19- variant
1. Asosiy va yordamchi jarayonlar qanday amalga oshiriladi.
2. Quyma va uning texnik-iqtisodiy ahamiyati nimada?
3. Korxonalarda shlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish va uning turlari
1 Ishlab chiqarish jarayoni – korxonaning murakkab va ko’p qirrali faoliyati asosida tashkil topgan bo’lib, uning asosiy vazifasi dastlabki xom-ashyoni tayyor mahsulotga aylantirishdir.
Ishlab chiqarish jarayoni mehnat vositasi, ishlab chiqarish quroli va jonli mehnat harakati yig’indisidan iborat bo’lib, xom-ashyoning tayyor mahsulotga aylantirishga xizmat qiladi.
Ma’lumki xom-ashyolarning tayyor mahsulotga aylanishiga xamma jarayonlarning roli bir xil bo’lmaydi. Ba’zi jarayonlar xom-ashyoning tayyor mahsulotga aylantirishda bevosita qatnashadi. SHunday jarayonlarning yig’indisi asosiy ishlab chiqarishni tashkil etadi. Ayrimlari esa xom-ashyoning tayyor mahsulotga aylanishida kerakli imkoniyat yaratadi. Bular korxonaga tayyor mahsulot yetkazib berish, dastgoxlarini tuzatish, elektr quvvati bilan ta’minlash, tayyor mahsulotlarni jo’natish kabi yordamchi jarayonlar yig’indisidan iborat. Bu jarayonlar yig’indisiga yordamchi ishlab chiqarish jarayoni deb ataladi.
Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlari va qisman mehnat bir – biri bilan o’zaro bog’liq tarzda yo’lga qo’yilgan holda yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish natijasida korxona yuqori darajadagi samaradorlik ko’rsatkichlarga erishadi. SHuni aytish kerakki, asosiy ishlab chiqarish jarayonlarida, bir xil uchastkalarning unumliligi bir-biriga mos emasligi, ishchilarning noto’g’ri joylashtirilishi, dastgohlar ishlashi buzilishi, texnologiya tuzimiga e’tibor bermaslik, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilmaslik natijasida yordamchi ishlab chiqarish jarayoni yuqori darajada tashkil etilmasligi kabi holatlar korxona texnikaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlarning pasayishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarining yig’indisi qisman mehnat jarayonlaridan iborat bo’lib, ularni turkumlashda oqilona variantlardan foydalanib, to’g’ri loyihalash talab etiladi. Ishlab chiqarish jarayonida texnologik jarayonni chizma bo’laklarga taqsimlashda xolislikni talab qiladi, chunki ularda doimiy alomatlar saqlanib qolishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoni chizma bo’laklarining birlamchi asosiy qismidir. Ishlab chiqarish jarayoni ishchi kuchi, mehnat buyumi va mehnat vositasining doyimiyligi natijasida paydo bo’ladi. Agar ulardan qaysi biri o’zining harakati va sifati jihatidan o’zgarsa yangi ishlab chiqarish jarayoni paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |