Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
A1
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni sodda o‘quv vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi;
olingan bilimlar asosida matematik mahlumotlardan xulosa keltirib chiqara oladi, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza oladi, fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish ko‘nikmalarini kundalik hayotida qo‘llay oladi.
A1+
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |