16-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning estetik (nafosat) tarbiyasi



Download 37,36 Kb.
bet4/5
Sana06.08.2021
Hajmi37,36 Kb.
#139626
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ijeakdt8ulgwgNzWpE lVULa9OGUdT4S

Estetik tarbiya. Estetika lotincha “estezo – go‘zallikni his etaman” ma’nosini bildiradi. Uning maqsadi va vazifasi o‘quvchilarning tabiat va jamiyatdagi go‘zallikni idrok qilish, uni to‘g‘ri tushunish va fahmlash, qadriga yetishga va shu tarzda shaxsiy hayotning barcha yo‘nalishlarida go‘zallikka o‘rgatishdan iboratdir. Estetik tarbiya axloqiy qiyofa, ijobiy xulq-atvor normalarini tarkib toptirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Maktabdagi musiqa, rasm, ashula darslari, adabiyot va boshqa fanlar estetik tarbiyaning vositasi hisoblanadi.

Estetik tarbiya bola tug‘ilgandan boshlab umrining oxirigacha olib boriladi. Shu sababli, u nafaqat maktabda, balki turli xil tadbirlarda o‘z ta’sir kuchini namoyon qiluvchi, yosh avlodga go‘zallikni tushuntiruvchi, tarbiyalovchi vositadir. Dono xalqimiz “Oq bo‘lmasa bo‘lmasin, pok bo‘lsin”, “Pokliging – sog‘liging”, “Sog‘ yuray desang, ozoda bo‘l”, “Sog‘ligim – boyligim” kabi maqollar bilan yoshlarni tabiat va jamiyat go‘zalliklarini ko‘ra bilishga, ularni qadrlashga o‘rgatib kelgan.



Insonnig go‘zallik aql, burch, iymon, insof, kamtarlik, latofat, lafz, mehmondo‘stlik, mehr, poklik, yaxshilik va hokazo sifatlarda o‘zini aks ettiradi. A.Donish o‘z farzandlariga nasihat qilib, “Suratlaringizni emas, g‘ayratlaringizni tuzatinglar” degan edi. Insonning tashqi tomoni har qancha go‘zal va chiroyli bo‘lmasin, uning axloqi buzuq bo‘lsa, u el e’tiborini qozona olmaydi. Rus shoiri A.P.Chexov “Jiddiy mehnatsiz go‘zallik yaratib bo‘lmaydi”, - deb ta’kidlagan. Haqiqatan inson uchun barcha go‘zallik mehnat zamirida hosil bo‘ladi. Komil inson hamma vaqt o‘z hayotiga go‘zallik kiritishga intiladi. Bajarayotgan ishida, xulq-atvorida, kiyinishida, muomalasida go‘zallik qonun-qoidalariga rioya qiladi. A.P.Chexovning asarlarida “Odamning yuzi ham, kiyimi ham, qalbi ham pok bo‘lmog‘i lozim”, - deb juda o‘rinli ta’kidlangan.

Shaxsning estetik madaniyatini shakllanishi ko’p jihatdan estetik kamolotiga ta’sir o’tkazadigan tashqi va ichki shart-sharoitlarga bog’lik. Shunday tashqi va ichki shart-sharoitlar estetik tarbiya omillari deb ataladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning estetik tarbiyalash vazifalarini amalga oshirish uchun ma’lum bir sharoitlarni yaratish lozim. Bolalarni o’rab turgan muhit, turmush estetikasi ana shunday eng muhim omildir. Agar muhit estetiklikka asoslangan bo’lsa, agar bola odamlar orasidagi xushmuomala munosabatni ko’rsa, tevarak-atrofdan olingan taassurotlar ijobiy tavsifga ega bo’lsa, u kichikligidanok estetik borlikni o’zi uchun me’yor sifatida qabul qiladi. Turmush estetikasi o’zida ko’plab detallarni qamrab oladi. Shuningdek, bolalarni borliqni va uning go’zalligini taxlil etib borishga o’rgatish lozim: “Seni ko’ylagingga qaysi rangdagi tufli mos tushadi, deb o’ylaysan?”, “Uyimiz devoriga ko’proq qaysi rangdagi parda to’g’ri tushadi: ko’kmi yoki yashil?”

Mazkur holatda bolaning aynan javobining o’zi muhim emas, asosiysi uning e’tiborini rangning mos kelishi yoki kelmasligiga qaratish, shuningdek, bolada u ham go’zallik yaratishi mumkinligi haqidagi xulosani hosi lqilishga erishishdir. Estetik tarbiyaning eng muhim omili - tabiatdir. Tabiat bilan doimiy ravishda munosabatda bo’lmay turib, estetik jihatdan rivojlanish, estetik tarbiyani uyushtirish mumkin emas.

Boshqacha aytganda, tabiat xech narsa bilan almashtirib bo’lmaydigan go’zallik manbai. U estetik xis-tuyg’u, kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun boy material beradi. Ayniqsa, tabiat badiiiy obrazlar orqali ifodalansa, yanada o’zining estetik jihatini yaqqol namoyon etadi.

Jonajon tabiat estetik tarbiyaning qudratli vositasi bo’lib xizmat qiladi. Tevarak-atrofdagi tabiat go’zalligi hatto eng kichik bolani ham quvontiradi. Uning tuyg’ular va xayollarda saqlangan go’zalligi bolalikda ayniqsa, chuqur va yorqin idrok qilinadi, inson bularni butun hayoti davomida esidan chiqarmaydi. Sayr, ekskursiya vaqtida tarbiyachi bolalarning diqqatini tabiatning rang-barangligiga, uning o’zgarishi va uyg’unligiga qaratadi, tabiat xodisalariga qiziqish uyg’otadi, unga muxabbat va ehtiyotkorlik munosabatini tarbiyalaydi, asrab-avaylashga o’rgatadi. Bularning hammasi bolalarning estetik didlarini tarbiyalaydi, ular kishilarning mehnat natijalarini yaqqol ko’rib, atrofdagi go’zallik inson mehnati tufayli yuzaga kelishiga ishonch hosil qiladilar. Mana shu jihatdan estetik tarbiyaning yana bir omili sifatida mehnat yuzaga chiqadi. MTM yer maydonchasi va tabiat burchagidagi usimlik va xayvonlarni kuzatishkamda parvarish qilish bolalarda estetik idrokni, ularga nisbatan to’g’ri munosabatni, go’zallik yaratish xoxishini shakllantiradi hamda qizg’in faoliyatga undaydi. Yilning yoz fasllarida polizda, gulzorda, yer maydonchasida mehnat qilish jarayonida ham bolalar estetik zavq oladilar. Ko’zda o’z mehnati mevasini yeyish bolaga alohida estetik xuzur bag’ishlaydi. Dala va bog’larga sayrga borganda tabiatning go’zalligi va boyligidan, u yerdagi dehqonlarning yaratuvchilik mehnatlaridan benixoya zavqlanishadi. Estetik tarbiya omillari orasida san’at muhim o’rin egallaydi. San’at - ijtimoiy ong va faoliyatning o’ziga xos shakli bo’lib, tevarak-atrof va borlikni badiiy obrazlarda aks ettirilishidir. Estetik tarbiyaning eng muhim omili sifatida sanat nafaqat badiiy qadriyatlarni idrok qilish, balki ularni yaratishni ham o’z ichiga oladi. Badiiy kadriyatlarni yaratishga jamiyat a’zolarining, ayniqsa, yosh avlodning faol ishtirok etishi ularda estetik did-farosat va talab-extiyojlarning rivojlanishiga, ijodkorlik qobiliyatlarini rag’batlantirishga olib keladi. MTMda bolalarni estetik jihatdan tarbiyalashda san’atning xilma-xil turlari va janrlaridan, xususan musiqa va tasviriy sanatdan foydalaniladi. Estetik tarbiyaning vositalaridan yana biri qo’g’irchoq teatridir. Qo’g’irchoq teatri dunyoning ko’plab xalq va elatlariga qadim zamonlardan buyon ma’lum. U jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Qo’g’irchoq teatri har qaysi davlatda turli shaklda, turli hajmda, o’ziga xos tarzda taraqqiy etib, rivojlanib kelgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalashda qo’g’irchoq teatri vositasidan samarali foydalanish - bolalarning iqtidori, obyektiv borliq haqidagi tasavvuri, dunyoqarashini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni yaratishi bilan ahamiyatlidir. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda:“Yoshlarning ma’naviy olamini bolalikdan boshlab ezgu g’oyalar asosida shakllantirish va kamol toptirish haqida gap borar ekan, yana bir muhim masala xususida to’xtalib o’tish o’rinli, deb o’ylayman. U ham bo’lsa, dunyoga xayrat ko’zi bilan boqib, undan o’zicha ma’no topishga intiladigan murg’ak farzandlarimizning qiziqishi va xissiyotlariga mos qo’g’irchoq va o’yinchoqlar ishlab chiqarish masalasidir”. Zero, qo’g’irchoq teatri vositasida bolaning atrof-muhit, hayot haqidagi tasavvurlari, taassurotlari, u yoki bu xodisalarni tushunish, go’zallikni ko’ra bilish va xis etishga ma’suliyat xissi oshadi. Qo’g’irchoq teatrining bolalarning estetik tarbiyalashda nihoyatda kuchli ta’sir etishi uning soddaligi, odatdan tashkari jo’shqinligi va qo’g’irchoqligi, shuningdek, badiiy so’z, musiqa, qo’shiq, raqs, tasviriy san’at kabi tarkibiy qismlarning uzviy jipslashib ketganligi bola ko’z o’ngida yaqqol namoyon bo’lishidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning qo’g’irchoq teatri vositasida estetik sifatlarini shakllantirish jarayonida quyidagi bosqichlarning amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir:


Download 37,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish