Fotosuratlarni skanerlash. Epson skanerlarining muhim xususiyatlaridan biri shaffof bo‘lmagan fotosurat va matnlarni juda oddiy va samarali skanerlash jarayonidir.
Skanerning o‘zi fotosuratning joylashish holatini avtomatik ravishda aniqlaydi va agar ular notekis joylashtirilgan bo‘lsa, fotosuratlarning og‘ishini to‘g‘rilay oladi.
Uch o‘lchamli obyektlarni skanerlash. Epson Perfection V10 skanerida qo‘llaniladigan CCD texnologiyasi katta darajadagi aniqlikni ta’minlaydi, bu esa nafaqat yassi originallarni (hujjatlar, fotosuratlar va h.k. lar), balki uncha katta bo‘lmagan buyumlarni ham skanerlashni ta’minlaydi. Bunda, buyumni fotosuratga olib, uning fototasmasini yoki fotosuratini skanerlagandan ham yuqoriroq sifatga erishiladi.
Grafik planshet (digitayzer) – foydalanuvchining qo‘l harakati orqali grafik ma’lumotlarni kiritish imkonini beruvchi qurilma. Digitayzerlar planshetning koordinatalar tizimiga bog‘langan nuqtaning aniq koordinatalarini kiritish imkonini beradi. Digitayzerlarning dastlabki modellari planshetga biriktirilgan chizmaning koordinata nuqtalarini kiritish imkonini bergan. Buning uchun ular «optik nishon»li manipulator va bir necha tugmalar bilan jihozlangan. Tugma bosilishi bilan digitayzer joriy koordinata nuqtalarini uzatadi, grafik ilovalarda bu koordinata nuqtalari grafik soddaliklarni chizish uchun qo‘llaniladi. Zamonaviy digitayzerlar qalam bilan ham jihozlangan. Bu qalam yordamida tasvirlarni chizish (yozish) va quyuqlashtirish mumkin. Planshet tarkibida oddiy ishlashi ham mumkin bo‘lgan maxsus sichqoncha bo‘lishi mumkin. A3-A6 formatdagi planshetlar keng tarqalgan, katta formatli planshetlarning narxi qimmat, ammo chizish va quyuqlashtirish uchun kichik formatli planshetlar qulay hisoblanadi. Planshetlar yuqori tiniqlik berishni (1000, 2540 dpi va undan yuqori), 0,1– 0,2 mm xatolikni ta’minlaydi. Qalamlar 256 tagacha va undan yuqori bo‘lgan gradatsiylarni ajratadi, ulanish interfeysi esa SOM-port yoki USB shinasi orqali amalga oshiriladi. Elektr planshetlarda elektr potensial to‘rning mahalliy o‘zgarishi ko‘rsatgich ostida qayd qilinadi, elektromagnit planshetlarda ko‘rsatgich to‘r qabul qiladigan elektromagnit signalni chiqaradi.
Planshetning jismoniy tiniqlik berish xususiyatining chegarasi qayd qiluvchi to‘rning ma’lumotlarni o‘qish qadami bilan belgilanadi.
NAZORAT SAVOLLARI
Skanerlar qanday asosiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi kerak?
Zamonaviy skanerlarning turlariga misol keltiring.
Planshetli skanerlar tarkibi va ishlash tamoyilini tushuntiring.
CCD- va CIS-skanerlarining afzalligi va kamchiliklarini ko‘rsating.
Grafikli planshetning vazifasi va imkoniyatlari.
Skanerlar uchun qanday dasturiy ta’minotdan foydalaniladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |