Ishning bajarilishi. O‘sib turgan yoki quritilgan bargdan 2-3 g olib, qaychi bilan mayda-mayda qilib qirqib, chinni hovonchaga solinadi va maydalangan shisha kukuni ishtirokida yaxshilab eziladi, so‘ngra esa, unga 10-15 ml atseton solib, yana 1-1,5 daqiqa davomida eziladi. Barg xujayralari shirasidagi ortiqcha kislotalarni neytrallash uchun esa. bargni ezish davomida skalpel uchida CaCO3 dan ozroq, aralashmaga solinadi. Hosil bo‘lgan pigmentlar aralashmasi, Kamov eki suv nasosi yordamida bunzen kolbasiga filtrlanadi.
Filtrdan o‘tkazilgan pigmentlar aralashmasidan mikripipetkada olib, ilgaridan qirqib tayyorlab qo‘yilgan 15 x 3 sm kattalikdagi xromatogramma qog‘ozining pastki qismiga oddiy qalam bilan bilinar bilinmas qilib chizilgan chiziq bo‘ylab, 1-1,5 sm uzunlikda tomiziladi. Eslatib o‘tamiz, xromatogramma qog‘ozi chiziladigan bu chiziq, qog‘ozining pastki uchidan 2-3 sm balandlikda bo‘lishi kerak.
Pigmentlar aralashmasi tomizilgach, xromatogramma qog‘ozi ochiq xavoda yoki elektr lampasi qarshisida quritiladi. Xromatogramma qog‘ozi yaxshi qurigach, ikkinchi marta yana shu katalikda fnltratdan tomiziladi va qayta quritiladi. Mana shu jarayon ya’ni pigmentlar aralashmasini tomizish va uni quritish ishlari 5-6 marta takrorlanadi. Xromatogramma qog‘oziga pigmentlarning atsetonli aralashmasidan tomizish, qog‘ozda to‘q yashil rang xosil bo‘lganiga qadar davom ettirladi. So‘ngra, xromatogramma qog‘ozi atseton hidi ketgunga qadar, ochiq havoda quritiladi va pigment aralashmasi tomizilgan uchki tomonni silindrga solingan benzinga 1-1,5 sm botqizib qo‘ygan holda tik qilib osiladi.
Eslatib o‘tamiz, xromatogramma qog‘ozini silindrdagi benzinga tushirganda pigment aralashmasi tomizilgan qog‘ozdagi chiziq, benzin qavatidan 1-1,5 sm yuqoriroqda bo‘lishi kerak. Aks holda pigment benzinda erib, qisman yo‘qotilishi mumkin eki pigmentlarning ajralishiga xalaqit berishi mumkin.
Xromotogramma qog‘ozi, silindrdagi benzinga tushirilganda unga shimillyotgan erituvchining kam parlanib, tezroq qog‘oz bo‘ylab ko‘tarilishi va silindrda to‘yngan benzin parlarini hosil qilishi uchun, silindr og‘zi germetik ravishda berkitilishi kerak. Oradan ma’lum vaqt o‘tishi bilan qog‘ozga shimilastgan benzin pastdan yuqoriga ko‘tarila boshlaydi. Benzinning pastdan yuqoriga ko‘tarilishi bilan unda erigan pigmentlar ham bir-birlaridan ajralgan holda ko‘tarila boshlaydi.
Erituvchi va unda erigan pigmentlarning ko‘tarilish harakati olingan qog‘oz sifatiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni qog‘oz zichligiga qarab, eritmalar harakati “sekin” “o‘rtacha” va “tez” holatda bo‘ladi.
Qog‘oz bo‘ylab eritma harakati qanday bo‘lmasin, pigmentlar quyidagi tartibda taqsimlanadi: eng pastda xlorofill “b” undan yuqorida xlorofill “a” va ksantofill, eng yuqorida esa, karotin.
Tajribadan olingan ma’lumotlar asosida pigmentlarning tarkibi va ularning taqsimlanishi haqida xulosa qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |