17-вариант топширик Саволларга жавоб беринг



Download 44,54 Kb.
bet2/2
Sana03.07.2022
Hajmi44,54 Kb.
#736855
1   2
Bog'liq
17-variant.G\'ayratova Sh

Tarbiya – o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo‘lib, tarbiyalanuvchini ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir etish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashini, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda xalqning boy mafkuralariga yo‘naltirilgan qizg‘in faoliyat jarayonidir. Tarbiya asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va his-tuyg‘ulari rivojlanadi, o‘zida ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topish uchun zarur bo‘lgan, kishilar bilan o‘zaro munosabatni to‘g‘ri tashkil etishga xizmat qiladigan axloqiy odatlar hosil bo‘ladi.
Tarbiya jarayonida jamiyatning shaxsga nisbatan axloqiy talablariga muvofiq keluvchi xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga o‘qituvchi tomonidan pedagogik mahorat qonuniyatlari asosida ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiyaning mohiyati va mazmuni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy maqsadlarini ifodalaydi, jamiyatning fuqarolar oldiga qo‘yadigan talablaridan kelib chiqib asoslanadi. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liqligi qadimdan o‘z isbotini topgan.

Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Zero, “Sog‘lom avlodni tarbiyalash – buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asoslarini qurish deganidir”. Barkamol avlod tarbiyasi erkin va demokratik jamiyat taraqqiyoti uchun naqadar dolzarblik kasb etishini mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov shunday ifodalaydi: “Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”.



2.Pedagogik takt – o‘qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo‘lib, o‘quvchilarga barcha demokratik talablar asosida pedagogik ta’sir o‘tkazish, muloqotni insonparvarlik tuyg‘ulari asosida o‘rnatish o‘lchovi, o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni hamda ongli intizomni tarkib toptirish ko‘nikmalarini hosil qilish shaklidir. Pedagogikada o‘qituvchining o‘quvchilar bilan munosabati ularning yosh xususiyatlariga qarab belgilanishi va bu qonuniyatga amal qilinishi qat’iy talab qilinadi. Shunday ekan, o‘qituvchi ta’lim–tarbiya jarayonida hali to‘liq shakllanmagan, ta’sirlarga va ruhiy kechinmalarga tez beriluvchi, ota–onasining sevimli farzandi bo‘lgan murg‘ak qalb egalari bilan muloqot qilayotganligini aslo unutmasligi kerak.
Pedagogik nazokat – o‘qituvchi axloqiy-ma’naviy qiyofasini namoyon etuvchi me’yor tuyg‘usi yoki xulq va odob qoidalariga rioya qilishi demakdir.
Pedagogik nazokat o‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatini tashkil qilish vositasi. Psixologik til bilan aytilganda, nazokat insonning bir qolipdagi barqaror tasavvurlarida mujassamlashgan shaxsiy insoniy hislatlarining yig‘indisidir
Hozirgi kunda informatsion jarayonning jadal rivojlanishi o‘quvchi ruhiyatiga keskin ta’sir qiladi. Ularning psixologik xususiyatlarini, ruhiy holatini bir maromda ushlab turish uchun o‘qituvchidan kuchli iroda, muomala madaniyati va bosiqlik, pedagogik mahoratning keng imkoniyatlaridan foydalanish talab qilinadi. Yosh avlod tarbiyasida o‘qituvchi eng qiyin vaziyatlarda ham pedagogik nazokatning quyidagi holatlariga rioya qilishi va ushbu faoliyatga o‘zini moslashtirishi lozim:

  • emotsional his tuyg‘ular va kechinmalarda, stress va affekt holatlarida o‘zini boshqara olish qoidalariga rioya qilish;

  • o‘zining xulq-atvor xususiyatlarini doimiy bir muvozanatda saqlagan holda qo‘llash;

  • bachkana qiliqlar, ortiqcha hatti-harakatlar, pedagogik etikaga to‘g‘ri kelmaydigan bema’ni so‘zlardan o‘zini qat’iy tiyish;

  • o‘qituvchiga xos notiqlik san’ati sirlarini puxta egallash, o‘quvchi shaxsiga og‘ir ta’sir etadigan, uning ruhiyatini jarohatlaydigan iboralarni ishlatmaslik, muomalada, jazo metodlaridan foydalanishda qo‘pol va dag‘al so‘zlar qo‘llamaslik;

  • dars jarayonida hissiy, aqliy bilim berishda belgilangan muayyan psixologik va fiziologik me’yorlarga asoslanish, manmanlikka yo‘l qo‘ymaslik, o‘z holatidan boshqa holatga o‘tishdan saqlanish;

  • o‘qituvchilar jamoasi va o‘quvchilar bilan, ota-onalar hamda notanish kishilar bilan munosabatda kommunikativ qobiliyatning rasmiy va qat’iy muomala hamda ishbilarmonlik uslublariga asoslanish.



3. Jaloliddin Rumoniy byukligi Yana Shundaki, u Isloming Ulug shoir va mutafakkir Golda barchaning madhabbar va dinlardan Yukori usaril oldi, Bunny birlashtiruvchisi olni surab, yuk bir-biriga inonish va inonish, sevgi va sirishinish, poklik va sizanish g'oyalarining yagona ilohiyotchisi xisoblanadi. "Har xil so'zlar, ammo maqsad birdir, ya'ni Allohning huzuridir", Deya Ulug ' Tangr Allohning haqligini va uning teng bo'lishligini isbotlab berdi.
Rumiy izhodi Yuksak bilangina yomon emas, balki uyum mantig'i, darga boyligi bila falsafiy Mutavakkil ham qatta ta'sir qiladi. Uningg tabiat va hayot kuchi jazalaring doimiy Vaisishi, Behgarishda Ekani, Eskin Juhotib, yangining Bohlishi – "danening antixlar birligidan Djangi"dan frazatligi davrashlari, Hegeling etiroflari nemis faylasufi, dialektik usul jarlatishga berilganligi. Gegel va Marksdanning faylasuflari, Shopenhauer va Kantdan, Niilich va Freidan Muqaddas Rimning hammualliflari, hammualliflari E. E. E. E. E. E. eklanatlardir.
Adamning buyuklik darajasin uningdagi kanchalar aslida aniq topganiga karab tuqilgan. Lekin nihoyat, kuzatish darajasiga-Kyrgyzstan rezidenti, uning'kimligin buni tasavvur qila olardi. Radiy Fishning "Jaloliddin Rumiy" Bilan vafoti romanid allomoy sadliq shundai shuxlar bitilganki: "Turklardin va xorasoniylar, yunlar va armanlar va boshqalar.
Husayn Voiz Koshifiy Alisher Navoiyning zamondoshi, u bilan bar davrda yashagan, ijod qilgan. Husayn Voiz Koshifiyning eng asosiy fazilati uning ilm egasi ekanligidadir. U juda ko‘p fanlarni egallagan va ularning har birida chuqur ilmiy-tadqiqotlar olib borgan mashhur olimlardan biridir. Quyidagi asarlar uning qalamiga mansub: “Javohirut tafsir” yoki “Tafsiri Husayniy”, “Mavohibud dunyo”, “Lubbi lubob”, “Anvori Suhayliy”, “Ravzatush shuhado”, “Dah majlis”, “Axloqi Muihsiniy”, “Mavzonul insho”, “Sabo”, “Koshifiya”, “Asrori Qosimiy”, “Hotamnoma”, “Matla’ul anvor”, “Ixtiyoriyot”…
Og‘zaki ijrochilik, ifodali o‘qish va nutq odobi. Badiiy adabiyot paydo bo‘lishi bilan uning ifodali o‘qilishi, og‘zaki ijrochiligi ham maydonga keladi. Badiiy so‘z san’atkori xalq o‘rtasida ijodkor emas, balki ijrochi sifatida ko‘proq e’tiborga ega bo‘lgan. Jumladan, “Avesto”ning yaratuvchilari, bora-bora uning professional ijrochilariga aylanib qolgan kohinlar toifasi xalq orasida adiblar sifatidagina emas, balki jonli so‘z sehri bilan mo‘jizalar ko‘rsatuvchi mutaxassislar sifatida ham katta e’tibor qozonganlar. Tarixiy taraqqiyot davomida adabiyot bilan birga ijrochilik san’ati ham rivoj topa boradi. Masalan, O‘rta Osiyoda shoirlar bilan bir qatorda, ularning asarlarini majlis-anjumanlarda, keng mehnatkash xalq orasida ijro etuvchi san’atkorlar – roviylar toifasi paydo bo‘ladi.
Download 44,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish