uchburchak sxema ulash deb ataladi. Bu holda
elektr energiyasi iste'molchilari neytral simsiz liniya kuchlanishiga biriktiriladi.
Uchburchak sxemada ulaganda liniya kuchlanishi faza kuchlanishiga teng, ya'ni
Tekis yuklama va simmetrik kuchlanish sistemasida liniya toki faza tokidan 3 marta katta, ya'ni
Tekis yuklamada faza va liniya toklari o`zaro 120ga siljigan bo`ladi, ammo liniya toklari
faza jihatidan faza toklaridan 30ga orqada qoladi.
Notekis yuklamada faza va liniya toklari orasidagi nisbat o`zgaradi, ya'ni
Ammo bu holda liniya toklarining bir-biriga nisbatan fazaviy siljishi 120ga teng emas.Elektr energiyasi iste'molchilarining bir yoki ikki fazasi ajratilganda, tegishli fazalarning toki nolga teng bo`ladi.
Liniya simlari uzilganda uchburchak sxema tarmoqlangan bir fazali zanjirga aylanadi. Bunday
zanjirda uzilgan sim bilan bog`liq bo`lgan elektr energiyasi iste'molchilarining ikkita fazasi ketma-
ket ulanib, uchinchi faza bilan parallel qolgan simlar orasidagi liniya kuchlanishiga ulanadi.
Kirxgofning birinchi qonuniga asosan faza va liniya toklari orasidagi nisbat quyidagi vektor
ifodalar bilan belgilanadi:
Bu tajriba ishida elektr energiyasi iste'molchilari sifatida har bir fazaga cho`g`lanish lampasi va qarshilik reostatlari, ya'ni aktiv yuklama ulanadi.
3. Ishni bajarish tartibi
1. Kompyuterda “Elektronics Workbench” dasturiy paketi ishga tushuriladi.
2. 8.1-rasmdagi sxema yig`iladi.
8.1-rasm.
3. Qarshiliklar yordamida uchala fazada tekis yuklama hosil qilinadi. Har bir fazadagi liniya
va faza toklari va kuchlanishlar o`lchanadi.
3.Elektr energiyasi iste'molchilarining bir fazasini ajratib (fazadagi biriktiruvchi simni olib),
kuchlanish ta'sirida qolgan ikki fazadagi elektr energiyasi iste'molchilarining kattaliklari ulchanadi.
4.Elektr energiyasi iste'molchilarining ikki fazasini ajratib (ikki fazadagi biriktiruvchi
simni olib), kuchlanish ta'sirida qolgan bir fazadagi kattaliklar o`lchanadi.
5.Liniya simlaridan birini uzib (liniya simidagi biriktiruvchi simni olib) kuchlanish ta'sirida
qolgan ikki liniya simidagi zanjirning usha kattaliklari o`lchanadi.
6. Qarshilik kattaligini o`zgartirish yo`li bilan notekis yuklama hosil qilinib, yana usha
kattaliklar o`lchanadi.
7. Barcha o`lchash natijalari 8.1-jadvalga yoziladi.
8. Barcha tur yuklama uchun olingan natijalar bo`yicha I va U larning vektor diagrammalari chiziladi va 8.1-jadvalda ko`rsatilgan kattaliklar hisoblanadi.
9. Tajriba ishi bo`yicha xulosa chiqariladi.
a) iste'molchilar uchburchak sxemada ulanganda tekis va notekis yuklamada faza hamda
liniya toklari orasidagi nisbat qanday?
b) agar bironta liniya simlaridagi saqlagich kuysa yoki liniya simi uzilsa, elektr energiyasi
istemolchilaridagi faza kuchlanishi qanday o`zgaradi?
10. Vektor diagrammalar chiziladi.
a) tekis yuklama (8.2-rasm). Kirxgofning ikkinchi qonuniga ko`ra uchburchak konturidagi
kuchlanishlarning geometrik yig`indisi nolga teng, chunki uchburchak konturida EYUK manbai
yo`q
Demak, tajribadan olingan natijalar buyicha chizilgan faza kuchlanishlarining vektori doimo yopiq, teng tomonli uchburchak tashkil etadi.
Bu uchburchakda
So`ngra tegishli faza kuchlanishlari vektori boshidan, faza toklari vektorini qo`yish kerak
Yuklama aktiv bo`lgani uchun tok vektorlari, faza kuchlanish-larining vektor yunalishi bilan
ustma–ust tushadi.
Buni tushuntirish uchun, Kirxgofning birinchi qonuniga asosan tuzilgan toklarning geometrik nisbatiga ko`ra liniya toklarining vektor diagrammasi quriladi. Uni vektor diagramma qurish qulay
Shunday qilib, liniya toklarining vektorlarini qurish uchunfaza toklari vektorlarini geometrik qushish kerak. Bu ifodalarda manfiy ishorali faza toklarining vektori, tegishli musbat fazadagi toklar vektoriga kattaligi jihatdan teng, bo`lib yo`nalishi bo`yicha qarama-qarshidir.
b) notekis yuklama (8.3-rasm).
Bu hol uchun vektor diagramma qurish tekis yuklama uchun qurilgandek bajarilib, faqat faza
va liniya toklarining kattaliklari turlicha bo`ladi.
v) bir fazani ajratish (8.4-rasm).
Masalan: A fazani ajratganda bu fazadagi tok I АВ =0 bo`ladi. Vektor diagrammani qurish avvalgi xollardagidek bajarilib, faqat liniya toklarining vektorlari quyidagi nisbatlardan aniqlanadi.
5. Tekshiruv savollari
1. Qanday ulash uchburchak sxemada ulash deb ataladi ?
2. Iste'molchilar uchburchak sxemada ulanib, fazalarda simmetrik yuklama hosil qilganda, liniya va
faza kuchlanishlari , shuningdek, liniya va faza toklari orasidagi nisbat qanday bo`ladi ?
3. Liniya toki vektor diagrammada qanday aniqlanadi ?
4. Uch fazali zanjirning quvvati qanday aniqlanadi ?
Do'stlaringiz bilan baham: |