1–9 sinflar toshkent 2010



Download 1,7 Mb.
bet8/27
Sana08.02.2017
Hajmi1,7 Mb.
#2084
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27

Texnologiya va dizayn

  • Servis xizmati

  • Qishloq xo`jalik asoslari

    Ushbu ta`lim yo`nalishlari mazmunan xalq hunarmandchiligi, ishlab chiqarish asoslari va kasb tanlashga yo`naltirish bilan uyg`unlashtirilgan holda amalga oshiriladi.

    Mehnat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha mashg`ulotlarni tashkil qilish va o`tkazish ketma – ketligi mahalliy sharoit hamda imkoniyatlarni hisobga olgan holda ta`lim muassasasi tomonidan belgilanadi. Har bir yo`nalish bo`yicha ishlatiladigan elektr, ilg`or texnika va texnologiyalar asoslari o`rgatiladi.

    Mazkur yo`nalishlar yuzasidan quyidagi bo`limlar bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalar shakllantiriladi:

    1-4 cinflar uchun:

    1. Qog`oz va karton bilan ishlash.

    2. Gazmol va tolali materiallar bilan ishlash.

    3. Plastilin va loy ishi.

    4. Turli materiallar bilan ishlash.

    5. Badiiy qurish-yasash.

    5-7 sinflar uchun:

    1. Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi.

    2. Metallga ishlov berish texnologiyasi.

    3. Uy-ro`zg`or buyumlarni ta`mirlash.

    4. Elektrotexnika ishlari.

    8-9 sinflar uchun:

    1. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.

    2. Ishlab chiqarish asoslari.

    3. Kasbga yo`naltirish asoslari.

    Har bir dars mashg`ulotida xavfsizlik texnika qoidalariga rioya qilinadi.

    O`quvchilarga mehnat ta`limi yo`nalishlari bo`yicha kasblar turlari haqida axborotlar beriladi. Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 5-9 sinflarida o`quvchilar soni shahar maktablarida 25 va undan ortiq bo`lsa, moddiy texnik va kadrlar ta`minoti yetarli bo`lsa mehnat ta`limi darslari shu sinflardagi o`quvchilarni ikki guruhga bo`lgan holda olib boriladi.

    Mehnat ta`limining barcha yo`nalishlari bo`yicha 5 va 6 – sinflarda 6 kun (24 soat), 7-sinfda 10 kun (40 soat) 8-sinfda 16 kun (96 soat), jami 160 soat amaliyot o`tkazish rejalashtirilgan.

    Amaliyotning maqsadi - o`quvchilarga o`rgatilayotgan bilim, ko`nikma va malakalarni bevosita unumli ishlab chiqarish mehnati jarayonida qatnashish orqali (sanoat, qishloq xo`jalik va umumiy ovqatlanish korxonalari, ustaxonalar, tashkilot, muassasa yoki hunarmand ustalar huzurida) mustahkamlashni bozor munosabatlari qoidalari asosida tashkil qilishdan iborat. Amaliyot ta`lim muassasasi yoki ishlab chiqarish korxonasi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, o`quv yilida ko`zda tutilgan ta`til vaqtida o`tkaziladi.


    1-sinf

    Qog`oz va karton bilan ishlash (13 soat)

    Qog`oz va uning turlari, qog`ozdan buklash usulida turli o`yinchoqlar, qog`ozdan savatcha, kitob uchun xat cho`p, “Qish” manzarasini applikatsiya usulida ishlash, archaga osiladigan turli o`yinchoqlar (ho`tikcha, chiqindi materiallar uchun paket, soyabonli shapka, quticha, stakan, buzoqcha) yasash. Turli bayramlar uchun niqoblar, maydalangan rangli qog`ozlardan mozaika usulida mevalar shaklini yasash. Rangli qog`ozlardan qirqilgan geometrik shakllar bilan ishlash. Navro`z bayramiga tabriknoma tayyorlash. Sabzavot va mevalarning urug`idan applikatsiya usulida yo`lsimon naqsh tuzish.


    Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash (2 soat)

    Tikuvchilik haqida ma`lumot. Tikuvchilikda ishlatiladigan asbob-uskunalar va xavfsizlik texnika qoidalari. Chok turlari haqida ma`lumot, to`g`ri chok tikishni o`rganish.


    Plastilin va loy ishi (6 soat)

    Loy yoki plastilindan ishlash qoidalari haqida tushuncha. Plastilindan turli haykalchalar, jo`ja shaklini yasash. Pazandachilikda ishlatiladigan xomashyolar, asbob-uskunalar haqida suhbat. (Plastilindan tort, mevalar shaklini yasash)


    Turli materiallar bilan ishlash (4 soat)

    “Oltin kuz” mavzusida gerbariy tayyorlash. Qishloq xo`jalik mehnati turlari, o`simlik va gullarni parvarishlash.


    Badiiy qurish-yasash (8 soat)

    Tabiiy va turli materiallardan o`yinchoqlar, parranda yoki hayvonlar shakllarini qurish-yasash. Hokandoz, rangli qog`ozdan qirqilgan geometrik shakllarni bir-biriga yelimlash, qog`ozni buklash va yelimlash orqali o`yinchoqlarni, turli maketlar va uchuvchi planer qurish – yasash.



    2-sinf

    Qog`oz va karton bilan ishlash (13 soat)

    Qog`ozlarni buklash usullari, rangli qog`ozlardan turli gullar shaklini yasash. Qog`ozni qirqish va buklash orqali dekorativ gullar, kitobcha uchun muqova tayyorlash. Rangli qog`ozlardan archa bezaklarini yasash. Rangli qog`ozlardan quyoncha, oq qush, baliq, qayiq, pingivin, samolyot, pirpirak, ikkiga buklangan qog`ozlardan qirqib, applikatsiya usulida naqsh yasash. Qog`oz va karton yordamida “Bahorgi guldasta” ni applikatsiya usulida tayyorlash. Uchiriladigan qog`oz qush yasash. Qog`ozdan applikatsiya usulida tabriknoma tayyorlash. Qog`ozdan turli o`yinchoqlar yasash.


    Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash (5 soat)

    Tikuvchilikda xavfsizlik texnika qoidalari. To`g`ri chok turidan foydalanib, igna uchun yostiqcha, gul shaklini tikish.


    Texnik modellash (2 soat)

    Harakatlanadigan o`yinchoqlar yasash.


    Plastilin va loy ishi (4 soat)

    Turli shakllarga ega bo`lgan o`yinchoqlar, xalq hunarmand ustalari ishlagan ish namunalariga qarab plastilin yoki loydan o`yinchoqlar, plastilindan uy jihozlarining namunalarini yasash. Svetofor maketini qurish-yasash.


    Turli materiallar bilan ishlash (7 soat)

    Tabiiy urug`lardan applikatsiya usulida naqsh tuzish. Tuxum po`choqlaridan hajmdor o`yinchoqlar yasash. Mozaika usulida qo`qongul shaklini, turli sabzavot va mevalarning urug`laridan yo`lsimon va kvadrat ichida naqshlar tuzish, tabiiy materiallar bilan ishlash, quritilgan barglardan hayvonlar shaklini, tabiiy materiallardan jonivorlar, chiqindi materiallardan o`yinchoqlar yasash. Maktab yer uchastkasida bahorgi dala ishlarini bajarish.


    Badiiy qurish-yasash (3 soat)

    Rangli qog`ozlardan archa bezaklarini, Navro`z bayramiga sinfni bezash uchun turli materiallardan osma o`yinchoqlar qurish-yasash.


    3-sinf

    Qog`oz va karton bilan ishlash (13 soat)

    Qog`ozdan turli parrandalar, turli geometrik shakllar, rangli qog`ozlardan lola, qo`ziqorin, sichqon, o`yinchoqlar, gerlandiyalar, archa bezaklarini tayyorlash va bezash, mozaika usulida o`yinchoqlar yasash. Rasm uchun ramka tayyorlash. Qog`ozdan gullar, pape-mashe usulidan idishlar, hajmdor gul, applikatsiya usulida bayramlarga tabriknomalar yasash.




    Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash (7 soat)

    Chok turlaridan foydalanib, kartondan guldon, chovgum ushlagich, yumshoq o`yinchoq tikish. To`qish turlari haqida ma`lumot, to`qishning oddiy usullari, turli geometrik shaklarni to`qish.


    Texnik modellash 2 soat

    Turli harakatli o`yinchoqlar yasash.


    Plastilin va loy ishi (3 soat)

    Plastilin yoki loydan turli idishlar, hayvonlar, o`yinchoqlar yasash


    Turli materiallar bilan ishlash (2 soat)

    Tabiiy materiallardan turli o`yinchoq yasash. Chiqindi materiallardan turli o`yinchoqlar yasash.


    Badiiy qurish-yasash (7 soat)

    Tabiiy xom-ashyolardan applikatsiya usulida, urug`lardan mozaika qurish – yasash. “Qush bolasi bilan” kompozitsiyasini qurish-yasash. “Yil fasllari” manzarasini qurish-yasash.


    4-sinf

    Qog`oz va karton bilan ishlash (10 soat)

    Mehnat ta`limi darslarida ish qurollaridan xavfsizlik qoidalari asosida unumli foydalanish. Qog`ozlarni turli ko`rinishda murakkab shakllarda buklab, o`yinchoqlar yasash. Turli bayramlarga applekatsiya usulida tabriknoma tayyorlash. Duradgorlik, temirchilik kasb-hunarlari haqida ma`lumot. Qog`ozdan turli buyumlar savat, qaldirg`och, kabutar, xo`roz yasash. Qorbobo ustaxonasida archa bezaklarini yasash. “Kuz” manzarasini applikatsiya usulida ishlash. To`g`ri to`rtburchak ichida applikatsiyadan foydalanib, naqsh tuzish. Gilamdagi naqshlar. Kulolchilik kasbi haqida ma`lumot. Pape-mashe usulida kosa yasash. Xamir tayyorlashga o`rgatish (qog`ozdan chuchvara).


    Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash (7 soat)

    Chok turlari, yumshoq o`yinchoqlar tikish, to`qish haqida ma`lumot, to`qishda ishlatiladigan asbob-uskunalar, ulardan foydalanish va xavfsizlik qoidalari, to`qish usullari. Gazlama gullaridan applekatsiya usulida guldasta tayyorlash. Ipdan o`yinchoq yasash.


    Texnik modellash (2 soat)

    Uchuvchi, suzuvchi va harakatlanuvchi texnik modellar yasash.


    Plastilin va loy ishi (5 soat)

    Plastilin bilan ishlash. Ertak qahramonlarini yasash. Oshxona jihozlari bilan tanishtirish. Plastilindan oshxona jihozlari yasash. Uy-ro`zg`or buyumlari bilan tanishtirish. Plastilindan uy-ro`zg`or buyumlari yasash.



    Turli materiallar bilan ishlash (5 soat)

    Kuzgi gullarga qarab donlardan, urug`lardan gul, tabiiy material, xomashyolardan gullar yasash. Gullarni o`stirish.


    Badiiy qurish-yasash (5 soat)

    Urug`lardan mozaika usulida turli hayvonlarni qurish-yasash. Mustaqil ravishda tabiiy xomashyolardan kvadrat ichida naqsh qurish- yasash. Duradgorlik asboblari bilan tanishtirish. Turli idishlar yasash va uni bezash. Geometrik shakllardan “Kuz” manzarasini qurish-yasash.


    5-sinf

    Texnologiya va dizayn” yo`nalishi



    metallga ishlov berish texnologiyasi (18 soat)

    Umumiy tushunchalar (2 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Metallga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi. Metallga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari. Metallning turmushda va xalq xo`jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, turlari, sohalari. Metallarning tashqi ko`rinishi va o`ziga xos belgilari.

    Amaliy mustaqil ishlar: Metallarning turlari, xossalari, sifatlari, shakllari, o`lchamlari, qo`llanilishi va ishlatilishi texnologiyalari bo`yicha ma`lumotlar asosida laboratoriya ishlarini bajarish.
    Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Metallga ishlov berishda qo`l asbob-uskunalari, moslamalarining tuzilishi va turlari, vazifalari, foydalanish qoidalari. Chilangarlik dastgohi. O`lchash va rejalash asboblari: chizg`ich, buklama metr, metall qalamlar va boshqalar. Arralar va frezalar turlari. Zubilo, otvyortka va omburlar. Bolg`alar va ularning turlari: po`lat, yog`och, plastik bolg`alar va to`qmoqlar. Jilvir qog`ozlar tuzilishi va turlari.

    Amaliy mustaqil ishlar: Metallga ishlov berishda ishlatiladigan qo`l asboblarini turlarga ajratish va ularning ishga yaroqliligini aniqlash. Asboblarni ishga tayyorlash va ishlash.
    Mashina, mehanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (2 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Metallga ishlov berish stanoklari va ular haqida tushuncha. Mashinalarning asosiy qismlari (dvigatel, uzatish mexanizmi, isitgich).

    Amaliy mustaqil ishlar: Metallga ishlov berish stanoklarining tuzilishi, qismlaridagi kuch-harakatning uzatilish yo`li, stanokni ishga tayyorlash bosqichlarini o`rganish.
    Mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologiyasi (10 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Metallarga ishlov berish texnologiyasi, konstruksiyalash elementlari. Yupqa tunuka va simdan buyumlar tayyorlash. Metall buyumlarda biriktirish turlari: harakatsiz (payvand) va yarim harakatchan (shlitsali, shponkali, rezbali). Metallarga ishlov berishda qo`llaniladigan xalq hunarmandchiligi elementlari. Metallga ishlov berishga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.

    Amaliy mustaqil ishlar: Detallar va buyumlar konstruktiv qirqimlarini topish. Metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg`unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.
    Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi (42 soat)

    Umumiy tushunchalar (6 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi. Yog`ochga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari. Yog`ochning turmushda va xalq xo`jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, turlari, ishlatilish sohalari. Yog`ochlarning tashqi ko`rinishi va o`ziga xos belgilari. Yog`ochning yaroqlilik va yaroqsizlik belgilari. Duradgorlikda ishlatiladigan yog`ochlar: terak, tog`terak, shumtol, qarag`ay, eman, nok, chinor va boshqalar.

    Amaliy mustaqil ishlar: Mahalliy hududda o`sadigan daraxtlar va ulardan olinadigan yog`och turlarini o`rganish. Yog`ochlarning sifatini va ularning nuqsonlarini aniqlash.
    Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (20 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Duradgorlik dastgohi, qo`l asboblarining tuzilishi va turlari, ulardan foydalanish qoidalari. O`lchash va rejalash asboblari: chizg`ichlar, buklama metr, qalamlar, xastkash va boshqalar. Arralar va randalar turlari. Iskanalar, bolta va teshalar. Bolg`alar va ularning turlari: po`lat, yog`och, plastik bolg`alar va to`qmoqlar. Egov va jilvir qog`ozlar tuzilishi, turlari.

    Amaliy mustaqil ishlar: Asbob-uskuna va moslamalarni ishga tayyorlash, foydalanish va ta`mirlash.
    Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (2 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochga ishlov berish stanoklari va ular haqida tushuncha. Mashinalarning asosiy qismlari (dvigatel, uzatgich mexanizmi, organi).

    Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochga ishlov berish stanoklarining tuzilishi, qismlaridagi kuch-harakatning uzatilish yo`li, stanokni ishga tayyorlash bosqichlarini o`rganish.
    Mahsulotlar ishlab chiqarsh texnologisi (14 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Duradgorlik buyumlari detallarini tayyorlash. Duradgorlik birikmalari to`g`risida ma`lumotlar: yelimlash, mixlar, burama mixlar (shurup) va boshqa vositalar bilan biriktirish. Buyumlar yuzasiga qoplamalar yopishtirish. Duradgorlik buyumlarining sirtini pardozlash va detallarni konstruksiyalash. Yog`ochdan uy-ro`zg`or buyumlari tayyorlashda foydalanish. Yog`ochga ishlov berishda qo`llaniladigan xalq hunarmandchiligi elementlari. Yog`ochga ishlov berishga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.

    Amaliy mustaqil ishlar: Tayyorlanmaning eskizi va texnologik xaritasini tuzish, tanlash, rejalash va tayyorlash. Yog`ochga ishlov berish jarayonlari bilan uyg`unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.
    Elektrotexnika ishlari (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Elektr montaj ishlarida ish o`rnini tashkil qilish. Elektr o`tkazish simlarining turlari. Elektr o`tkazgichlarni montaj qilish izolyatsiyalash ishlari. Elektr asboblari. Sohaga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.

    Amaliy mustaqil ishlar: Elektr o`tkazgich simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini o`rganish.
    Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Pol qoplamalari va mebellarning loklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash ishlari. Oyna romlarini kichik ta`mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullari. Xizmat ko`rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlari.

    Amaliy mustaqil ishlar: Pol qoplamalari va mebellarning laklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash isitish usularini o`rganish.
    Servis xizmati” yo`nalishi

    Pazandachilik asoslar (18 soat)

    Umumiy tushunchalar (2soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Pazandachilik o`quv xonasida xavfsizlik texnika qoidalari va sanitariya gigiyena talablari. Pazandachilik tarixi va taraqqiyoti. Oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymatini inson organizmi uchun ahamiyati.
    Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (2 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: O`zbek milliy oshxonasining o`ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi. Oshxonada ishlaganda shaxsiy gigiyena qoidalari.

    Amaliy mashg`ulot: Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish, to`g`rash usullaridan foydalanib, salatlar tayyorlash, dasturxonga tortish qoidalari.

    Pazandachilikda ishlatiladigan texnologik jihozlar va ulardan foydalanish (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: plita, muzlatgich, idish-tovoq, yuvish moslamalari, oshxona stollari, quritgich moslama, shkaflar haqida umumiy tushuncha. Plita turlari, tuzilishi va foydalanish qoidalari.

    Amaliy mashg`ulot: Kartoshka bo`tqasini tayyorlash.
    Taom tayyorlash texnologiyasi (10 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Tuxum va uning ozuqaviy qiymati, pishirish usullari. Dasturxonga tortish qoidalari. Buterbrod va issiq ichimlik turlarini tayyorlash. Kundalik ovqatlanish uchun dasturxon bezash. Sabzavotlardan yaxna taomlar tayyorlash. Ularning sifatiga va saqlanishiga qo`yiladigan talablar. Yaxna taomlarni did bilan bezatib, dasturxonga tortish tartibi. Ochiq, yoriq va gazak uchun tayyorlangan (ka-na-pe) buterbrodlarni tayyorlash va dasturxonga tortish tartib, qoidasi. Sanitariya-gigiyena, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish. O`zbek milliy oshxonasining rivojlanish tarixi, uning taomlari, tasnifi hamda taomlarning tayyorlanishidagi o`ziga xos xususiyatlari. “Tvorogli”, “Murabboli” blinchiklar tayyorlash tartibi va dasturxonga tortish.

    Sohaga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.



    Amaliy mashg`ulot: Tuxum qaynatib, qovurib pishirish usullari. Dasturxonga tortish qoidalari. Buterbrod va issiq ichimlik turlarini tayyorlash. Yaxna taomlar tayyorlash. Ochiq, yoriq va gazak uchun tayyorlangan buterbrodlarni tayyorlash. Go`shtli salatlar. Mevali va sut mahsulotli salatlar tayyorlash va dasturxonga tortish. “Tvorogli”, “Murabboli” blinchiklar tayyorlash tartibi va dasturxonga tortish.

    Tayanch ma`lumotlar: mehnat xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari. Pazandachilik va qandolatchilik korxonalari, oshxonalarda ishchilar mehnatining mazmuni va ish o`rni.
    Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi ( 48 soat)

    Umumiy tushunchalar (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari. Tabiiy tolali gazlamalardan paxta va zig`ir tolalardan to`qilgan gazlamalar, ularning xususiyatlari.

    Amaliy mashg`ulot. Sarja (polotno) to`qish. Gazlamaning o`ng va teskari tomonlarini, bo`ylama va ko`ndalang iplarini aniqlash.
    Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Qo`l ishlari va uni bajarishda ishlatiladigan asbob-uskunalar haqida umumiy ma`lumot.

    Amaliy mashg`ulot. Qo`l choklaridan namunalar tayyorlash. Ushlagich tayyorlash. Dazmol bilan ishlash. Dazmollash usullari.
    Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Qo`l yuritmali tikuv mashinasining asosiy tuzilishi va ishlash tartibi. Tikuv mashinasini ishga tayyorlash. Mashinada ipsiz tikish.

    Amaliy mashg`ulot: Mashinada ishlash qoidalari. Mashinada ipsiz tikish. Mashinaga ip o`tkazish. Biriktiruvchi, ziy choklarini tikish.
    Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi (36 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Bichish va tikish haqida ma`lumot. Gavdadan o`lchov olish. Masshtabli lineyka. Fartuk va bog`ichli qalpoqcha chizmasini chizish. Fartuk va bog`ichli qalpoqchani modellashtirish va andoza tayyorlash. Fartuk va bog`ichli qalpoqcha bichish. Bog`ichli qalpoqchani tikish. Fartukni tikish. Bog`ichni va belbog`ni tikish. Ko`krak qismini tikish. Qoplama cho`ntakni tikish. Fartuk qismlarini birlashtirish va oxirgi ishlov. Dazmollash usullari. Xalq hunarmandchiligi to`g`risida umumiy ma`lumot. Milliy kiyimlar haqida tushuncha. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi asosida “Qiyiqcha” tikish texnologiyasi. Kashtachilikda ishlatiladigan naqshlar chizish va qiyiqchaga tushirish. Kashtachilikda ishlatiladigan choklardan namunalaridan tikish. Qiyiqchani bichish va tikish. Milliy qo`g`irchoq turlari va tikish texnologiyasi. Qo`g`irchoqni andozasini tayyorlash, andozani gazlama ustiga joylashtirish va bichish. To`qish uchun asbob-moslamalar. To`qish usullaridan namunalar. XTQ va sanitariya-gigiyena talablari. To`qish choklarini o`rganish. Ko`zoynak uchun g`ilof to`qish.

    Amaliy mashg`ulot: Fartuk va bog`ichli qalpoqcha chizmasini chizish. Fartuk va bog`ichli qalpoqchani modellashtirish va andoza tayyorlash. Fartuk va bog`ichli qalpoqcha bichish. Bog`ichli qalpoqchani tikish. Fartukni tikish. Bog`ichni va belbog`ni tikish. Ko`krak qismini tikish. Qoplama cho`ntakni tikish. Fartuk qismlarini birlashtirish va oxirgi ishlov. Dazmollash usullari. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi asosida “Qiyiqcha” tikish texnologiyasi. Kashtachilikda ishlatiladigan naqshlar chizish va qiyiqchaga tushirish. Kashtachilikda ishlatiladigan choklardan namunalaridan tikish. Qiyiqchani bichish va tikish. Milliy qo`g`irchoq turlari va tikish texnologiyasi. Qo`g`irchoqni andozasini tayyorlash, andozani gazlama ustiga joylashtirish va bichish. To`qish usullaridan namunalar. XTQ va sanitariya-gigiyena talablari. To`qish choklarini o`rganish. Ko`zoynak uchun g`ilof to`qish.
    Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi 2 soat

    Amaliy mashg`ulot: Choklari so`kilgan turli buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi.
    Qishloq xo`jaligi asoslari” yo`nalishi

    Qishloq xo`jalik asoslari (60 soat)

    O`simlikshunoslik (14 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: qishloq xo`jaligi moddiy oziq-ovqatlar yetishtirishning asosiy sohasi. Yer qishloq xo`jaligining asosiy omili. Dehqonchilik va chorvachilikni uyg`unlashtirish istiqbollari. Mahalliy hududda yetishtiriladigan ekinlar va ularning turlari. Ekin navlari va ularning hosildorligi, urug`chilik, ko`chat tayyorlash asoslari. Urug`larning sifatini aniqlash usullari. Ekilgan urug`ning unib chiqish tezligi va unga ta`sir etuvchi omillar. Turli ekinlarni parvarish qilish qoidalari.

    Amaliy mustaqil ishlar: mahalliy qishloq xo`jalik ekinlari ro`yxatini tuzish. Ularning urug` va ko`chatlarini tayyorlash, ekish va parvarish qilish qoidalarini o`rgatish. Tuproqqa ishlov berish va o`g`itlash texnologiyasi.
    Qishloq xo`jaligi asbob-uskunasi va unda foydalanish (20 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: qishloq xo`jalik mahsulotlari yetishtirish texnologiyasi va texnikasiga oid tushunchalar. Tuproqqa ishlov berish, o`g`it solish, urug` ekish, ko`chat ekish, o`simliklarni parvarish qilish va hosilini yig`ishtirishda foydalaniladigan qishloq xo`jalik mashinalari, uskunalari, ishlash jarayonlari.

    Amaliy mustaqil ishlar: tuproqqa ishlov beradigan, o`g`it soladigan, urug` ekadigan, ko`chat o`tkazadigan, o`simliklarni parvarish qilish mexanizmlari va moslamalari.

    Qishloq xo`jaligi mashinalari (6 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: qishloq xo`jaligida ishlatiladigan yerga ishlov beruvchi mashinalarning turlari va asosiy qismlari.

    Amaliy mustaqil ishlar: yerga ishlov beruvchi mashinalarning ishchi qismlarini sozlash qoidalarini o`rganish.
    Chorvachilik asoslari (20 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: chorvachilik sohalari: qoramolchilik, qo`ychilik, parrandachilik va boshqa uy hayvonlarini parvarish qilishga doir boshlang`ich ma`lumotlar.

    Amaliy mustaqil ishlar: uy hayvonlarini parvarish qilish. Parrandachilik, qo`ychilik va qoramolchilik fermalaridagi ish jarayonlari bilan tanishish.
    Elektrotexnika ishlari (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Elektr montaj ishlarida ish o`rnini tashkil qilish. Elektr o`tkazish simlarining turlari. Elektr o`tkazgichlarni montaj qilish izolyatsiyalash ishlari. Elektr asboblari. Sohaga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.

    Amaliy mustaqil ishlar: Elektr o`tkazgich simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini o`rganish.
    Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Pol qoplamalari va mebellarning hamda loklangan qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash ishlari. Oyna romlarini kichik ta`mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullari. Xizmat ko`rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlari.

    Amaliy mustaqil ishlar: Pol qoplamalari va mebellarning loklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash, isitish usullarini o`rganish.
    6-sinf

    Texnologiya va dizayn” yo`nalishi



    Metallga ishlov berish texnologiyasi (18 soat)

    Umumiy tushunchalar (2 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: qora metallar qotishmalari, cho`yan va po`latning asosiy mexanik xossalari: qattiqlik, elastiklik, plastiklik va mo`rtlik. Tayyorlanadigan buyumlar.

    Amaliy mustaqil ishlar: Metallarga ishlov berish, materiallarning xususiyatlarini o`rganish.
    Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Metallarni o`lchash va rejalash asboblari (millimetrli chizg`ich, nutromer, shtangensirkul) dan foydalanish. Shtangensirkul bilan o`lchash usullari.

    Amaliy mustaqil ishlar: O`lchash, rejalash va dastlabki ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash hamda ishlash usullarini o`rganish. Metallga ishlov beruvchi asboblarning ichki qismlarini sozlash.

    Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Tokarlik-vint qirqish stanogining vazifasi, qo`llanishi, tuzilishi, asosiy qismlari. Tokar va chilangarning ish o`rnini tashkil qilish. Stanoklarda ishlashdagi xavfsizlik texnika qoidalari. Tokarlik ishlarida moslamalardan foydalanish asoslari. Metallga issiqlik va sovuqlik ishlov berishning mohiyati.

    Amaliy mustaqil ishlar: Parmalash va tokarlik-vint qirqish stanoklarining qismlaridan ichki detallarni ajratish. Ichki detallarning tuzilishini, ishlash tamoyilini o`rganish.
    Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi (8 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: texnika va konstruktsiyalash elementlari. Buyumlarni tayyolash: loyihalash, o`lchash, rejalash, biriktirish, pardozlash. Rejalash, arra bilan kesish, egovlash, zubilo bilan ishlash usullari. Bir necha detal va tayyorlanmaga ishlov berish. Metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullari.

    Amaliy mustaqil ishlar: Tayyorlanadigan detal eskizini chizmalarini, texnologik xaritalarni tuzish va o`qish. Materialni tejamli sarflashni rejalash. Metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullarini o`rganish.
    Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi (40 soat)

    Umumiy tushunchalar (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochning fizikaviy xossalari. Yog`och turlarining xususiyatlari. Duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo`yoqlar turlari, xususiyatlari, ishlatilish sohalari.

    Amaliy mustaqil ishlar: yog`och-taxta materiallarining turlari va xususiyatlarini aniqlash. Yog`och asosli yarimtayyor (yarimfabrikat) mahsulotlar namunalari bilan tanishish va ishlatilish sohalarini aniqlash. Yelimlar va bo`yoqlarni ishlatish.
    Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (16 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochlarni rejalash, o`yish, asboblarining turlari, ularni ishlatish va saqlash qoidalari. Qo`l randa va parmalash qurilmalarining tuzilishi, ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari.

    Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochga ishlov berish asboblaridan to`g`ri foydalanish usullarini o`rganish. Asboblarni sozlash.
    Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish(6 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Stanoklarning asosiy qismlari va vazifalari. Yog`ochga ishlov beradigan tokarlik stanogining ish tamoyillari, unda bajariladigan jarayonilar. Stanoklar tuzilishidagi umumiylik. Ulardagi harakat uzatish mexanizmlar kinematikasi.

    Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochga ishlov beruvchi tokarlik va parmalash stanoklarining tuzilishini, ularni ishga tayyorlash hamda xavfsiz ishlatish qoidalarini o`rganish.
    Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi (14 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar. Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi asosida uy-ro`zg`or buyumlarini tayyorlash (sabzavotlarni to`g`rash taxtasi, egovga dastak yasash va x.k.). Yelimlarni ishga tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalari. Yog`ochga ishlov berishni o`rgatishda fanlararo aloqalar. Yog`ochga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullari.

    Amaliy mustaqil ishlar: Silindr shaklidagi detallar (egov, o`qlov) eskizini tuzish. Yog`ochdan tayyorlanadagin buyumni tanlash, rejalash, o`lchash. Yog`och va boshqa materiallardan xalq hunarmandchiligi ish usullari asosida buyumlar tayyorlash.
    Elektrotexnika ishlari (6 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Bitta xonani yoritish zanjir sxemasi. Maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog`ligiga ta`siri. Elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari. Elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko`rsatishga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.

    Amaliy mustaqil ishlar: Bir xonani yoritish zanjir sxemasini o`rganish. Stol lampasini elektr zanjirini tuzish va tayyorlash.
    Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Yurtimiz me`morchiligi tarixiga oid qisqacha ma`lumotlar. Xona interyeri hamda jihozlanish dizayniga talablar. Sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an`analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo`nalishlari.

    Amaliy mustaqil ishlar: o`quv xonalarida mebel hamda qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri va eskizlarini tayyorlash. Taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash.
    Servis xizmati yo`nalishi

    Pazandachilik asoslari (18 soat)

    Umumiy tushunchalar (2 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: pazandachilik xonasini jihozlanishiga qo`yiladigan talablar. Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari. Un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va ahamiyati.
    Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (2 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: pazandachilik xonasida ishlash uchun sanitariya-gigiyena talablari. Oshxona asboblarida metall, chinni, sopol, plastmassa, shisha idishlardan to`g`ri foydalanishning ahamiyati.
    Pazandachilikda ishlatiladigan texnologik jihozlar va ulardan foydalanish (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: sovutgich va muzlatgich, termos, mikroto`lqinli elektrpechlarning tuzilishi va ahamiyati, foydalanish texnologiyasi. Qandolatchilikda ishlatiladigan texnologik jihozlardan: ko`pirtirgich (mikser)ning turlari, tuzilishi, ahamiyati, undan foydalanish qoidalari.
    Taom tayyorlash texnologiyasi (10 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: sut va sut mahsulot turlari. Sut mahsulotlari sifatiga bo`lgan talablar, saqlanish sharoiti va muddati. Un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va ahamiyati. Xamir turlari. Oshirma va oshirmasdan tayyorlanadigan xamirlar haqida ma`lumot. O`zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar va parxez taomlar tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish talablari. Dasturxon, sochiq turlari, ulardan foydalanish, saqlash va yuvish.

    Amaliy mashg`ulot: qatiq, suzma, brinza, tvorog, qurt tayyorlash tartib qoidalari. Yog`li qatlanib, tayyorlangan xamirdan “Somsa”, “Qatlama” pishirish. O`zbek milliy (suyuq ovqatlar) tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish talablari. Milliy taomlardan “Mastava” tayyorlash. Tushlik uchun dasturxon tuzash. Sut va sut mahsulotlaridan parxez taomlar tayyorlash.
    Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi (48 soat)

    Umumiy tushunchalar (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari. Jun va ipak tolali gazlamalar, ularning olinishi. Jun va ipak tolalarning xossalari.

    Amaliy mashg`ulot: jun va ipak gazlamalarning xossalarini aniqlash.
    Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (2 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: furnitura haqida umumiy ma`lumot. Ilgaklar, halqalar tikish, tugmachalar va pistonlar qadash. Taqilma turlari.

    Amaliy mashg`ulot: “Molniya” taqilmasini tikish.
    Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Oyoq yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi. Ishlash prinsipi. Oyoq yuritmali tikuv mashinasini ishga tayyorlash. Tikuv mashinasida ishlatiladigan kichik mexanizatsiya vositalaridan foydalanish. Tikuv mashinasidagi kichik nosozliklarni tuzatish.

    Amaliy mashg`ulot: Oyoq yuritmali tikuv mashinasini ishlashga tayyorlash. Ichki kiyim choklaridan namunalar tikish.
    Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi (38 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Beldan kiyiladigan kiyim turlari. Yubkalar haqida ma`lumot. O`lchov olish. Yubka chizmasini chizish. Yubka eskizlarini chizish va modellashtirish. Yubka chizmasini tekshirish. Andoza va gazlamani tayyorlash. Gazlama ustiga andozani joylashtirish. Yubkani bichish va tikish. Birinchi kiydirib ko`rish. Kiydirib ko`rishdan so`ng kamchiliklarni tuzatish. “Molniya” taqilmasini tikish. Yubkaning bel va etak qismlariga ishlov berish. Yubkani bezash va oxirgi ishlov berish. Zardo`zlik san`ati tarixi va uning rivojlanishi. Zardo`zlikda ishlatiladigan materiallar (gazlama turlari, karton, zar iplar). Zardo`zlikda ishlatiladigan asbob-uskunalar. Zar ipni o`rash. Zardo`zlikda ishlatiladigan naqsh turlari. Kartonga naqsh (gul) tushirish va qirqish. Ish o`rnini tashkil qilish. Bo`zni korcho`pda taranglab tortish. Zamindo`zi va guldo`zi usulida tikishni o`rgatish. Choynak yopqichining gulnaqshini zar ipdan tikish. Tikilgan mahsulotni korcho`pdan tushirib tayyorlash texnologiyasini o`rganish (astar tikish). Buyumga oxirgi ishlov berish. Nozmunchoq (biser) va undan foydalanish haqida ma`lumot. Nozmunchoq to`qish uchun zaruriy xomashyo va moslamalar. Nozmunchoqdan gul, geometrik va boshqa shakllar to`qish. Milliy bosh kiyimlardan do`ppi tikish texnologiyasi. Qiz bolalar sumkasini tikish texnologiyasi.

    Amaliy mashg`ulot: Yubka chizmasini chizish, andoza tayyorlash, bichish va tikish. Yubkaning belbog`, etak qismiga ishlov berish va bezash. Yubkaga oxirgi ishlov berish. Zar ipni o`rash. Kartonga naqsh (gul) ni qirqish. Zamindo`zi va guldo`zi usulida tikish. Choynak yopqich tikish. Nozmunchoqdan gul, geometrik va boshqa shakllarni to`qish. Milliy bosh kiyimlardan do`ppi tikish. Qiz bolalar sumkachasini tikish.
    Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi 2 soat

    Shakllantiriladigan bilimlar: Kiyimlarni saqlash usullari. Kiyimga qarab turish qoidalari. Yamoq solish texnologiyasi.

    Amaliy mashg`ulot: Yamoq solish.
    Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi

    O`simlikshunoslik (6 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: tuproqning turi va sifatini, hosildorligini aniqlash usullari. Mahalliy hududda keng tarqalgan qishloq xo`jaligi ekinlarining agrotexnika jarayonlari. O`simliklarni parvarish qilish va oziqlantirish qoidalari. O`simlikliklarning o`sish tezligi va sog`lomligini nazorat qilish usullari.

    Amaliy mustaqil ishlar: mahalliy tuproq turi va hosildorligi, ekinlar ekish uchun qulayligini aniqlash. Ma`lum ekin turi uchun agrotexnika tadbirlari.
    Qishloq xo`jaligi asbob-uskunasi va unda foydalanish (20 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: qishloq xo`jaligida ishlatiladigan texnika turlari va ular haqida ma`lumot. Yerga ishlov beruvchi qo`l va mexanizatsiyalashtirilgan qurollar. Ularning tuzilishi va ishlash tamoyillari. Yer tekislash traktori, kultivatorning turlari, tuzilishi va vazifalari.

    Amaliy mustaqil ishlar: yerga ishlov beruvchi qo`l va mexanizatsiyalashtirilgan qurollar. Ularning tuzilishi va ishlash tamoyillari. Yer tekislash traktori, kultivatorning turlari, tuzilishi va ishlash jarayonini o`rganish.
    Qishloq xo`jaligi mashinalari (12 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: mahalliy hududda kengroq tarqalgan qishloq xo`jalik yo`nalishlari: bog`dorchilik, uzumchilik, gulchilikda qo`llaniladingan mashina va moslamalar haqida umumiy ma`lumotlar.

    Amaliy mustaqil ishlar: tanlangan qishloq xo`jalik yo`nalishi bo`yicha amaliy ishlarni bajarish.
    Chorvachilik asoslari (20 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: chorvachilikka doir boshlang`ich ma`lumotlar.

    Amaliy mustaqil ishlar: chorvachilik, otlar, quyonlar o`stirish, baliqchilik xo`jaliklaridagi ish jarayonlarini o`rganish.

    Hayvonlarni saqlash va parvarish qilish: ish, mahsulot va estetik vazifalariga ko`ra hayvonlarni parvarishlash. Quyonlar, qo`ylar va parrandalarni o`stirish texnologiyasi. Hayvonlarga ozuqa tayyorlash va ularni boqish. Ozuqa turlarini, ularning xususiyatlarini va sifatini aniqlash usullarini o`rgatish.
    Elektrotexnika ishlari (6 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Bir xonani yoritish zanjir sxemasi. Maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog`ligiga ta`siri. Elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari. Elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko`rsatishga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.

    Amaliy mustaqil ishlar: Bir xonani yoritish zanjir sxemasini o`rganish. Stol lampasini elektr zanjirini tuzish va tayyorlash.
    Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Yurtimiz me`morchiligi tarixiga oid qisqacha ma`lumotlar. Xona interyeri hamda jihozlanish dizayniga talablar. Sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an`analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo`nalishlari.

    Amaliy mustaqil ishlar: o`quv xonalarida mebel, qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash. Taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash.
    7-sinf

    Texnologiya va dizayn yo`nalishi

    metallga ishlov berish texnologiyasi (18 soat)

    Umumiy tushunchalar (2 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: rangli metallar va ularning qotishmalari (oltin, kumush, mis, bronza, latun, duraluminiy va boshqalar)ning mexanik xossalari: qattiqlik, elastiklik, plastiklik va mo`rtlik. Tayyorlanadigan buyumlar. Yupqa tunukalar, simlar turlari, ulardan yasaladigan detallar.

    Amaliy mustaqil ishlar: metallarga chilangarlik va tokarlik ishlov berish turlari va usullari.
    Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Sterjen, tunuka va simlarni qirqish, bukish va to`g`rilash asboblaridan foydalanish. Shtangensirkul, nutromer, shablonlar, mikrometrning tuzilishi va o`lchash usullari. Nonius bilan hisoblash. O`lchash asboblari yordamida aniqlik sinflarini tekshirish.

    Amaliy mustaqil ishlar: Sterjen, tunuka, simlarga ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash va ishlash. Metallga ishlov berish asboblari turlari haqidagi ma`lumotlarni aniqlash va referat yozish.
    Stanoklar va ulardan foydalanish (2 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Frezerlash, tokarlik, parmalash, charxlash stanoklarining vazifasi, tuzilishi va ishlash qoidalari. Charxlash usullari. Tokarlik, frezerlash stanoklarida detallarga ishlov berish texnologiyasi.

    Amaliy mustaqil ishlar: Tokarlik, frezerlik, parmalash va charxlash stanoklarida oddiy jarayonilarni bajarish.
    Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi (10 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Metallardan tayyorlanadigan buyumlarga, detallarga ishlov berish, konstruksiyalash elementlari (kesish, qirqish, arralash, teshish, pardozlash, bo`yash). Rangli metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullari.

    Amaliy mustaqil ishlar: Uy-ro`zg`or, turmush va maktab uchun metall materiallardan buyumlar tayyorlash. Texnologik xaritalar tayyorlash, chizish, foydalanish.
    yog`ochga ishlov berish texnologiyasi (38 soat)

    Umumiy tushunchalar (6 soat)

    Shakllantiradigan bilimlar: Yog`ochning kimyoviy va texnologik xossalari. Yog`ochning haroratga, namlikka, mikroorganizmlarga va boshqa ta`sirlarga chidamliligini ta`minlashga xizmat qiluvchi materiallar. Yog`ochni quritish va saqlash qoidalari. Yog`ochdan tayyorlangan buyumlarga pardoz berishda ishlatiladigan materiallar.

    Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochlar va ularga ishlov berish materiallarini turlarga ajratish va xususiyatlarini aniqlash.
    Asbob-uskunalar va ulardan foydalanish (10 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochga ishlov berishda qo`l asboblaridan (xatkash, go`niya, arra, randa, iskana va b.) foydalanish texnologiyasi.

    Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochga qo`lda ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash hamda ish joyini tashkil qilish.

    Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (10 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Tokarlik, parmalash stanoklarining vazifasi, tuzilishi va ular bilan ishlash qoidalari. Tokarlik, stanogida detallarga ishlov berish texnologiyasi.

    Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochga ishlov berishda tokarlik va parmalash stanoklarida jarayonilarni bajarish.
    Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi (12 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi. Uy-ro`zg`or, turmushda, maktabda qo`llanilayotgan texnika va konstruktsiyalash elementlari. Eskizlar asosida buyumlar tayyorlash. Shakli silindrsimon, konussimon va fasonli, burchakli sathlar birikuvidan hosil qilingan detallar. Chizmalarda texnik talablarni ifodalanish qoidalari. Yog`och va metallga ishlov berishni uyg`unlashtirish xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullari.

    Amaliy mustaqil ishlar: Konussimon va fason burchak sathli detallarni va ularning eskizlarini tuzish hamda chizmalarini tayyorlash. Tayyorlanadigan detallar texnologik xaritalari. Yog`och va metallga ishlov berishni uyg`unlashtiruvchi xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullari asosida buyumlar tayyorlash.
    Elektrotexnika ishlari (8 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarishda ish o`rni. Kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari. Kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarishda ish asboblari hamda ish usullari. Asboblari elektr montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash bilan bog`liq kasb-hunar turlari.

    Amaliy mustaqil ishlar: Elektr montaj ish asbob turlari va ularda ishlash usullarini o`rganish. Elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar (svetofor, girlyanda va b.) tayyorlash.
    Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi hamda issiqlik ta`minoti tizimi va undan foydalanish qoidalari. Uy va xonadonlarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlari. Ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari. Uy va xonadonlarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblari. Qurilish va ta`mirlash bilan bog`liq kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.

    Amaliy mustaqil ishlar: Shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi hamda issiqlik ta`minoti tizimi sxematik tasvirini tayyorlash. Suv ta`minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jumraklarni sozlashda mayda ta`mirlash ishlari.

    Servis xizmati yo`nalishi

    Pazandachilik asoslari (18 soat)

    Umumiy tushunchalar (2 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Go`sht va go`shtli mahsulotlarning ozuqaviy qiymati, ahamiyati. Baliq va baliq mahsulotlarining ozuqaviy qiymati, ahamiyati va mohiyati. Go`sht va baliq turlari, ularning sifatiga bo`lgan talablar, saqlanish muddatlari.

    Amaliy mashg`ulot: Go`shtdan taom tayyorlash.
    Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Go`shtdan tayyorlanadigan taom tayyorlash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish. Go`shtga birlamchi ishlov berishda sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari. Baliqdan taom tayyorlash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish. Baliqqa birlamchi ishlov berishda sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari.

    Amaliy mashg`ulot: Baliqdan taom tayyorlash.
    Pazandachilikda ishlatiladigan jihozlar va ulardan foydalanish (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Asbob va moslama turlari, ulardan foydalanish qoidalari. Sabzavot va mevalarni konservalash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish. Elektr go`sht maydalagichning tuzilishi, vazifalari, ishlash prinsipi. Xavfsizlik texnika talablari.

    Amaliy mashg`ulot: Sabzavot va mevalarni konservalash.
    Taomlar tayyorlash texnologiyasi (8 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Qandolat mahsulotlari tayyorlash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish. Qandolatchilik jihozlaridan foydalanib, ”Chak-chak” tayyorlash. Go`shtdan taom tayyorlash texnologiyasi. “Qozon kabob” tayyorlab, dasturxonga tortish. Karam va uzum bargidan do`lma tayyorlash va dasturxonga tortish. O`zbek milliy taomlaridan palov tayyorlash texnologiyasi.

    Amaliy mashg`ulot: “Chak-chak” pishirig`ini tayyorlash. Palov tayyorlash va dasturxonga tortish tartibi. “Qozon kabob” tayyorlab, dasturxonga tortish. Karam va uzum bargidan do`lma tayyorlash va dasturxonga tortish.
    Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi (46 soat)

    Umumiy tushunchalar (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari haqida umumiy ma`lumot. Kimyoviy tolalardan tayyorlangan gazlamalar Sun`iy va sintetik gazlamalarning xossalari va ularga qo`yiladigan talablar.

    Amaliy mashg`ulot: Kimyoviy tolalarning xususiyatlarini o`rganish. Tashqi ko`rinishga qarab cho`zilishi, g`ijimlanishi, suv o`tkazish, issiqdan saqlash xossalari, yonishi.
    Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Kiyim haqida umumiy ma`lumot. Kiyimlar assortimenti va o`lchami. Kiyim tikishning asosiy bosqichlari. Qo`lda bajariladigan ishlarning texnik shartlari.

    Amaliy mashg`ulot: Qo`lda bajariladigan ishlar uchun asbob va moslamalar. Merejka usulida tikish.
    Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Elektr yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi, ishlatilishi. Maxsus ish bajaradigan tikuv mashinalari.

    Amaliy mashg`ulot: Tikuv mashinalarini tozalash va moylash. Mashinadagi nuqsonlar, parallel zig-zak qator, mayda va yirik bahya qator tikish. Choklaridan namunalaridan tikish.
    Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi (34 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Milliy liboslarda ko`ylak va uning turlari haqida ma`lumot. Gavdadan o`lchov olish va yozish. Hisoblash formulasi. Ko`ylak asos chizmasini chizish. Ko`ylakni va bo`yin o`mizini modellashtirish hamda andoza tayyorlash. Andozani gazlamaga joylashtirish va bichish. Bichiq bo`laklariga ishlov berish. Birinchi kiydirib ko`rish. Bo`yin va yeng o`miziga ishlov berish. Ko`ylak etagini tikish. Ko`ylakka oxirgi ishlov berish. Xalq hunarmandchiligi “Quroqchilik” haqida umumiy ma`lumot. Uning tarixi, usullari, kerakli ish qurollari. Tikiladigan “Quroq” buyumiga eskiz chizish va shablonlar tayyorlash. Gazlamalarni ajratish, sifatini aniqlash va shablonlarni qirqib tayyorlash. Tanlangan shakllarni shablon asosida tikish. Quroqning “Yo`l-yo`l” usulidan foydalanib, ushlagich; “Paxta” yoki “Parket” usulidan foydalanib, yelpig`ich; “Uycha” (olma yoki qovoq guli) shaklida choynak yopg`ichini tikish. Tayyorlangan mahsulotga astar tikish. Qaviq ishlari. Tayyorlangan mahsulotga oxirgi ishlov berish. Dizayner-modelyer kasbi to`g`risida tushuncha berish. Bolalar sport, bayram kiyimlari uchun yangi modellar eskizini yaratish. Kiyim turlari asosida yangi modellar yaratish. Xonani bezashda pardalarning roli. Parda tikish uchun gazlama va kerakli xomashyo, jihoz va moslamalar tanlash. Parda modeliga qarab gazlamani hisoblash. Oddiy va murakkab usullarda pardalar tikish texnologiyasi. Kichik hajmda parda tikish.

    Amaliy mashg`ulot: Milliy liboslardan ko`ylakni tikish. Tikiladigan “Quroq” buyumiga eskiz chizish va shablonlar tayyorlash. Quroqning “Yo`l-yo`l”, “Paxta”, “Parket” usullarini o`rgatish. Quroq usullaridan foydalanib, buyumlar tikish. Tayyorlangan mahsulotga astar tikish va qavish. Bolalar sport, bayram kiyimlari uchun yangi modellar yaratish. Bayram kechalari uchun liboslar ansamblini yaratish. Kichik hajmda pardalar tikish.
    Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Iste`moldan chiqqan buyum o`lchamiga qarab, bolalar kiyimining andozasini tayyorlash va tikish.

    Amaliy mashg`ulot: Iste`moldan chiqqan buyum o`lchamiga qarab, bolalar kiyimining andozasini tayyorlash va tikish.


    Qishloq xo`jaligi asoslari yo`nalishi

    O`simlikshunoslik (6 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: qishloq xo`jalik ekinlari kasalliklari, uchraydigan zararkunandalarning turlari va ularga qarshi kurashish usullari.

    Amaliy mustaqil ishlar: mahalliy hududda uchraydigan qishloq xo`jalik ekinlari kasalliklari va zararkunandalarining ro`yxatini tuzish. Ularga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish.
    Qishloq xo`jalik texnikasi va undan foydalanish (20 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: O`g`it solish, urug`larni ekish, hosilni yig`ishtirish, tashish va tozalash mashinalari. Ekinlarni ekish usullari va ko`chat o`tqazish. Organik va mineral o`g`itlar solish mashinalarining turlari. O`g`itlash. Donli va moyli ekinlar. Ekinlarni ekish, sug`orish va parvarish qilishning ilg`or usullari.

    Amaliy mustaqil ishlar: Urug`larni ekish seyalkalarining tuzlishini o`rgatish. Organik va mineral o`g`itlarni sochuvchi moslamalar va sug`orish mashina agregatlari. Ekinlarga ishlov berish, parvarish qilish.
    Traktorlar va mashinalar (8 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Ma`lum turdagi traktorlar va mashinalar va ish agregatlari. Traktor va mashinaning elektr ta`minot, yoritish tizimi. Traktor va mashina bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidalari va yo`llarda harakatlanish qoidalarini o`rgatish.

    Amaliy mustaqil ishlar: Traktor va mashinaning boshqaruv qismlari, dvigateli va elektr ta`minoti tizimi. Traktor va mashinalarga texnik qarovlar o`tkazish.
    Chorvachilik asoslari (22 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: hayvonlarni boqish va ularni parvarishlash. Quyonlar, qo`ylar, qoramollar va uy hayvonlari, asalari, parranda, baliq, ipak qurtini parvarish qilish qoidalari. Qishloq xo`jaligi hayvonlarining mahsuldorligiga ta`sir etuvchi omillar. Chorva ozuqalarini tayyorlashning mexanik, issiqlik, kimyoviy, bakteriologik usullari, ularning iqtisodiy samaradorligi. Ozuqalarni qayta ishlash texnologik jarayonlari, jonivorlarni boqish ratsioni.

    Amaliy mutaqil ishlar: Chorva va parrandalarni parvarishlash. Ozuqalar tayyorlash. Jonivorlarni boqish va parvarish qilish usullari.
    Elektrotexnika ishlari (8 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarishda ish o`rni. Kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari. Kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarishda ish asboblari hamda ish usullari. Asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash bilan bog`liq kasb-hunar turlari.

    Amaliy mustaqil ishlar: Elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullarini o`rganish. Elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar (svetofor, girlyanda va b.) tayyorlash.
    Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi hamda issiqlik ta`minoti tizimi va undan foydalanish qoidalari. Uy va xonadonlarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlari. Ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari. Uy va xonadonlarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblari. Qurilish va ta`mirlash bilan bog`liq kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.

    Amaliy mustaqil ishlar: Shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi hamda issiqlik ta`minoti tizimining sxematik tasvirini tayyorlash. Suv ta`minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jumraklarni sozlashda mayda ta`mirlash ishlari.
    8-sinf

    Texnologiya va dizayn” yo`nalishi



    Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi (14 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollari. Xalq hunarmandchiligi bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalari.

    Amaliy mashg`ulot: quticha (shkatulka), to`qmoq bolg`a (turlari), kubok, mebel eshigi uchun ushlagich (ruchka), xatkash.

    Amaliy mustaqil ishlar: Xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlashdagi ish usullarini egallash.
    Ishlab chiqarish asoslari (16 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: O`zbe­kistondagi ishlab chiqarish turlari. O`zbekiston xalq xo`jaligida, sanoat va qurilishda moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi, o`zaro munosabati, bir-biriga bog`liqligi. Tex­nologik jarayon haqida asosiy tushuncha. Yangi texnika va ilg`or texnologiya, uning ifodalanilishi. Mehnat predmetiga mexanik ta`sir etish (materiallarni kesish, qirqish, biriktirish, payvandlash va h.k.) orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar. Ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar. Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli. Kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`na­lishlari, tartibi va standartlari. Mulk­chilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi.

    Amaliy mustaqil ishlar: Sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xomashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslash.


    Kasb tanlashga yo`llash (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifi. Kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo`yilgan talablar. O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishi, ularning bir-biridan farqi, umumiy tomonlari. O`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimi.

    Amaliy mustaqil ishlar: Kasblarni tasniflash bo`yicha topshiriqlar bajarish. Tanlangan kasb-hunar turini egallashda inson salomatliga qo`yilgan talablar haqida referat tayyorlash.
    Servis xizmati yo`nalishi

    Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi (14 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollari. Xalq hunarmandchiligi bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarda ishtirok etish tartib qoidalari.

    Amaliy mashg`ulot: To`qishning murakkab usullari. Bolalar panchosini to`qish. Bayram sovg`asi uchun suvenir tayyorlash. Bluzka tikish.

    Amaliy mustaqil ishlar: Xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlashdagi ish usullarini egallash.
    Ishlab chiqarish asoslari (16 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: O`zbe­kistondagi ishlab chiqarish turlari. O`zbekiston xalq xo`jaligida yengil va oziq-ovqat sanoatining ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi, o`zaro munosabati, bir-biriga bog`liqligi. Tex­nologik jarayon haqida asosiy tushuncha. Yangi texnika va ilg`or texnologiya, uning ifodalanilishi. Mehnat predmetiga mexanik ta`sir etish (gazlamalarning olinishi, ularni bichish-tikish, pardozlash, mahsulotlarga birinchi va IKKINCHI ishlov berish, yarim fabrikatlar va h.k.) orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar. Ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar. Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli. Kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`na­lishlari, tartibi va standartlari. Mulk­chilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi.

    Amaliy mustaqil ishlar: yengil va oziq-ovqat sanoatlar miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xomashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslash.
    Kasb tanlashga yo`llash (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifi. Kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo`yilgan talablar. O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishi, ularning bir-biridan farqi, umumiy tomonlari. O`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimi.

    Amaliy mustaqil ishlar: Kasblarni tasniflash bo`yicha topshiriqlar bajarish. Tanlangan kasb-hunar turini egallashda inson salomatliga qo`yilgan talablar haqida referat tayyorlash.

    Qishloq xo`jaligi asoslari

    Ishlab chiqarish asoslari (30 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: O`zbe­kistondagi ishlab chiqarish turlari. O`zbekiston xalq xo`jaligida qishloq xo`jalik asoslari yo`nalishi bo`yicha sanoatda moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi, o`zaro munosabati, bir-biriga bog`liqligi. Tex­nologik jarayon haqida asosiy tushuncha. Yangi texnika va ilg`or texnologiya, uning ifodalanilishi. Mehnat predmetiga mexanik ta`sir etish (agrotexnika, mexanizatsiya, yarim avtomatlar va h.k) orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar. Ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar. Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli. Kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`na­lishlari, tartibi va standarti. Mulk­chilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi.

    Amaliy mustaqil ishlar: xo`jaligida qishloq xo`jalik asoslari yo`nalishi bo`yicha sanoatda miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xomashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslash.
    Kasb tanlashga yo`llash (4 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifi. Kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo`yilgan talablar. O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishi, ularning bir-biridan farqi, umumiy tomonlari. O`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimi.

    Amaliy mustaqil ishlar: Kasblarni tasniflash bo`yicha topshiriqlar bajarish. Tanlangan kasb-hunar turini egallashda inson salomatliga qo`yilgan talablar haqida referat tayyorlash.

    9-sinf

    Texnologiya va dizayn” yo`nalishi



    Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi (10 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Xalq hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar. Xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan nodir materiallar, asbob-uskunalar. Hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholash. Kompozitsion yaxlitlik. Xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflash.

    Amaliy mashg`ulot: kichik hajmda belanchak, shaxmat doskasi va donalarini yasash.

    Amaliy mustaqil ishlar: Xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash bo`yicha ish usullarini egallash. Loyihalash bosqichida mahsulot tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligini ta`minlash.

    Ishlab chiqarish asoslari (16 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi. Yog`och va metallga ishlov berish texnologiyasi yo`nalishlarida ishlab chiqarish va uning mohiyati. Ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro`yxati va ularning mazmuni. Texnologik hujjatlarning yagona tizimi va uning davlat standartlari. Mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasi. Olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari. Ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari. Mehnatni ilmiy tashkil etish. Tabiatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish.

    Amaliy mustaqil ishlar: Maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat unumdorligini hisoblash va oshirish yo`llarini o`rganish. Detallarni vintlar, mixparchinlar, payvandlash, yelimlash usuli bilan qo`zg`almas, yarim harakatchan va qo`zg`aluvchan biriktirish texnologiyasi asosida mahsulot namunasini tayyorlash.
    Kasb tanlashga yo`llash (8 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: kasb tanlashga doir reja tuzish. Kasb tanlashdagi xatolar va qiyinchiliklar. Kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqboli. Kasb tanlashda shaxs kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish. Kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik. Kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish. Kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullari.

    Amaliy mustaqil ishlar: Kasbga doir shaxsiy reja tuzish. Tanlangan kasb-hunarga doir ma`lumotlar to`plash va tahlil qilish. Kasbiy qiziqish va moyilliklarni aniqlash bo`yicha amaliy mashqlar bajarish. Kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy rejani referat shaklida tayyorlash hamda himoya qilish.
    Servis xizmati yo`nalishi

    Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi (10 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Xalq hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar. Xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan nodir materiallar, asbob-uskunalar. Hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholash. Kompozitsion yaxlitlik. Xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflash.

    Amaliy mashg`ulot: turli mavzuga oid panolar tayyorlash, kalta shim (kapri), zamonaviy modelda ko`ylak tikish.

    Amaliy mustaqil ishlar: Xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash bo`yicha ish usullarini egallash. Loyihalash bosqichida mahsulot tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligini ta`minlash.

    Ishlab chiqarish asoslari (16 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi. Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi va pazandachilik asoslari yo`nalishlarida ishlab chiqarish va uning mohiyati. Ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro`yxati va ularning mazmuni. Texnologik hujjatlarning yagona tizimi va uning davlat standartlari. Mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasi. Olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari. Ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari. Mehnatni ilmiy tashkil etish. Tabiatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish.

    Amaliy mustaqil ishlar: Maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat unumdorligini hisoblash va oshirish yo`llarini o`rganish.
    Kasb tanlashga yo`llash (8 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: kasb tanlashga doir reja tuzish. Kasb tanlashdagi xatolar va qiyinchiliklar. Kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqboli. Kasb tanlashda shaxs kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish. Kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik. Kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish. Kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullari.

    Amaliy mustaqil ishlar: Kasbga doir shaxsiy reja tuzish. Tanlangan kasb-hunarga doir ma`lumotlar to`plash va tahlil qilish. Kasbiy qiziqish va moyilliklarni aniqlash bo`yicha amaliy ishlar. Kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy rejani referat shaklida tayyorlash hamda himoya qilish.
    Qishloq xo`jaligi asoslari

    Ishlab chiqarish asoslari (26 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: Zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi. Qishloq xo`jalik asoslari yo`nalishida ishlab chiqarish texnologiyasi va uning mohiyati. Ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro`yxati va ularning mazmuni. Texnologik hujjatlarning yagona tizimi va uning davlat standartlari. Mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasi. Olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari. Ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari. Mehnatni ilmiy tashkil etish. Tabiat muhofaza qilish va ishlab chiqarish.

    Amaliy mustaqil ishlar: Maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat unumdorligini hisoblash va oshirish yo`llarini o`rganish.
    Kasb tanlashga yo`llash (8 soat)

    Shakllantiriladigan bilimlar: kasb tanlashga doir reja tuzish. Kasb tanlashdagi xatolar va qiyinchiliklar. Kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqboli. Kasb tanlashda shaxs kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish. Kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik. Kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish. Kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullari.

    Amaliy mustaqil ishlar: Kasbga doir shaxsiy reja tuzish. Tanlangan kasb-hunarga doir ma`lumotlar to`plash va tahlil qilish. Kasbiy qiziqish va moyilliklarni aniqlash bo`yicha amaliy ishlar bajarish. Kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy rejani referat shaklida tayyorlash va himoya qilish.



    Download 1,7 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish