Baxtsiz xodisalarning xisobotlarini tushuntiring
Baxtsiz hodisa - turli tabiiy ofat, avariya va boshqa koʻngilsiz hodisalar oqibatida badanga shikast yetish, mayib boʻlish yoki oʻlish hollari. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida korxonalar, qurilish, transport, konlar va bosh joylarda xavfsizlik qoidalari buzilishiga yoʻl qoʻyib, Baxtsiz hodisalarga sababchi boʻlgan shaxslarga nisbatan tegishli jazo choralari belgilangan. Jumladan, radioaktiv materiallar va yadro qurilmalaridan foydapanish qoidalarini buzish, shu materiallarni konunga xilof tarzda ishlatish, tadqiqot ishlarini bajarishda, togʻ kon, qurilish yoki portlatish ishlarida xavfsizlik, mehnatni muhofaza etish, yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish hollari, transport harakati va vositalaridan foydalanish xavfsizligiga zid ravishda jinoyatlar sodir etilgani uchun Oʻzbekiston Respublikasi JKda tegishli jazo choralari koʻzda tutilgan. Jumladan, xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishga oid boshqa qoidalarning ular ijrosi uchun masʼul shaxslar tomonidan buzylishi oʻrtacha ogʻir yoki tan jarohati yetkazilishiga sabab boʻlsa, eng kam ish haqining 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan, oʻsha qilmish odam oʻlishiga va boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, muayyan huquqdan va 5 yilgacha ozodlikdan mahrum kilish bilan jazolanadi (257-modda). Transport vositasidan foydalanish uchun masʼul shaxsning Mast holatda yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki aql-idrokka taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boʻlgan shaxsning transport vositasini boshqarishiga yoʻl qoʻyishi badanga ogʻir shikast yetkazilishiga yoxud odam oʻlishiga sabab boʻlsa, oʻsha masʼul shaxs eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarima toʻlaydi yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan va 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi (261-modda). Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi koidalarining transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan buzilishi badanga oʻrtacha yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan, oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, muayyan huquqdan va 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan, oʻsha qilmish odamlar oʻlimiga, xdlokatga va boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, muayyan huquqdan va 10 yilagacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |