Ishchi rayosati a’zolari:
Faxriddin Xaydarov- Maktabgacha ta`lim direktori
SHerali Tovboev- KUQ raisi
Norqul Achilov - Tuman kengashi raisi
Kun tartibi:
Baxmal tuman 17-son DMTTda mehnat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyalashga qaratilgan Maktabgacha ta`lim ma’muriyati va kasaba uyushma tashkilotchisi o‘rtasida 2021-2024 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasini 2020 yilda bajarilish ahvoli.
2021-2023 yillarga muljallangan “Jamoa shartnomasi”ni kabul kilish tugrisida.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan
Eshitildi. 1-masala yuzasidan: Maktabgacha ta`lim direktori F.Xaydarov- “2020 yil davomida jamoa shartnomasida belgilangan ish beruvchining majburiyatlarining bajarilishi hamda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan” axborot berdi.
Kasaba uyushma tashkilotchisi raisi SH.Tovboev – “Kasaba uyushmasi tashkilotchisining 2020 yil davomidagi faoliyati” haqida hisobot berdi.
Hisobot yuzasidan muzokoraga so‘zga chiqdilar: M.Erjigitova, D.Abdusaidova, A.Mamatov va A.Erjigitovlar olib borilgan ishlar haqidagi o‘z fikr va mulohazalarini aytib, kasaba uyushmasi tashkilotchisining o‘tgan davrdagi faoliyatini “qoniqarli” deb topish taklifini bildirdilar. Jamoa shartnomasini bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya a’zosi A.Egamkulov - Maktabgacha ta`lim ma’muriyati va kasaba uyushma tashkilotchisi o‘rtasida 2021-2024 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasini bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya dalolatnomasi bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.
Dalolatnoma yuzasidan muzokoraga so‘zga chiqdilar: A.Saidov, D.Jonizokov va O.SHabbozovlar dalolatnomani mukammal tayyorlanganligi, bajarilmagan bandlarni kelgusi yilda bajarilishiga e’tibor kuchaytirish lozimligini ta’kidlashdilar hamda dalolatnomani tasdiqlash taklifini bildirdilar.
Taklif bir ovozdan ma’qullandi. Yig‘ilish birinchi masala yuzasidan qaror qabul qildi (qaror ilova qilinadi).
2-masala yuzasidan: Maktabgacha ta`lim direktori Faxriddin Xaydarov- 2021-2023 yillarga muljallangan “Jamoa shartnomasi” loyixasi bilan yig‘ilish ishtirokchilarini yana bir bor tanishtirdi.
Kasaba uyushma kumitasi raisi SHerali Tovboev– Jamoa shartnomasi loyixasi tuman kengashi ekspertiza komissiyasidan o‘tkazilganligi va tegishli joylariga o‘zgartirish hamda tuzatish takliflari kiritilganligi haqida axborot berdi.
2-masala yuzasidan S.Kushnazarov, SH.Xalilov, G.Xujanov va X.Abdurasulovlar o‘z fikr va muloxazalarini aytib, Jamoa shartnomasini qabul qilish taklifini kiritishdi.
Taklif bir ovozdan ma’qullandi. Yig‘ilish ikkinchi masala yuzasidan qaror qabul qildi (qaror ilova qilinadi).
Yig‘ilish raisi: F.Xaydarov.
Yig‘ilish kotibi: M.Erjigitova.
Do'stlaringiz bilan baham: |