47-48-mavzular. Bir nechta teng (bir xil) qo‘sh iluvchilar yig‘indisi. Sonni bir necha teng qo‘sh iluvchilar yig‘indisi shaklida ifodalash (2 soat).
49-50-mavzular. Sodda va tarkibli masalalarni yechish (2 soat).
51-52-mavzular. Harfli ifodalar. Geometrik shakllarni belgilash (2 soat).
53-55-mavzular.Tenglama. Tenglamalarni tanlash usuli bilan yechish (3 soat).
Arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalar yechish (A1+: 1 soat).
Nostandart va qiziqarli masala yechish (A1+: 1 soat).
Nazorat ishi (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A1
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
nomli kattaliklar (massa, vaqt, masofa, uzunlik, yuza, tezlik) va ular orasidagi munosabatlardan (kilogramm-gramm, soat-minut, minut–sekund, kilometr-metr, metr-detsimetr, detsimetr-santimetr, metr-santimetr, santimetr- millimetr) foydalanib, kattaliklarni o‘qiy va yoza oladi;
nomli kattaliklar (uzunlik, yuz, hajm, massa, vaqt, masofa, tezlik) ning o‘lchov birliklarini biladi va ularning biridan ikkinchisiga O‘ta oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |