18-MA’RUZA
Asinxron MOTORning ISHGA TUSHURISH USULLARI VA mexanik xarakteristikasi.
REJA:
1. Asinxron dvigatelning pasportidagi ma’lumotlari bo’yicha mexanik xarakteristikasini qurish
2. Asinxron dvigatelning energetik diagrammasi va foydali ish koeffitsienti
3. Asinxrn dvigatelning ish xarakteristikasi
4. Asinxron dvigatelning aylanish tezligini rostlash va aylanish yo’nalishi ni o’zgartirish (reverslash)
Manba kuchlanishi o’zgarmas (U1=const) bo’lganda rotor aylanishlar soni (n2) ning aylantiruvchi momentga bog`liqlik egri chizig`i n2=f(M) asinxron dvigatelning mexanik xarakteristikasi deyiladi. Mexanik xarakteristika har qanday dvigatelning ish qobilyatini belgilaydi. Ma`lumki, stator aylanuvchan magnit maydon tezligi o’zgarmas (n1=cost) bo’lgani uchun rotorning aylanish tezligi bilan sirpanish orasidagi bog`lanish chizig`idir. Agar S=1 bo’lsa, n2=0; S=0 bo’lsa, n2=n1 bo’ladi. Mexanik xarakteristikada quyidagilarini belgilash mumkin:
kerak, ya`ni MI.T MQ. Aks holda dvigatelni harakatga keltirib bo’lmaydi. Asinxron dvigatel` aylanishlar sonining o’zgarish mexanik xarakteristikaning S nuqtasidan boshlab, V nuqta orqali o’tadi. Xarakteristikaning A-V qismidagi MNOM =MQ nuqtada dvigatelning vali n2NOM tezlik bilan aylana boshlaydi. Shunday qilib, mexanik xarakteristikaning S-V qismi tezlanish qismi, A-V esa ish qismi hisoblanadi. Asinxron dvigatel` xarakteristikaning ish qismida barqaror tezlik bilan aylanadi.
Agar biror sababga ko’ra t=t1 paytda qarshilik momenti MQ1 dan MQ2 ga o’zgarsa (12.3-rasm), u holda MQ M bo’lib, dvigatel` tormozlana boshlaydi. Natijada sirpanish S ortadi. Bu esa o’z navbatida EYuK, rotor toki va aylanuvchan moment qiymatining o’zgarishiga olib keladi. Bunday jarayon MQ M bo’lguncha davom etib, dvigatelning o’z-o’zini boshqarish jarayoni deb ataladi. Dvigatel` o’qiga qo’yilgan qarshilik momenti qiymatining kamayishi esa o’z-o’zini boshqarish jarayoniga ko’ra, rotor aylanishlar sonining ortishiga olib keladi. Odatda, dvigatellarda o’z-o’zini boshqarish jarayoni sekundning o’ndan yoki yuzdan bir ulushi mobaynida tugaydi.
Mexanik xarakteristikaning S-V qismida esa tezlikning har qanday o’zgarishi (kamayishi) aylantiruvchi momentning kamayishiga olib keladi, natijada dvigatel` to’xtaydi. Shuning uchun n=f(M) egri chiziqning S-V qismi mexanik xarakteristikaning beqaror qismi deyiladi. Ayrim hollarda maksimal moment qiymati dvigatelni to’xtatish momenti ham deyiladi, chunki Mmax ning Mmax ga ortishi dvigatelning tezda to’xtashiga sabab bo’ladi. 12.4-rasmda faza rotorli asinxron dvigatel` uchun mexanik xarakteristikalarning to’plamida ko’rsatilgan. Rotor chulg`amlari qarshiligi qiymatining ortishi xarakteristika egriligining oshishiga olib keladi. O`z navbvtida, ishga tushirish momentining qiymati ortadi, ishga tushirish tokining qiymati esa kamayadi. Odatda, chulg`ami aktiv qarshiliknigina hisobga olib ko’rilgan mexanik xarakteristika “qattiq” mexanik xarakteristika deb nomlanadi.
12.3-rasm. 12.4-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |