2. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning stiklliligi.Har qanday mamlakat, shu jumladan industrial rivojlangan mamlakatlar ham iqtisodiy o’sish, iqtisodiy resurslarning to’la bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladilar. Ammo uzoq muddatli iqtisodiy o’sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o’sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar ‘aydo bo’ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo’lishi hisoblanadip. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning stiklli rivojlanishi deb ataladi. Iqtisodiy stikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o’tib, o’zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o’tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir stikl bilan to’xtab qolmaydi, balki u to’xtovsiz to’lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Stikli harakat iqtisodiy o’zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo’lib, milliy xo’jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy taraqqiyotning almashuvini aks ettiradi. Iqtisodiy stikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan ‘allani ifodalab, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Odatda iqtisodiy stiklning inqiroz, turg’unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko’rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o’tish uchun sharoit yuzaga keladi.
3. Siklli rivojlanishning dastlabki va asosiy fazasi inqiroz hisoblanadi. Shunga ko’ra ushbu fazaning mazmuni va uning turlarini batafsil ko’rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Inqiroz bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarar ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatida asosiy kapitalning ortiqcha jamg’arilishi uning hamma funktsional shakllarida namoyon bo’ladi. Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoyiliga bеrilmaydi. Bu fazaning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik o’zining eng past darajasiga tushib kеtishi orqali tavsiflanadi. Shunga ko’ra, iqtisodiy inqiroz dеb ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish hajmining kеskin tushib kеtishiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |