18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!



Download 163,41 Kb.
bet1/3
Sana06.01.2020
Hajmi163,41 Kb.
#32116
  1   2   3
Bog'liq
18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!



18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!

Davlatimiz rahbarlari sharafiga boshqa davlatlarda yurtimiz bayrog‘i ko‘tarilganida, xorij safarlarida, o‘zga davlatlar hududida O‘zbekistonimiz bayrog‘ini ko‘rganimizda, nufuzli xalqaro sport anjumanlarida mamlakatimiz bayrog‘i hilpiraganida odamning qalbi allanechuk bo‘lib ketadi. Vatan hissini yurakdan tuygan har bir inson borki, yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uning hurmat va sharafini chin qalbdan e'zozlaydi. Zero milliy bayrog‘imiz - mamlakatimiz suverenitetining oliy ramzi bo‘lib, xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli sifatida namoyon bo‘ladi.

Keling ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 22 yilligi munosabati bilan, uning tarixi haqida suhbatlashamiz...

1994-yil kech kuzida, Xirosimada Osiyo o‘yinlari dasturidagi futbol musobaqasining final o‘yinini televizor orqali ko‘rgan edim. O‘yinda terma jamoamiz Xitoylik futbochilarni mag‘lubiyatga uchratishdi. Hakam hushtagi chalingach, hujumchi Shuhrat Maqsudov tribunalga yugurib bordi va davlatimiz bayrog‘ini olib, maydon bo‘ylab hilpiratib ko‘tarib yugurib o‘tdi. O‘shanda, 3-sinfga borardim. Finaldagi g‘alabadan ham Maqsudov qo‘lidagi bayroqqa qarab ko‘proq quvongan edim. Milliy bayrog‘imiz qanchalik chiroyli va mag‘rur hilpirardi o‘shanda...

Garchi bu terma jamoamizning xalqaro maydondagi birinchi va hozircha yagona tituli bo‘lsa hamki, o‘sha uchrashuv menga aynan Maqsudov qo‘lidagi milliy bayrog‘imizning butun dunyoga O‘zbekiston nomini tanitganligi bilan yodda qolgan. O‘shanda milliy bayroqning qanchalik ahamiyatli va muhim davlat ramzi ekanligini ich-chimdan his qilgan edim.

O‘rta maktabda o‘qiyotgan davrimda, sinf xonamizdagi milliy bayrog‘imiz haqida o‘qituvchilarimiz to‘lqinlanib gapirib berishar edi. Uning tarixi, tasvirlari va ranglarining ma'nolari haqida ko‘plab qiziqarli ma'lumotlarni berishardi. Har yili 18 noyabr sanasida esa, milliy bayrog‘imiz qabul qilingan sana munosabati bilan, tantanali tadbir o‘tkazilar, biz o‘quvchilar bayroq haqida she'r va qo‘shiqlar bilan ishtirok etardik. Prezidentimizning chet ellarga qilgan safarlari chog‘ida, yurtboshimiz sharafiga ko‘tarilgan davlat bayrog‘i, milliy bayrog‘imizning BMT bosh qarorgohidagi oliy minbarga o‘rnatilishi, sportchimiz Lina Cheryazovaning qishki olimpiada o‘yinlari shohsupasida bayrog‘imizning ko‘tarilishi tasvirlangan kadrlar, o‘sha yillari televizorda tez-tez takrorlanar edi. O‘shandan buyon, davlat bayrog‘imiz mening ongimda, davlatimizning oliy ramzi sifatidagi muqaddas tushuncha bo‘lib shakllanib, hurmat va e'zoz obyektiga aylangan. Va menimcha, vatan oldidagi ma'suliyat his qiladigan har bir O‘zbekiston fuqarosi ham shunday fikrda bo‘lsa kerak... Yer yuzida qancha davlat, qancha nufuzli xalqaro tashkilotlar bo‘lsa, ularning davlat bayroqlari va rasmiy ramzlari orasida eng chiroylisi shubhasiz O‘zbekiston bayrog‘idir!

Milliy bayrog‘imiz 1991-yil 18-noyabr, dushanba kuni, O‘zbekiston Respublikasi oliy Kengashining sessiyasida, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i to‘g‘risida»[1]gi qonuni bilan qabul qilingan edi.

Albatta milliy bayrog‘imizni hammamiz har kuni ko‘ramiz, uning shakli va ranglari, hamda, boshqa elementlarining joylashuvi bizga yod bo‘lib ketgan. Lekin, keling, bayrog‘imizga tegishli barcha tafsilotlarni ham yaqindan bilamizmi?...

Milliy bayrog‘imiz eniga 250 sm, bo‘yiga 125 sm o‘lchamdagi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi mato bo‘lib, har birining eni 40 sm keladigan, moviy, oq va yashil en chiziqlardan iborat. O‘rtadagi oq en chizig‘i ning har ikki yon tarafidan kengligi 2.5 sm keladigan qizil hoshiya o‘tkazilgan.

O‘zbekiston respublikasi davlat bayrog‘ining yuqori qismidagi moviy enning old va orqa tomonlarida, bayroqning chap chetiga yaqin joyda, dastadan 20 sm masofada vertikal holatdagi oq rangli yangi oy tasviri joylashtirilgan. Oyning do‘ng tarafi dastaga qaragan holatda va dastagacha bo‘lgan masofa do‘ngning eng chetki qismidan o‘lchanadi. Yarim oy tasviri xayolan to‘lin oyga birlashtirilganida, uning diametri 30 sm chiqadi. Ya'ni bayrog‘imizdagi oy aylanasi uzunligi 30Ï€ ga teng. Moviy rangdagi qismda shuningdek, yarim oy tasviridan o‘ng tarafda, 12 ta besh qirrali yulduzlar tasvirlangan bo‘lib, ular yuqorida 3 ta, o‘rta qatorda 4 ta va pastki qatorda 5 tadan joylashtirilgan. Har bir yulduz diametri 6 sm keladigan doiraga sig‘adi. Yulduzlarga tashqi chizilgan doiralar orasidagi masofa ham 6 sm qilib belgilangan. Quyi qatordagi 5 dona yulduz oyning pastki qirrasidan 3.5 sm masofada joylashadi. Oy va yulduzlar umumiy holatda 70×30 o‘lchamdagi to‘g‘ri to‘rtburchakka sig‘adi. Davlat qonuniga ko‘ra, milliy bayrog‘imizning rangli va sxematik tasviri quyidagicha:



 



 

O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorgohlarida, Oliy majlis palatalarining, Vazirlar Mahkamasining va boshqa oliy davlat boshqaruv organlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining va Vazirlar Kengashining, mahalliy hokimiyatlar, Konstitutsion Sud va Oliy Sud, Prokuratura, Milliy Xavfsizlik Xizmati va boshqa davlat yuqori idora va tashkilotlarining binolarida, ularning rahbarlarining xizmat xonalarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixona, konsulxona va boshqa vakolatxonalarida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralari va ulardagi o‘tish joylarida, O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari va boshqa harbiy birlashmalarda, O‘zbekiston Respublikasiga tegishli daryo va dengiz transporti kemalarida doimiy ravishda o‘rnatiladi.


Download 163,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish