16-variant
Savol
Moliyaviy nazorat sohalari: davlat moliyaviy nazorati; nodavlat moliyaviy nazorati.
Javob:
Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida Moliyaga obyektiv xos bо‘lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bо‘lishidir. Odatda, Moliyaviy nazorat quyidagi ikki yо‘nalishda qaraladi:
1)Barcha iqtisodiy subyektlarning Moliyaviy qonunchilik va Moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qattiq tartibga solingan faoliyati;
2)Moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida makro va mikro darajada Moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas elementi.
Moliyaviy nazoratning har ikki yо‘nalishi bir-biri bilan о‘zaro bog’liq bо‘lsada, nazoratning maqsadi, metodi va subyektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi holda Moliyaviy nazoratning analitik tomoniga juda katta e’tibor beriladi. Barcha iqtisodiy subyektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) Moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, Shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga Moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida Moliyaviy-iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishi, Moliyaviy xо‘jalik operatsiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni о‘z ichiga oladi. Boshqacha sо‘zlar bilan aytganda, Moliyaviy nazorat u yoki bu Moliyaviy harakat sodir bо‘lishining baholashni о‘z ichiga olish bilan cheklanmasdan, balki u о‘zining analitik yо‘nalishiga egadir. Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bо‘lganligi uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari harakatining barcha jarayonlarida, Shu jumladan, Moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida ham kuzatiladi. Shuning uchun ham Moliyaviy nazoratning obyekti pul munosabatlari hisoblanadi.
Moliyaviy nazoratning predmeti quyidagi Moliyaviy kо‘rsatkichlardan iborat:
Turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari;
Soliq tо‘lovlarining hajmlari (miqdorlari, о‘lchamlari);
Xо‘jalik Yurituvchi subyektlarning daromadlari;
Xо‘jalik Yurituvchi subyektlarning muomala xarajatlari;
Tannarx va foyda;
Uy xо‘jaliklarining daromadlari va xarajatlari;
Va boshqalar.
Moliyaviy nazoratning predmeti hisoblangan yuqoridagi kо‘satkichlarning kо‘plari hisobli kо‘rsatkichlar hisoblanadi va bu narsa, о‘z navbatida, ularning amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq ravishda hisoblanishining tо‘g’riligi va ishonchliligini tekshirishni (nazorat qilishni) taqozo etadi. Moliyaviy nazorat Moliya funksiyalarining amalga oshirilish shakli bо‘lib xizmat qiladi. U ham davlatning va ham boshqa barcha iqtisodiy subyektlarning manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga qaratilgan.
Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda Moliyaviy nazorat, bir tomondan, о‘zaro ta’sirchan va ikkinchi tomondan, alohidalashgan ikki sohaga bо‘linadi:
1.Davlat Moliyaviy nazorati;
2.Nodavlat Moliyaviy nazorati.
Davlat Moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda boshqaruv konkret organlari iqtisodiy-huquqiy harakatining kompleksli va maqsadga yо‘naltirilgan tizimidir. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakatning Konstitusiyasi hal qiluvchi rolni о‘ynaydi. Uning huquqiy reglamenti davlatning tipiga, uning sotsial-siyosiy yо‘naltirilganligiga, iqtisodiy tarqqiyot darajasiga, mulkchilik shakllarining nisbatiga bog’liq. Davlat Moliyaviy nazorati davlatning Moliya siyosatini amalga oshirishga va Moliyaviy barqarorlik uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu narsa, eng avvalo, barcha darajalardagi byudjetlar va nobyudjet fondlarni ishlab chiqish, muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va Moliyaviy korporatsiyalarning Moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi. Agar umummilliy iqtisodiy manfaatlar bilan belgilangan bо‘lsa, davlat Moliyaviy nazoratchilari ham davlat sektorida va ham xususiy hamda korporativ biznes sektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga egadir. Biroq iqtisodiyotning nodavlat sektorida davlat tomonidan amalga oshiriladigan Moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlarni ham qо‘shib olgan holda davlat oldidagi pul majburiyatlarining bajarilishi sohalarini, ularga ajratilgan byudjet subsidiyalari va kreditlarini sarflashda maqsadga muvofiqlilik va qonuniylikning rioya qilinishi va shuningdek, hukumat tomonidan о‘rnatilgan pul hisob-kitoblarini tashkil qilish, buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritish qoidalariga rioya etilishini qamrab oladi.
Nodavlat Moliyaviy nazorati ikkiga bо‘linadi: ichki (firma ichidagi, korporativ) va tashqi (auditorlik). Moliyaviy nazoratning davlat va nodavlat sohalari nazoratni amalga oshirish metodlarining о‘xshashligiga qaramasdan, о‘zlarining pirovard maqsadlari bо‘yicha bir-biridan tubdan farq ham qiladi. Davlat Moliyaviy nazoratining bosh maqsadi davlat xazinasiga resurslarni tushurishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatlarini minimallashtirish bо‘lsa, bunga qarama-qarshi ravishda nodavlat Moliyaviy nazoratning bosh maqsadi joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasidagi ajratmalar va boshqa xarajatlarni minimallashtirishdan iborat. Bir vaqtning о‘zida moliyaviy nazoratning har ikki sohasi amaldagi qonunlarning huquqiy ramkasi bilan cheklab qо‘yilgan.
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida mustahkamlangan hokimiyatni taqsimlanish prinsipi Prezident va vakolatli hukumat organlari tomonidan ijro hokimiyati organlarining Moliyaviy faoliyatini nazorat qilishni nazarda tutadi. Bunday nazorat, avvalambor, respublika va mahalliy byudjetlarni, davlat maqsadli nobyudjet fondlarining loyihalarini kо‘rib chiqish va qabul qilishda hamda ularning ijrosi haqida hisobotlarni tasdiqlashda amalga oshiriladi. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 78-moddasining 8-bandiga muvofiq О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Vazirlar Mahkamasining taqdimoti bо‘yicha mamlakat byudjetini qabul qiladi va uning ijrosi ustidan nazorat о‘rnatadi. Xalq deputatlari Kengashlari ayrim mintaqalarga ajratiladigan byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish hamda mahalliy byudjetlarning ijro etilishini nazorat qiladi. Bundan tashqari, vakolatli organlar zimmasiga ayrim tarmoqlar va sohalarda byudjet mablag’laridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish yuklatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |