piksellar sonini ko’p bo’lishiga ahamiyat beriladi. Ma’salan matnlarni misolida olsam: Piksellari ko’p bo’lgan
ekran 12-shriftdagi matnni piksel miqyosida olsak qanchadir marta kichiklashtirib ko’rsata oladi. Piksellari
kamroq bo’lgan ekran 12-shriftdagi matnni piksel miqyosida olsak, piksellari ko’proq bo’lgan ekranga nisbatan
kam marta kichraytirib ko’rsatishi mumkin. Agar piksellari ko’p bo’lgan ekran bilan bir xil o’lchamda
tasvirlamoqchi bo’lsak, unda piksellari kam bo’lgan ekranda matn xira, tushunarsiz yoki ko’rinmay qoladi.
Misolni bir xil o’lchamga ega bo’lgan ekranlar uchun yozdim. Rastrli grafikada piksel zichligi degan kattalik
ishlatiladi. Piksel zichligi bir dyum
2
ga to’g’ri keladigan piksellar soni bilan dpi(dots per inch) o’lchov birligida
o’lchanadi. Qancha piksel ko’p bo’lsa, shuncha piksel zichligi yuqori bo’ladi. Endi yuqoridagi gapni davom
ettirsam. Televizor ekranini o’lchami katta va piksel zichligi kam. Ammo telefonni ekranini o’lchami kichik va
piksel zichligi katta. Bunda ikkalasida bogliqlik bor. Bunday bo’lishiga sabab televizor ekrani katta va uni
ekrani katta bo’lgani uchun piksel zichligi past qilinadi . Sabab: ekrandagi tasvirni uzoqdan ko’rish uchun
qilinadi. Piksel zichligi past va ekran o’lchami katta bo’lsagina, ekrandagi tasvirni uzoqdan ko’rish mumkin
bo’ladi. Chunki piksel zichligi yuqori bo’lsa ekrandagi tasvir uzoqqa ko’rinmaydi va aksincha ekran kichik
bo’lsa ham ekrandagi tasvir uzoqqa ko’rinmaydi. Televizordagi tasvir odatda uzoqdan ko’riladi., televizorni
ekranini yoniga borib qarasangiz bemalol undagi piksellarni ko’z bilan ko’rishingiz mumkin bo’ladi. Ammo
kompyuterni monitor qurilmasida piksel zichligi yuqori bo’ladi va ekranini o’lchami kichik bo’ladi. Sabab:
kompyuterni yonida o’tirib ishlanadi va tasvirga qaraladi, tasvir aniq ko’rinishi uchun shunday qilingan.
Bundan tashqari kompyuterda ishlashda tasvir aniqligi muhim ahamiyatga ega. Televizorda ham muhim, ammo
kompyuterdagi kabi muhim emas. Telefonlarda ham muhim piksel zichligi past bo’lsa undagi tasvir aniqligi
past bo’ladi. Shuning uchun unda piksel zichligi yuqori qilinadi. Qisqasi qaysidir ekranda ikki parameter ham
past bo’ladi, qaysidadir ikkalasi ham yuqori bo’ladi, qaysilaridadir yana boshqa xil bo’ladi.
Piksel zichligi va o’lcham birgina ekranlarda ishlatilmaydi, balki boshqa qurilmalarda ham ishlatiladi. Masalan:
Printer va skanerlarda ham ishlatiladi. Printer tasvirni qog’ozga qanchalik aniq chiqara olishi piksel(nuqta)
zichligi orqali aniqlanadi. Bunda o’lcham qog’ozning o’lchami bo’ladi. Masalan: A3, A4, A5 va boshqalar.
Printerlarda o’lcham emas, piksel(nuqta) zichligi muhim. Rastrli grafika bilan ishlaydigan printerlarga lazerli
printerni misol qilib keltirish mumkin. Skanerlar ham qog’ozdagi tasvirni kompyuterga qanchalik aniq kirita
olishini piksel(nuqta) zichligida o’lchashimiz mumkin. Skanerlar tasvirni kompyuterga rastrli grafika
ko’rinishida kiritadi. Bunda o’lcham qog’ozning o’lchami bo’ladi. Masalan: A3, A4, A5 va boshqalar.
Skanerlarda ham o’lcham emas, piksel(nuqta) zichligi muhim hisoblanadi. Rastrli grafikaning kamchiligi unda
tasvirlarni mashtablashtirib bo’lmasligidir. Agar tasvir mashtablanadigan bo’lsa, uning sifati buziladi. Buning
natijasida tasvir ko’rimsiz holga ham kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: