Boyovut tumanidagi
18-umumiy o`rta ta’lim maktabi Aniq va tabiiy fanlar metod birlashmasining bajarilgan ishlar yuzasidan
2020-2021-oquv yili
yakuni bo`yicha
Boyovut tumani 18-umumiy o`rta ta’lim maktabi
Aniq va tabiiy fanlar metod birlashmasi 2020-2021-o`quv yili yuzasidan
HISOBOTI
2020-2021 o`quv yili Aniq va tabiiy fanlar metod birllashmasi o`z faoliyatini yillik ish reja tuzib olish bilan boshladi. Aniq va tabiiy fanlar metod birlashmasiga matematika, informatika, fizika, biologiya, kimyo, geografiya fanlarining 8 nafar a’zosi birlashtirilgan, ular tarkibi sentabr oyida o`tkazilgan attestatsiya yakuniga ko`ra 1 nafar oily toifali, 3 nafar birinchi toifali, 1 nafar ikkinchi toifali, va uch nafar mutaxassis o`qituvchilardan iborat edi.
Dars soatlari O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 3271-qaroriga asosidagi Nizomga muvofiq taqsimlandi.
Har bir o`qituvchi yillik ish rejasini davlat dasturi asosida ishlab chiqdi. Ish rejalar metod birlashma yig`ilishida ko`rib chiqildi va tasdiqlash uchun tavsiya qilindi. Aniq va tabiiy fanlar metod birlashma a’zolari har biri o`quvchilarni Xalqaro PISA tadqiqotlariga tayyorlash rejasini ishlab chidqi, shu asosda o`quvchilar bilan tayyorgarlik ishlarini olib bordi.
Maktab I tur ichki olimpiadasi Nizom asosida o`tkazildi. G`olib o`quvchilar tuman olimpiadasida qatnashib keldi. Aniq va tabiiy fanlar tasarrufiga kiruvchi fanlar bo`yicha qatnashgan o`quvchilar tumanda o`rtacha 66,4% natija ko`rsatdi. Ikki nafar o`quvchi tumanda 2-3 o`rinni egalladi. Viloyat bosqichiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bu borada informatika, kimyo fanlaridan qatnashgan o`quvchilar yuqori o`rinlarni egallay olishmadi.
Ilg`or o`qitish metodlarini izlab topish, metod birlashma yig`lishlarida ma’ruza qilish, muhokama qilish va o`rgatish ishlari yo`lga qo`yildi. Raimqulova Shoiraning “Fizik hodisa va qonunlarning hayotda qo`llanilishi”, Suvonqulov Ulug`bekning “Zamonaviy dars o`tish metodlari”, Jalilova Barnoning “Aniq fanlarni o`qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish” mavzulardagi ma’ruzasi o`rganib, dars soatlarida qollanishga tavsiya qilindi.
“Ustoz-shogird” an’analari yo`lga qo`yildi. Kimyo o`qituvchisi Safarova Kamola-biologiya o`qituvchisi Qurbonova Gulchehraga, informatika o`qituvchisi Qo`shboqova Dilfuza-matematika va informatika o`qituvchisi Jalilova Barnoga, informatika o`qituvchisi Raimqulova Charos- matematika o`qituvchisi Raimqulova Shoiraga biriktirildi.
Ochiq darslar jadvali ishlab chiqildi, shu reja asosida metod birlashma tasarrufida 8 soat ochiq dars o`tildi. Fizika o`qituvchisi Raimqulova Shoiraning 6-sinfda “Arximed qonuni”, biologiya o`qituvchisi Qurbonova Gulchehraning 8-sinfda “Ovqat hazm qilish sistemasi organlari” mavzusidagi ochiq darslari eng namunali deb topilib, maktab miqyosida ommalashtirildi, tuman miqyosida ommalashtirishga tavsiya qilindi.
Pandemiya munosabati bilan fan to`garak mashg`ulotlari o`z faoliyatini dekabr oyidan boshladi. Ish reja asosida mashg`ulotlar olib borish yo`lga qo`yildi.
“Bir million o`zbek dasturchilari” loyihasida fan o`qituvchilari Jalilova Barno, Qo`shboqova Dilfuza, Raimqulova Charos “Full Stack Development Track” va “Android Development Track”, “Data Analysis Track” yo`nalishlarida sertifikatlarni qo`lga kiritdi. Ikkinchi yarim yillikda o`quvchilarni loyihada ishtirok etib sertifikatlarni qo`lga kiritishni rejalashtirib oldik.
Respublikada birinchi bor o`tkazilayotgan Matematika o`qituvchilari o`rtasidagi olimpiadada matematika o`qituvchisi Jalilova Barno kuchli beshtalikka kirdi va respublika bosqichiga qatnashish yo`llanmasini qo`lga kiritdi.
Matematika va informatika fan o`qituvchilari uchun dushanba, kimyo, fizika, biologiya, geografiya o`qituvchilari chorshanba metod kunlarini samarali tashkil qilish, tayanch mashg`ulotlariga to`liq qatnashish yo`lga qo`yildi.
Xalq ta’limi Vazirligining 2020-yil 13-avgust kunidagi “Umumta’lim muassasalarida iqtidorli iqtidorli o`quvchilarning qobiliyatlarini ma’lum bir maqsadga yo`naltirish, izlanuvchan, tashabbuskor o`qituvchilarni aniqlash, ularning tajribasini o`rganish, ta’lim-tarbiya jarayonida qo`llanilayotgan metodlarni takomillashtirish to`g`risida”gi 183-sonli buyrug`i, va Boyovut tumani XTBning 2021-yil 28.01 dagi “Aniq fanlar fan oyligini O`tkazish to`g`risida:gi 4-sonli buyrug`i Matematika va informatika fan oyligining buyrug`i asosida oylik ish rejasi ishlab chiqildi va ijro uchun qabul qilindi.
1-fevral kuni Fan oyligi ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Fan oyligi burchagi tashkil qilindi
1-fevral kuni D. Qo`shboqova 8-sinfda “Kvadrat tenglamalar mavzusida ochiq dars tashkil qildi
3-5 fevral kunlari sinflarda “Kirish test”lari olindi
. Bunda 5 -sinf 72 %, 6-A-sinf 65 %, 6-B sinf 68 %, 7-sinf 60,8 % , 8- sinf 68 %, 9- sinf 70 %, 10- sinf 60 %, 11 -sinf 70,5 %, jami samaradorlik 67 % ni tashkil qildi.
5-fevralda 9-11-sinflari o`rtasida informatikadan “Intellektual-ring” musobaqasi bo`lib o`tdi
6- fevralda 5-6 sinflar o`rtasida Paint grafik muharririda rasm chizish musobaqasi bo`lib o`tdi. Musobaqada 6-sinf o`quvchisi Mustafoqulova Durdona g`olib bo`ldi
8-fevral 7-sinf o`quvchilari o`rtasida “Mashhur yettiliklar” kechasi o`tkazildi.
9-fevral. Jalilova b. 5-sinfda “Aralash sonlarni qo`shish va ayirish” mavzusida ochiq dars o`tdi.
13-fevral 7-sinf o`quvchilari o`rtasida “Informatika+” musobaqasi bo`lib o`tdi. Musobaqada o`g`il bolalarning “WWW” guruhi g`olib bo`ldi.
15-fevral “Qiziqarli matematik masalalar yechish musobaqasi bo`lib o`tdi. Musobqada 11-sinf o`quvchisi Nomozova Sevara, 9-sinf o`quvchisi Tilaboldiyev Diyorbek, 6-sinf o`quvchisi Bekmurodova Fotimalar o`z tengdoshlari o`rtasida g`oliblikni qo`lga kiritishdi.
16-fevral o`quvchilar o`rtasida kompyuterda matn yozish musobaqasi bo`lib o`tdi.
17-fevral 7-sinfda Sh. Raimqulova geometriyadan “To`g`ri burchakli uchburchakning xossalari” mavzusida ochiq dars o`tdi.
17-fevral 5-sinflar o`rtasida “Kompyuter bilimdoni” musobaqasi o`tkazildi
18-fevral 10-sinfda algebradan “Eng sodda trigonometric tenglamalar” mavzusida B. Jalilova ochiq dars o`tdi.
18-fevral 6-sinflar o`rtasida “MS Word dasturi bilimdoni” musobaqasi o`tkazildi
19 fevral 9-11 sinflar o`rtasida “Yosh dasturchi” musobaqasi bo`lib o`tdi.
19-fevralda 6-B sinfda “Barkamol avlod orzusi” mavzusida suhbat bo`lib o`tdi
20-fevral o`qituvchilarni kompyuter savodxonligi tekshrildi.
20- fevral 5-6 sinf o`quvchilari o`rtasida “7X7” yoki “O`yla, izla, top!” musobaqasi bo`lib o`tdi. Musobaqada 6-sinf o`quvchilarining “Beruniy” guruhi g`olib chiqdi
24-fevral 9-11 sinf o`quvchilari o`rtasida “Zakovat” musobqasi bo`lib o`tdi. Musobaqada 9-sinfning “Progressiya” jamoasi g`olib bo`ldi.
25-fevral Maktab metod birlasmalari o`rtasida “Zamon bilan hamnafas metod birlashma” musobaqasi bo`lib o`tdi. 5 ta metod birlashma ishtirok etgan tanlovda boshlang`ich sinf metod birlshmasi g`olib bo`ldi
To`rtinchi hafta. Chiqish testlari olindi
Matematika va informatika fani 4-haftasida 5-11-sinflardan chiqish testlari olindi. 5- sinf 80,5 6-A-sinf 75 %, 6-B-sinf 76 %, 7- sinf 80,2 % , 8-A-sinf 78 %, 9-A-sinf 78,4 %, 10- sinf 76 %, 11- sinf 80 %, Jami samaradorlik 73 % ni tashkil qildi.
Ko`rgazmalar konkursida 5-sinf birinchi. 6-b sinf ikkinchi, 9-sinf uchinchi o`rinni egalladi.
Yil davomida metod birlashmaning har bir a`zosi kamida to`rttadan ochiq darslar tashkillashtirdi, bittadan metodik ma’ruzalar tayyorlab, o`z tavsiyalarini berib borishdi.
PISA xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ishlari olib borildi. O`quvchilardan nazorat ishlari olindi.
“Bir million o`zbek dasturchilari” loyihasida maktabning 7-11-sinf o`quvchilarining 35-40%i sertifikatlarni qo`lga kiritdi
Metod birlashma a’zolari so`nggi attestatsiya natijasiga ko`ra
Oily toifa 3 nafar
Birinchi toifa 2 nafar
Ikkinchi toifa 1 nafar
Mutaxassis 2 nafar
Bo`ldi. “Ustoz-shogird” an’analari yaxshi yo`lga qo`yildi
Metod birlashma 2020-2021-o`quv yilida reja asosida ish faoliyatini olib bordi. Metod birlashma yig`ilishlari o`z vaqtida o`tkazlib, qilingan va rejalashtirilgan ishlar, ilg`or metodik tavsiyalar yuzasidan fikr almashtirdilar.
Kamchiliklar o`rganib chiqildi, o`quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlashning samarali usullaridan foydalanish choralarini ishlab chiqishni vazifasini oldimizga maqsad qilib qo`ydik
Bosqichli va yakuniy nazorat imtihonlariga tayyorgarlik, uni yaxshi o`tkazish, o`quvchilarni oliy o`quv yurtlariga tayyorlash ishlari faol ravishda olib borilmoqda.
18-maktab aniq va tabiiy
fanlar metod birlashmasi raisi B. R. Jalilova
Do'stlaringiz bilan baham: |