Mavzu: «Opera san`ati. O`zbek musiqasida opera janri»
Musiqa tinglash
1. «Ruslan va Lyudmila» operasidan parchalar. M.Glinka musiqasi.
2. «Sehrli nay» operasidan «Qayerdan taralmoqda bu totli navo» qo`shig`i. V.A.Motsart musiqasi.
3. «Dilorom» operasidan ariya va duetlar.
4. «Maysaraning ishi» operasidan parchalar.
5. «Hayvonlar sultoni» operasi A.Mansurov musiqasi.
6. «Aida» va «Rigoletto» operalaridan parcha J.Verdi.
Jamoa bo`lib kuylash
7. «Parvozdagi qushchalar» M.Mirzo she`ri, P.Abdullayev musiqasi.
8. «Oymomajon rom bo`ldi» Q.Muhammadiy she`ri, Sh.Yormatov musiqasi.
9. «Zavqing soch, qaldirg`och» P.Mo`min she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.
10. «Xayr, maktabjon» H.Qayumov she`ri. A.Mansurov musiqasi.
Musiqa savodi
Oldingi CHORAKda olingan bilim va malakalarni amaliy mashg`ulotlarda mustahkamlash. Major-minor hamda ladlarning asarlarda yangrashini aniqlash.
OLTINCHI SINF (34 soat)
Yil mavzusi: «Mumtoz (mustanad) musiqa»
1- CHORAK (9 soat)
Mavzu: «Mumtoz musiqa haqida tushuncha»
Musiqa tinglash
1. «Guluzorim» (Hoji Abdulaziz musiqasi).
2. «Feruz 1»
3. «Savti suvora»
4. «Nasrullo 1»
5. «Ushshoqi Samarqand»
6. «Garduni Buzruk»
7. «Sayqal» O`zbek xalq kuyi
Jamoa bo`lib kuylash
1. «O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi» A.Oripov she`ri, M.Burhonov musiqasi.
2. «Bolalar» H.Rahmonov musiqasi, J.Jabborov she`ri.
3. «Munajjim bobo» N.Norxo`jayev musiqasi, P.Mo`min she`ri.
4. «Istiqlol haqida qo`shiq» Q.Mamirov musiqasi, L.Qo`ldoshev she`ri.
Musiqa savodi
Major va minor gammalarining turg`un tovushlarini kuylash. Metr va ritm, ritm va usul, CHORAK, nim CHORAK, nuqtali notalar va ularga mutanosibli pauzalar haqida umumiy tushunchaga ega bo`lish. Olingan bilimlarni amalda qo`llay olish.
2- CHORAK (7 soat)
Mavzu: «Sharq xalqlari mumtoz musiqasi»
Musiqa tinglash
1. «Sharq taronalari» Xalqaro musiqa festivalining madhiyasi. D.Omonullayeva musiqasi, U.Azimov she`ri.
2. Turk xalq kuylari.
3. «Zabul tesnisi» Ozarbayjon xalq qo`shig`i.
4. «Quvnoq qizlar qo`shig`i» Qirg`iz xalq qo`shig`i.
5. «Atush» Uyg`ur qo`shig`i.
6. «Vaqt o`tganda» Hind qo`shig`i.
7. «Tongi shafaq» Arab qo`shig`i.
8. «Oltin baliqchalar» Yapon xalq qo`shig`i.
7. «Nayrez» Tojik xalq qo`shig`i.
Jamoa bo`lib kuylash
1. «Yoshlar ramziy qo`shig`i», Avaz Mansurov musiqasi.
2. «Gushlar» (Turkmancha qo`shiq). V. Ahmedov musiqasi, Sh.Yormatov qayta ishlagan.
3. «Sevgili o`rgetmenim» D.Ushaklidil she`ri va musiqasi
4. «Ey Tojikistonim» X.Jo`rayev she`ri, N.Qurbonasayev musiqasi.
5. «Ona yer taronasi» N.Norho`jayev musiqasi, J.Jabborov she`ri.
6. «Sharq taronalari» Xalqaro musiqa festivalining madhiyasi. U.Azimov she`ri, D.Omonullayeva musiqasi.
Musiqa savodi
Sharq xalqlari mumtoz musiqasi bilan tanishish. Sharq xalqlari milliy uslubini ohanglardan ajrata bilish. Tinglangan asarlar orqali ulardagi cholg`u asboboni qaysi millatga hosligini aniqlay olish.
3- CHORAK (10 soat)
Mavzu: «Zamonaviy musiqa va uning asosiy xususiyatlari»
Musiqa tinglash
1. G.Qodirov. «Maktabjon va oftobjon» vokal simfonik syuitasi.
2. 1-Simfoniyadan parcha. S.Jalil musiqasi.
3. «Ra`no» I.Akbarov musiqasi, S.Akbariy she`ri.
4. «Majnuntol» Xalq musiqasi, E.Shiryayev qayta ishlagan.
5. «Yomg`ir yog`di» U.Azimov she`ri, D.Omonullayeva musiqasi.
6. «Yalla» vokal-cholg`u ansambli qo`shiqlaridan tinglash.
Jamoa bo`lib kuylash
1. «O`zbegimdan aylanay» D.A`zamova she`ri, G.Qo`chqorova musiqasi.
2. «Eh, orzular» P.Tolib she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.
3. «Turkiston farzandimiz» T.Mullaboyev she`ri. D.Omonullayeva musiqasi.
4. «Gulshan diyor - O`zbekiston» Sh.Ramazonov musiqasi, F.Shohismoil she`ri.
5. «Muchal qo`shig`i» S.Barnoyev she`ri, H.Rahimov musiqasi.
6. «Gunafsha» M.Qoriev she`ri, Q. Mamirov musiqasi.
7. «Ozod Vatan - obod Vatan» N.Narzullayev she`ri, T.Olimov musiqasi.
Musiqa savodi
Lad haqida bilim va malakalarini mustahkamlash. Kalit oldidagi alteratsiya belgilari bilan tanishish va belgilarning ahamiyati haqida bilish. Intervallar haqidagi ma`lumotni mustahkamlash. Estrada musiqasining janr va yo`nalishlari haqida umumiy tushunchaga ega bo`lish. Estrada yo`nalishidagi asarlardan kichik parchalarni solfedjio etib kuylash.
4- CHORAK (8 soat)
Mavzu: «Yevropa mumtoz musiqasi bilan tanishuv»
Musiqa tinglash
1. V.A.Motsart. «Figaroning uylanishi» operasidan parcha.
2. V.A.Motsart. «Sehirli fleyta» operasidan parcha.
3. L.Betxoven. «Qahramonlik» ( 3-simfoniyasi).
4. F.Shopen. «Mazurka»
5. J.Bize. «Karmen» operasidan parcha.
6. V.A.Motsart, «40-simfoniya»dan parcha.
7. M.Glinka. «Kamarinskaya»
8. V.A.Motsart. «Bahor sog`inchi»
9.P.Chaykovskiy «Pikovaya dama» operasidan parcha.
10. P.Chaykovskiy «Oqqush ko`li» baletidan parcha.
Jamoa bo`lib kuylash
1. «Yurtim kamoli» N.Norxo`jayev musiqasi. P.Tolib she`ri.
2. «Biz tinchlikni istaymiz» K.Kenjayev musiqasi, B.Isroilov she`ri.
3. «Kelajak bizniki» K.Kenjayev musiqasi, M.A`zam she`ri.
4. «O`zbekiston Ona-onajon»y. A.Mansurov musiqasi, A.Ko`chimov she`ri.
5. «Yoshligim» H.Rahimov musiqasi, S.Barnoyev she`ri.
Musiqa savodi
Olingan bilim va malakalarni mustahkamlash. Ovoz diapazoniga mos mashq va qo`shiqlarni nota yozuviga qarab kuylash, oddiy kuylarni solfedjio qilib kuylash. Nota cho`zimlarini turli mashqlarda butundan o`n oltitalikkacha bilish va nota yozuvlariga qarab kuylash. Xor va orkestr ijrosidagi asarlarni idrok etib, ulardagi badiiy obrazlarni anglab olish.
YETTINCHI SINF (34 soat)
1- CHORAK (9 soat)
Mavzu: «Xalq musiqasining mahalliy uslublari»
Musiqa tinglash
1. «Alpomish» dostonidan qo`shiqlar.
2. «Go`ro`g`li» dostonidan qo`shiqlar.
3. «Samarqand ufori»
4. «Yor-yor»lardan namunalar
5. «Buxorocha mavrigi»
6. «Tanavor» (turli variantlar)
7. «Qo`shchinor» 1, 2
8. «Oyijon» (lapar)
9. «Qari navo»
10. «Lazgi» xalq kuyi
11. «Yuz bir» xalq kuyi
12. «Ovozing sani». «Oshiq G`arib va Shohsanam» dostonidan
Jamoa bo`lib kuylash
1. «O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi» A.Oripov she`ri, M Burhonov musiqasi.
2. «Mustaqillik lolalarimiz» P Abdullayev musiqasi, N. Narzullayev she`ri.
3. «O`zbekiston-onajon» M.Otajonov musiqasi, Qambar-Ota she`ri.
4. «Yoshlik sening parvozingdir» P.Mo`min she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.
5. «Ey, nozanin» Muqimiy g`azali
6. «Baxtimizga sog` bo`ling» Azamat Suyunov she`ri. D.Omonullayeva musiqasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |