Nazorat funksiyasi rahbarning eng muhim vazifasidir. Rahbar qabul qilinadigan qarorlarning tashabbuskori bo’lganligi sababli u shu qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil qilishning ham tashabbuskori bo’lishi kerak. Qarorlarning ijro etilishini nazorat qilmaydigan rahbar o’zi ishlayotgan ishlab chiqarishga emas, balki boshqa korxonalarga ham zarar yetkazishi, ya’ni ularning ishida kechikishlar, uzilishlar paydo bo’lishiga sababchi bo’lishi mumkin.
Yaxshi yo’lga qo’yilgan nazorat ishonchli qaytma (javob) aloqadir. Bunday aloqa bo’lmasa, boshqarish tizimi normal ishlay olmaydi, boshqarish qarorlarining amalga oshirilishiga zarur bo’lgan hollarda tuzatishlar kiritib bo’lmaydi.
Qarorning bajarilishini nazorat qilish xulosalar chiqarishni ham o’z ichiga oladi. Bundan maqsad qarorning haqiqiy natijasi va samarasini aniqlash, shuningdek, qaror qabul qilish vositalaridan foydalanish tajribasini umumlashtirishdir.
18.5. Qishloq xo’jaligida boshqaruv qarorlarni qabul qilish bo’yicha xalqaro tajriba.
Qishloq xo’jaligida muvaffaiyatga erishgan boshqaruvchilar odatda biron bir muammo yechimini tezda eslay olishmasa-da, ularning boshqaruvchi bo’lgan ota-onalari tutgan yo’lni aniq bajara olishadi1. Ba’zi menejerlarga qaror qabul qilish odat tusiga kirib qolgan. O’tgan yili nima ishlar qilingan bo’lsa, bu yil ham yana o’sha qarorlar takroran qabul qilinishi mumkin. Ammo qishloq xo’jaligining xususiyatidan kelib chiqqan holda, yaxshi boshqaruvchilar qaror qabul qilishda bir “qolip”ga tushib qolmasdan, doimo iqtisodiy, texnologik, tabiiy sharoitlar asosida o’z bilimlarini oshirib borishga harakat qilishadi. Qishloq xo’jaligi boshqaruvchilari doimiy ravishda o’zlariga yangi axborotlarni olib borishi va ular baholar, iqlim, texnologiya, jamoatchilik bilan ishlash va xaridorlarning tanlovini qamrab olishi kerak. Bu axborotlar shubhasiz ularning tadbirkorlik faoliyatiga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi: nima mahsulotlar ishlab chiqarish, ularni qanday ishlab chiqarish, qanday ma’lumotlardan foydalanish, faoliyatni qanday moliyalashtirish va qanday, qayerda va qachon mahsulotni sotish haqida bosh qotirishadi.
Qaror qabul qilinma-sa, hech nima o’zgarmaydi2. Qaror qabul qilish jarayonini quyidagi bir qancha bosqichlar asosida amalga oshirish mumkin:
1. Muammo holatini o’rganish va aniqlash;
2. Muqobil variantlarni ko’rib chiqish;
3. Ma’lumot va axborot yig’ish;
4. Muqobil variantlarni tahlil qilish va qaror qabul qilish;
5. Qarorni amalda joriy qilish;
6. Natijalarni kuzatish va o’rganib boorish;
7. Mas’uliyatni his qilish.
Qaror qabul qilish jarayoni: Namuna3.
1-qadam. Muammoni aniqlash: Tuproq eroziyasi darajasi xo’jalikda me’yoriy darajadan ancha yuqori.
2-qadam. Muqobillarni tanlash: Ba’zi qo’shni fermerlar shnga o’xshah qiya yerlarda jaladan himoya vositasi yoki boshqa himoya vositalari qo’llashadi. Ko’p fermerlar kam shudgorlash yoki umuman shudgorsiz texnologiyalarni sinab ko’rishmqda.
3-bosqich. Ma’lumot yig’ish: Xuddi shunday tuproqli fermer xo’jaliklari bo’yicha olib borilgan ilmiy taqdiqotlar natijalari, suvdan himoya qiluvchi vositalardan foydalanish holati, kam shudgorlash yoki umuman shudgorsiz texnologiyalar o’rganiladi.
4-qadam. Muqobillar tahlili va ulardan birini tanlash: O’rganib chiqilgan holatlar bo’yicha ko’p hosil beruvchi va iqtisodiy jihatdan foydali variantlardan biri kam shudgorlash tanlanadi.
5-qadam. Qarorni amalga joriy etish: Tanlangan kam shudgorlash variant ishlab chiqarishga joriy etiladi.
6-qadam. Natijalarni kuzatish: Bir necha yillar davomida hosil darajasi taqqoslanadi, mashina xizmatlari baholanadi, kimyoviy vositalar xarajatlari hisoblanadi va eroziya darajasi o’lchab boriladi.
7-qadam. Natijalar uchun ma’suliyatni olish: Hosil miqdori va eroziya meyorda, ammo xarajatlar oshgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |