19-mavzu Nashriyot tizimida qo’llanilarigan PageMaker, Adobe InDesign dasturlari va
ularning imkoniyatlari.
Reja
1.
Nashriyot tizimida qo’llaniladigan dasturlar tasnifi.
2.
PageMaker, dasturi va uning nashriyot tizimidagi qo’llanilishi
3.
Adobe InDesign dasturi va uning nashriyot tizimidagi qo’llanilishi.
Tayanch iboralar:
Adobe guruhi, TypeManager komponentalar,PageMaker interfeysi, palitra,
boshqaruvch palitra, Templates palitrasi, Tile (Mozaika), Cascade (Kaskad), Document Setup, Layout (Maket),
Go To Page Adjust Layout (Nastroyka maketa), Fit in Window (Tselaya stranitsa), Shortcuts (Kombinatsii
klavish), Instrumentlar palitrasi, Show Control Palette (Pokazat upravlyayuhuyu palitru), O’lchov lineykalar,
yo’naltiruvchilar.
Page Maker Aldus corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli qulay nashriyot tizimidir. Aldus
firmasining Yevropa bo‘limi 1989- yil sentabrda Page Maker dasturining ruscha variantini e’lon qildi. Page Maker
dasturining ishlashi uchun Microsoft Windows dasturining to‘liq lahjasi bo‘lishi talab qilinadi.
Shaxsiy
kompyuterning amaliyot tizimi bilan tanish bo‘lgan foydalanuvchi diskni formatlash, fayl nusxasini hosil qilish,
faylni o‘chirish, uni bosib chiqarish yoki dasturni ishga tushirish buyruqlarini albatta biladi.
Windows muhiti amaliyot tizimning qobig‘i hisoblanib, foydalanuvchi uchun
amaliyot tizimning barcha
imkoniyatlarini uning buyruqlarini yoddan bilmasdan turib ishga tushirishga imkon beradi.
Windows muhitida ishlash uchun sichqonchadan foydalanish juda qulaydir. Shu sababdan foydalanuvchi
sichqonchadan mohirona foydalana bilishi kerak. Sichqoncha yordamida quyidagi 6 ta asosiy
harakatni bajarish
mumkin:
(Point) Ko‘rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko‘chirish;
(Click) Sichqoncha tugmasini bosib darhol qo‘yib yuborish;
(Double click) Sichqoncha klaviaturasini ikki marta tez bosish;
(Select) Biror obyektni tanlash;
tanlab olingan surat, matn qismi yoki dasturning grafik simvolini boshqa joyga ko‘chirish (Drag). Buning uchun
tanlab olingan obyekt ustiga ko‘rsatkichni olib borib, sichqoncha tugmasi bosiladi
va obyektni kerakli joyga
ko‘chiriladi, so‘ngra sichqoncha tugmasi qo‘yib yuboriladi.
matnni sahifaga joylashtirish (Flow).
Page Maker dasturida katalog va fayllar bilan ishlaydi. Fayl
nomi. PUB kengaytmasi bilan yoziladi. Misol uchun:
Sample1.PUB. Boshqa katalogga o‘tish uchun sichqoncha
yordamida ko‘rsatkichni muloqot oynasidagi «|»
belgisi ustiga
keltirib va sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosiladi. Chap
oynada kataloglar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Kerakli katalog nomini
tanlab sichqoncha tugmasini ikki marta bosiladi. Nashriyot
tizimlarining
asosiy
vazifasi
nashrni
tayyorlashda
tez
takrorlanuvchi
operatsiyalarni
iloji
boricha
ko‘proq
avtomatlashtirishdir. Uning afzalligi esa, bu nashr sahifasi va uning
umumiy ko‘rinishini tayyorlashdagi qulaylik va o‘zgartirishlar
kiritishning
osonligi, hamda vaqt tejalishidir. Nashr sahifasining
umumiy ko‘rinishini tayyorlashda
shaxsiy kompyuterdan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Asl nusxa maketini bosib
chiqarish uchun esa lazerli printerdan foydalanish ma’quldir. Matn
va suratlar kompyuter xotirasiga iloji
boricha oldinroq kiritilgan
bo‘lishi kerak. Nashr elementlarini kompyuterda saqlashning
asosiy afzalligi shundaki, matnni to‘g‘ridan-to‘g‘ri harf terish qurilmasiga berish mumkin, matn bilan suratlarni mos
joyga qo‘lda joylashtirishga ehtiyoj qolmaydi.Page Maker dasturi yordamida nashr sahifasini ekranda ko‘rish va
unga bosib chiqarilgunga qadar tuzatishlar kiritish mumkin. Barcha kerakli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, asl
nusxa maketi harf terish qurilmasiga uzatiladi yoki lazerli printerda bosib chiqariladi.
Dastur