Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
A1
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi;
masalalar yechishda mantiqan to‘g‘ri fikr yurita oladi, mantiqiy noto‘g‘ri natijalarni aniqlay oladi, misol va qarshi misol tuza oladi;
o‘rganilayotgan matematik holatlarni tahlil qila oladi va shu asosida mulohazalar ketma-ketligini tuza oladi va uni baholay oladi.
A1+
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
4-bo‘lim. KASRLAR (30 soat, A1+: 42 soat)
73-75-mavzular. Maxraji 2, 3, 4, 5, 6, 8, 10, 12 yoki 100 bo‘lgan kasrlar. Kasrlarni hosil qilish. Sonli nurda birlik kesma (5 soat).
Do'stlaringiz bilan baham: |