17 iyun "Butunjahon cho'llanish va
qurg'oqchilikka qarshi kurashish kuni"
18.06.2019
17 - iyun kuni har yili -"Butunjahon cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi
kurashish kuni" sifatida nishonlanadi. Bu sana BMTning cho’llanishga qarshi
kurashish Konvensiyasi, 1994 yilda BMTning atrof muhitni muhofaza qilish
Konferensiyasida qabul qilingan bo’lib, bu 3 ta Konvensiyaning biridir.
(Bular cho’llanishga qarshi kurashish Konvensiyasi, Iqlim o’zgarishi
Konvensiyasi va Biologik xilma xillikni asrash Konvensiyalaridir).
O’zbekiston Osiyo mintaqasidan birinchilardan bo’lib Konvensiyaga a’zo
bo’lgan davlatlardan hisoblanadi va ushbu Konvensiya 1995 yil 31 avgustda
Parlament tomonidan ratifikatsiya qilindi. 1996 yildan kuchga kirdi. Bugungi
kunda mazkur Konvensiyaga 195 ta davlat a’zo.
O’zbekistan Respublikasida "Cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish
bo’yicha KONVYENSIYANING xalqaro majburiyatlarini bajarish vazifasi
Hukumat qarori bilan 1996 yildan beri "O’zgidromet" tashkilotiga
yuklatilgan edi va ular o’z faoliyatini 2019-yilning 22 fevraligacha ya’ni 23 yil
davomida cho’llanishga qarshi kurashish bo’yicha loyihalarni bajarilishini
muvofiqlashtirib bordi. Shu davr ichida ko’zga ko’rinarli yaxlit ishlar
qilinganligi sezilmayapti.
Hozirgi kunda O’zbekistonning 70 % yoki 31,4 mln gektar yeri qurg’oqchil
maydonlardan iborat bo’lib, ular asosan tabiiy sho’rlangan, ko’chma barxan
qumliklar va qumliklar tarqalgan hamda issiq garmsel shamollari ta’siridagi
hududlardan iboratdir. Orol dengizi suv sathining qurishi tufayli
O’zbekistonda yana qo’shimcha 3 mln gektardan ortiq maydonda Orolqum
paydo bo’ldi. Natijada, ushbu mintaqada ekologik muhit yomonlashib,
cho’llanish jarayonlari yanada kuchaydi va ko’plab ijtimoiy muammolarni
yuzaga keltirdi. Birgina Orolbo’yi mintaqasida joylashgan Qoraqalpog’iston
Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida 2000-2018 yillar
davomida 8 mln gektardan ortiq yer maydonlari turli darajada sho’rlandi va
1 mln ga yer maydonlarida eroziya xolatlari kuzatildi. Bu esa ushbu
mintaqaning 96 % hududini tashkil etadi. Cho’llanish ta’sirida ushbu
mintaqa hududlarida qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligi qariyib 40-45
% gacha kamayib ketdi.
Cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi ishlarni samaradorligini oshirish
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 fevraldagi
"O’zbekistan Respublikasida cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish
bo’yicha ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida" gi PQ-
4204-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasiga bir qator qo’shimcha
funksiyalar yuklatildi. Bular quyidagilardan iborat:
Respublikada cho’llanishni oldini olish, O’rmonlarni qayta tiklash va ixota
o’rmonlarini ko’paytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
O’zbekistan Respublikasining cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi
kurashish bo’yicha xalqaro majburiyatlarini bajarish;
Cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish masalalari bo’yicha xalqaro
va mintakaviy tashkilotlar bilan samarali o’zaro xamkorlikni ta’minlash;
O’zbekistan Respublikasida cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish
bo’yicha dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok
etadigan
vazirlik, idora maxallyi ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarini
muvofiqlashtirish;
Konvensiya talablarini bajarish doirasida “O’zbekiston Respublikasining
milliy vakolatli organi vazifalarini amalga oshirish;
Respublikamizda ''Cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurash" ishlarini
tizimli tashkil etish maqsadida qo’mita tomonidan 2019-2023 yillarga
mo’jallangan "Yo’l haritasi" ishlab chiqilib Vazirlar Mahkamasi tomonidan
2019 yil 26 aprelda tasdiqlandi va hozirgi kunda ishlar shu asosda tashkil
etilmoqda. Yo’l haritasida 16 banddan iborat tadbirlar belgilangan bo’lib
respublikamiz uchun eng dolzarb qaynoq hududlar tanlab olingan va qisqa
muddat ichida quyidagi ishlar amalga.oshirishga erishildi.
Orol dengizining qurigan tubini o’rmonlashtirish buyicha hukumatning 2019
yil 15 fevraldagi 132- sonli qarori qabul qilindi. Qarorga ko’ra 2019 yilda 500
ming gektar o’rmon barpo etish belgilandi. Ushbu qarorni bajarish
maqsadida 1,5 ming tonnadan ortiq cho’l o’simliklari urug’lari tayyorlandi.
1mln 126 ming ga o’rmon barpo etish uchun yer (ariqlar) tayyorlandi, 461
ming gektar maydonda o’rmon barpo etildi. Ushbu tadbirni bajarishga 1500
dan ortiq ishchi xodimlar, 500 ga yaqin texnika, 2 ta samolyotlar safarbar
etildi. Kuzgi mavsumda ushbu ishlar davom ettiriladi
Bundan tashqari Buxoro viloyatida Qizilqum cho’lidan sug’oriladigan vodiy
yerlarini xamda infrastrukturalarni qum bosishidan saqlash maqsadida 200
ming gektardan ortiq maydonda Buxoro yashil qalqonini yaratish
maqsadida saksovuzorlar barpo etish bo’yicha ishlar boshlangan.
"Yo’l xaritasi" bo’yicha Navoiy viloyatining Nurota tog’ oldi yerlaridagi ochiq
bo’sh maydonlarda 10 ming gektar maydonda pista plantatsiyalari tashkil
etish belgilangan bo’lib, bugungacha 1,5 ming gektarda tashkil etildi va
yaqin 4-5 yil ichida to’liq bajarilishi ta’minlanadi.
Shuningdek, o’rmon fondi yerlaridan tashqari qishloq xo’jaligining
sug’oriladigan yerlarini meliorativ holatini yaxshilash, suv xo’jaligi
ob’ektlarini qum bosishdan himoya qilish maqsadida ixota daraxtzorlari
barpo qilish ishlari Davlat Dasturiga kiritildi. Ushbu dasturga asosan 2018
yilda 500 gektar va 2019 yil bahorida 1000 gektardan ortiq maydonda ixota
daraxtzorlari barpo etildi va yil yakuni bilan 2500 gektar maydonda
bajarilishi ta’minlanadi. Kelgusida cho’llanishga va qurg’oqchilikka qarshi
kurash ishlarini yanada samaraliroq tashkil etish maqsadida "Cho’llanish va
yerlarni tanazulliga (degradatsiyasiga) qarshi aktual masalalarni muhokama
qilish bo’yicha Xalqaro platforma tashkil etish bo’yicha muzokaralar olib
borilmoqda.
Shu kabi yana bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu masalalar
bo’yicha qilinadigan ishlar juda ko’p. Bugungi davra suhbatini o’tkazishdan
maqsad cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashish bo’yicha
innovatsion loyihalarni ishlab chiqarishga keng tadbiq etish, mahalliy
aholini cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurashishi bo’yicha
habardorligini oshirish, yerlardan barqaror foydalanishni tashkil etishdi