18- asr oxirida ijod qilgan ikki iqtisodchi olimlar A. Smit va D. Rikordolar to`g`risida ma`lumot bering



Download 18,33 Kb.
Sana08.04.2022
Hajmi18,33 Kb.
#537673
Bog'liq
Iqtisodiy ta`limotlar tarixi 1-mavzuga topshiriq


SAVOLLAR:





  1. 18- Asr oxirida ijod qilgan ikki iqtisodchi olimlar A.Smit va D.Rikordolar to`g`risida ma`lumot bering.

  2. A.Smit va D.Rikordolar to`g`risida to`plagan ma`lumotlaringizni jadval ko`rinishiga keltiring.



Javoblar:
1. Adam Smith (talaffuzi:Adam Smit; choʻqintirilgan va tahminlarga koʻra 1723yilning 5-iyunida tugʻilgan, eski yil boʻyicha)(16-iyunda yangi yil boʻyicha), 1790-yilning 17-iyulida, Kirkaldida vafot etgan) – shotlandiyalik iqtisodchi, faylasuf – etik; zamonaviy iqtisodiy nazariyaning asoschilaridan biri hisoblanadi.
SMIT (Smith) Adam (1723.5.6, Kerkoldi, Shotlandiya — 1790.17.7, Edinburg) — shotlandiyalik ingliz iqtisodchisi, klassik siyosiy iqtisod maktabining taniqli vakili. Glazgo va Oksford un-tlarida oʻqigan.
Glazgo untida prof. (1751—63). 1778 yilda Edinburgda bojxona komissari, 1787 yilda Glazgo un-ti rektori. 1759 yilda bosilib chiqqan "Axloqiy hissiyotlar nazariyasi" kitobi axloq, xulq qoidalariga bagʻishlangan. 1776 yilda eng asosiy iqtisodiy asari "Xalqlar boyligining tabiati va sabablari toʻgʻrisida tadqiqot" nashr etiddi. Asar 5 kitobdan iborat. Asardaoʻshadavrdagi mavjud boʻlgan jami iqtisodiy qarashlar yagona tartibga keltirildi, siyosiy iktisod fani iqtisodiy bilimlar tizimiga aylandi. S. fikricha, har bir odam xoʻjalik faoliyatida dastlab oʻz shaxsiy manfaatini koʻzda tutadi, ammo bu holatda ham koʻp holatlardagi kabi, "koʻrinmas qoʻl" uni boshqa maqsad sari yoʻnaltiradi. "Koʻrinmas qoʻl" — bu obʼyektiv iqtisodiy qonunlarning stixiyali harakati. S. foyda (manfaat) ketidan quvish va raqobatni butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraydi. S qarashlarida kapitalistam jamiyat tabiiy tuzum; jamiyat 3 sinfga: kapitalist, ishchi va yer egalariga ajratiladi. Har bir sinf i.ch. omillari (kapital, mehnat, yer) va daromad (foyda, ish haqi, renta)ga ega boʻlib, ular oʻrtasida hech qanday qaramaqarshilik yoʻq deb izoxlanadi. S. qiymatning mehnat nazariyasini yanada rivojlantirib jamiyat (xalq) boyligi i.ch. jarayonidagina mehnat tufayli paydoboʻladi, iqtisodiy rivojlanish (progress)ning muhim omili mehnat taqsimotidir, degan xulosaga keladi. S. nuqtai nazariga koʻra, xalqlarning boyligi jamiyatda unumli mehnat bilan band boʻlgan aholi hissasi va mehnat unumdorligi darajasi bilan belgilanadi. S. daromad va ish haqi masalalarini chuqur tadqiq etadi. Har bir sinf oʻzining asosiy daromadini: ishchilar ish haqi, kapitalistlar foyda, yer egalari esa renta oladilar. S. ish haqi tirikchilik minimumidan ancha ortiq boʻlishi, bolalar hayoti va tarbiyasiga oid harajatlar ham hisobga olinishi, ish haqi milliy boylikoʻsishiga bevosita boglik boʻlishi kerak degan fikrni olgʻa suradi. U fanga asosiy (S) va aylanma kapital (V) tushunchalarini kiritgan. S. iqtisodiyotda davlatning oʻrni masalasiga katta eʼtibor beradi. S. xalqaro erkin tashqi savdo eksport va import harajatlari afzalligi tufayli amalga oshadi deb hisoblangan ("mutlaq afzallik tamoyili").S.ning taʼlimoti keyingi iqtisodiy tafakkur rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi (asosiy asari olim hayotligi davrida 5 marta qayta nashr etilgan). S.ning ilmiy gʻoyalari klassik siyosiy iqtisodning asosini tashkil etadi.
Adam Smith 1723-yil iyun oyida tugʻilgan (aniq tugʻilgan kuni aniq emas) va 5-iyun Kerkkoldi shahrining Fayf okrugida choʻqintirilgan,uning otasi bojxona hodimi boʻlib ishlagan.Adamning otasi uning tugʻilishiga 6 oy qolganda olamdan oʻtgan.4 yoshligida siganlar tomonidan oʻgʻirlanib ketilgan,lekin tezda togʻasi uni qidirib topib, onasiga qaytarib olib kelgan.Tahminlarga koʻra, Adam oilada yagona farzand boʻlgan, uning akalari yoki opalari haqida hech qanday yozma manbalar topilmagan. Adam Smith 14 yoshida Glazgo Universitetiga oʻqishga kirgan, Frensis Xatchenova rahbarligi ostida ikki yil falsafa faninining etik asoslarini oʻrganadi. 1746-yilda Oksforddagi Beylliol – Kollege ga oʻqishga kirgan va 1746 - yilda oʻqishni tamomlagan. Lord Keyms koʻmaqi bilan Adam Smith 1748-yilda Edinburgda ma'ruza oʻqishni boshlagan.Uning ma'ruzalari ritorika, xat yozish san’atiga bagʻishlangan va keyinchalik “boylikka erishish” fani boʻyicha ham ma'ruzalar oʻqigan. Aynan ana shu fanda birinchi marta “tabiiy erkinlikning oson va yorqin ifodasi” iqtisodiy falsafasi mazmunini ochib bergan,bu esa oʻz navbatida uning taniqli asari “Aholi daromadlarining tabiati va kelib chiqishi sabablari”da oʻz aksini topgan. 1750-yillarda Adam Smith oʻzidan oʻn yosh katta boʻlgan David Hume bilan tanishadi.Ular qarashlarining oʻhshashligi ularning qoʻyidagi fanlarda birga olib borgan izlanishlarida oʻz aksini topgan: tarix, siyosat, falsafa, iqtisodiyot va din. Bu shuni koʻrsatadiki ular birga intellektual alyans tashkil etishgan, bu esa Shotlandiyaning uygʻonish bosqichida muhim rol tutgan.
1751-yilda Adam Smithga mantiq fani boʻyicha Glazgo Universitetida professorlik unvoni berilgan. Smith etika, ritorika, huquqshunoslik va siyosiy iqtisodiyot boʻyicha ma`ruzalar oʻqigan.1759 - yilda A.Smit ma`ruzalar
toʻplamidan iborat maqolani chop etgan.A.Smit oʻzining bu maqolasida etik hulq qoliblari toʻgʻrisida gapirib oʻtgan va uni aholini muqobil holatda ushlab turuvchi qurol sifatida ko’rsatib oʻtgan.
Adam Smit 1776-yilda chop etilgan “Aholi daromadlarining tabiati va kelib chiqishi sabablari” kitobi tufayli dunyoga tanilgan.
Adam Smit 1776-yilda Londonga kelgach, bu erda oʻz “Aholi daromadlarining tabiati va kelib chiqishi sabablari” asarini chop etgan. Bu asarda Iqtisodiy erkinlikning oqibatlari toʻgʻrisida izchil koʻrsatmalar berilgan.Shu bilan birga u bu asarda laissez – faire, egoizmning roli,mehnat taqsimoti, bozor funksiyalari va erkin iqtisodiyotning halqora tushunchasi toʻgʻrisada ham muhokamalar olib borgan. Aholi daromadlari iqtisodiyotni fan sifatida namoyon etdi va erkin tadbirkorlik nazariyasiga asos soldi. Smit shunday intelektual sistemani koʻrsatdiki,bu sistema erkin bozorning ishlash mexanizmini ochib berdi va hozirgi kunga qadar bu mexanizm iqtisodiy bilimlarning asoslaridan biri hisoblanadi. Smitning eng taniqli aforizmi – bu bozorning koʻrinmas qoʻli – u bu tushunchani egoismni tushunturish, resurslar taqsimotining samarali richagi sifatida koʻrsatadi.
1778-yilda Adam Smit Edinburg, Shotlandiya bojxona boshqarmasiga boshliq etib tayinlangan. Adam Smit shu erda uzoq davom etgan kasalligi tufayli 17- iyul 1790 - yilda vafot etgan.
David Ricardo (18-aprel 1772-yil, London, Birlashgan Qirollik — 11-sentabr 1823-yil, Glostershir grafligi) — ingliz iqtisodchisi, klassik iqtisodiy maktab namoyandasi. Dastlab 1793—1812-yillarda tijorat ishlari bilan shugʻullanib katta boylik orttirdi, keyinchalik ilmiy faoliyat bilan shugʻullandi. 1819—23-yillarda Angliya parlamentining aʼzosi.[1][2]
Ricardoning ilmiy ishlari ish haqi, foyda va renta masalalariga bagʻishlangan. Uning iqtisodiyot fanidagi tarixiy oʻrni, birinchi navbatda, kapitalizmning iqtisodiy munosabatlarini qiymatning mehnat nazariyasi nuqtai nazaridan tadqiq etishni boshlab berganligidan iborat. Ricardo tovar qiymatining yagona manbai ishchining mehnati boʻlib, aholining daromadlari — ish haqi, foyda, foiz, rentalar shu tovar qiymatiga asoslanadi, deb qaradi. Ricardo „Siyosiy iqtisod va soliqqa tortish asoslari“ (1817) asarida ishchining ish haqi bilan sohibkorning foydasi oʻrtasidagi nisbatning teskari proporsionalligini asoslab, ishchi va kapitalist iqtisodiy manfaatlarining zid ekanligini koʻrsatadi. Ricardo shugʻullangan asosiy masalalardan biri — yaratilgan ijtimoiy mahsulotning asosiy 3 sinf — sanoatchilar (foyda), ishchilar (ish haqi), yer egalari (renta) oʻrtasidagi taqsimoti muammosi boʻlgan. Ricardo renta nazariyasini asoslab berdi. Ricardo nazariya va amaliyotda erkin savdotarafdori boʻlgan. Ricardo Angliyaning tashqi aloqalari uning iqtisodiyotida katta rol oʻynashini alohida oʻrgandi. U birinchilardan boʻlib ayrim tovarlarni i.ch.gina emas, balki mamlakatlar oʻrtasida xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning ahamiyati katta ekanligini koʻrsatdi, tashqi savdoda qiyosiy afzalliklar nazariyasini asoslab berdi.
Adam Smit iqtisodchi va faylasuf,ingliz burjua klassik siyosiy iqtisodi namoyondasidir.1759-yilda A.Smitning ``Ma`naviy tuyg`ular nazariyasi`` kitobi,1776-yilda esa uning asosiy asari-``Xalqlar boyligining kelib chiqishi va sabablari xususidagi tadqiqot``kitobi nashr etildi.A.Smitning ushbu asari jahon ilm-u fani xazinasidan munosib o`rin egalladi.Asar 5 kitobdan iborat.Asarda o`sha davrdagi mavjud bo`lgan jami iqtisodiy qarashlar yagona tartibga keltirildi,siyosiy iqtisod fani iqtisodiy bilimlar tizimiga aylandi.Bu kitob iqtisod sohasida birinchi zamonaviy ish bo`lib hisoblanadi.
``Xalqlar boyligining kelib chiqishi va sabablari xususida``gi asarida A.Smit iqtisodiy taraqqiyotning manbalari,yo`nalishlari va rag`batlarini ko`rsatib berdi.1759-yilda bosilib chiqqan ``Axloqiy hissiyotlar nazariyasi ``kitobi axloq,xulq qoidalariga bag`ishlangan.
Rikardoning eng mashhur asari ``siyosiy iqtisod va soliq solish qoidalari`` deb ataladi.U bu asarni 1847-yilda yozgan.Bu asar uni mumtoz siyosiy iqtisod g`oyalarining Adam Smitdan keying eng taniqli ifodalovchisi darajasiga ko`taradi.1817-yilda Devid Rikardo siyosiy iqtisod va soliqqa tortishprintsiplarini e`lon qildi.Ushbu matnda Rikardo o`zining tarqatish nazariyasiga qiymat nazariyasini kiritdi.Devid Rikardoning muhim iqtisodiy masalalarga javob berishga urinishlari iqtisodiyotni misli ko`rilmagan darajadagi nazariy murakkablikka olib keldi.
Rikardoning ilmiy ishlari ish haqi,foyda va renta masalalariga bag`ishlangan.Uning iqtisodiyot fanidagi tarixiy o`rni, birinchi navbatda kapitalizmning iqtisodiy munosabatlarini qiymatning mehnat nazariyasini tadqiq etishdan boshlagan.Rikardo ``Siyosiy iqtisod va soliqqa tortish asoslari``(1817)asarida ishchining ish haqi bilan sohibkorning foydasi o`rtasidagi nisbatning teskari proporsionalligini asoslab , ishchi va kapitalist iqtisodiy manfaatlarning zid ekanligini ko`rsatadi.
A.Smit «Odamlar boyligining tabiati va sabablari to‗g‗risida tadqiqot» (1776-y.) asarida talab va taklif asosida shakllanadigan erkin narxlar asosida bozor o‗z-o‗zini tartibga solishi («ko‗rinmas qo‗l») g‗oyasini ilgari suradi. Insonni faollashtiradigan asosiy rag‗bat shaxsiy manfaatdir, deb ko‗rsatadi. D.Rikardo foydaning yagona manbayi mehnat ekanligini ko‗rsatadi.
Adam Smit ko`pincha ``iqtisodiyotning asoschisi `` sifatida tasvirlangan.Bozorlar haqidagi nazariya haqidagi standart nazariya Adam Smit tomonidan ishlab chiqilgan.Ikki kitob ,axloqiy nazariya nazariyasi va tabiatga oid tadqiqotlar va xalq boyliklarining sabablari katta ahamiyatga ega.``Millatlar boyligi``-bu 5 ta kitob seriyasidir va iqtisod sohasida birinchi zamonaviy ish bo`lib hisoblanadi.Aniqroq misollarni qo`llash orqali Adam Smit bir milllatning farovonligi va tabiatini ochib berishga urindi.Sinov jarayonida u iqtisodiy tizimning tanqidiga uchradi.
Smitning g`oyalari qay tarzda ko`rib chiqilganligiga qaramasdan ,``Millatlarning boyligi va uning sabablari`` so`zi bu mavzu bo`yicha eng muhim kitob bo`lib hisoblanadi.Hech shubha yo`qki,erkin bozor kapitalizmining eng muhim matnidir.
David Rikardo Adam Smitning 20-yillarning oxirlarida bo`lgan Millatlar salomatligi (1776)ni o`qidi.Bu butun hayotini davom ettirgan iqtisodga qiziqisg uyg`otdi.1809-yilda Rikardo gazeta maqolalari uchun iqtisod sohasida o`z g`oyalarini yoza boshladi.
Hisobotda qoramolllarning quyi bahosining ta`siri Stokdagi foydaning foydasiga (1815),Rikardo daromadlarning kamayishi qonuni deb nomlangan narsa haqida gapirdi.
(Ushbu tamoyil Maltus,Robert Torrens va Eduard G`arb tomonidan bir vaqtning o`zida va mustaqil ravishda aniqlangan).
1817-yilda Devid Rikordo siyosiy iqtisod va soliqqa tortish prinstsiplarini e`lon qildi.Ushbu matnda Rikordo o`zining tarqatish nazariyasigaqiymat nazariyasini kiritdi.Devid Rikordoning muhim iqtisodiy masalalarga javob berishga urinishlari iqtisodiyotni misli ko`rilmagan darajadagi nazariy murakkablikka olib keldi.
Klassik tizimni ilgari hech kimdan ko`ra aniqroq va izchil deb e`lon qildi.Uning fikrlari ``Klassik`` yoki``Rikardiya`` maktabi deb nomlandi.Uning g`oyalari kuzatilgan bo`lsa-da,ular asta-sekin almashtirildi.Ammo bugungi kunda ham ``Neo-Rikardiya`` tadqiqot dasturi mavjud.
Download 18,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish