Mustaqil ta’lim topshiriqlari
Mavzu: Statistik kuzatish uslubiyati
O’zbekiston Respublikas Davlat statistika qo’mitasida olib boriladigan statistik kuzatish masalalari nimalarni o’z ichiga oladi ?
Javob: Statistika organlarini talab yuqori bo‘lgan, sifatli va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirishga, statistika ma’lumotlarining shaffofligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan professional mustaqil xizmatga aylantirish;
statistika sohasida yagona siyosatni amalga oshirishga qaratilgan vakolat va majburiyatlarni mustahkamlash orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Statistika kengashining to‘liq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda statistika axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish, nashr etish va saqlash bo‘yicha yaxlit tizimni tashkil etish;
rasmiy statistikani ishlab chiqarish, tarqatish va muvofiqlashtirish maqsadida mamlakatning butun milliy statistika tizimi doirasida qo‘llaniladigan uslubiy asoslar va boshqaruv tamoyillarini takomillashtirish;
idoraviy ma’lumotlar bazalarini yagona ma’lumotlarni boshqarish tizimiga integratsiya qilish orqali kuzatuvlarni bosqichma-bosqich optimallashtirish va respondentlardan hisobot topshirish yukini kamaytirish, shuningdek, ro‘yxatga olish ishlarini o‘tkazish va yalpi statistika hisobotlarini tanlanma kuzatuvlar bilan almashtirish hisobiga statistikani shakllantirish tizimini takomillashtirish;
statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar bilan samarali hamkorlik siyosatini yo‘lga qo‘yish va mavjud statistika ma’lumotlari to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish orqali foydalanuvchilarning statistika axborotlariga bo‘lgan ishonchini oshirish;
davlat statistika organlari faoliyatini moddiy-texnik qo‘llab-quvvatlashni yanada yaxshilash, xodimlarning samarali ishlashi uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining samarali joriy etilishi hisobiga hududiy statistika organlari tuzilmalari va ularning vazifalarini bosqichma-bosqich maqbullashtirish;
davlat statistika organlari xodimlarining kasbiy darajasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni olib borish hamda kelgusida amaliyotda qo‘llash uchun ilg‘or statistika usullari va texnologiyalari, shu jumladan ochiq ma’lumotlar sohasida innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish.
Test savollari
Statistik kuzatishning qanday shakllari mavjud?
yoppasiga, qisman
hujjatli, og’zaki
statistik hisobot, maxsus uyushtirilgan kuzatish
tanlab kuzatish, qisman kuzatish
Statistik kuzatuv ta’rifini toping —
hodisalar to’g’risida raqamli ma’lumotlar to’plash
hodisalarni miqdoriy tomonini sifati bilan birga o’rganish
hodisalar to’g’risida ma’lumotlarni rejali ilmiy uyushtirilgan holda to’plash
hodisalar to’g’risida ma’lumotlarni to’plash
Statistik kuzatish deganda nimani tushunasiz?
ijtimoiy hodisa va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini ularni sifat tomonlari bilan bog`langan holda o’rganishni
statistik hisobotlar yig`ishni
ijtimoiy hodisa va jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni rejali, ilmiy uyushtirilgan asosda to`plash jarayonini
ijtimoiy –iqtisodiy xarajatlarni statistik, iqtisodiy moliyaviy kuzatishni
Statistik kuzatishning qaysi shakllari mavjud?
statistik tekshirish
statistik hisobot va maxsus uyushtirilgan statistik tekshirishlar
savol-javob, o’z-o’zini qayd etish, maxsus uyushtirilgan statistik tekshirish,
statistik hisobot, savol-javob
Statistik ma’lumotlarga qayerda ishlov beriladi?
davlat statistika qo’mitasida
muttasaddi vazirliklarda
oliy o’quv yurtlarda
tijorat banklarida
Statistik kuzatuv ta’rifini toping.
Hodisalar to’g’risida raqamli ma’lumotlar to’plash
Hodisalarni mikdoriy tomonini sifati bilan birga o’rganish
Hodisalar to’g’risida ma’lumotlarni rejali ilmiy uyushtirilgan xolda to’plash
Noto’g’ri javob yo’q
Statistik kuzatish amalga oshirilayotganda quyiladigan talablar. 1. Ma’lumotlar o’zaro bog’lanishda va bir butunlikda. 2. Ma’lumotlar aniq, xaqqoniy va ishonchli bo’lishi. 3.Ma’lumotlar makon va zamon chegarasida bo’lishi.
1
1,2
1,2,3
2,3
Do'stlaringiz bilan baham: |