4. Rossiya Xitoy munosabatlari - Linda Yakobson, Xitoy-Rossiya aloqalari haqida kitob yozgan olima. Shvetsiya poytaxti Stokgolmda Xalqaro Tinchlik Tadqiqot Instituti ilmiy xodimi.
- “Qurol-aslaha savdosi o’tgan besh yilda pasayib ketdi. Sabab oddiy – Xitoy Rossiya taklif qila oladigan barcha texnologiya va vositalarni xarid qilib bo’ldi hisob”,- deydi ekspert.
- Rossiya taklif qiladigan yana bir mahsulot bu yonilg’i, ammo bu sohada ham Xitoy bilan biznes susaydi. Anatol Lieven tahlilicha, Xitoy shu qadar tezlikda shu qadar qudratli davlatga aylandiki, Rossiya unga qarshi qadam tashlab, NATO yoki Amerika bilan til biriktirishga haddi sig’maydi. Kreml uchun yetti o’lchab bir kesadigan payt yetgan, deydi olim. Vladimir Putin prezidentlikka qaytsa, mana shuni yodda tutgan holda ish yuritadi, deydi u.
Do'stlaringiz bilan baham: |