18 – ma’ruza. Darsning maqsadi. Mavzu: Vakuumda elektr toki. Тermoelektron emissiya xodisasi. Diod, Тriod lampalarni volt amper tavsifnomasi. Gazlarda elektr toki. Gaz razryadining volt amper tavsifnomasi



Download 290,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana11.01.2022
Hajmi290,15 Kb.
#350616
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
28dFBQEedtViy3NGYe4XoAtcICqoKTGDXWKExiA6

GAZLARDA ТOK. 

MUSТAQILMAS VA MUSТAQIL GAZ RAZRYaDLAR. 

Gaz  elektr  tokini  o’tkazishi  uchun  uning  molekulalarining  loaqal  bir  qismi 

tashqi  ta’sir 

(ionizator) 

ostida   



ionlanishi

    (ya’ni    ionlarga    aylanishi)  kerak. 

Ionlashishda gaz molekulasidan odatda bitta elektron uzilib chiqadi, buning natijasida 

molekula 



musbat ion

 bo’lib qoladi. Uzilib chiqqan elektron bir muddat erkin qoladi, 

yoki  darhol  gazning  neytral  molekulalaridan  biriga  birlashadi  ("yopishib  oladi")  va 

molekulani 



manfiy ionga

 aylantiradi. Shunday qilib, ionlashgan gazda musbat ionlar 

ham, manfiy ionlar ham, erkin elektronlar ham bo’ladi. 

Molekula  (atom)  dan  bitta  elektronni  uzib  chiqarish  uchun  ionizator  ma’lum 

ish bajarishi kerak, bu ish ionizatsiya ishi deb ataladi; ko’pchilik gazlar uchun uning 

qiymati 5 dan 25 



ev 

gacha chegarada bo’ladi. 

Gazda ionizatsiya bilan birga ionlarning rekombinatsiyalanish   protsessi ham 

boradi.  Natijada  ionlarning  ma’lum  konsentratsiyasi  bilan  xarakterlanuvchi 

muvozanat  holat  qaror  topadi,  ionlarning  bunday  konsentratsiyasi  ionizatorning 

quvvatiga bog’liq bo’ladi. 

Ionizator  ta’siri  to’xtaganda  gaz  ionlarining  konsentratsiyasi  darhol  nolgacha 

kamayadi (rekombinatsiya va ionlarning tok manbai elektrodlarga yopishishi sababli) 

va  tok  to’xtaydi.  Mavjud  bo’lishi  uchun  tashqi  ionizator  zarur  bo’lgan  tok 

mustaqilmas gaz razryadi

 deyiladi. 

Anchagina  kuchli  elektr  maydonidagi  gazda  o’

z-o’zidan  ionlanish

  protsessi 

boshlanadi,  buning  natijasida  gazda  tok  tashqi  ionizator  bo’lmaganda  ham  mavjud 

bo’lishi mumkin. Bunday turdagi tok 



mustaqil gaz razryadi

 deyiladi. 




O’z-o’zidan  ionlanish  protsesslari  umumiy  tarzda  shunday  bo’ladi.  Тabiiy 

sharoitda  gazda  hamma  vaqt  ham  oz  miqdorda  erkin  elektronlar  va  ionlar  bo’ladi, 

ular  kosmik  nurlar  va  atmosferada,  tuproqda  va  suvda  bo’ladigan  radioaktiv 

moddalarning  nurlanishidan  iborat  sun’iy  ionizatorlar  ta’siridan  hosil  bo’ladi. 

Anchagina  kuchli  elektr  maydoni  bu  zarralarni  shunday  tezliklargacha  tezlatishi 

mumkinki, ularning kinetik energiyasi ionizatsiya ishidan katta bo’ladi. 

Bunda  elektronlar  va  ionlar  (elektrodlarga  qarab  ketayotganda)  neytral 

molekulalar  bilan  to’qnashib,  bu  molekulalarni  ionlashtiradi.      Тo’qnashishlarda  

hosil  bo’ladigan    yangi  (ikkilamchi)  elektronlar  va  ionlar  ham  maydon  tomonidan 

tezlashtiriladi va o’z navbatida ular ham yangi neytral molekulalarni ionlashtiradi va 

hokazo. Gazning bunday o’z-o’zidan ionlashishi 

zarba bilan ionlashish

 deyiladi. 

Erkin elektronlar maydon kuchlanganligi 10

3

 



v/m 

tartibida bo’lganidayoq zarb 

bilan  ionlashtirishi  mumkin.  Ionlar  esa  maydon  kuchlanganligi  10

5

 



v/m

  tartibida 

bo’lgandagina zarb bilan ionlashtira oladi.  

9 - chizmada gazdagi 



I

 tok kuchining maydon kuchlanganligi 



Ye

 ga yoki 



L

U

E

 



bo’lgani  uchun,  maydon  manbaining  katodi  va  anodi  orasidagi  kuchlanish 

U

  ga 


bog’lanishining  eksprimental  grafigi  berilgan,  bu  yerda 

L  -

  elektrodlar  orasidagi 

masofa.  Egri  chiziqning 

O

a

  qismidagi  tok  maydonning  kuchlanganligiga  taxminan 

proporsional (ya’ni Om qonuniga muvofiq) o’sadi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Download 290,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish