13-fakt: Dunyoda eng yaxshi sotilgan kitob
Dunyo bo’yicha hozirgacha eng ko’p o’qilgan va eng yaxshi sotilgan kitob bu — Injil (Xristianlarning muqaddas kitobi) dir.
Kitob tanlash to'g'risida
1. Kitob tanlash to’g’risida
2. Har bir soha yuzasidan yozilgan mukammal asarlar juda oz, boshqalarida esa mana shu oz asarlarda birmuncha to’la va tiniq yoritilgan narsalar takrorlanib, suyultirib buziladi. Faqat o’sha mukammal asarlarnigina o’qish darkor, boshqalarini o’qish vaqtni behuda sarflashdir. N.G. ChernishevskiyÒ
3. Bir vaqtlar kitoblarning taxchilligi ilmning o’sishiga ziyon yetkazgan edi. Hozir esa kitobning ko’pligi odamni esankiratib, shaxsiy mulohaza yuritishingga xalal beradi. K.VeberÒ
4. Faktlar va yozilayotgan asarlar shunchalik ko’pyib ketdiki, yaqin kelgusida hamma narsa tanlab olingan fikrlaru lug’atlarga borib taqalishi turgan gap. F.VolterÒ
5. Faqat yaxshi kitoblarnigina o’qish, ma’nosini idrok etishga arzigulik; miyani duch kelgan kitoblar bilan oziqlantirish uni o’z parvozidan mahrum etish, hatto nobud qilish demakdir. F.PetrarkaÒ
6. Modomiki hayot juda qisqa, bo’sh vaqt esa juda oz ekan, biz uni sayoz kitoblarni o’qishga isrof qilmasligimiz kerak. J.ReskinÒ
7. Kitoblarning soni emas, ularning yaxshisi foyda keltiradi. SenekaÒ
8. Kitob zamonamiz hayotidir. Kitobga hamma – keksa va yosh ham, ishbilarmon va bekorchi ham, bolalar ham zarurat sezadi. Butun gap ularga qanday kitoblarni tanlab berishdadir va eng avvalo shuni ta’kidlaylikki, ular uchun bema’ni kitoblarni o’qish umuman o’qimaslikdan ko’ra zararliqroqdir. V.G. BelinskiyÒ
9. O’zingiz va boshqalar uchun kitob tanlash ilmgina emas, san’at hamdir. N.A. RubakinÒ
10. Hozirgi zamon kishisi himolaysimon kutubxonalar qarshisida qum barxanlari qa’ridan oltim zarrasini izlayotgan ma’dan qidiruvchining holatidadir. S.I. VavilovÒ
11. Bobokalonlarimiz kitob topishga qiynalar edilar; hozirgi davrimida esa kitob tanlashga qiynalamiz. Mutolada juda ziyrak bo’lmoq zarur. J.LebbokÒ
12. Haqiqiy bilim orttirmoq uchun odam yaxshi kitoblarni, ya’ni bama’ni, aqlli kishilar va chinakam donishmandlar yozgan kitoblarni tanlamog’i lozim. U. ChenningÒ
13. Har qanday ishda ko’p yomondan oz bo’lsa-da, yaxshi durust. Kitoblarda ham shunday. L.N. TolstoyÒ
14. Hamma narsani o’qiyverish yaramaydi, dilda tug’ilgan savollarga javob bera oladigan kitoblarnigina o’qish kerak. L.N. TolstoyÒ
15. Nafaqat kitob tanlashda, balki uni o’qiyotganda ham undan aqlning parvoziga taalluqli jihatlarini ajrta bilmoq lozim. S.I. TaneevÒ
16. Kitoblarda zamonamizning haqiqiy xususiyatlarini axtarmoq va topmoq zarur. A. FadeevÒ
Do'stlaringiz bilan baham: |