18-modda. Davlat bojini qaytarish tartibi



Download 25,27 Kb.
bet2/3
Sana16.01.2022
Hajmi25,27 Kb.
#375716
1   2   3
Bog'liq
IPK

1-kazus

Farg‘ona shahar Arxitektura va qurilish boshqarmasi (bundan buyon matnda da’vogar deb yuritiladi) iqtisodiy sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, Farg‘ona viloyat hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi»dan (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi) 6 409 380 so‘m asosiy qarz, 961 407 so‘m jarima, 384 563 so‘m yetkazilgan zarar, jami 7 755 350 so‘m undirishni so‘ragan. Sudning 2015 yil 9 oktyabrdagi ajrimi bilan Farg‘ona viloyat G‘aznachilik boshqarmasi nizoning predmetiga mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan. Birinchi instansiya sudining 2015 yil 27 oktyabrdagi hal qiluv qarori bilan da’vo qisman qanoatlantirilgan. Javobgardan da’vogar foydasiga 6 409 380 so‘m asosiy qarz undirilgan. Da’vo talablarining qolgan qismi rad etilgan. Ish apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rilmagan. Javobgar kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, unda da’vogar bilan shartnoma tuzilmaganligi, mazkur holatda taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnoma G‘aznachilik boshqarmasidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi va shundan so‘nggina moliya boshqarmasi tomonidan mablag‘ ajratilishi belgilanganidan kelib chiqib, ushbu da’voda ko‘rsatilgan ishlar uchun pul mablag‘i ajratilmaganligi sababli, hal qiluv qarorini bekor qilishni so‘ragan. Ish hujjatlaridan ko‘rinishicha, javobgar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 5 noyabrdagi PQ-1641-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida 2014 yil Farg‘ona shahrida qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va kapital ta’mirlanishi rejalashtirilayotgan ob’ektlar uchun Arxitektura-rejalashtirish topshiriqnomalari hujjatlarini tayyorlashda amaliy yordam berishni so‘rab da’vogarga xat orqali murojaat qilgan. Da’vogar tomonidan bajarilgan ishlar javobgar vakiliga tilxat orqali topshirilgan. 2013 yilda 11 ta, 2014 yilda 5 ta, 2015 yilda 5 ta jami 20 ta ob’ektlarga tayyorlangan Arxitektura-rejalashtirish topshiriqnomalari hujjatlari tayyorlash xizmatlari uchun javobgar tomonidan da’vogarga haq to‘lanmagan. Da’vogarning bergan talabnomalari javobgar tomonidan e’tiborsiz qoldirilganligi uchun, da’vogar iqtisodiy sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Birinchi instansiya sudi da’vogarning da’vo talablarini qisman qanoatlantirish haqida xulosaga kelgan. Vaziyatga huquqi baho bering.

Da’vogar - Farg‘ona shahar Arxitektura va qurilish boshqarmasi

Javobgar - «Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi»

Nizoning predmetiga mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida - Farg‘ona viloyat G‘aznachilik boshqarmasi sud tomonidan chaqirilgan.

Kazusda e’tibor qaratish kerak bo’lgan asosiy masala shundaki, da’vogar va javobgar o’rtasida shartnoma tuzilmagan lekin shartnoma o’rnini bosishi mumkin bo’lgan hat orqali yordam berishini so’rab murojaat qilgan va ish bajarilganligi haqida tilxat tuzilgan va bu shartnoma tuzilishi o’rniga o’tadi. Shuning uchun sud birinchi isntansiyasida ko’rib qisman qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori bilan qisman qanoatlantirgan . Bu yerda davlat boji masalasi ham da’vo talabi qanoatlantirilgan qismiga nisbatan javobgar tomonidan to’lanadi . Da’vo bahosi 7 755 350 so’mni tashkil etadi . Shunda da’vo bahosini 2% to’lanishi kerak .




Download 25,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish