Rangliligi.
Tekshirilayotgan eritmani standart eritmani rangliligi bilan 400 qatlam qalinligida
solishtiriladi. Eritmalarni rangsiz, tiniq, neytral shishali tekis tubli va tashqi diametri 15 dan 25
mm gacha bo‘lgan bir xil probirkalarga solinadi. Eritmalarni solishtirish probirkalarni vertikal
holatda ushlab turilib, kunning difuziya nurida, oq fonda o‘tkaziladi.
Eritmani tayyorlash1: 46 g temir (III) xloridni 25 ml xlorid kislotasidan va 975 ml suvdan
tashkil topgan, 900 ml aralashmada eritiladi va hajmni 1000 ml gacha shu aralashma bilan
to‘ldiriladi. 1 ml eritma tarkibida 45 mg FeCl
3
*6H
2
O bo‘ladi, agar kerak bo‘lsa olingan eritma
suyultirilgan xlorid kislotaning konsentratsiyasiga mos bo‘lishi kerak. Eritmani yorug‘lik
ta’siridan himoya qilish kerak.
10,0 ml olingan eritmanikonik kolbaga qattiq siqilgan qopqoq bilan solinadi, 15 ml suv, 5
ml xlorid kislota va 4 g kaliy yod qo‘shiladi. Kolbani yopiladi va 15 daqiqaga qorong‘u joyga
qo‘yib qo‘yiladi. 100 ml suv solingandan so‘ng 0,1 M natriy tiosulfat bilan yodni titrlanadi,
indikator sifatida (0,5 ml) kraxmal eritmasini titrlash oxirida qo‘shib ishlatiladi.
1 ml 0,1M natriy tiosulfat 27,03 mg FeCl
3
*6H
2
O ga mos kelishi kerak.
Eritmani tayyorlash 2: 60 g kobalt (II) xloridni 25 ml xlorid kislotasi va 975 ml suv bilan
hosil bo‘lgan 900 ml aralashmada eritiladi va hajmni 1000 ml gacha shu aralashma bilan
to‘ldiriladi. 1 ml eritma tarkibida 59.5 mg SoCl
2
*6H
2
O bo‘ladi, agar kerak bo‘lsa olingan eritma
suyultirilgan xlorid kislotaning konsentratsiyasiga mos bo‘lishi kerak.
5,0 ml tayyor bo‘lgan eritmaga konik kolbaga solib qopqoq bilan yopiladi, 5 ml vodorod
peroksid (10 ml) va 10 ml 30% (mg/ml) natriy ishqorining eritmasidan qo‘shiladi. 10 daqiqa
davomida asta –sekin qaynatiladi. Sovutilgandan so‘ng 60 ml 1M sulfat kislota va 2 g kaliy yod
qo‘shiladi. Kolbani yopiladi va cho‘kmani sekin silkitish orqali eritiladi. Ajralib chiqgan yodni 0,1
M natriy tiosulfat bilan yodni titrlanadi, indikator sifatida (0,5 ml) kraxmal eritmasini titrlash
oxirida qo‘shib ishlatiladi. Titrlashning oxirgi nuqtasini pushti rang hosil bo‘lishi bilan to‘xtatiladi.
1 ml 0,1M natriy tiosulfat 23,79 mg SoCl
2
*6H
2
O ga mos kelishi kerak.
Eritmani tayyorlash 3: 63 g mis (II) sulfatni 25 ml xlorid kislotasi va 975 ml suv bilan hosil
bo‘lgan 900 ml aralashmada eritiladi va hajmni 1000 ml gacha shu aralashma bilan to‘ldiriladi. 1
ml eritma tarkibida 62.4 mg SuCl2*6H2O bo‘ladi, agar kerak bo‘lsa olingan eritma suyultirilgan
xlorid kislotaning konsentratsiyasiga mos bo‘lishi kerak.
10,0 ml tayyor bo‘lgan eritmaga konik kolbaga solib qopqoq bilan yopiladi, 50 ml suv, 12
ml 2M sirka kislota va 3 g kaliy yod eritmasidan qo‘shiladi.Ajralib chiqgan yodni 0,1 M natriy
tiosulfat bilan yodni titrlanadi, indikator sifatida (0,5 ml) kraxmal eritmasini titrlash oxirida
qo‘shib ishlatiladi. Titrlashning oxirgi nuqtasini och-jigarrang rang hosil bo‘lishi bilan to‘xtatiladi.
1 ml 0,1M natriy tiosulfat 24,97 mg SuCl2*6H2O ga mos kelishi kerak.
Ranglilikning standart eritmasini tayyorlash.
30 ml eritma 1ni, 30 ml eritma 2 ni, 24 ml eritma 3 ni aralashtiriladi va 16 ml 1% mg/kg
xlorid kislota qo‘shiladi.
Ranglilikning standart eritmasini olish uchun 1,5 ml yuqorida ko‘rsatilgan eritmadan va 97,5
ml 1% (mg/ml) xlorid kislotasini aralashtirilib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |