Yakunlovchi qism.
O`quvchilarga dars yakunlanganligi haqida aytib nafas rostlovchi mashqlar berib yurak urishlarini sekinlashtirish va hato kamchiliklarini aytib birma bir chaqirib darsda a`lo va yahshi qatnashgan bajargan o`quvchilarga baho qo`yish uyga topshiriq va vazifa berib hayrlashish
Butun dars mobaynida o`quvchilarni kuzatish va epchil chaqqon o`quvchilarni ro`yhatga olish
3 – 5 minut
|
|
O`quv – tarbiya ishlari
bo`yicha direktor o`rinbosari: ____________________
29-dars
Mavzu: Basketbol. To`pni uzatish,qabul qilib olish .To‘pni yerga (polga) urib kelish va to‘xtash, qarshi komanda o‘yinchisidan to‘pni urib tushirish va tortib olish
Dars maqsadi: O`quvchilarni epchilliklarini, chaqqonliklarini, egiluvchanliklarini, qo`l va oyoq kuchini rivojlantirish
. Ta`limiy: To`pni uzatish, qabul qilish, urib kelish va to`xtatish
Fanga oid kompetensiya elementlari: Sport o`yinlarida hujum va himoya taktikalariga odi mashqlarni bajara oladi.
Tarbiyaviy: Basketbol darsida kiyinish gigiyena qoidalariga rioya qilish.
Tayanch kompetensiya elementlari: Kun tartibini, badantarbiya mashqlarini mustaqil ravishda bajarish, jismoniy mashqlarni bajarishdan avval va so`ng sport kiyimlarini kiyishda sanitariya gigiyena qoidalariga amal qilish.
Rivojlantiruvchi: Egiluvchanlik, chidamlilik, chaqqonlik, jismoniy sifatlarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiya elementlari: O`z – o`zini rivojlantirish kompetensiyasi: yaxshilik va yominlikni bir – biridan farqlash, yaxshi fazilatlarga rioya qilish, o`zini xato kamchiligini to`g`ri tushunish, o`zini nazorat qilish.
Kerakli jihoz: Sport formasi,Hushtak,basketbol to’pi
O`tish joyi: Stadion yoki sport zal
Uslubi: Kompleks
Reja:
1. O`quvchilarga nazariy va amaliy ma`lumotlar berish
2. Umumrivojlantiruvchi va umumiy jismoniy tayyorgarliklar berish
3. Mashqlarni har hil usulda bajarish
4. O`quvchilarga mavzuni aniq va to`g`ri bajartirish
Dars mazmuni
|
Me'yori
|
Metodik ko`rsatma
|
Boshlanish qism:
Saflanish, salomlashish, jurnal bo'yicha davomatni aniqlash, darsda kasal bor – yo'qligini aniqlash, dars maqsadi. O'tilgan mavzu yuzasidan savol javob qilish, yangi mavzuni bayon qilish. Insonning ichki organlari uning harakatlari bilan o'zaro aloqadordir. Harakat vaqtida odamning yurak tomirining urishi oshadi, nafas olishi tezlashadi, bu esa ovqat hazm bo'lishiga va qon aylanishi tarmog'iga ijobiy ta 'sir qiladi. Nafas olish uch xil bo'ladi: ko'krak qafasi yoki qovurg'a bilan qorin yoki diafragmali hamda aralash nafas olish. Nafas olish qoidasi: nafas olish va chiqarish burun orqali tuvushsiz, bir tekisda ortiqcha zo'riqmasdan sodir boiishi kerak; • nafas chiqarish nafas olishga nisbatan uzoqroq davom etishi kerak; • nafas olish hisobiga – nafas chiqarish; • 3 – sanoqda nafas olish, 3 – sanoqda – nafas chiqarish; • 4 – sanoqda nafas olish, • 5 – sanoqda chiqarish, 6 – sanoqqacha davom etadi. Mushaqlar ish bajarayotganda harakat fazalariga moslab nafas olinishi kerak: nafas olish – mushaklar ham ishga solinganda va ko'krak qafasi kengayganda, nafas chiqarish esa mushaklar ancha tarang tortilgan vaqtda va ko'krak qafasini qisadigan harakat bajarilayotgan chog'da sodir bo'lishi kerak. Turgan joyda burilishlar, yurish, yengil yugurish, nafasni rostlovchi mashqlar, URM va MRM,
|
5 daqiqa
|
Safda to'g'ri turish
qoidasini
tushuntirish
|
Yurish, yurishdan asta – bilan yugurish, o'ng yon bilan yugurish, sekinlik chap yon bilan yugurish, orqa bilan yugurish. Tizzalarni baland ko'tarib yugurish, Maydon bo'ylab asta – sekin yugurishdan yurishga o'tish va burundan nafas olib og'izdan chiqarish, guruhga bo'linish yoki doira hosil qilib turish.
1. d.h. Oyoqlar yelka kengligida qo`llar belda, boshni o'ng tarafdan 4 – marta, chap tarafdan 4 – marta aylantirish.
2. d.h. Oyoqlar yelka kengligida, qo'llar elkada, qo'llarni oldiga 4 – marta, orqaga 4 – marta aylantirish
3. d.h. Oyoqlar yelka kengligida, o'ng qo'l yuqorida, chap qo'l pastda 1 – 2 qo'llar orqga tortiladi, 3 – 4 qo'llar almashtiriladi va orqaga tortiladi.
4. d.h. Qo'llar ko'krak oldida, 1 – 2 – qo'llar qisqa yoziladi, 3 – 4 – qo'llar to'liq yoziladi o'ngga va chapga qayrilib bajarish.
5. d.h. Oyoqlar yelka kengligida qo'llar belda, belni 4 – marta o'nga, 4 marta chapga aylantirish.
6. d.h. Qo'llar yonga uzatilib, oyoqlar yelka kengligida qo'yiladi, 1 deganda gavdani chap tomonga egish, 2 deganda dastlabki holatga qaytish, 3 o'ng tomonga egilish, 4 dastlabki holat.
7. d.h. Oyoqlar yelka kengligida, 1 – o'ng qo'lni chap oyoq uchiga tegizamiz, 2-d.h., 3 – chap qo'lni o'ng oyoqqa tegizamiz. D.H
8. d.h. Oyoqlarni kengroq qo'yiladi, 1 – o'ng oyoqqa 2 – o'rtaga 3 – chap oyoqqa oldinga engashiladi, 4-d.h.
9. d.h. Oyoqlar juftlashtiramiz 1 – qo'llarni yuqoriga ko'taramiz, 2 – oldinga engashamiz, 3 – o'tiramiz.
10. Qo'llar belda oyoqlar yelka kengligida, ikki oyoqda sakrash, so'ngra yurishga o'tish.
Qayta saflanish.
|
10 daqiqa
4-8 marta
4-8 marta
4-8 marta
4-8 marta
4-8 marta
4-8 marta
4-8 marta
4-8 marta
4-8 marta
4-8 marta
|
O'qituvchi ko'rsatmasi bilan
mashqlar ketma – ket o'rtacha suratda bajariladi.
Boshni bo'sh qo'yib asta – sekinlik bilan aylantirish.
Qo'llarni yelkaga qo'yib, oldiga va orqaga to'g'ri aylantirish.
Mashqni bajarish davomida
hamma bir tarafdan bajarishi kerak
Qo'llarni yuqoriga ko'targanda oyoq uchiga ko'tarilish, oldinga engashishda tizzani bukmaslik lozim.
Mashqni bajarishda tizzani
bukmaslik kerak.
Mashqni to'g'ri va aniq
bajarish kerak.
Yonma – yon qator bo'lib
Turish
|
Asosiy qism.
Basketbol.To`pni uzatish o`yinchilarning o`zaro harakatlarida asosiy usullardan hisoblanadi.O`yin davomida to`p uzatishning turli usullaridan foydalaniladi.Ammo basketbolda 2 qo`llab uzatish usuli ko`p qo`llaniladi.To`pni uzatish juda qisqa muddatda qo`llarni tez harakatlantirib gavda va kaft panjalarini siltish orqali amalga oshiriladi.Bunda yana himoyachi diqqtini to`p uzatayotgan o`yinchiga jalb qilmaslik, to`pni tezlik va aniqlik bilan,asosiy yo`nalishni raqibga sezdirmay, pastdan uzatish ko`zda tutiladi.To`pni bir qo`llab uzatish va ilib olish juda ko`p qo`llaniladi.Bir qo`lda yelkadan to`p uzatish tehnikasi asosiy hisoblanib,uni amalga oshirish uchun to`pni qo`lda yahshi tutib turish va panjaning harakati bilan to`pning yo`nalishini o`zgartirib yuborish mumkin.
|
20 – 25 minut
|
|
Yakunlovchi qism.
O`quvchilarga dars yakunlanganligi haqida aytib nafas rostlovchi mashqlar berib yurak urishlarini sekinlashtirish va hato kamchiliklarini aytib birma bir chaqirib darsda a`lo va yahshi qatnashgan bajargan o`quvchilarga baho qo`yish uyga topshiriq va vazifa berib hayrlashish
Butun dars mobaynida o`quvchilarni kuzatish va epchil chaqqon o`quvchilarni ro`yhatga olish
|
3 – 5 minut
|
|
O`quv – tarbiya ishlari
bo`yicha direktor o`rinbosari: ____________________
30-dars.
Do'stlaringiz bilan baham: |