularning xususiyatlari va texnologiyalari.


Tasviriy faoliyat (naturaga qarab tasvirlash):

- naturadan rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik turlarida ishlash;

- tasviriy san’at turlarining tasviriy vositalarida janrli (manzara, portret) syujetlar yaratish;

- tabiatning obrazli tasvirlari (turli holatlari)ni, turli badiiy materiallar va texnikada tasvirlash (qalamda, flomaster, akvarel, guash, tush);

- manzarada chiziqli va havo perspektivasi;

- manzara ob’yektiga monand tarzda tasvir sathini tanlash va unda elementlarni (daraxt, adir, tog’, ufq, jilg’a va h.k.) gorizontal, vertikal, diagonal bo’yicha, shuningdek, planlilik (birinchi plan, o’rta plan, orqa plan)da joylashtirish;

- naturadan 2-3 predmetdan iborat mavzuiy natyurmort (mevalar, uy-ro’zg’or buyumlari, sport yoki san’at atributlari va bosh.)ni tasvirlash;

- naturadan odam, hayvon, qushlarni turg’un va harakatdagi holatlarini hajmdor (yumaloq), rel’ef, barel’ef shakllarini (haykallarini) ishlash (loyda, plasilinda).


Kompozitsion faoliyat:

- mustaqil tarzda mavzuiy portret-kompozitsiya ishlash (Onam portreti, do’stim portreti, ustozim portreti, men sevgan qahramon portreti va h.k.);

- turli mazmunlarda mavzuiy kompozitsiya variantlarini mustaqil tanlash, unda kompozitsiyaning yordamchi vositalari (qoralama, eskiz)dan foydalanish;

- kompozitsiya qonuniyatlari (o’lcham, ranglar, ularning nisbati va uyg’unligi; kompozitsiya markazi, kompozitsiyada muvozanat, harakat, simmetriya, assimetriya, ritm), vositalari (chiziq, yorug’-soya, rang surtmalari va dog’lari, hajm, faktura v h.k.);

- kompozitsion faoliyatda grafik usul, vosita va materiallardan foydalanish;

- haykaltaroshlikdan berilgan mavzu asosida mustaqil kompozitsiya ishlash. Unda haykaltaroshlikning turli materiallari, shakllaridan foydalanish;

- real haykaltaroshlik va mayda plastika (dekorativ haykaltaroshlik) namunalarini yaratishda tarixiy badiiy an’analardan foydalanish (Hamro Rahimova, A.Muxtorov, U.Jo’raqulov va boshqa xalq ustalari ijodiy namunalari misolida).


O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak:

-tasviriy san’atning turlari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik) va asosiy janrlari (portret, natyurmort, manzara)ning xususiyatlarini bilish;

- tasviriy san’atning tur va janrlarida qo’llaniladigan badiiy materiallar, tasviriy vosita va usul, texnikasini bilish;

- tasviriy san’at tarixi va nazariyasini mazkur standartida nazarda tutilgan xususiyatlarini, portret, manzara, natyurmort janrlarida ijod qilgan rassomlarning hayoti va ijodini bilish;

- tasviriy san’atning portret, natyurmort va manzara janrlarida kartina yaratish qonuniyatlarining asosiy elementlarini bilish;

- tasviriy san’atning turlarida janrlarning umumiy va farqlanuvchi jihatlarini bilish (masalan, portret janrining rangtasvir, grafika va haykaltaroshlikdagi umumiyligi);

- tasviriy san’at turlarining bir-biri bilan bog’liqligini (masalan: qalamtasvir tasviriy san’atining barcha turlarning asosi ekanligi) bilish va o’z faoliyatlarida unga amal qilish;

- O’zbekison va jahon tasviriy san’ati, ularning namoyondalaridan boshlang’ich maktabda o’rgatganlariga qo’shimcha 5-6 nafarini va ularning asarlarini bilish;

- rassomlarning ijodiy usullarini farqlay bilish;

- berilgan topshiriqning mazmuniga muvofiq material, texnika va ifoda vositalarini bilish;

- tasviriy san’atga oid atamalarni tushunish va ulardan o’z nutqlarida to’g’ri foydalana bilish;

- tasviriy san’atning ifoda vositalarini ijodiy jarayonda qo’llanilishi, tasviriy san’atning tur va janrlariga muvofiq tarzda ularni tanlash xususiyatlarini bilish.


Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur:

- turli buyum va predmetlarning konstruktiv tuzilishlarini, odam gavdasining harakatdagi holati, tanasining turli bo’laklari nisbatlarini (qalamtasvirda, haykaltaroshlikda) to’g’ri tasvirlay bilish;

- berilgan topshiriqqa mos tarzda kompozitsiyaning rangshunoslik yechimini to’g’ri hal eta olish (masalan: manzarada turli holat hamda kayfiyatlarni tasvirlashda rang va uning tuslaridan, shuningdek, kontrast, issiq-sovuq ranglardan maqsadli foydalana olish);

- kompozitsion faoliyatda chiziq, chizgi (shtrix), rang surtmasi, dog’, yorug’-soya kabi grafik tasvir vositalarini, hajm, fazo va perspektivani tasvirlashda, rang va uning tuslari va koloritini tasvir mazmuniga mos tarzda tasvirlashda, havo perspektivasini ifodalashda qo’llay olish;

- grafika va rangtasvirda manzara ishlay olish;

- plastilin va loydan relefsimon (qabariq) tasvir ishlay olish;

- yaxlit kompozitsiya, obraz yaratishda ranglarning mutanosibligini saqlay olish;

- tasviriy san’at turlari (grafika, rangtasvir) va janrlarida (manzara, portret, natyurmort) rasm ishlay olish.


Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim:

- turli buyum va predmetlarning konstruktiv tuzilishlarini, odam gavdasining harakatdagi holati, tanasining turli bo’laklari nisbatlarini (qalamtasvirda, haykaltaroshlikda) to’g’ri tasvirlay bilish;

- berilgan topshiriqqa mos tarzda kompozitsiyaning rangshunoslik yechimini to’g’ri hal eta olish, misol uchun, manzarada turli holat hamda kayfiyatlarni tasvirlashda rang va uning tuslaridan foydalana olish;

- kompozitsion faoliyatda chiziq, chizgi, dog’ yorug’-soya kabi grafik tasvir vositalarini, hajm, fazo va prespektivani tasvirlashda, rang, uning tuslari va koloritini tasvir mazmuniga mos tarzda, havo perspektivasini ifodalashda qo’llay olish;

- yaxlit kompozitsiya, obraz yaratishda ranglarning mutanosibligini saqlay olish;

- tasviriy san’at turlari (grafika, rangtasvir) va janrlarida (manzara, portret, natyurmort) rasm ishlay olish;

- tasviriy san’atning tur va janrlariga muvofiq tarzda tasviriy vosita va usullardan amaliy faoliyatda maqsadga muvofiq tarzda foydalana bilish;

- kompozitsiya yaratishda yordamchi vositalar (qoralama, eskiz)dan mustaqil tarzda foydalana olish;

- tasviriy faoliyat (rangtasvir)da issiq va sovuq ranglar gammasidan foydalana bilish;

- mustaqil tasviriy faoliyatda kompozitsiya qonuniyatlariga amal qilish;

- adabiy asar syujeti asosida portret-illyustrasiya ishlay bilish, unda mazmun va tasvir mutanosibligini ifodalay olish.

6 - sinf
San’atshunoslik asoslari:

- o’rta asrlar san’ati. San’atdagi usul va yo’nalishlar (me’morlikda roman, gotika usullari);

- Sharq me’morligidagi shakl va usullar (peshtoq, gumbaz, minora);

- Sharq miniatyura san’ati: O’rta Osiyo, Hindiston, Eron, Arabiston, Turkiya miniatyura maktablari;

- Sharq miniatyura san’atida umumiylik va o’ziga xoslik;

- miniatyurada sintetik jarayonlar (syujetli kompozitsiyalar, naqqoshlik, xattotlik va boshq.);

- miniatyura markazlari (Buxoro, Hirot, Tabriz va bosh.);

- Sharq miniatyura san’atida umumiylik va o’ziga xoslik;

-Sharq miniatyura san’atining yirik namoyondalari (Mirak Naqqosh, Kamoliddin Behzod, Murod Muhammad Samarqandiy);

- O’zbekiston zamonaviy miniatyura san’ati. O’zbek miniatyurachi rassomlari (Sh.Muhammadjonov, N.Xolmatov, H.Nazirov, A.Tursunov, Sh.Shoyoqubov va bosh.);

- miniatyura san’ati namunalari (Dehlaviy, Firdavsiy, Nizomiy, Navoiy, Bobur, Sharofutdin ali Yazdiy asarlari misolida), ular saqlanadigan yirik muzeylar (Nyu-York-Metropoliten muzeyi, Parij-Fransiya milliy kutubxonasi, London-Britaniya muzeyi, Sankt-Peterburg-Ermitaj, Hindiston, Turkiya muzey va kutubxonalari, Toshkent Sharqshunoslik kutubxonasi va h.z.);

- dastgoh rangtasviri, uning turlari, ijodkorlari, rassomning kartina yaratish jarayoni;

- tasviriy san’atda buyuk siymolar tasviri (M.Nabiev - Amir Temur, Beruniy, Bobur, Ibn Sino portretlari; I.Jabborov - Amir Temur haykali, Toshkent, Samarqand, A.Ikromovning Mirzo Ulug’bek; T.Quryozov - Jaloliddin Manguberdi;

J.Umarbekov - Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro yoshligi; O.Qozoqov - Kamoliddin Behzod);

- Uyg’onish davri Yevropa tasviriy san’ati (Leonardo da Vinchi, Rafael, Mikelandjelo, A.Dyurer va bosh.);

- XIX asr oxiri XX asr boshlari rus tasviriy san’ati (A.Bryullov, Tropinin, I.Shishkin, I.Levitan, A.Vasilev, V.Kuinji, B.Savrasov, I.Repin, V.Serov, A.Surikov va bosh.);

- O’zbekiston tasviriy san’ati (O’.Tansiqboev, N.Karaxon, R.Timurov, N.Qo’ziboev, R.Ahmedov, M.Nabiev, Ch.Ahmarov, J.Umarbekov, B.Jalolov, A.Ikromjonov va boshq.);

- haykaltaroshlik turlari (dastgoh, mahobatli va dekorativ haykaltaroshlik).
Tasviriy faoliyat (naturaga qarab tasvirlash):

- natyurmort o’quv modeli (natura) sifatida, uning kompozitsiyasi, tasviriy vositalari;

- buyumlarni (naturani) tasvirlashga ijodiy yondoshish, unga badiiy talqin berish, shaxsiy munosabatlarni badiiy obrazlar vositasida aks ettirish;

- naturani tasvirlashda tasviriy faoliyatning bosqichlari (qoralama ishlash, uning konstruktiv va fazoviy holatini aniqlash, kompanovka, rang yechimi, uning to’yinganlik darajasi, tuslari, yorug’-soya imkoniyatlarining hajmini sezdirishdagi ahamiyati, rangda (qalamda) naturani umumlashtirish;

- turli mavzulardagi naturalarni (portret, natyurmort, manzara) har xil tasviriy vositalar (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik)da ishlash.

Kompozitsion faoliyat:

- o’rta murakkablikda hajmdor haykal ishlash (odam gavdasi, uning tuzilishi, qismlari nisbatlari, ishlash xususiyatlari; odam gavdasining harakatdagi va harakatsiz, mehnat, sport mavzulari) holatlarida muvozanat, tayanch nuqtasi;

- haykaltaroshlik kompozitsiyasida harakatdagi va harakatsiz gavda (odam, hayvon, parranda)ni tasvirlashda karkaslardan foydalanish;

- mazmunli, muayyan holat (yomg’ir, qor, quyosh, shamol, tong, oqshom)dagi tabiat manzarasini xotiradan yoki tasavvurdan ishlash;

- tarixiy mavzularda, folklor asarlari, xalq dostonlari asosida batal yoki portret janrlarida ishlash (Shohnoma, Alpomish, Go’ro’g’li, Rustamxon, Kuntug’mish va boshqa manbalar);

- muayyan mavzu bo’yicha mustaqil syujetli kompozitsiya yaratish;

- kompozitsiya yechimini «Ijodiy izlanish» metodi asosida topish (qoralama, eskizlar ishlash, ularni tahlil etish va umumlashtirish).


O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak:

- atrof-muhitdagi (inter’yerdagi, manzaradagi va h.k.) go’zallikni ko’ra olish, uni baholash va sharhlay olish;

- rassomlarning, amaliy san’at ustalari va me’morlarning ijodiy faoliyatlari, san’at asarlarining ijtimoiy mohiyatini to’g’ri anglay bilish;

- turli janrlardagi san’at asarlarining yaratilish texnikasini ajrata olish va ularni tahlil eta bilish;

- rassomlar, ularning asarlarini og’zaki yoki yozma nutqda sharhlay bilish;

- o’rta asrlar san’ati, uning uslub va yo’nalishlarini bilish;

- Sharq san’ati, Sharq miniatyura san’atining tarihi, ularning tasviriy-ifodaviy usullarining o’ziga xos xususiyatlarini bilish;

- miniatyuradagi rassomlar, ularning asarlarini bilish;

- miniatyura san’ati bilan realistik tasviriy san’atning umumiylik hamda farqli jihatlarini bilish;

- san’atdagi usul va yo’nalishlar, uning Sharq san’atidagi talqinini to’g’ri baholay bilish;

- dastgoh asarlari, syujetli kartinalarning yaratilish jarayoni, haykaltaroshlik turlari (dastgoh, monumental, hiyobon uchun ishlanadigan haykal) haqida tasavvurga ega bo’lish;

- odam gavdasiing anatomik nisbatlari haqida nazariy ma’lumotlarga ega bo’lish;

- odam gavdasining harakatdagi holat qonuniyatlari (tayanch nuqtasi, harakat dinamikasi)ni bilish;

- syujetli kartinalarning mazmuni va shaklini badiiy idrok etish;

- jahon va O’zbekistonning mohir rassomlari, haykaltaroshlari, ularning hayoti, ijodi, asarlarini bilish.
Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur:

- atrof muhitdagi go’zallik haqidagi bilimlarini o’z faoliyatiga tatbiq eta olish;

- tasviriy amaliy san’at va me’morlik san’atining ijtimoiy xususiyatlaridan amaliy jihatdan foydalana bilish;

- o’z tasviriy-ijodiy o’quv faoliyatida tasviriy san’at ashyolari, badiiy materiallar va tasvirlash texnikasini amaliy jihatdan qo’llay olish;

- tasviriy san’atdan o’quv faoliyatida milliy va sharq san’ati an’analarini sintetik tarzda qo’llay bilish;

- tasviriy faoliyatda namunalardan (rassom, haykaltarosh asari)dan o’z faoliyatida to’g’ri foydalana olish;

- miniatyura san’ati usulida rasm (illyustratsiya) ishlay olish;

- tasviriy faoliyat uchun qo’shimcha materiallarning amaliy asoslarini real hayotda ko’ra bilish va ulardan foydalana olish;

- tasviriy faoliyatda shaxsiy gigiyena va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish.
Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim:

-tasvirlanayotgan buyumlar guruhi (natyurmort)ni plastik yaxlitlikda ifodalash;

- haykaltaroshlikda odam va hayvonlarni obrazli tasvirlash, unda ob’yektning o’ziga xos xususiyatlari, xarakteri, nisbatlarini to’g’ri talqin etish;

- miniatyura san’ati usulida rasm (illyustratsiya) ishlay olish;

- tasviriy faoliyatda Sharq miniatyura san’atining tasviriy usullarini tatbiq eta olish;

- kompozitsiya yaratishda eskiz variantlarini ishlash va ularni umumlashtira olish;

- o’z ijodiy faoliyatlarida dramatizm va lirizm kayfiyatlarini tasvirlay olish;

- o’z «asari» uchun material to’plash va ulardan tasviriy faoliyatda foydalana olish;

- tasvirlanayotgan buyumlar guruhi (natyurmort)ni plastik yaxlitlikda ifodalash;

- haykaltaroshlikda odam va hayvonlarni obrazli tasvirlash;

- syujetli kartina yaratish usullarini o’z tasviriy faoliyatiga tatbiq eta bilish.

7- sinf
San’atshunoslik asoslari:

- san’atdagi oqim va yo’nalishlar, ularning kelib chiqish sababi, asosiy omillari;

- oqim va yo’nalishlar (impressionizm, postimpressionizm, fovizm, kubizm, puantelizm, syurrealizm, abstraksionizm) nomlanishining mazmuni va mohiyati;

- XIX asr oxiri XX asr boshlaridan Yevropa tasviriy san’atidagi oqimlarning yirik namoyondalari (K.Mone, O.Renuar, K.Pisarro, A.Matiss, P.Sezann, A.Sinzyak, Van Gog, Pol Gogen va b.);

- zamonaviy O’zbekiston tasviriy san’atida oqim va yo’nalishlarning tasviriy talqini (A.Mirsoatov, A.Yunusov, O.Qozoqov, A.Nuriddinov, S.Alibekov, B.Jalolov);

- tasviriy san’at tarixida ramziylik tasviri, geraldika;

- O’zbekiston amaliy bezak san’atida qo’llaniladigan shakllarning ramziy ma’nolari (o’simlik va hayvonot dunyosi misolida);

- dizayn san’atining tarixi, uning maishiy turmushni madaniylashtirishdagi o’rni, buyumlar, jihozlar, katta va yirik o’lchamdagi texnika vositalari (avtomobil, samolyot va h.z.)ni, binolar va ularning intererlari va boshqalarni badiiy loyihalashtirish;

- qadimiy O’zbekiston madaniyati va san’ati (me’morlik san’ati misolida, unda san’at turlarining sintezi);

- me’moriy ansambl va atrof muhit landshafti;

- kitobat san’ati, Sharq kitobat san’atining nodir namunalari;

- jahon va O’zbekiston kitobat san’atining yirik namoyondalari (O.Domge, G.Dore, Ye.Kibrik, D.Shmarinov, V.Favorskiy, D.Bisi; I.Ikromov, T. Muhamedov, A.Bobrov).

Tasviriy faoliyat:

- namuna asosida naqsh elementlari, kompozitsiyalarni chizish va bo’yash;

- naturadan (namunadan) manzara ishlash, unda turli oqim va yo’nalishlar usullarini qo’llash;

- turli mavzuda kubizm usulida natyurmort ishlash;

- me’moriy ansambl (jamoaviy ish) maketini yasash hamda unga badiiy ishlov berish.


Kompozitsion faoliyat:

- tabiiy shakllarni stillizatsiyalash vositasida naqsh elementlarini hosil qilish, ulardan mustaqil ravishda naqsh kompozitsiyasini yaratish;

- turli shakllarni badiiy loyihalash (texnikaviy dizayn, libos dizayni, me’morlik dizayni, jihozlar, anjomlar dizayni);

- shakl va mazmun mutanosibligi. Kulolchilik namunalari shakllarining variantlarini yaratish (grafik yechim);

- me’moriy ansambl kompozitsiyasi (jamoa ishi). Uning maketini karton va qog’ozdan yasash, unda shakl, nisbat, masshtab, simmetriya, atrof-muhit bilan uyg’unligi);

- geraldika (ramzlar, muhrlar, gerblar) bo’yicha kompozitsiya variantlarini yaratish;

- me’moriy mavzuda manzara-kompozitsiya ishlash (akvarel, guash bo’yoqlari, oddiy va rangli qalamlar, flomaster, pastel va boshqa yumshoq grafik materiallar);

- ixtiyoriy manbalar (ertak, hikoya, rivoyat, qissa, roman, doston, badiiy va video yoki multfilm) asosida kitobat san’ati elementlari (muqova, titul varag’i, badiiy harf, frontiptis, illyustratsiya v.b.)ni ishlash.
O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak:

- san’atning ijtimoiy mohiyati va inson shaxsiy kamolotidagi ahamiyatini anglash;

- tasviriy san’atdagi oqim va yo’nalishlarni, uning yirik vakillari asarlarini bilish;

- hozirgi zamon san’atida sodir bo’layotgan badiiy jarayonlar haqida tassavurga ega bo’lish;

- dizayn san’ati va uning turmushdagi ahamiyatini bilish;

- o’zbek amaliy bezak san’ati tarixi, uning taniqli ustalari, ularning asarlar xususiyatlarini bilish. Amaliy bezak san’ati buyumlarining dizayn yechimini, ularning funksional mohiyatiga mosligini tushunish;

- amaliy bezak san’atining mazmun va shakl mutanosibligi xususiyatlarini bilish;

- badiiy bezak motivlari, ramzlari, tasviriy-ifodaviy vositalarini to’g’ri talqin eta bilish;

- me’morlik tarixiga oid bilimlarga ega bo’lish hamda uni sintetik san’at turi sifatida idrok etish;

- badiiy loyihalash, maket yasashning texnologik xususiyatlarini bilish;

- kitob san’atining tarixi, uning o’ziga xos xususiyatlari, tasviriy usul va vositalari, kitob bezovchi rassomlar haqida ma’lumotga ega bo’lish;

- kitobat san’atini yaxlit kompozitsiya, sintetik san’at asari sifatida idrok etish;

- tasviriy san’atning geraldika sohasi va uning ma’nosini bilish;

-o’rganilgan san’at turlariga oid atama va tushunchalarlarni talqin etish.


Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur:

- Tasviriy faoliyatni tashkil etishda tozalik va xavfsizlik qoidalariga amal qilish;

- tasviriy faoliyatning turlari, uning bosqichlarini bilish va o’z faoliyatiga uning talablarini tatbiq etish;

- tasviriy vosita va texnikalarni berilgan topshiriq xususiyatiga mosligini ta’minlay bilish;

- maishiy turmushdagi estetik holatlar (rang, shakl, mazmun go’zalligi va h.k.) ga moslashish, uni targ’ib qilish;

- shaxsiy hayotida milliy san’at (me’morlik, amaliy bezak san’ati, kitobat san’ati va h.k.) an’analariga amal qilish va uni ijobiy davom ettirishga intilish;

- bo’yoqlar (akvarel, guash) va anjomlar (mo’yqalam, qalam va h.k.)dan to’g’ri foydalanish;

- geraldika sohasida mustaqil ravishda ramziy belgi(tasvir) ishlay olish;

- amaliy san’at kompozitsiyasi, mazmuniga mos shakl va rang qo’llay olish;

- jamoa bo’lib ishlash ko’nikma va malakalariga ega bo’lish;

- shaxsiy ish tajribasini jamoaning tasviriy faoliyatiga tatbiq eta olish.

Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim:
- Turli texnikalar va tasvir usullaridan badiiy obraz yaratishda foydalana olish;

- turli usulda impressionizm, kubizm va boshqa usulda rasm ishlay olish;

- tabiiy shakllarni uslublashtirish va ulardan amaliy bezak kompozitsiyasida foydalana olish;

- me’moriy mavzularda rasm ishlay olish va unda tarixiy me’morlik va zamonaviy elementlarini aks ettira olish;

- kitob san’atining turli badiiy-grafik elementlarining funksiyasini bilish, adabiy asar mazmuniga mos tasviriy obraz yarata olish, kitobning badiiy elementlaridan yaxlit maket yarata olish;

- xona intereri, buyumlarning dizayni bo’yicha eskizlar ishlash;

- berilgan topshiriqqa muvofiq tarzda badiiy material (qog’oz, bo’yoq, kerakli anjomlar va h.k.) va tasvir vositasi, texnikasini tanlay bilish;

- bajarilayotgan ishning mazmuni va mohiyatiga ko’ra mustaqil tarzda tasviriy usul, material va vosita tanlay olish va undan amaliy foydalana bilish;

- tasviriy faoliyat jarayonida olingan bilim va malakalarni o’z hayotiga tatbiq etish.


Tasviriy san’at fanidan o’quv dasturi


Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish