2021-2023 yillar uchun yangi jamoa shartnomasini tuzish yuzasidan muzokaralarni tashkil etish to‘g‘risida
2021-2024 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining amal qilish muddati tugashi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 31-moddasiga binoan 2021-2023 yillar uchun yangi jamoa shartnomasini tuzish yuzasidan muzokaralar tashkil etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 32-moddasiga binoan muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash uchun teng huquqlilik asosida tegishli vakolatlarga ega bo‘lgan har tarafdan 3 kishidan iborat quyidagi komissiya tarkibi tasdiqlansin:
Ish beruvchi vakillari
Xodimlar vakillari
A.Egamkulov
A.Urolov
U.Kuljonov
A.Saidov
A.Abdusaidov
M.Erjigitova
Ushbu komissiya o‘z navbatida “YAkka mehnat nizolari komissiyasi” etib ham tayinlansin hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 259-270 moddalariga muvofiq ish olib borsin.
Komissiyaga:
jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya ishini har haftaning seshanba va juma kunlari o‘quv mashg‘ulotlari tugagach, Maktabgacha ta`lim ning kasaba uyushmasi tashkilotchisi raisi xonasida o‘tkazish;
jamoa shartnomasiga kiritish uchun takliflar yig‘ish;
muassasaning moliyaviy imkoniyatlarini inobatga olish va faoliyatni keng tahlil qilish;
jamoa shartnomasida XMTning O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Konvensiyalari, Tarmoq kelishuvlari me’yorlari aks ettirilishini ta’minlash;
jamoa shartnomasi loyihasi tayyor bo‘lgach, 2021 yilning yanvar oyida ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Baxmal tuman kengashiga ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etish;
ekspertiza xulosasiga ko‘ra umumiy yig‘ilish muhokamasiga kiritish hamda 1-ilova keltirilgan tartibga muvofiq umumiy yig‘ilish hujjatlarini rasmiylashtirish;
jamoa shartnomasi imzolangach muntazam ravishda ijrosini nazorat qilish va yil yakunida muhokama qilish vazifalari topshirilsin.
Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi 2021 yil yanvar oyining uchinchi o‘n kunligida Maktabgacha ta`lim ning majlislar zalida o‘tkazilsin.
Komissiya a’zolarining muzokaralarni olib borish vaqtida o‘rtacha ish haqi va jamoa shartnomasi bilan belgilab qo‘yilgan imtiyozlar saqlanib qolinsin.
Ushbu qaror ijrosini ta’minlash Maktabgacha ta`lim direktori F.Xaydarov hamda kasaba uyushmasi tashkilotchisi raisi SH.Tovboevlar zimmalariga yuklatilsin.