Taraflar mehnat vazifalarining halol va sifatli bajarilishi xodimlar farovonligining negizi ekanligini e’tirof etadilar.
Ish beruvchi O‘zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta`lim gacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida»gi Qonuni va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida ta’lim jarayonini tashkil qiladi. Bu masalada Ish beruvchi kasaba uyushmasini kutilayotgan tashkiliy o‘zgarishlar, ish haqi va mehnat sharoiti yuzasidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan tadbirlar to‘g‘risida xabardor qilib turadi.
Ish beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5775-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 349-sonli qaroriga to‘liq rioya etish majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.
Ish beruvchi barcha bo‘g‘in kasaba uyushmasi vakillarini Ustav vazifalarini bajarish uchun ish joylariga moneliksiz qo‘yishi zarur.
Kasaba uyushmasi tashkilotchisi
a) ijtimoiy-mehnat munosabatlariga oid masalalarni, shuningdek ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda xodimlar nomidan ish ko‘rish;
b) Kasaba uyushmasi tashkilotchisi vakillarini Maktabgacha ta`lim boshqaruvining organlariga saylanishi imkoniyatlaridan foydalanish;
v) kasaba uyushmasiga xos uslublar yordamida Maktabgacha ta`lim ning barqaror faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashish;
g) ichki mehnat tartibi qoidalariga, mehnat intizomiga rioya etilishiga, mehnat vazifalari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga ko‘maklashish;
d) Maktabgacha ta`lim ni boshqarish, jamoa shartnomasi majburiyatlarini takomillashtirish, xodimlarning mehnat shartnomasidagi vazifalarni to‘liq va sifatli bajarishlariga ko‘maklashuvchi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning joriy va istiqbolli reja va dasturlarini qabul qilish kabi masalalar yuzasidan jamoa muzokaralarini olib borish bo‘yicha takliflarni Ish beruvchiga kiritib borish;
e) xodimlarni ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlarida ishtirok etishlariga ko‘maklashish;
z) tarmoq ko‘rik-tanlovlarida ishtirok etish tashabbuslari bilan chiqish, shuningdek, elektr energiyasi va yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash bo‘yicha eng yaxshi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti tarmoq ko‘rik-tanlovida ishtirok etish;
i) ijtimoiy himoyalash, ta’lim sohasini rivojlantirish kabi Prezident Farmonlari, Hukumat qarorlari yuzasidan o‘quvlar tashkil qilish majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.
Xodimlar:
a) o‘z mehnat vazifalarini halol bajarish, Ish beruvchiningfarmoyishlari va buyruqlarini o‘z vaqtida va sifatli ijro etish;
b) ichki mehnat tartibi qoidalariga, o‘rnatilgan mehnat rejimiga va mehnat intizomiga rioya qilish majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladilar.