2. Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy
qismlari va harakat shakllari
Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda tarkibiy jihatdan o’zgarib, yangilanib, miqdoran ko’payib va sifat jihatidan takomillashib borar ekan, bu ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlari ham to’xtovsiz yangilanib, va takroran amalga oshib turadi. Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takrorlanib turishi ijtimoiy takror ishlab chiqarish deyiladi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko’rinishda amalga oshirilishi mumkin: oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |