16-variant maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun “Dinshunoslik ” fanidan sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari Fan: Dinshunoslik



Download 88,8 Kb.
bet8/10
Sana22.01.2022
Hajmi88,8 Kb.
#399448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
16-variant dinshunoslik

5-TOPSHIRIQ.
«KEYS-STADI» TUZISH BO‘YICHA SAVOLLARGA JAVOB BERING


O‘zbekiston Respublikasida diniy ekstrimizm va terrorizm xavfini oldini olishning huquqiy asoslari

XXI asr-internet, ajoyib kashfiyotlar asri, inson Koinot sirlari qo’yniga kirib borayotgan asr, axborot va g’oyat ulkan teхnikaviy imkoniyatlar asri bo’lmoqda. Shu davrga kelib insonlarning, ayniqsa yoshlarning hayotiga, kelajagiga xavf soluvchi ekstremizm, terrorizm va shunga o’xshash qatlam paydo bo’ldi.Yer yuzida bu ofatga qarshi keskin kurash olib borilmoqda, jumladan har bir ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan voyaga yetmaganlarni bu xavfdan ogoh etish, ushbu oqimlarning tuzog’iga tushib qolishdan saqlash maqsadida soha mutaxassislari bilan hamkorlikda targ’ibot-tashviqot ishlari sifatini oshirmog’imiz zarur. Manbalarda keltirilishicha diniy ekstremizm va terrorizm kabi hodisalarning ildizlari uzoq tarixga borib taqalishidan dalolat beradi. Shunday bo’lsa-da, ular hech qachon ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyot uchun bugungidek tahdid solmaganini qayd etish lozim. Zero, hozirda diniy ekstremizm va terrorizm global xarakterga ega bo’lib, dunyoning barcha mamlakatlari hamda mintaqalariga birdek xavf solmoqda. Shunday ekan, uning oldini olish, unga qarshi kurashish insoniyatning istiqboliga daxldor masalaga aylanganini e’tirof etish joiz. Mazkur yo’nalishda kishilik jamiyati oldida kompleks vazifalar dolzarb bo’lib turibdi.

      Islom shiorlaridan tanlab foydalanadigan, dinning asl mohiyatini buzib talqin qiladigan ekstremistik tuzilmalar xuddi yuqoridagi kabi go’yoki, keng xalq ommasi bilan uzviy birlik mavjudligini ko’rsatish, aslida esa jamiyatda tartibsizlik va parokandalikni yuzaga keltirish uchun mablag’ yig’ish, asosiy tahdid manbai sifatida odamlar ongu shurini egallash, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatga erishishdek ehtiyojlarini qondirish maqsadini ko’zlaydi.



 Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo’lishidir. Ongi zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar o’zlari qilayotgan ishlarni to’g’ri deb hisoblagan holda, har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tortmaydilar. Vaholanki, ularni bu yo’lga boshlagan “rahnamolarning” asl maqsadi mohiyatan g’ayriinsoniy xarakterga ega. Ularning asosiy niyati butun Osiyo hududida qadimgi Arab xalifaligin barpo etish kerak deb kurashmoqdalar. Lekin, ularning asosiy niyati shu bilangina cheklanib qolmasdan, dinni niqob qilib olib hokimiyatni qo’lga olish, bu yo’lda ,,inson’’  deb atalmish buyuk jonzotni o’ldirishdan ham tab tortmayapti. Ular hozirgi kunda, ayni daqiqada ham o’z yovuz, jirkanch ishlarni turli davlatlarda amalga oshirmoqdalar.                          

Qur’on SHarq xalqlarining diniy, ilmiy va ma’naviy merosi sifatida

Sharq mutafakkirlari, olim-u ulamolari tomonidan asrlar davomida odob-axloqqa oid minglab kitoblar, hikmatlar yaratilgan. Afsuski, totalitar tuzum tomonidan olib borilgan siyosat tufayli ulardan xalqimiz mahrum qilib qoʻyilgan edi.

Bugun, hurlik sharofati ila qanchadan-qancha ma’naviy, madaniy meroslarimiz qayta tiklanib, xalqimiz ma’naviy qiyofasini yanada boyitayotgani hamda mamlakatimizda keyingi yillarda mazkur masala boʻyicha oʻtmishda arab, fors va boshqa tillarda yozilgan diniy adabiyotlar bilan birga dunyoviy adabiyotlar ham oʻzbek tiliga tarjima qilinib, kitobxonlarimizga havola etilayotgani hech kimga sir emas. Shu oʻrinda mutafakkir Mahmudxoʻja Behbudiyning “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir. Zamona ilmi fanidan bebahra millat boshqa milatlarga poymol boʻlur”.1 degan fikrlarini eslash joizdir. Tarjima adabiyotlardan tashqari, oʻzbek olimlari, shoirlari tomoni­dan ham odob-axloq, ilm-ma’rifat, ma’naviyat masalalariga bagʻishlangan koʻpgina asarlar nashr qilinmoqda.

Mazkur adabiyotlarda inson tugʻilganidan tortib to bandalikni bajo keltirganigacha amal qilishi ke­rak boʻlgan qoidalar, maslahatlar oʻz aksini topgan. Ma­salan, birgina shariat qoidalarining oʻzida musulmonlar amal qilishi zarur boʻlgan qanchadan-qancha talablar mavjud. Bular orasida insonparvarlik, insonni hurmat qilish va ulugʻlashga qaratilgan gʻoyalar alohida e’tiborga sazovordir.

“Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan koʻp asrlar mobaynida yaratib kelingan gʻoyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani nihoyatda muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy oʻzlikni anglashning oʻsishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz” 1 deb ta’kidlaydi yurtboshimiz.

Darhaqiqat, boy madaniy merosimizni chuqur oʻrganish, milliy qadriyatlarimizni yanada rivojlantirish ma’naviy-ma’rifiy ishlarimizda benihoyat katta ahamiyatga ega. Yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, oʻz taraqqiyot va islohot yoʻlimizdan tezkorlik bilan ilgari siljishga kuchli ruhiy quvvat beradigan milliy madaniyatimiz, sharq falsafasining hayotbaxsh va teran buloqlaridan bahramand boʻlish muhimdir.



O‘zbekistonda faoliyati aniqlangan norasmiy diniy jamoalar va ularning ijtimoiy muhitga ta’siri.


Tarix shuni ko‘rsatadiki, chuqur ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar boshidan kechirayotgan jamiyatda rivojlanishning «yagona to‘g‘ri yo‘li»ni, agar jamiyatdagi vaziyat salbiy tomonga yo‘nalgan bo‘lsa, «yagona najot yo‘li»ni bilishga da’vo qiluvchi turli diniy jamoalar yoki sektalar vujudga kelishi kuzatiladi. O‘zbekistonda ham 1990-yillarning boshida muayyan darajada xarizma va tashkilotchilik qobiliyatlariga ega, o‘ziga ishonchi yuqori bo‘lgan ayrim «yangi dindorlar» o‘z g‘oyalarini boshqalarga ham targ‘ib qila boshladilar. Oqibatda respublikada bir necha norasmiy diniy jamoalar shakllandi. Ularning a’zolari orasida maxsus diniy ma’lumotga ega shaxslar deyarli uchramaydi.

Norasmiy diniy jamoalar ilgari surayotgan diniy-g‘oyaviy qarashlarning aksariyati sof diniy xarakterga ega bo‘lib, «xalifalik qurish» kabi diniy-siyosiy maqsadlarga qaratilmasada, aqidaviy jihatdan hanafiylik mazhabi ta’limotiga mutlaqo zid g‘oyalarni targ‘ib etish va o‘zlariga ergashmagan musulmonlar va boshqa din vakillariga o‘ta keskin munosabat bildiriladi. Jamoa ichida ayrim holatlarda fuqarolarning qadr-qimmatini kamsituvchi tartiblar joriy qilingan va jamiyatga salbiy munosabatlar shakllantirilgan. Oqibatda jamoa a’zolarining jamiyat va ijtimoiy aloqalarning uzilib qolishi, ular va boshqa fuqarolar orasida o‘zaro mojarolar kelib chiqishi, ayrim adeptlarning oilalari barbod bo‘lishi kabi ijtimoiy illatlar kuzatilmoqda. Jamoa rahbarlari esa o‘z tarafdorlarini shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish holatlari aniqlangan. Hozirgi kunda respublikada faoliyati kuzatilayotgan norasmiy diniy jamoalar qatoriga «Ma’rifatchilar», «Shohidiylar» va «Baxshillochilar»ni kiritish mumkin.



Islom dinining vujudga kelish sabablari.


Islom dinining paydo bo’lishi va butun dunyoga tarqalishi tarixi to’g’risida birinchi bo’lib Alixonto’ra Sog’uniy o’z milliy tilimizda “Tarixi Muhammad” kitobini yozdi3.

Demokratik jamiyat qurish yo’lida ildam odimlayotgan, barcha din ahllari huquqiy jihatdan teng ko’riladigan, ko’p millatli O’zbekiston xalqining iymon-e’tiqodi mustahkam, mashaqqatlarga chidamli, ma’naviy tarbiyasi yuksak bo’lishida Qur’onda nomlari zikr etilgan payg’ambarlar tarixlarining tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir. Chunki har bir payg’ambarning tarixi shu payg’ambar o’z ummatiga keltirgan dinning tarixidir.

“Toki har bir vatandoshimiz, ayniqsa yoshlar faqat Islom dini to’g’risida emas, umuman dunyodagi mavjud dinlar, ularning tarixi, mohiyati to’g’risida to’liq tasavvurga ega bo’lsin” – degan edi Prezidentimiz I. A .Karimov4.

Shu nuqtai nazardan islom dinining asoschisi va payg’mbari bo’lgan Muhammad (s.a.v.)bilan bir qatorda yakka xudolikni targ’ib etuvchi payg’ambarlarni eslab o’tish, bular haqida ma’lumotli bo’lish maqsadga muvofiqdir.

Tarix millatlarning o’tmishidagi hayotidan bahs yuritadi. Ularning qanday hayot kechirganliklari va qanday fikr yuritganliklarini ko’rsatadi. Tarix sahifalarida biz uchun ko’plab ibratlar borligi haqiaqtdir. Chunki tarix har bir davrning oynasi sanaladi. Insonlar unga qarab o’zlarini o’nglaydilar.

Tarix ikkiga bo’linadi: umumiy va xususiy. Umumiy tarix Odam alayhissalomdan hozirga qadar yashab o’tgan insonlar hayotidan bahs yuritadi. Xususiy tarixda esa, faqatgina bir millatning tarixi yoritiladi. Shu o’rinda Islom dini muayyan bir millat dini sifatida emas, balki, dunyo xalqlarini birdamlikka chorlovchi ta’limot sifatida o’rganishimiz kerak.



Islom dinining muqaddas kitobi bo’lgan Qur’oni karimda 25 ta payg’ambar nomlari qayd etilgan. Bular quyidagilar: Odam alayhissalom, Shis alayhissalom, Idris alayhissalom, Nuh alayhissalom, Hud alayhissalom, Solih alayhissalom, Ibrohim alayhissalom, Lut alayhissalom, Ismoil va Ishoq alayhimussalom, Y’aqub va Yusuf alayhimussalom, Ayyub alayhissalom, Shuayb alayhissalom, Muso va Xorun alayhimussalom, Dovud alayhissalom, Sulaymon alayhissalom, Ilyos va Alyasa’ alayhimussalom, Yunus alayhissalom, Zakariyo va Yahyo alayhimussalom, Iyso alayhissalom va so’ngi payg’ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallam. Islom dining asoschisi, «Allohning elchisi» (rasulloh), «payg’ambarlarning eng oxirgisi» (xotamun – nabiyin) Muhammadning (s.a.v.) bolalik va yoshlik yillari haqida juda kam ma'lumotlar bor. U zotning 570 yil 22 aprelda tug’ilgan deb ko’rsatib kelinmoqda. U kishi yoshligidayoq yetim qoladilar, otalari Abdulloh payg’ambar tug’ilmay turib vafot etgan. Onalari Omina esa 6 yoshliklarida olamdan o’tgan. 2 yildan keyin u kishini o’z tarbiyasiga olgan (ota tomondan) buvalari Abdulmutalib ham vafot etadi. Yosh yetimni amakilari Abu Tolib o’z tarbiyasiga oladi.

Din niqobidagi mafkuraviy tahdidlarning namoyon bo‘lish shakllari

YOshlarning 
faol  ijtimoiy  kuchga  aylanib  borayotgani  bugungi  kunda  ularning  turli  mafkuraviy  ta’sir  va 
tazyiqlarning  bosh  ob’ektiga  aylanishiga  olib  keldi.  Bunda  ularning  jamiyatning  hali  etarli 
tajribaga  ega  bo‘lmagan,  tashqi  ta’sirlarga  tez  beriluvchan  va  ayni  paytda,  eng  harakatchan 
qatlami ekani inobatga olinmoqda.  
YOshlarning  turli  oqimlarga  kirib  qolishlari  sabablari  qatorida  ularning  bilimlari,  shu 
jumladan,  diniy  ilmlarni  egallashga  bo‘lgan  qiziqish  va  intilishi  hamda  ishonuvchanligi, 
birdaniga  va  hamma  narsaga  (boylik,  shon-shuhrat,  martaba  va  h.k.)  ega  bo‘lishga  harakat 
qilishi,  ilmiy  tilda  aytganda  maksimalizm  kabi  ma’naviy-ruhiy  omillarni  alohida  ajratib 
ko‘rsatish  lozim.  «Sen  bu  tashkilotga  kirish  yoki  mana  bu  vazifani  bajarish  bilan  alohida,  har 
kimga  ham  nasib  qilavermaydigan  sharafli  ishga  qo‘l  urgan  bo‘lasan,  kerak  bo‘lsa,  sen  millat, 
din, insoniyatning xaloskoriga aylanasan!», – degan qarashlarni singdirish jarayoni aynan mana 
shu kabi xususiyatlarga alohida e’tibor berilayotganini ko‘rsatadi. «YOshlarning ongida qanday 
kayfiyat  ustunligini  aytsang,  men  senga  keyingi  avlodning  tabiati  qanday  bo‘lishini  aytib 
beraman»,  -  deb  yozgan  edi  siyosiy  arboblardan  biri.  SHu  nuqtai  nazardan  qaraganda,  diniy 
ekstremistik  oqimlar  ham  jamiyatning  ertangi  kunini  belgilab  beradigan  avlod  ongini  egallash, 
nazorat qilishni ko‘zlab ish yuritmoqda deyish mumkin.  
Ayniqsa,  g‘oyalar  kurashi  avj  olgan  bugungi  kunimizda  yoshlar  ma’naviyatiga  tajovuz 
solayotgan  tahdidlar  qatorida,  dinni  niqob  qilib,  diniy  qadriyatlarimizni  oyoqosti  qilishga 

urinayotgan ekstremistik va missionerlik harakatlarining faoliyati jiddiy tashvish  uyg‘otmoqda. 


SHuning  bilan  birga,  dindan  siyosiy  maqsadlarda  foydalanishga  urinish  ba’zan  mudhish holatlarning yuz berishiga olib kelmoqda. 


Download 88,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish