1. Milliy boylik: mohiyati, tarkibi va baholash muammolari
Milliy boylik - iqtisodiy statistikaning tayanch ko‘rsatkichlaridan biridir. Uning hajmi (solishtirma baholarda) - mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini ifodlaydi, jon boshiga to'g'ri keladigan miqdori esa -mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga baho beradi.
Jahonning turli mamlakatlarida iqtisodchilar milliy (xalq) boyligi haj-mini hisoblash va mamlakatlararo solishtirish masalalari bilan shug'ullan-ganlar. Iqtisodiyot va statistika tarixidan ma’lumki, milliy boylikning haj-mini birinchi bor Angliyada (1664-yilda) U. Petti hisoblagan. Bu ko‘rsatkich Fransiyada 1789-yilda, AQSh da 1805-yilda va Rossiyada esa, 1864-yilda hisoblangan.
XX asr oxirlarida kelib milliy boylikning tarkibiy qismlarini belgilash. ularni yagona konsepsiyalar asosida qiymatini, tarkibini, dinamikasini hamda foydalanish darajasini hisoblash va iqtisodiy statistik tahlil qilish yanada dolzarb muammoga aylandi. BMT statistika komissiyasi hamda Jahon banki huzurida Dj. Dikson (AQSh) va K. Hamilton (Kanada) boshchiligida ishchi guruhi tuzildi. Bu guruh 1997-yilda 92 mamlakat bo'yicha (1994-yil ma’lumotlari asosida) va 2000-yilda 10 mamlakat bo‘yicha (1997-yil ma'lumotlari asosida) milliy boylik elementlarining qiymatini, strukturasini va jon boshiga to'g'ri keladigan darajasi hamda indeksinihisoblashdi.2000-yilningavgustidagiDaromadlarvaboyliklarning tadqiqotlari xalqaro assotsiatsiyasining umumiy 26-konferensiyasida turli mamlakatlarning rivojlanishi to'g'risidagi yig'ma hisoblashlarning nati-jalari haqida ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi. Mazkur konfe-rensiyada K. Hamiltonning jahonning 110 mamlakatida milliy boylikni 1997-yildagijon boshiga to‘g‘ri keladigan darajasi va uning o‘sishi sur'atlari hisoblangan ma’ruzasini taqdim etdi. K. Hamiltonning hisob-kitoblariga qaraganda ko'pgina mamlakatlarda (jon boshiga to'g'ri keladigan YalM darajasi o‘rtacha jahon darajasidan past bo'lganlarida) umumiy kapital hajmining o‘sish sur'ati aholi soniningo‘sishi sur'atidan pastligini, ya'ni bu mamlakatlarda aholi farovonligining pasayishi jarayoni yuz berayotganini ko‘rsatdi.
12.1-jadval ma’lumotlari asosida milliy boylik tarkibini tahlil qilish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, “Yettilik” va Yevropa ittifoqi davlatlarida aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan milliy boylik hajmi dunyoning boshqa davlatlariga nisbatan bir necha barobar yuqori. Bu davlätlarda inson kapitali qiymatining yuqoriligi mazkur davlatlami yuqori o‘rinda turishi-ga sabab bo'lmoqda. OPEK va MDH davlatlarida tabiiy boylikning milliy boylik tarkibidagi ulushi bu davlatlar ulushidan deyarli 10 barobarga yuqori bo:lsada, inson kapitalining ulushi 47,4% va 50% ni tashkil qiladi. Demak, shunday xulosa qilsa boMadiki, iqtisodiyotning taraqqiy etish darajasi yuksalib borishi bilan inson kapitaliga sarflar ortib boraveradi, bu esa milliy boylik hajmining ko'payishiga olib keladi. Hisob-kitoblar natijalari ma lum bo‘lgan “boylar boyimoqda, kambag‘allar qashshoqlashmoqda” iborasini tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |