Bog'liq 18-Maruza Transport tarmoqlar kirish-fayllar.org
Bunday turdagi kanallarni jamlash turiga plezeaxron (sal kam turg’un) raqamli ierarxiya (PDH) deyiladi. Bu haqidagi qo’llanmalar G.702 ITU-T standartida berilgan. [3] Bu turdagi multipleksorlashning asosiy noqulayligi shundaki, asosiy oqimdan kanalni ajratib olish uchun kanal ajratiladigan har bir stansiyada kanal hosil qilish ketma-ketligini bajarib chiqish kerak, bu esa texnik vositaning tan-narxini oshib ketishi va kanal sifat ko’rsatkichining yomonlashishiga olib keladi. PDH sistemaning ya’na bir noqulayligi davlatlararo oqimlarni tashkil qilishda ulardagi standartlarning bir-biriga to’g’ri kelmasligidir. Bundan tashqari raqamli sistemalar boshlab misli kabel va RRL tarmoqlarida uzatilganligi sababli, axborot 6 egallaydigan to’lqin kengligining ekonomiyasi dolzarb masala edi. Shuning uchun PDH sistemasida yaxshi boshqaruv va nazorat uchun yetarlicha joy bo’lmaganligi sababdir, busiz butun bir aloqa tarmoqg’ini yaratish mumkin emas.

Raqamli sistemalarning rivojlanib borishi bilan bundanda tezroq oqim uzatish tezliklariga ehtiyoj tug’ildi. Shuning uchun davlatlar kelishuviga binoan 140 Mb/cdan yuqori tezlikdagi oqimlarni uzatish uchun bitta standartda uzatishga kelishib olingan. Har bir davlatdagi raqamli oqimlarni hosil qilishning xilma-xilligini nazarga olgan holda, raqamli signalni uzatayotganda vaqtda bir xil formatda bo’lishi shart. Bunday umumiy oqim hosil qilish formatiga SDH (turg’un raqamli uzatish ierarxiyasi) deyiladi. G.707 ITU-T standarti 1988 yil qabul qilingan. Hozirgi kunda 140Mb/s dan yuqori tezlikda uzatish uchun SDH eng keng tarqalgan standartlardan biridir.