15-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi metod birlashma yig’ilishining
1-sonli BAYONI
___Avgust, 2021 yil Obod turmush mahallasi
Qatnashdi:
Metod birlashma rahbari: B.Berdibekova
O’qituvchilar: ___nafar
YIG’ILISHNING KUN TATRIBI:
Metod birlashmaning 2020-2021-o’quv yilida amalga oshirilgan ishlar va yangi o’quv yilidagi vazifalari.
Fan o’qituvchilarini taqvimiy mavzu rejalarini muhokama qilish to’g’risida
Ochiq darslar jadvalini tasdiqlash to’g’risida
ESHITILDI:
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan metod birlashma rahbari B.Berdibekova hisoboti tinglandi.U o’z hisobotida 2021-2022- o’quv yilida “ Ta’lim to’g’risidagi qonun”, “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturlari”ni hayotga tadbiq etishda ma’lum ishlar amalga oshirildi.O’tgan o’quv yili davomida metod birlashmada 7 ta masala ko’rib chiqildi. Ko’ringan barcha masalalar bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, o’qituvchilarga metodik yordamlar ko’rsatildi. Yosh o’qituvchilarga metodik yordam ko’rsatish maqsadida “ O’quv tashkiliy ishlar”, O’quv jarayonini sifatli oshirish” bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi va ijrosi ta’minlandi. Reja asosida malaka oshirishga o’qishga boradigan o’qituvchilar ish faoliyatlari tahlil qilinib reja asosida o’qishga yuborildi. Ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida o’qituvchilar tomonidan 10 ta na’munali dars ishlanmalari, 10 ta ko’rgazmali va tarqatma materiallar tayyorlab, 5 ta ochiq darslar tashkil etildi. Ichki va tashqi nazoratda o’quvchilar nazoratidagi bo’shliqlarni to’ldirish yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. 1 nafar o’qituvchining ish faoliyati ommalashtirildi. 2021-2022o’quv yilida yangi o’quv yilidagi
ilg’or ish tajribali o’qituvchilar ish tajribasini o’rganish va ommalashtirish;
DTS talablari, o’quv rejasi va dasturlarning bajarilishini nazorat qilish va metodik yordam ko’satish;
maktab miqiyiosida oyliklar, ko’rik –tanlovlar tashkil etish;
yosh o’qituchilarga metodik yordamlar ko’rsatish;
O’quvchilarga chuqur bilim berish maqsadida o’qitishning ilg’or usullarini joriy etish: vazifalarni o’qib eshitirdi va tasdiqlab berishini so’raldi.
So’zga chiqdi: tarix fani o’qituvchisi Sh.Achilov so’zga chiqib, 2020-2021 o’quv yilida amalga oshirilgan ishlar va yangi o’quv yilidagi vazifalar to’g’risida gapirib o’tdi. 2021-2022-o’quv yili uchun belgilab olingan maqsad va vazifalar to’g’risida tushuncha berib tasdiqlab berishini metod birlashma a’zolaridan so’radi.
Bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib yig’ilish
QAROR QILADI:
Metod birlashma rahbari B.Berdibekova hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2020-2021o’quv yilida metod birlashma tomonidan olib borilgan ishlar qoniqarli deb topilsin.
2021-2022- o’quv yili uchun tuzilgan ish rejasi va belgilangan maqsad va vazifalar tasdiqlansin.
Ushbu qarorning ijrosini ta’minlashni o’z zimmamda qoldiraman.
ESHITIlDI:
Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan metod birlashma a’zosi M.Abdusaitova axboroti tinglandi.U o’z axborotida 2021-2022-o’quv yilida Dastur asosida tuzilgan taqvimiy rejalarini o’qib eshittirdi va tasdiqlash uchun metod kengashga tavsiya etilishini yig’lish a’zolaridan so’radi.
So’zga chiqdi: Metod birlashma rahbari B.Berdibekova so’zga chiqib, DTSlari, o’quv dasturlari asosida tuzilgan ish rejalarini 2021-2021 o’quv yilida foydalanish mumkinligini aytib o’tdi.
Bildirilgan fikr-mulohazalar kelib chiqib
Do'stlaringiz bilan baham: |