Matnli yondashuv: ijtimoiy-texnologik tizimlar
bu kitob davomida siz to‘rtta asosiy ijrochilar ishtirokidagi vaziyatni topasiz: apparat va dasturiy ta’minotni yishlab chiqaruvchilar (texnologlar); investitsiya qiluvchi va texnikadan foyda olishga intiluvchi tadbirkorlik firmalari; biznes qadriyatlar (va boshqa maqsadlar)ga erishishga intiluvchi trenerlar va xodimlar; zamonaviy qonuniy, ijtimoiy va madaniy muhit (firma muhiti). Bu ijrichilar birgalikda biz boshqaruvning axborot tizimi deb nomlaydigan narsani ishlab chiqaradilar.
Boshqaruv axborot tizimlar (BAT)ini o‘rganish kompyuter axborot tizimlaridan tadbirkorlik firmalari va davlat organlarida foydalanishga urg‘u beradi. BAT informatika, boshqaruv haqidagi fan, amaliy muammolarning tizimli yechimlarini ishlab chiqish kabi amaliy yo‘naltirilgan operatsiyalarni tadqiq etish va axborot texnologiyalari resurslarini boshqarish ilmiy-tadqiqot ishini birlashtiradi. Shuningdek, odatda sotsiologiya, iqtisod va psixologiya sohalarida o‘rganiladigan axborot tizimlarini ishlab chiqish, foydalanish va ularning ta’siriga oid faoliyatli muammolar bilan ham bog‘liq bo‘ladi.
Olimlar va amaliyotchilar sifatida bizning tajribalar ko‘rsatadiki, hech qanday yagona yondashuv axborot tizimlar haqidagi bor haqiqatni ochib bermaydi. Yutuq va kamchiliklar haqidagi ma’lumotlar kamdan-kam, barchasi texnik yoki faoliyatli. Talabalar uchun bizning eng yaxshi maslahat - ko‘p fanlar istiqbollarini tushunish kerak. Haqiqatdan ham, axborot tizimlari sohasida qiyinchilik va yutuqlar shundaki, u turli xil yondashuvlar va baholashni talab etadi.
Bu kitobda biz qabul qilgan tavsifga ko‘ra tizimlarni ijtimoiy texnik tizimlar ko‘rinishida eng yaxshi xarakterlaydi. Bu ko‘rinishda, ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan ijtimoiy va texnik tizimlarni birgalikda optimallashtirish orqali tashkiliy samaradorlikka erishiladi.
Ijtimoiy texnologik tizimlarning istiqbollari axborot tizimlariga faqat texnologik yondashuv oldini olish uchun yordam beradi. Masalan, axborot texnologiyalari qiymatining jadallik bilan pasayib va ahamiyatining ortib borayotganligi ishlab chiqarish unumdorligini oshirish yoki kamaytirishga asos bo‘lmaydi. Bir firma yaqinda korxonaning keng moliyaviy hisobot tizimini o‘rnatganligi uning bu tizimdan albatta foydalanishi yoki samarali foydalanishini bildirmaydi. Shunga o‘xshab, bir firmaning yaqinda yangi ish tartibi va jarayonlarni joriy qilganligi aslida xodimlarning yangi axborot tizimlariga investitsiyalar bo‘lmaganda ham samarali ishlaydilar degani emas.
Bu kitobda biz firmaning faoliyatini yaxlit optimallashtirish lozimligini ta’kidlaymiz. Ikkala ham texnik ham faoliyatli komponentlarga e’tibor berish kerak. Bu texnikaning shunday o‘zgartirilishi va ishlab chiqarilishini bildiradiki, natijada u ham tashkiliy ham individual ehtiyojlarga javob bersin degan ma’noni anglatadi. Ba’zan buni amalga oshirish uchun texnikani "de-optimallashtirish»ga to‘g‘ri keladi. Masalan misol uchun, mobil telefondan foydalanuvchilar uni o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun moslashtiradilar, va natijada ishlab chiqaruvchilar texnikani zudlik bilan iste’molchilar istaklariga javob berishiga harakat qiladilar. Shuningdek, qurilmalar va jismoniy shaxslar texnikaning ishlashi va rivojlanishi uchun mashqlar, o‘rganish, rejalashtirilgan tashkiliy o‘zgarishlar orqali o‘zgartirilishi kerak. 17.170 rasmda ijtimoiy-texnologik tizimlardagi o‘zaro tuzatishlar jarayoni ko‘rsatilgan.
17.17-rasm. AXBOROT TIZIMLARINING IJTIMOIY-TEXNIK KELAJAGI
T EXNOLOGIYA TASHKILOT
Do'stlaringiz bilan baham: |