Yirik shaharlarda shifoxona (dor ushshifo)lar tashkil qilindi. Bu davrda meʼmorlik yuksak darajaga koʻtarildi — Shayboniyxon madrasasi, Mir Arab madrasasi, Abdullaxon madrasasi, Koʻkaldosh madrasasi va boshqa, Masjidi kalon va boshqa Govkushon majmuasi va boshqa karvonsaroylar, Timi kalon va boshqa rastalar, Abdullaxon bandi, Zarafshon suv ayirgʻichi va boshqa koʻprik va suv omborlari qurildi, ariq, kanallar qazildi, sardoba va hammomlar solindi, Qo`qon xonligining tashkil topishi - Qoʻqon xonligi - oʻzbek xonliklaridan biri (18–19-asrlar). Poytaxti – Qoʻqon. Oʻzbeklarning minglar urugʻidan boʻlgan Shohruxbiy 1709 yilda asos solgan. Bu davlat tarkibiga dastlab Qoʻqon, Namangan. Margʻilon, Konibodom, isfara va ularning atrofidagi qishloqlar kirgan.
- Norboʻtabiyning oʻgʻli Olimbek hukmronligi davrida Qoʻqonning siyosiy mavqei yanada kuchaygan, harbiy islo-hot oʻtkazilgan, Ohangaron vohasi, Toshkent, Chimkent va Sayram tobe etilgan, tashqi savdoga ham eʼtibor kuchaytirilgan. 1805 yil davlat rasman Qo'qon xonligi deb eʼlon qilinib, Olimbek "xon" unvonini olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |