16. Seminar mavzu: Xalqaro tashkilotlar tolerantlik haqida
Reja
1. Tolerantlik tushunchasining xalqaro huquq normalarida aks etishi
2. Globallashuv sharoitida Xalqaro tashkilotlarning tolerantlikni ta’minlashdagi o‘rni
3. O‘zbekistonning umumjahon tolerantlik jarayonlaridagi ishtiroki
Bugungi kunda insoniyat taraqqiyoti global sanoatlashish, industrial markazlari hamda shaharlarning jadal rivojlanishi bilan bog‘liq kechmoqda. Industrializatsiya, o‘z navbatida, inson xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarini qamrab olib, ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishiga sabab bo‘lmoqda. Ishchi kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj nafaqat shahar aholisi hisobiga, balki qishloq aholisining migratsiyasi hisobiga ham qondirilmoqda, bu esa shahar aholisi ulushining oshib borishiga ta’sir o‘tkazadi. Iqtisodiyotning o‘sib, rivojlanib borishi bilan shaharlarning sanoat markazlari sifatidagi roli ham oshib, unda tabiiy urbanizatsiya jarayonlari kechmoqda. ugungi kunda insoniyat taraqqiyoti global sanoatlashish, industrial markazlari hamda shaharlarning jadal rivojlanishi bilan bog‘liq kechmoqda. Industrializatsiya, o‘z navbatida, inson xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarini qamrab olib, ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishiga sabab bo‘lmoqda. Ishchi kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj nafaqat shahar aholisi hisobiga, balki qishloq aholisining migratsiyasi hisobiga ham qondirilmoqda, bu esa shahar aholisi ulushining oshib borishiga ta’sir o‘tkazadi. Iqtisodiyotning o‘sib, rivojlanib borishi bilan shaharlarning sanoat markazlari sifatidagi roli ham oshib, unda tabiiy urbanizatsiya jarayonlari kechmoqda.
Mamlakatda urbanizatsiya darajasining holati to‘g‘risida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Bugungi kunda mamlakatimizning urbanizatsiya darajasi 35,5 foizni tashkil etadi va hozirdan boshlab zarur choralar ko‘rilmasa, ushbu ko‘rsatkich yaqin kelajakda pasayishi mumkin.
... Bu borada faqat poytaxt va viloyat markazlari bo‘lgan shaharlarni emas, avvalo, hududlarda joylashgan shahar va posyolkalarni kompleks rivojlantirish e’tibor markazida turishi kerak. Qishloq joylarda namunaviy uy-joylar qurish dasturlaridan bosqichma-bosqich shahar va posyolkalarda ko‘p qavatli uylar qurishga o‘tishimiz lozim”, deb ta’kidladi.
Urbanizatsiya (lotincha urbanus — shaharlik ma’nosini bildiradi) jamiyat rivojida shaharlar, shahar madaniyati va shaharlarga xos boshqa munosabatlarning rivojlanish jarayoni hisoblanadi. Urbanizatsiya qishloq aholi punktlarining shaharlarga aylanishi, shahar atrofi zonalarining kengayishi va qishloq aholisining shaharlarga ko‘chib borishi hisobiga yuz beradi. Urbanizatsiyaning o‘ziga xos jihati davlat tomonidan tartibga solib boriladi. Urbanizatsiyaning qay darajada ijobiy yoki salbiy ahamiyatga ega bo‘lishi uning davlat tomonidan tartibga solinishi yoki solinmasligi bilan bog‘liq.
Sodda qilib aytganda, agar urbanizatsiya jarayonlari yetarlicha tartibga solinmasa, shaharlar aholisining soni va u yerda mavjud infratuzilma, uy-joy, ish o‘rinlari soni o‘rtasida katta tafovut paydo bo‘ladi. Bu esa shaharning umumiy qiyofasini ayanchli ahvolga olib kelishi bilan bir qatorda ko‘plab ijtimoiy va iqtisodiy muammolar, masalan, ishsizlik, narx-navoning ortishi, uy-joy tanqisligi, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarining yetishmasligi kabi holatlarni keltirib chiqaradi.
XXI asrda jamiyatning eng katta boyligi — inson deb e’tirof etilgan bo‘lib, uning rivojlanish maqsadi ham fuqarolarning yashash joyi, hayot tarzini erkin tanlashini ta’minlashdan iborat bo‘lib bormoqda. Jamiyat a’zosining manfaatlarini himoya qilish, fuqaro sifatida to‘laqonli hayot kechirib, mavjud intellektual ijodiy va jismoniy imkoniyatlarini har tomonlama to‘liq namoyon etishi uchun, u istiqomat qilayotgan jamiyat, mas’ul ijtimoiy-siyosiy institut sifatida, davlat kafolati vazifasini o‘tashga majburdir. Davlatimiz rahbarining “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni urbanizatsiya darajasini har tomonlama puxta o‘ylab, tartibga solish uchun qabul qilindi. Unda “Migratsiya jarayonlarini ma’muriy tartibga solish tizimini takomillashtirish yo‘li bilan aholining qishloq joylaridan shaharlarga erkin harakatlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish” masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’lumki, so‘nggi yarim asr mobaynida katta iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishgan Turkiya, Xitoy, Hindiston, Filippin va hatto industrial rivojlangan Yaponiyada ham migratsion jarayonlar va unda ishtirok etgan fuqarolarning insoniy kechinmalari sotsiologiyasini izchil ilmiy o‘rganish orqali katta yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Ularning tajribalaridan bugungi kunda rivojlanib borayotgan boshqa mamlakatlar ham unumli foydalanmoqda.
Migratsiya jarayonining hozirgi bosqichi oldingilaridan ko‘lami, geografik xususiyatlari, transformatsiyalashuvi va integratsiyalashuvi jihatdan dinamik ko‘rsatkichlari, ijtimoiy-demografik tarkibi bilan farqlanib turadi. Migratsiya oqimlarining yo‘nalishi dunyo miqyosida o‘zgarib bormoqda. Jumladan, O‘zbekiston fuqarolarining migratsiyasi uzoq xorijga ham (AQSh, Yevropa, Arab mamlakatlari, asosan, BAA, Misr, Bahrayn, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Janubiy Koreya, Tailand, Malayziya), yaqin xorijga ham (masalan, Qozog‘iston) amalga oshirilmoqda.
Bugun dunyoda migratsiyada ishtirok etayotganlarning soni keskin oshib borayotganini kuzatar ekanmiz, yaqin kelajakda ularning soni yanada ortishi bashorat qilinayotgani bejiz emas. Migratsiya ko‘lami kengayishiga kambag‘allik, ishsizlik, inson huquqlarining poymol qilinishi, kelajakka nisbatan umidsizlik va tushkunlikka tushish, turli xil nizolar, urushlar tufayli notinchlik, qo‘rquv kabi omillar sabab bo‘lmoqda.
Migrantlar o‘z tabiatiga ko‘ra jamiyatning ishbilarmon va harakatchan a’zolari hisoblanadi. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, migratsiya iqtisodiy o‘sishga, millatlarning assimilyatsiyalashuviga, marginal madaniyatlar boyishiga olib kelgan.
Migratsion jarayonlarni tahlil etishda uning muhim muammolari mavjudligini ham inobatga olish zarur. Xususan, aksariyat hollarda migrantlar ekspluatatsiya qilinib, ularning huquqlari poymol etiladi. Migrantlarning joylashgan mamlakatlari madaniyati va turmush tarziga moslashuvi, integratsiyalashuvi qiyin kechadi. Ularni qabul qilayotgan davlatlar tub aholisini ish joylaridan mahrum etadi. Bu esa, o‘z navbatida, mahalliy aholining migrantlarga nisbatan salbiy munosabatini shakllantiradi. Ushbu va boshqa ko‘plab sabablarga ko‘ra, migratsiya muammosini har tomonlama, shu jumladan, siyosiy-sotsiologik jihatdan o‘rganish talab qilinadi.
Umumlashtirib aytganda, iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarga olib keluvchi migratsiya jarayoni mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifning xarakterini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Xususan, u urbanizatsiya jarayonlarida, sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida yangi ish joylarini yaratish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida sifat o‘zgarishlariga asos bo‘ladi. Bunday sharoitda, bir tomondan, mehnat bozorining yangi infrastrukturasini, ko‘p mehnat talab qiladigan sohalari va ishlab chiqarishning texnologik jarayonini qamrab olsa, boshqa tomondan, iqtisodiyotning an’anaviy sohalarida bozor munosabatlarini vujudga keltiradi va rivojlantiradi.
Urbanizatsiya dunyo bo‘ylab jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan jarayon bo‘lib, uni harakatlantirayotgan kuch mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksalayotganligida namoyon bo‘ladi. Yer yuzida shaharlar va ular aholisining soni o‘sib, hududlari kengayib bormoqda. Turli miqyosdagi shaharlarning mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyatining kundan-kunga ortib borayotgani ham sir emas. Shaharlar nafaqat kengaymoqda, balki ularning o‘z atrofidagi boshqa shaharlar bilan integratsiyalashuvi kuchayib, o‘zaro aloqadorlikda rivojlanuvchi aholi manzilgohlari paydo bo‘lmoqda.
Mamlakatda kechayotgan real islohotlardan kelib chiqib ta’kidlash mumkinki, migratsiya jarayonlarini, ayniqsa, ichki migratsiya jarayonlarini tartibga solishda markaziy shaharlarga bo‘lgan migratsiya omillari bilan to‘liq urbanizatsiyaga erishib bo‘lmaydi. Prezidentimizning “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida davlat dasturining amalga oshirilishi mamlakatimizdagi migratsiya jarayonlarini tartibga solishga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, migratsiya jarayonlarini tartibga solish borasida, eng avvalo, “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish, ikkinchidan, migratsiya jarayonlarida asosan noqonuniy migratsiyani tartibga solish, nazorat qilish hamda boshqarish, uchinchidan, ijtimoiy sohaning regional jihatlari, xususan, hududlar sotsial hayotini intensivlashuvida urbanizatsiya va migratsiya jarayonlarini optimallashtirish, to‘rtinchidan, aholining, ayniqsa, yoshlarning yuz berayotgan o‘zgarishlarga tayyorligini o‘rganish va maqbullashtirish orqali ijobiy ta’sir ko‘rsatishning psixologik-innovatsion yechimlarini asoslash, beshinchidan, aholi turmush darajasini oshirish, shahar va qishloq hayotini uyg‘unlashtirish, aholi tarkibidagi o‘zgarishlarning sotsial soha dinamikasidagi o‘rni va rolini oshirish talab etiladi. Bularning barchasi mamlakatimizda urbanizatsiyani rivojlantirishga imkoniyat yaratib berishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |