17-bob. Moddalar va enеrgiya almashinuvi va uning yoshga


Ovqatlanish va uning me'yorlari



Download 35,45 Kb.
bet8/10
Sana31.12.2021
Hajmi35,45 Kb.
#227574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
17-мавзу маърузаси

17.5.Ovqatlanish va uning me'yorlari


Darsligimizning oldingi boblarida aytib o'tganimizdek, har bir organizm o'zining hayoti davomida amalga oshiradigan har bir faoliyati uchun aqliy va jismoniy hamda barcha a'zo va tizimlarning (yurak-qon tomirlari, o'pkalar, oshqozon-ichak yo'li, jigar, buyraklar, asab tizimi va boshqalar) doimiy ravishda ishlab turishi, hamda to'qima va hujayralarning yangilanishi, yangidan hosil bo'lishi uchun tegishli miqdorda energiya va plastik materiallar sarflab boradi. Sarf qilingan energiya va moddalarning o'rni to'liq qoplangandagina me'yoriy o'sish, rivojlanish, maqsadga muvofiq faoliyatlar ko'rsatish kuzatiladi. Buning uchun tashqi muhitdan kerakli miqdorda oziq moddalar doimiy sur'atda qabul qilib turilishi kerakki, uni oziqlanish yoki ovqatlanish deb aytiladi. Kishilarning, jumladan, bolalarning ham, oziqlanishi deganda ularning yoshi, qiladigan mehnati, jinsi, ob-hava sharoitlari, milliy urf-odatlari va organizmining o'ziga xos xususiyatlari hisobga olinib asosiy oziq moddalari - oqsil, yog' va uglevodlar hamda mineral moddalar, suv, vitaminlardan qancha va qanday qilib qabul qilish kerakligi tushuniladi. Oziqlanish bilan bog'liq masalalar kishilarni qadim zamonlardan beri qiziqtirib kelgan, bu haqidagi ommabop va ilmiy ma'lumotlarni Aristotel, Gippokrat, Galen, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Farobiy, Navoiy asarlarida ko'plab uchratish mumkin. Fan va texnikaning rivojlanishi bilan oziqlanish haqida maxsus fan, ya'ni nutriotologiya yuzaga keldi, unga muvofiq oziqlanish nazariyalari yaratildi, oziqlanish me'yorlari ishlab chiqildi va boshqalar. Bu borada qo'lga kiritilgan yutuqlarga tayanib balanslashtirilgan, oqilona ovqatlanish qoidalari yaratildi. Har xil parhez taomlar yaratildiki, ular hisobidan ko'pgina xastaliklarning oldini olish, davolash, jismonan va aqlan sog'lom bo'lishning imkoniyatlari tug'ildi. Organizmning oziqlanish me'yorlarini aniqlash uchun dastavval iste'mol qilinadigan taomlardagi asosiy oziq moddalari - oqsil, yog' va karbonsuvlarning energetik qiymati hisoblaniladi. Bu ko'rsatkich 1 g oqsil uchun 4,1 kkal, shuncha yog' uchun 9,3 kkal va shuncha uglevod uchun 4,1 kkalga teng. Har bir aqliy va jismoniy faoliyat uchun tegishli vaqt oralig'ida qancha energiya sarflanishi ma'lum bo'lganligi bois Shuncha miqdordagi energiyaga ega oziq-ovqat miqdorini hisoblash oson. Bu o'rinda, albatta, organizmning yoshiga qarab unda bo'ladigan asosiy almashinuv uchun qancha energiya sarflash ham hisobga olinadi. Oziqlanish me'yorlarini aniqlashda yana oziq moddalarning (oqsil, yog', uglevod) yoshga va mehnat xususiyatlari, ob-hava sharoitiga qarab o'zaro nisbati, mineral moddalar, hamda vitaminlar qabul qilishning qancha bo'lishi va boshqalar inobatga olinadi. Qayd qilingan hisob-kitoblarni olib borish uchun zarur jadvallar, uslubiy qo'llanmalar mavjud. Me'yoriy qoidalarga ko'ra iste'mol qilinadigan oqsil, yog' va uglevodlarning bir-biriga nisbati 1:1:4 ko'rinishda bo'lishi aniqlangan. 12-1 jadvalda bolalar va o'smirlarning umumiy energiya, asosiy oziq moddalari hamda ayrim mineral moddalarga bo'lgan me'yoriy talablari keltirilgan. Kundalik iste'mol taomlarida vitaminlarning etarli bo'lishi bolaning o'sishi, rivojlanishi, o'zlashtirishida muhim ahamiyat kasb etadi. Vitaminlar bilan organizmning ta'minlanishi hamma vaqt va hamma erda ham qoniqarli bo'lavermaydi. Aytib o'tganimizdek, vitaminlarning asosiy manbalari o'simlik mahsulotlari bo'lib, u yana go'sht, tuxum, baliq, sut, jigar kabi hayvon maxsulotlarida ham ancha-muncha uchraydi. Ma'lum vitamin etishmovchiligi ko'pincha shu vitamin mavjud bo'lgan mahsulotlar iste'mol qilinmaganligidan yuz bersa, ba'zan ayni vitaminning qaysi oziq moddada borligini bilmaslik oqibatida paydo bo'ladi. Masalan, qish paytlari qishloq sharoitida kishilarning, jumladan, bolalarning ham ovqatlanishida vitaminga boy mahsulotlar juda kam ishlatiladi ba'zan esa, umuman ishlatilmaydi. Taomlar bilan biroz ko'kat qo'shib iste'mol qilinsa vaziyatdan osongina chiqish mumkin, bunga e'tibor qilinsa bas. Oziq-ovqatlarni, ularni tayyorlashda ishlatiladigan mahsulotlarni uzoq muddat qaynatish yoki quritilganidan foydalanish ovqat bilan tanaga kiradigan ayrim vitaminlar miqdorini juda kamaytirib yuboradi, shuning uchun har kuni iloji boricha maktab oshxonalarida, uy sharoitida endi uzilgan ko'katlardan iste'mol qilib turish tavsiya qilinadi. 12-2 jadvalda turli yoshdagi bolalarning vitaminlarga bo'lgan sutkalik talab me'yorlari keltirilgan. 12- jadval Turli yoshli bolalarda vitaminlarga bo'lgan sutkalik fiziologik talab.

Oziqlanishga bo'lgan asosiy gigienik talablar yuqorida biz turli yoshdagi bolalarning asosiy oziq moddalari hamda vitaminlar, mineral moddalarga bo'lgan talabi va bajariladigan mehnat xususiyatlariga qarab bir sutka davomida sarflaydigan energiyasi haqida tegishli ma'lumotlarni keltirdik. Iste'mol qilinadigan tegishli oziq-ovqatlarning organizm tomonidan maqsadga muvofiq ravishda o'zlashtirilishi yoki to'liq hazm bo'lishi ovqatlanish tartibiga ham yaqindan bog'liq. Ovqatlanish dastavval yuzaga kelgan ishtaha bilan boshlanadi. Ishtahaning fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari uning yuzaga kelish mexanizmlari ancha murakkab bo'lib, bu boradagi ilmiy tushunchalar akademik I.P. Pavlov tajribalarida, kuzatuvlarida asoslangan. Uning yuzaga kelishi qonda oziq moddalar kontsentrasiyasining kamayishi, markaziy nerv sistemasida talluqli nerv markazlarining qo'zg'alishi, oshqozon ichaklarda tegishli shiralarning ajralishi, qolaversa ularning harakat funksiyasida ma'lum o'zgarishlar bo'lishi bilan kuzatiladi. Odam organizmidagi barcha hayotiy funksiyalar ma'lum bir davriy xususiyatga ega bo'lib, shu jumladan, hazm va oziqlanish ham ma'lum tartibda amalga oshirilishi lozim. Bevosita ovqatlanishni amalga oshirilishi ovqatlanish refleksi deyilib, u bolalarda har 3,5-4 soatda takrorlanib turishi lozim. Shu hisobda 1 kunda 3-4 marta ovqatlanish kerak. O'z vaqtidan kech yoki erta ovqatlanish hazm jarayonlarining me'yoriy borishini buzadi yoki ishtaha buziladi. Natijada ovqatlanish refleksi ancha kuchsizlanib qoladi. Bir kun davomida necha marta ovqatlanishga qarab iste'mol qilingan oziq-ovqatlar turlicha miqdorda o'zlashtiriladi, masalan, 4 marta ovqatlanishda iste'mol qilingan taomlarning 82-84% o'zlashtirilsa, 3 marta ovqatlanish bo'lganida esa bu son 75-76% ga tenglashadi. Odam uyquda bo'lganida hazm bilan bog'liq bo'lgan ko'pgina jarayonlar, jumladan, shiralar, fermenlar faolligi, oshqozon ichaklarning harakat funksiyasi bir muncha susayadi. Shuning uchun kun oxirida oxirgi ovqatlanish, uyqudan kamida 1,5-2 soat oldin amalga oshirilishi kerak. Ovqatlanish refleksining maqsadga muvofiq borishida ovqatlanish tartibidan tashqari ovqatlanayotgan muhit sharoiti ham muhim ahamiyat kasb etadi, masalan, idish-tovoqlarning ko'rkam, toza va alohida-alohida bo'lishi, dasturxonlarning toza bo'lishi, iste'mol qilinadigan barcha taomlarning did bilan joylashtirilishi va boshqalar. Agar ovqatlanish paytida yoqimsiz gaplar qilinsa, televizor yoki radiodagi eshittirishlarga va ko'rsatuvlarga diqqat bo'linsa, gazeta yoki kitob o'qib turilsa, ba'zi bir taomlardan yoqimsiz hid tarqalsa ishtaha bo'g'il yoib ovqatlanish refleksi so'nadi. Ovqatlanish paytida (issiq ovqat iste'mol qilinayotganda) suv, choy yoki shunga o'xshash boshqa ichimliklarning ketma-ket iste'mol qilib borish hazm jarayonlarining buzilishiga olib keladi. Buning sababi shundan iboratki, oshqozonga tushgan ovqat va unga nisbatan ajralgan me'da shirasi suv va boshqa ichimliklar bilan aralashib, hazm fermentlarining hamda me'da shirasidagi xlorid kislotaning faolligi va kontsentrasiyasi pasayib ketadi. Eng yaxshisi ovqat eyilib bo'linganidan keyin 20-25 minut vaqt o'tkazib suv yoki choy kabi ichimliklarni iste'mol qilish maqsadga muvofiqdir. Bu vaqt ichida oshqozonga tushgan ovqat unga tegishli bo'lgan shira bilan bemalol aralashib, hazm bo'lishga tayyorlanib ulguradi. Ovqatning shoshilmasdan, tegishli vaqt ichida chaynalishi uning oshqozon ichak yo'lida yaxshi va to'liq hazm bo'lishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun bolalar orasida shoshib ovqatlanish, vaqti bevaqt ovqatlanish kabi salbiy holatlarni oldini olish borasida maktab o'qituvchilari, ota-onalar hamda tarbiyachilar tegishli targ'ibot ishlarini olib borishlari lozim2.

XULOSA

Tiriklikning asosiy belgilaridan biri modda va energiya almashinuvini doimiy sodir bo’lib turishidir. Moddalar almashinuvu anabolizm (moddalar va energiyani to’plash) va katabolizm (strukturalarni parchalanishi va energiya ajralishi bilan bo’ladigan jarayon. Asosiy ozuqa mahsulotlariga oqsillar, uglevodlar va yog’lar kiradi. Organizm hujayralarining qurilishida asosan oqsillar ishtirok etsa, uglevodlar va yog’lar energiya manbasi sifatida hizmat qiladi. Mineral moddalar va vitaminlar asosiy ozuqa mahsulotlari bo’lmasada organizmning hayotchanligida nihoyat katta ahamiyatga ega.

O’sayotgan bolada anabolic jarayonlar ustun bo’lsa, qariyalarda, aksincha katabolik jarayonlar ustunlik qiladi.


Download 35,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish