21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi
debet
kredit
1
Mahsulotlarni sotish aks ettirildi
2
QQS aks ettirildi
3
Sotilgan mahsulotning tannarxi hisobdan chiqarildi
4
Davr xarajatlari hisobga olindi
5
Mulkni ijaraga berishdan olingan daromad aks ettirildi
6
Ijara haqi bo’yicha QQS aks ettirildi
7
Daromad (foyda) solig’i hisoblandi
8
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i hisoblandi
9
Hisobot davrining oxirida moliyaviy natija aniqlandi
10
Hisobot davrining sof foydasi (zarari) hisobdan chiqarildi
2-Masala. Maqsad – moliyaviy natijani aniqlash va hisobga olish tartibini o’rganish.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar. Korxona hisobot yilida 12 000 ming so’mlik mahsulot sotdi.
Sotilgan mahsulotlarning tannarxi 6 000 ming so’mni, mahsulotlarni sotish xarajatlari 1 700 ming so’mni tashkil qilgan.
Korxonada hisobot yilida boshqarish bo’yicha joriy xarajatlar 1 200 ming so’mni tashkil qilgan.
Ushbu yilda korxona mulkni ijaraga berishdan 2 400 ming so’m summada daromad oldi. Mulkni ijaraga berish bilan bog’liq xarajatlar (amortizatsiya ajratmalari, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning ish haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalarning tegishli ulushi) 1 600 ming so’mni tashkil qilgan.
1 440 ming so’m summada yagona soliq to’lovi hisoblangan.
Hisobot yilining 1 yanvar holatiga ko’ra korxona taqsimlanmagan foydaga ega bo’lmagan.
Topshiriq: Korxonaning soliq to’lagunga qadar daromad (foyda)sini aniqlang;
Korxona tomonidan to’lanadigan yagona soliq summasini aniqlang;
Korxonaning hisobot davridagi moliyaviy natijasini hisoblang;
Quydagi amallarni aks ettiring:
№
Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni
Summasi, ming so’m
21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi
debet
kredit
1
Mahsulotlarni sotish aks ettirildi
2
Sotilgan mahsulotning tannarxi hisobdan chiqarildi
3
Sotish xarajatlari hisobdan chiqarildi
4
Joriy xarajatlar hisobdan chiqarildi
5
Mulkni ijaraga berishdan olingan daromad aks ettirildi
6
Ijara bo’yicha xarajatlar hisobdan chiqarildi
7
Yagona soliq to’lovi hisoblandi
8
Hisobot davrining oxirida moliyaviy natija aniqlandi
9
Hisobot davrining sof foydasi (zarari) hisobdan chiqarildi
KEYSLAR TO’PLAMI Keys-1. 1-guruh uchun: Tuzilgan kontraktlarga asosan xaridorlarga tayyor mahsulotlar jo’natildi:
Rejadagi tannarxi 2 500 000
Haqiqiy tannarxi (tejalgan 3%) ______?
Shartnomadagi baho 4 000 000
QQS (20%) ______?
Vazifa:
Sotilgan mahsulotning tannarxi schyotlarda qayd qilinsin.
Sotilgan mahsulotdan olingan daromad tegishli schyotlarda aks ettirilsin.
QQS aks ettirilsin.
Moliyaviy natija aniqlansin.
2-guruh uchun: Tuzilgan kontraktga asosan xaridorlarga tayyor mahsulot sotildi.
Rejadagi tannarxi 2 500 000
Haqiqiy tannarxi (ortiqcha sarflar 2%) ______?
Shartnomadagi baho 4 000 000
QQS (20%) ______?
Vazifa:
Sotilgan mahsulotning tannarxi schyotlarda qayd qilinsin.
Sotilgan mahsulotdan olingan daromad tegishli schyotlarda aks ettirilsin.
QQS aks ettirilsin.
Moliyaviy natija aniqlansin.
3-guruh uchun: Tuzilgan shartnomaga muvofiq xaridorlarga bajarilgan ish topshirildi.
Kontraktda ko’rsatilgan qiymat 4 500 000
Ishning rejadagi tannarxi 3 000 000
Ishning haqiqiy tannarxi (tejalgan 3%) ______?
Muomala natijasi bo’yicha olingan foyda
yoki zarar summasi ______?
Vazifa:
Sotilgan mahsulotning tannarxi schyotlarda qayd qilinsin.
Sotilgan mahsulotdan olingan daromad tegishli schyotlarda aks ettirilsin.