kutubxona tashkil qilinadi. Kutubxona uchun Peterburg va Moskvadan 1867 yilda yuborilgan dastlabki kitoblar zo`r qiyinchiliklar bilan 1868 yilda Toshkentga yetib kelgan edi. Bu kitoblar asosan O’rta Osiyoni va unga qo`shni bo`lgan mamlakatlarni o`rganishga va boshqa masalalargaaloqador adabiyotlar edi. Kutubxona fondi mutlaqo rus tilida bo`lib, uning o`quvchilari ham asosan rus ofitserlari, amaldorlari, va ularning oilalaridan iborat edi. Dastlabki kitobxonlar to`g`risidagi ma`lumot 1870 yil may oyidan 1871 yil sentyabrgacha bo`lgan davrgaaloqadordir. Hammasi bo`lib 75 kitobxon bo`lgan, shundan 45 nafari ofitser, 19 nafari amaldor, 4 nafari savdogar, 2 kishi ruhoniy, bir kishi mahalliy maktab talabasi edi.2
Shunday bo`lsada, Kutubxona har holda ma`rifiy ish bilan shug`ullandi va o`lkada XIX asr rus adabiyotining demokratik g`oyalarini tarqatishda ma`lum rol o`ynadi. Biroq 70-80 yillarda Rossiyada madaniyat va xalq maorifi 60-yillarda qo`lga kiritgan demokratik xuquqlarni yo`q qilishga intilgan reaktsiyaning hujumi boshlanib ketdi. Bu hujumdan kutubxona ham chetda qolmadi. 1882 yil dekabrda Turkiston general-gubernatori M.G.Chernyaevning buyrug`i bilan alohida ishlar bo`yishaamaldor, «Peterburg xarobalari» asarining muallifi, reaktsion yozuvchi V.V.Krestovskiy kutubxonani taftish qiladi. U o`zining Chernyaevga yozgan raportida : «Rus mualliflaridan Saltikov, Dobrolyubov, Pisaryev, Nekrasov va Shiller (A.Mihaylov) asarlariga talab eng ko`p ekanligi ma`lum bo`ldi», deb yozadi. Ushbu raportgaasosan general Chernyaev 1883 yil 1 yanvardan e`tiboran kutubxona faoliyatini to`htatish to`g`risida buyruq berdi. Jamoatchilikning talabi bilan 1889 yilda kutubxona yana o`z ish faoliyatini boshlaydi.
O’rta Osiyoni o`rganish bilan shug`ullangan taniqli rus olimlari–arxeolog V.L.Vyatkin, akademik V.V.Bartold va boshqalar kutubxonaga faol yordam berib turishgan, natijada kutubxona qimmatli asarlar va materiallar bilan to`lib borgan.
«Umuman O`rta Osiyoga, ayniqsa Turkiston o`lkasiga oid asarlar va maqolalarning Turkiston to`plami kutubxona fondlarida to`plangan manbalarning ajoyib majmuasi bo`ldi. Bu to`plam 594 tomdan iborat bo`lib, inqilobgacha bo`lgan Turkiston haqidagi kitoblardan, ro`znoma va oynomalardan olingan maqolalardan tashkil topgan. To`plamning 416 tomi mashhur rus bibliografi V.I.Mejov tomonidan tayyorlangan. Bu tomlarga 1867-1887 yillarga oid materiallar kiritilgan. So`ngra to`plam ustida olib borilayotgan ish to`htab qolgan va 1907 yildan 1917 yilgacha bo`lgan davrda har xil bibliograflar to`plamning 175 tomini tuzganlar1».
XIX asrning 80-90 yillarida Toshkent va boshqa yirik shaharlarda turli ilmiy jamiyatlar (arxeologiya, jug`rofiya, etnografiya kabilar) tashkil etilgan. 1896 yilda Samarqand «Tarixiy muzyey» ish boshladi. Bir qator ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirildi. Bu borada rus olimlari I.V.Mushketov, N.A.Severtsov, A.P.Fedchenko, P.P.Semenov-Tyan-Shanskiy, N.M.Prjevalskiy va boshqalar samarali ishlar olib bordilar. Turkiston xalqlari tarixini o`rganish va yoritish xalqimizning o`tmish madaniyatini ilmiy tadqiqot qilishda sharqshunos olimlar V.V.Radlov, V.V.Bartold, Ye.E.Bertels va boshqalarning xizmatlari oz emas. Shu davr mobaynida bir qator ijodkor rus adiblari asarlarining mahalliy xalqlar tillariga o`girilishi ham ijobiy faoliyatlardan hisoblanadi.
Уларнинг таълим жараёнидаги ижобий усул шу бўлдики. синф-дарс тизимига ўтилди. Синфларнинг тоза ва ёруғлиги, парталарда ўтириб ўқитилиши, дарслар орасида танаффусларнинг жорий этилиши катта аҳамиятга эга бўлди. Миллатпарвар зиёлилар таъқибларга қарамасдан «Усули савтия» Янги усул мактаблари фаолиятини имкони борича кенгайтириш, уларни дарслик қўлланмалар билан таъминлашда фидойилик қилдилар. И.Ғаспирали мактаби ва унинг дастлабки «
Do'stlaringiz bilan baham: |