Jamiyatning
kelib
chiqishini ilmiy
tavsiflash
borasidagi
qarashlar
Bunday qarashlar
mehnat va mehnat
qurollari markscha
Nazariyasi doira-
sida
amalga oshirilgan.
Bu nazariyaga ko'ra mehnat,
so'ngra burro nutq inson
jamiyatini yaratgan.
Z.Freyd inson
vijdonini uning
kelib chiqish
manbai deb
hisoblagan.
Inson hayotida mehnat qurollarining
ahamiyatini rad etmagan
holda, bu farazni tasdiqlovchi
aniq ilmiy dalillarga
duch kelmadik.
Tarix falsafasi
"Tarix falsafasi" atamasi antik davr falsafasi va tarixnavisligida namoyon boʻlsada, uni
fanga M.F.Volter kiritgan deb hisoblanadi. Tarix falsafasining quyidagi yoʻnalishlari bor:
teologik (ilohiyot) Tarix falsafasi — xudoning irodasini tarixni harakatga keltiruvchi kuch
deb hisoblaydi; metafizik Tarix falsafasi — hech qanday chegaralar va doiralar bilan
cheklanmaydigan, turli shakl va koʻrinishga kiradigan tushunchalar tizimini Tarix falsafasi
deb biladi; idealistik Tarix falsafasi — unda gʻoyalar, insonning axloqiy tushunchalari,
maʼnaviy-ruhiy kechinmalari asosida tarixga munosabat bildiriladi; ; naturalistik Tarix
falsafasi uchun inson hissiyoti va tuygʻusi orqali olamni anglash, oʻtmishga nazar solish
va uni baholash asosiy mezondir; materialistik Tarix falsafasi — unda iqtisodiy omillarga
katta eʼtibor beriladi; tarixni yoʻnaltiruvchi kuch sifatida moddiy ehtiyoj va iqtisodiy
zaruriyat asos qilib olinadi. Tarixda shaxsning roliga qanday baho berilishiga qarab,
alohida shaxsni ustun qoʻyib yoki jamoani birinchi qoʻyib fikr yuritadigan Tarix falsafasi
ham mavjud. . Tarix falsafasi ildizlari antik davr allomalari Gerodot va Fukididning tarixiy
harakatga doir qarashlariga borib taqaladi. U Polibiy, Posidoniy, Plutarx qarashlarida
nisbatan shakllandi. Avgustin esa ilohiy davlat tarixi falsafasini yaratdi va keyingi ming
yillarda tarixiy tafakkurning shakllanishiga kuchli taʼsir koʻrsatdi.
Sharqda "Tarix falsafasi" tushunchasi oʻziga xos jihatlarga ega. Forobiy qarashlariga koʻra, jamiyat taraqqiyotini ilohiy qonunlar boshqaradi. U Aristotelning jamiyat rivojlanishi xaqidagi taʼlimotini oʻz xulosalari bilan boyitdi. Beruniy esa tarixiy taraqqiyot bosqichlarini tabiat, astrologiya, astronomiya, kecha va kunduz, fasllar almashinuvi orqali oʻrgandi. U "Hindiston", "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarlarida insoniyat tarixiga falsafiy nuqtai nazardan yondashadi, tarixni anglash, idrok etishda butunlay yangicha qarashlarni oʻrtaga tashlaydi. Beruniy dunyo tarixshunosligida asotirlar, afsonalar va rivoyatlardan ilmiy bilish hamda dunyoviy taʼlimotga oʻtishda muhim hissa qoʻshdi.
Sharq Tarix falsafasi bir necha yoʻnalishda koʻzga tashlanib, voqealar tahlili ibratli hikoyalar, pand-nasihatlar, yuksak axloqiy meʼyorlar bilan mushtarak holda olib boriladi. Ayrim hollarda tarixga geografik-hududiy jihatdan yondashiladi. Sayohatnomalar orqali jamiyat tarixi yaratiladi, podshohlarning boshqaruv usuli, siyosati, uning mohiyati ochib beriladi.
- Tarixning mazmuni – boqiylikka eltuvchi yo'ldan borishda,
- inson hayotining mazmuni
- esa – Xudoga xizmat qilish, gunohlardan forig' bo'lishdadir.
Karl Yaspers
Tarixning quyidagi bosqichlarini farqlaydi:
Tillarning
vujudga
kelishi
Mehnat
qurollari
ixtiro
qilinishi
Olovdan
foydalanishga
kirishilishi
O.Kont
Do'stlaringiz bilan baham: |